O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MADHIYASI
O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi 768-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasi O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt suverenitetining rаmzidir.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasigа zo`r ehtirom bilаn qаrаsh O`zbekiston Respublikаsi hаr bir fuqаrosining vаtаnpаrvаrlik burchidir.
Mutal Burhonov musiqasi
Abdulla Oripov so'zi
Serquyosh hur o'lkam, elga baxt, najot,
Sen o'zing do'stlarga yo'ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Naqarot:
Oltin bu vodiylar - jon O'zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bag'ri keng o'zbekning o'chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo'r qanot!
Istiqlol mash'ali tinchlik posboni,
Xaqsevar, ona yurt, mangu bo'l obod!
Naqarot:
Oltin bu vodiylar - jon O'zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MADHIYASI
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi Nizom 24 dekabr, 1993 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining XIV sessiyasida qabul qilingan
I.Yusupov so‘zi
N.Muxammeddinov musiqasi
Jayxun jag’asi’nda o’sken bay terek,
Tu’bi bir shaqasi’ mi’n’ bolar demek,
Sen sonday sayali’, quyashli’ elsen,
Ti’ni’shli’k ha’m i’g’bal sendegi tilek.
Naqi’rati’:
Diyxan baba napesi bar jerinde,
Juwsan anqi’p, kiyik qashar sho’linde,
«Qaraqalpaqstan» degen ati’ndi’,
Awladlar a’diwler ju’rek to’rinde.
Aydi’n keleshekke shaki’rar zaman,
Ma’rtlik miynet, bilim jetkizer og’an,
Xalqi’n bar azamat, dos ha’m mexriban,
erkin jaynap–jasna, ma’ngi bol aman.
Naqi’rati’:
Diyxan baba napesi bar jerinde,
Juwsan anqi’p, kiyik qashar sho’linde,
«Qaraqalpaqstan» degen ati’ndi’,
Awladlar a’diwler ju’rek to’rinde.