Prezidentimiz Xorazm viloyatiga safari davomida Amudaryo ustida Xorazmni Qoraqalpog'iston bilan bog'laydigan 413 metrlik ko'prik, Qorao'zak tumanidan Shovot tumanigacha 79 kilometrlik temir yo'l qurilishini aytgan edi. Oradan hech qancha vaqt o'tmay bul qurilish boshlandi
Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatini bog'lovchi ko'prikning qozig'ini qoqish marosimiga O'zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri o'rinbosari A.Ramatov, Xorazm viloyati hokimi F.Ermanov, Qoraqalpog'istion Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisi M.Kamalov, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Q.Sariev va bir qancha nuroniylar qatnashdi.
So'zga chiqqanlar bu ko'prikning mamlakatimizning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishidagi ahamiyatiga alohida to'xtalib o'tdi.
Avvalo hayirli ishga rivoj, xalqimizga omonlik tilab qur’on tilovat qilindi.
Yangi ko'prikning qozig'ini qoqishni Qoraqalpog'istion Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisi M.Kamalov boshlab berdi
.
Ma'lumot o'rnida aytish joizki, bu ko'prik Amudaryo tumaniga 1980 yilda o'rnatilgan ponton ko'prikning yoniga quriladi.
Uzunligi 413 metrni tashkil qiladigan bu ko'prik orqali avtomobil va temir yo'l o'tishi rejalashtirilgan.
Yangi ko'prik qurilgach, avtomobil va temir yo'llar orqali tashiladigan yuklarning manzilga etib borish vaqti 6 soatga qisqaradi.
QR Vazirlar Kengashi Axborot xizmati