Qoraqalpog'iston
Respublikasi O'zbekistonning shimoli-g'arbiy bo'limida, Amudaryoning quyi
qismi, Orol dengizining janubiy sohilida joylashgan. Respublika janubiy-g'arbiy
tomondan Qoraqum sahrosiga tutashgan. O'ning shimoli-g'arbida Ustyurt past
tekisligi, shimoli-sharqiy tomonida esa Qizilqum sahrosi yastanib yotibdi. Orol
dengizining janubiy hududi qoraqalpoq zaminida joylashgan. Qoraqalpog'istonning
umumiy yer maydoni 166,6 ming kvadrat kilometrdan iborat bo'lib, u hududining
kattaligi jihatidan O'zbekiston Respublikasi viloyatlari o'rtasida birinchi
o'rinda turadi. Xorazm, Navoyi va Buxoro
viloyatlari bilan shegaradosh.
Respublikaning ma'muriy-hududiy tuzilmasi 16 ta tuman
va 1 ta shahardan iborat. Amudaryo, Beruniy, Qorao'zak, Kegeyli, Bo'zatov, Qo'ng'irot,
Qonliko'l, Mo'ynoq, Nukus, Taxtako'pir, To'rtko'l, Xo'jayli, Taxiatosh,
Chimboy, Sho'manoy, Ellikqal’a tumanlari va Nukus shahri shular jumlasidandir.
Qoraqalpog'iston
Respublikasi kartasi