Madraimov Tursunbay Urazbaevich |
Qoraqalpog`iston Respublikasi
bo`yicha G`aznachilik boshqarmasi boshlig`i |
|
Manzil: |
230100, Nukus shahri, Dosnazarov
ko`chasi, raqamsiz uy |
|
Telefon: |
0(361) 222 17 47 |
|
E-mail: |
r.karakalpakstan-kazna@nksouk.mf.uz |
|
Qabul kunlari: |
Dushanba-juma 16:00-18:00 |
Shlimbetov Batir Emjarovich
|
Qoraqalpog`iston
Respublikasi bo`yicha G`aznachilik boshqarmasi
boshlig`ining o`rinbosari |
|
Manzil: |
230100, Nukus shahri, Dosnazarov
ko`chasi, raqamsiz uy |
|
Telefon: |
0(361) 222 21 17 |
|
E-mail: |
r.karakalpakstan-kazna@nksouk.mf.uz |
|
Qabul kunlari: |
Dushanba-juma 09:00-12:00 |
Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`yicha G`aznachilik
boshqarmasi boshlig`ining funktsional vazifalari
- O`zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmonlari, Qarorlari,
hukumat qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori va
buyruqlarining bajarilishini ta`minlash va nazorat qilishga bevosita Boshqarma
boshlig`i rahbarlik qiladi.
- boshqarma faoliyatini boshqaradi;
- boshqarma va tuman (shahar) g`aznachilik bo`linmalarida Davlat
byudjetining G`azna ijro bo`yicha amaldagi qonun va normativ aktlarni to`g`ri
ishlatilishini nazorat qiladi;
- boshqarma boshlig`i o`rinbosari, boshqarma bo`limlari va tuman
(shahar) g`aznachilik bo`linmalari boshliqlariga yuklatilgan majburiyatlardan
kelib chiqib mas`ullik darajasini belgilaydi;
- vakolati doirasida buyruq chiqaradi va tuman (shahar) g`aznachilik
bo`linmalariga topshiriq va ko`rsatmalar beradi;
- boshqarmaning shtat birliklari, bo`limlarning nizomi va lavozim
vazifalarini tasdiqlaydi;
- amaldagi mehnat qonunchiligiga asosan G`aznachilik boshqarmasi
xodimlari, tuman (shahar) g`aznachilik bo`linmalari boshliqlarining
o`rinbosarlari va mutaxassislarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod
etadi;
- kadrlar bilan tarbiyaviy ishlarni olib boradi;
- alohida yutuqlarga erishgan xodimlarni belgilangan tartibda
taqdirlashga taklif qiladi;
- tasdiqlangan smetalar doirasida mablag`lardan foydalanadi;
- shtat birligiga amal qiladi, pul mablag`lari va material boyliklarni
saqlanishini ta`minlaydi;
- Davlat byudjetining g`azna ijrosi masalalari bo`yicha fuqarolarni
qabul qiladi;
- Byudjetdan mablag` oluvchilarning tovar (ish, xizmat) etkazib
beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarini ro`yxatdan o`tkazish jarayonini
boshqarish, tuzilayotgan shartnomalarning sifatining ta`minlanishi, ularning
maqsadga muvofikligi va narx navo echimini ta`minlash, tasdiqlangan smeta
mablag`lari doirasida ro`yxatga olingan shartnomalar bo`yicha xarajatini amalga
oshirishda nazoratni tashkil qilish;
- Hududiy g`azna xisob raqamidagi qoldiqlarni monitoring kilish,
tranzit hisob raqamlari xarakatini nazorat kilish;
- Shaxar va tuman g`aznachilik bo`linmalari ishini nazorat qilish va
muvofiqlashtirish;
- Moliya vazirligi G`aznachiligiga davriy hisobotlarni, joriy
ma`lumotlarni taqdim kilish, Moliya vazirligi G`aznachiligi topshiriqlarining
o`z vaqtida bajarilishini ta`minlash bo`yicha ishlarni tashkil etish;
- Moliyaviy – xisob xujjatlari, shartnomalarga imzolar qo`yish.
- Boshqarmada qonun hamda ichki me`yoriy hujjatlarga asosan ish yuritishni
tashkil etish;
- Boshqarma hamda shahar (tuman) bo`linma xodimlari uchun seminarlar
tashkil qilish.
- G`aznachilik boshqarmasining tashkiliy-xo`jalik ishlarini tashkil
qiladi va nazoratini olib boradi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`yicha G`aznachilik
boshqarmasi boshlig`i o`rinbosarining funktsional vazifalari
- Davlat byudjetining g`azna ijrosi masalalari bo`yicha Qonunlar,
Prezident Farmonlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining o`z vaqtida
va sifatli bajarilishini, normativ-huquqiy hujjatlarning to`g`ri tadbiq
etilishini ta`minlash bo`yicha ishlarni olib boradi va nazorat qiladi;
- Boshqarma va uning hududiy bo`linmalari xodimlarning me`yoriy
hujjatlar bilan yuklatilgan funktsional vazifalariga muvofiq ish olib
borilishini tashkil etadi;
- Boshqarma va uning hududiy bo`linmalari xodimlarining axborot
texnologiyalari yordamida Davlat byudjeti xarajatlarining maqsadli
yo`naltirilishi ustidan nazoratni oshirish ishlarini tashkil etadi;
- Moliya organlaridan rejali byudjetdan ajratilishi ko`zda tutilgan
mablag`larni olish, byudjetdan mablag` oluvchilar bilan tovar (ish, xizmat)
etkazib beruvchilar o`rtasida tuzilgan shartnomalar shuningdek, davlat
hisobidan buyurtmachi va pudratchi o`rtasida kapital qurilishga tuzilgan
shartnomalarini ro`yxatga olishni va ularning to`lov jarayonini
muvofiqlashtiradi va boshqaradi;
- Davlat byudjeti G`azna ijrosining buxgalteriya hisobi va hisobotini
yuritish ishlarini tashkil etadi;
- Boshqarma va uning hududiy bo`linmalari vakolatiga oid masalalar
bo`yicha tegishli moliya organlarining boshqarma va quyi bo`linmalari, bank,
byudjet tashkilotlari, byudjetdan mablag` oluvchilar, soliq va boshqa idoralar
bilan ma`lumotlar almashish ishlarini tashkil etish;
- Davlat byudjeti G`azna ijrosini ta`minlash bo`yicha “DMBAT” dasturiy
majmuasining uzulishlarsiz ishlashini ta`minlashni tashkillashtiradi;
- Moliya vazirligi va Moliya vazirligi G`aznachiligi topshiriqlarini
o`z vaqtida bajarilishini ta`minlaydi;
- Boshqarma hamda shahar (tuman) g`aznachilik bo`linmalari faoliyati
bo`yicha joriy ma`lumotlarni o`z vaqtida taqdim qilishni tashkillashtiradi;
- Shartnomalar, to`lov topshiriknomalari va boshqa moliyaviy-hisobot
xujjatlarini, shuningdek boshqarma boshlig`i yo`qligida yuborilishi lozim
bo`lgan chiqim xujjatlarini ularning to`g`ri va aniq tayyorlanganligini
tekshirib imzolaydi;
- Qonunchilikda belgilangan tartibda boshqarmada ish xujjatlari
yuritishni tashkil etadi;
- Davlat byudjetining G`azna ijrosini takomillashtirish va
rivojlantirish masalalari bo`yicha byudjet jarayoni katnashchilari,
g`aznachilik va moliya organlari uchun Moliya vazirligi va Moliya vazirligi
G`aznachiligi vakillari tomonidan o`quv seminarlarini tashkil etadi;
- hisobot yili yakuni bo`yicha Moliya vazirligi Hay`at yig`ilishi
natijalarini G`aznachilikning quyi bo`linmalariga, byudjetdan mablag`
oluvchilarga etkazadi;
- Davlat byudjetining g`azna ijrosiga oid Qonunlar, Prezident
Farmonlari va hukumat qarorlari bo`yicha byudjet tashkilotlari va byudjetdan
mablag` oluvchilarga tushuntirish ishlarining olib borilishini tashkil etish,
G`aznachilik boshqarmasi, tuman (shahar) g`aznachilik bo`linmalari
mutaxassislarining malakalarini oshirish va joylarda kasblik o`qishlarning
samaradorligini oshirish choralarini ko`rib boradi;
- fuqarolarni qabul qilish, arizalar va murojaatlarning o`z vaqtida
qaralishini hamda javob berilishini ta`minlaydi;
- boshqarma boshlig`i yo`qligi vaqtida boshqarma faoliyatiga rahbarlik
qiladi.