14.12.2024, Shembi

Qaraqalpaqstan Respublikası boyınsha Ǵaznashılıq basqarması

 


Madraimov Tursınbay Urazbaevich

Qaraqalpaqstan Respublikası boyınsha Ǵaznashılıq basqarmasınıń baslıǵı


 Mánzil:

 230100, Nókis qalası, A.Dosnazarov kóshesi nomersiz jay

 Telefon:

0(361) 222 17 47

 E-mail:

r.karakalpakstan-kazna@nksouk.mf.uz

Qabıllaw kúnleri:

 Dúyshembi, juma 16:00-18:00

 

 

 

Shlımbetov Batır Emjarovich

 

Qaraqalpaqstan Respublikası boyınsha Ǵaznashılıq basqarması baslıǵınıń orınbasarı

 Mánzil:

230100, Nókis qalası, A.Dosnazarov kóshesi nomersiz jay

 Telefon:

0(361) 222 21 17

 E-mail:

r.karakalpakstan-kazna@nksouk.mf.uz

 Qabıllaw kúnleri:

 Dúyshembi, juma  09:00-12:00

 

 Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`yicha G`aznachilik boshqarmasi boshlig`ining funktsional vazifalari

 

- O`zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmonlari, Qarorlari, hukumat qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori va buyruqlarining bajarilishini ta`minlash va nazorat qilishga bevosita Boshqarma boshlig`i rahbarlik qiladi.

- boshqarma faoliyatini boshqaradi;

- boshqarma va tuman (shahar) g`aznachilik bo`linmalarida Davlat byudjetining G`azna ijro bo`yicha amaldagi qonun va normativ aktlarni to`g`ri ishlatilishini nazorat qiladi;

- boshqarma boshlig`i o`rinbosari, boshqarma bo`limlari va tuman (shahar) g`aznachilik bo`linmalari boshliqlariga yuklatilgan majburiyatlardan kelib chiqib mas`ullik darajasini belgilaydi;

- vakolati doirasida buyruq chiqaradi va tuman (shahar) g`aznachilik bo`linmalariga topshiriq va ko`rsatmalar beradi;

- boshqarmaning shtat birliklari, bo`limlarning nizomi va lavozim vazifalarini tasdiqlaydi;

- amaldagi mehnat qonunchiligiga asosan G`aznachilik boshqarmasi xodimlari, tuman (shahar) g`aznachilik bo`linmalari boshliqlarining o`rinbosarlari va mutaxassislarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi;

- kadrlar bilan tarbiyaviy ishlarni olib boradi;

- alohida yutuqlarga erishgan xodimlarni belgilangan tartibda taqdirlashga taklif qiladi;

- tasdiqlangan smetalar doirasida mablag`lardan foydalanadi;

- shtat birligiga amal qiladi, pul mablag`lari va material boyliklarni saqlanishini ta`minlaydi;

- Davlat byudjetining g`azna ijrosi masalalari bo`yicha fuqarolarni qabul qiladi;

- Byudjetdan mablag` oluvchilarning tovar (ish, xizmat) etkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarini ro`yxatdan o`tkazish jarayonini boshqarish, tuzilayotgan shartnomalarning sifatining ta`minlanishi, ularning maqsadga muvofikligi va narx navo echimini ta`minlash, tasdiqlangan smeta mablag`lari doirasida ro`yxatga olingan shartnomalar bo`yicha xarajatini amalga oshirishda nazoratni tashkil qilish;

- Hududiy g`azna xisob raqamidagi qoldiqlarni monitoring kilish, tranzit hisob raqamlari xarakatini nazorat kilish;

- Shaxar va tuman g`aznachilik bo`linmalari ishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;

- Moliya vazirligi G`aznachiligiga davriy hisobotlarni, joriy ma`lumotlarni taqdim kilish, Moliya vazirligi G`aznachiligi topshiriqlarining o`z vaqtida bajarilishini ta`minlash bo`yicha ishlarni tashkil etish;

- Moliyaviy – xisob xujjatlari, shartnomalarga imzolar qo`yish.

- Boshqarmada qonun hamda ichki me`yoriy hujjatlarga asosan ish yuritishni tashkil etish;

- Boshqarma hamda shahar (tuman) bo`linma xodimlari uchun seminarlar tashkil qilish.

- G`aznachilik boshqarmasining tashkiliy-xo`jalik ishlarini tashkil qiladi va nazoratini olib boradi.

 

 

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`yicha G`aznachilik boshqarmasi boshlig`i o`rinbosarining funktsional vazifalari

 

- Davlat byudjetining g`azna ijrosi masalalari bo`yicha Qonunlar, Prezident Farmonlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining o`z vaqtida va sifatli bajarilishini, normativ-huquqiy hujjatlarning to`g`ri tadbiq etilishini ta`minlash bo`yicha ishlarni olib boradi va nazorat qiladi;

- Boshqarma va uning hududiy bo`linmalari xodimlarning me`yoriy hujjatlar bilan yuklatilgan funktsional vazifalariga muvofiq ish olib borilishini tashkil etadi;

- Boshqarma va uning hududiy bo`linmalari xodimlarining axborot texnologiyalari yordamida Davlat byudjeti xarajatlarining maqsadli yo`naltirilishi ustidan nazoratni oshirish ishlarini tashkil etadi;

- Moliya organlaridan rejali byudjetdan ajratilishi ko`zda tutilgan mablag`larni olish, byudjetdan mablag` oluvchilar bilan tovar (ish, xizmat) etkazib beruvchilar o`rtasida tuzilgan shartnomalar shuningdek, davlat hisobidan buyurtmachi va pudratchi o`rtasida kapital qurilishga tuzilgan shartnomalarini ro`yxatga olishni va ularning to`lov jarayonini muvofiqlashtiradi va boshqaradi;

- Davlat byudjeti G`azna ijrosining buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish ishlarini tashkil etadi;

- Boshqarma va uning hududiy bo`linmalari vakolatiga oid masalalar bo`yicha tegishli moliya organlarining boshqarma va quyi bo`linmalari, bank, byudjet tashkilotlari, byudjetdan mablag` oluvchilar, soliq va boshqa idoralar bilan ma`lumotlar almashish ishlarini tashkil etish;

- Davlat byudjeti G`azna ijrosini ta`minlash bo`yicha “DMBAT” dasturiy majmuasining uzulishlarsiz ishlashini ta`minlashni tashkillashtiradi;

- Moliya vazirligi va Moliya vazirligi G`aznachiligi topshiriqlarini o`z vaqtida bajarilishini ta`minlaydi;

- Boshqarma hamda shahar (tuman) g`aznachilik bo`linmalari faoliyati bo`yicha joriy ma`lumotlarni o`z vaqtida taqdim qilishni tashkillashtiradi;

- Shartnomalar, to`lov topshiriknomalari va boshqa moliyaviy-hisobot xujjatlarini, shuningdek boshqarma boshlig`i yo`qligida yuborilishi lozim bo`lgan chiqim xujjatlarini ularning to`g`ri va aniq tayyorlanganligini tekshirib imzolaydi;

- Qonunchilikda belgilangan tartibda boshqarmada ish xujjatlari yuritishni tashkil etadi;

- Davlat byudjetining G`azna ijrosini takomillashtirish va rivojlantirish masalalari bo`yicha byudjet jarayoni katnashchilari, g`aznachilik va moliya organlari uchun Moliya vazirligi va Moliya vazirligi G`aznachiligi vakillari tomonidan o`quv seminarlarini tashkil etadi;

- hisobot yili yakuni bo`yicha Moliya vazirligi Hay`at yig`ilishi natijalarini G`aznachilikning quyi bo`linmalariga, byudjetdan mablag` oluvchilarga etkazadi;

- Davlat byudjetining g`azna ijrosiga oid Qonunlar, Prezident Farmonlari va hukumat qarorlari bo`yicha byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag` oluvchilarga tushuntirish ishlarining olib borilishini tashkil etish, G`aznachilik boshqarmasi, tuman (shahar) g`aznachilik bo`linmalari mutaxassislarining malakalarini oshirish va joylarda kasblik o`qishlarning samaradorligini oshirish choralarini ko`rib boradi;

- fuqarolarni qabul qilish, arizalar va murojaatlarning o`z vaqtida qaralishini hamda javob berilishini ta`minlaydi;

- boshqarma boshlig`i yo`qligi vaqtida boshqarma faoliyatiga rahbarlik qiladi.