Qoraqalpog`iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo`mitasi Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga hisobat beradi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo`mitasi asosiy vazifalari qo`yidagilardan iborat:
ekologiya, atrof-muhitni
muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta
tiklash sohasida davlat boshqaruvi;
atrof-muhit qo`lay ekologik holatini, ekologik tizimlar, tabiiy
komplekslar va muhim ob`ektlar muhofazasi, ekologik sharoitning salomotligini
ta`minlash;
chiqindilar bilan bog`liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi
qonunchilikga amal qilinishi ustidan davlat ekologik nazoratni amalga oshirish,
mahalliy davlat hokimiyat organlari va fuqarolar o`z-o`zini boshqarish
organlari bilan homkarlikda maishiy chiqindilarni yig`ish, tashish,
utilizatsiya qilish, qayta ishlash hamda ko`mish borasida ta`sirshan tizimni
tashkil etish;
er, er osti boyiliklari, suv, o`rmonlar, muhofaza etiladigan tabiiy
hududlar, hayvonatlar va o`simliklar dunyosini himoya qilish hamda ulardan
foydalanish, atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikga amal
qilinishi ustidan davlat ekologik nazoratini o`rnatish;
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ishlarini muvofiqlashtirish,
tabiyatni muhofaza qilish va resurslarni tejash borasida yagona siyosatni
amalga oshirishga asos amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga
oshirishda sohalararo homkarlikni ta`minlash;
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat kadastrini
yuritish, shuningdek, yovvoyi hayvonlarni ko`paytirish va saqlash pitomliklari,
zoologiya va botanikaga tegishli kollektsiyalarni davlat tomonidan ro`yxatga
olish.
Ekologik tarbiya, targ`ivot ta`limini, ekologiya va atrof-muhitni
muhofaza qilish sohasidagi mutaxassislarni qayta tayyorlash va mutaxassisligini
takomillashtirish.
Rahbarlar qabul
kunlari
Qo`mita rahbari
T.Xojanazarov. qabul kuni: chorshanba soat 9:00-18:00
Qo`mita
rahbari o`rinbosari (vakant) qabul kuni: chorshanba soat 9:00-18:00
INTERAKTIV XIZMATLAR
Qoraqalpog`iston
Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo`mitasi
Ishonch telefonlari - 224-08-77; 224-19-51
Manzil: 230100, Nukus shahri, Berdaq guzari, b/n uy
Qabulxona: (998 61) 224-08-77
E-mail: nukus@uznature.uz; rktabiat@exat.uz
Veb-sayt: www.uznature.uz