19 dekabr kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining o'n birinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.
Sessiyaga Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisi M.Kamalov, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommviy kommunikatsiyalar agentligi direktori A.Xodjaev, Oliy Majlis Senati a'zolari, tuman va shahar hokimlari va sektor raxbarlari qatnashdi.
Shuningdek sessiyaga «El xыzmetinde» gazetasi redaktori D.Tajimuratov, «zaman.uz» sayti administratori P.Ajimuratov, bloger S.Ziyaev «uza.uz» sayti muxbiri D.Abibullaev, «kar24» sayti administratori Q.Begniyazova, «O’zbekiston 24» kanali va mahalliy televidenie muxbirlari bilan gazeta jurnallardan jurnalistlar qatnashdi.
Sessiya kun tartibidagi masala bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasini 2020 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari hamda kelgusi yilgi rejalar to'g'risida Vazirlar Kengashining Raisi Q.Sarievning
murojaatnomasi tinglandi.
Sessiya yakuni bo'yicha OAV vakillari va blogerlar uchun matbuot anjumani tashkillashtirildi. Unda Vazirlar Kengashining Raisi Qaxraman Sariev va sektor raxbarlari, vazirlik va boshqarmalar raxbarlari qatnashdi.
Uch soat davom etgan matbuot anjumani savol-javoblarga boy bo'ldi. Jurnalist va blogerlar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javoblar oldi. Yakunda Vazirlar Kengashining Raisi Qaxraman Sariev jurnalist va blogerler bilan bundan keyin ham hamkorlik qilishga tayyorligi bildirdi.
QR vazirlar Kengashi axborot xizmati