22.12.2024, Yakshanba

Beruniy tumani hokimligi

Tuman hokimligi veb-saytiga o'tish
 

Beruniy tumani hokimligi ma’muriyati


 

  



  • Xidirov Ikrom Torebaevich

    Beruniy tumani hokimi

     Manzil:

    230200, Beruniy tumani, Xalqlar do`stligi ko`chasi 11 uy

     

     Telefon:

     

    0(361) 524-21-45

     

    E-mail:

    beruniy.t@exat.uz

     Qabul kunlari:

    Juma 11:00-13:00

     

     

     


    Matirzaev  Umidjan  Gulimbaevich 

    Beruniy tumanihokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari

    Manzil:

    230200, Beruniy tumani, Xalqlar do`stligi        ko`chasi 11 uy

    Telefon:

    0 (361) 524-42-24

     E-mail:

     zamhokim.b@exat.uz, i.matkarimov@umail.uz

     Qabul kunlari:

    Dushanba va Seshanba, soat 10:00 – 13:00

     

     

      

    Qahramon Qo‘shanov


    Beruniy tumani hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo'jalik, ekologiya va ko'kalamzorlashtirish masalalari bo'yicha o'rinbosari v.v.b

     Manzil:

    230200, Beruniy tumani, Xalqlar do`stligi        ko`chasi 11 uy

     Telefon:

     0 (361) 524-95-35

     E-mail:

     qurilishzam.b@exat.uz

     Qabul kunlari:

     Payshanba va Juma, soat 10:00 – 13:00

     




    Usmanov Umar Qutlimuratovich

    Beruniy tumani hokimining  investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish va kichik sanoat zonalari hamda turizmni  rivojlantirish masalalari bo`yicha o`rinbosari

     Manzil:

    230200, Beruniy tumani, Xalqlar do`stligi        ko`chasi 11 uy

     Telefon:

     0 (361) 524-26-77

     E-mail:

     invest.b@exat.uz

     Qabul kunlari:

    Dushanba va Chorshanba, соат 10:00 – 13:00

     




    Kurbaniyazov Alisher Tadjibaevich

    Beruniy tumani hokimning

    yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosari

     Manzil:

    230200, Beruniy tumani, Xalqlar do`stligi        ko`chasi 11 uy

     Telefon:

     0 (361) 524-44-07

     E-mail:

    yashlar.b@exat.uz, xudaybergenov@umail.uz

     Qabul kunlari:

    Seshanba va Payshanba, soat 10:00 – 13:00

     


    Kazakbayev Aybek Nurullayevich

    Beruniy tumani hokimining  qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosari

    vazifasini vaqtincha bajaruvchi

     Manzil:

    230200, Beruniy tumani, Xalqlar do`stligi ko`chasi

    11 uy

     Telefon:

     0 (361) 524-25-31

     E-mail:


     Qabul kunlari:

    Chorshanba va Shanba, soat  10:00 – 13:00

     


    Kozieva Sayyora Rustamovna  

    Beruniy tumani hokimining o'rinbosari – oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i

     Manzil:

    230200, Beruniy tumani, Xalqlar do`stligi ko`chasi

    11 uy

     Telefon:

     0 (361) 524-89-30

     E-mail:

    xotinqizlar.b@exat.uz,  r.masharipova@umail.uz

     Qabul kunlari:

    Cyjrshanba va Shanba, соат 11:00 – 13:00

     

     Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani hokimi A.Saparbayev tomonidan 2019 yil davomida Beruniy tumanida jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazish maqsadida tashkil qilingan sayyor va ommaviy qabullar jadvali




     

    Qoraqalpog`iston Respublikasi Beruniy tumani

    hokimining funktsional vazifalari:

     

    Tuman hokimi O`zbekiston va Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyalari hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida”gi Qonunlari asosida faoliyat olib boradi;

    tuman iqtisodiyotining, ijtimoiy va ma`naviy sohalarining samarali faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi;

    tumanda O`zbekiston Respublikasi Qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi qonunlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va Prezidiumining qarorlari, Vazirlar Kengashining qarorlari va farmoyishlari ijrosini tashkil etadi;

    O`zbekiston Respublikasi Qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi qonunlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va Jo`qorg`i Kenges Prezidiumining qarorlari, Vazirlar Kengashining qaror va farmoyishlari asosida hamda boshqada tuman hududida ijro qilinishi shart bo`lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi;

    jamoat tartibiga rioya etilishi va jinoyatchilikka qarshi kurash, fuqarolarning xavfsizligini ta`minlash, ularning huquqlarini himoya qilish va salomatligini muhofaza etish bilan bog`liq chora-tadbirlar ko`radi, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda hollarda tegishli ishlarni tashkil etadi;

    tumanni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yo`nalishlarini, tuman byudjetining asosiy ko`rsatkichlarini va ularning ijrosiga doir hisobotlarni xalq deputatlari tuman Kengashining tasdig`iga taqdim etadi;

    Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi Raisiga tuman hokimi o`rinbosarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish to`g`risida takliflar beradi;

    o`z o`rinbosarlari va ijroiya hokimiyati struktura bo`linmalarining rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish to`g`risidagi qarorlarni xalq deputatlari tuman Kengashi tasdig`iga taqdim etadi;

    tuman hokimligi faoliyatiga rahbarlik qiladi va uning o`z vakolotlarini samarali amalga oshirish uchun chora-tadbirlar belgilaydi;

    tuman hokimi o`rinbosarlari orasida vazifalarni taqsimlaydi;

    tuman qishloq va suv xo`jaligi majmuasiga rahbarlik qiladi va ularning ishlarini muvofiqlashtiradi;

    tuman hokimligi majlislariga rahbarlik qiladi;

    tuman hokimligining tegishli komissiyalari va kengashlariga rahbarlikni amalga oshiradi va ularning faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;

    “Mahalliy davlat hokimiyati to`g`isida”gi O`zbekiston va Qoraqalpog`iston Respublikasi Qonunlariga asosan Xalq deputatlari tuman Kengashiga rahbarlik qiladi;

    davlat mukofotlari bilan taqdirlashga doir iltimosnomalarni qarab chiqadi va Jo`qorg`i Kengesga takliflar kiritadi;

    rejalashtirish, byudjet, moliya, hisob-kitob, tuman mulkini boshqarish, mulkchilikning turli shakliga mansub korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan hamjihatlik qilish, qishloq xo`jaligi, er va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, qurilish, transport, yo`l xo`jaligi va aloqa, aholiga kommunal, savdo va ijtimoiy-madaniy xizmat ko`rsatish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, qonuniylik, huquq-tartibot va xavfsizlikni ta`minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish sohasida qonun hujjatlarida o`z vakolatiga berilgan boshqa masalalarni ham hal etadi.

    Tuman hokimi quyidagi muassasa, korxona va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularda ishlarning ahvolini tahlil qiladi va birgalikda ish olib boradi:

    - tuman ichki ishlar bo`limi;

    - tuman favqulodda vaziyatlar bo`limi;

    - tuman mudofaa ishlari bo`yicha bo`limi;

    - tuman qishloq va suv xo`jaligi bo`limi;

    - tuman fermerlar Kengashi;

    - tuman veterinariya bo`limi;

    - tuman veterinariya laboratoriyasi;

    - tuman er resurslari va davlat kadastri bo`limi;

    - “Beruniy paxta tozalash” AJ;

    - “To`rtkuldonmahsulotlari” AJ “Beruniydon” filiali;

    - “Beruniy pilla” MChJ;

    - “Qoraqalpoq agroservis” MTP MChJ Beruniy tuman filiali;

    - “Bosh Beruniy agrotexservis” MTP MChJ;

    - "Qoraqalpoqagrokimyohimoya" XAJ tuman filiali;

    - Beruniy davlat o`rmon xo`jaligi;

    - Beruniy tumani Agromonitoring markazi MChJ;

    - “Temur-Barakat” agrofirmasi;

    - tuman urug`chilik inspektsiyasi;

    - suv nazorati inspektsiyasi;

    - paxta urug`chiligi laboratoriyasi;

    - o`simliklar karantini inspektsiyasi;

    - “Paxtarna Nayman” irrigatsiya tizimlari boshqarmasi;

    - Beruniy tumani Qirg`oqlarni ximoyalash dambalari va o`zanlarni tartibga solish inshootlari boshqarmasi;

    - Quyi-Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi qoshidagi Beruniy Nasos stantsiyalari, energetika va aloqa boshqarmasi;

    - Qoraqalpog`iston gidrogeologo-meliorativ ekspeditsiyasi Beruniy meliorativ tizimi;

    - tuman “Davtexnazorat” inspektsiyasi inspektori;

    - muqobil mashina traktor parklari;

    - fermer xo`jaliklari.

    Tuman hokimi rahbarlik qiladigan komissiyalari va kengashlari:

    kadrlar tayyorlashning Milliy dasturini amalga oshirish bo`yicha tuman komissiyasi;

    O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 25 maydagi “O`zbekiston xotin-qizlar qo`mitasi faoliyatini qo`llab-quvvatlash borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PF-3434-sonli Farmoni ijrosini ta`minlash chora-tadbirlari dasturi amaga oshirilishini muvofiqlashtirish bo`yicha tumanda doimiy ishlovchi komissiyasi;

    tumanda ona va bola salomatligini muhofaza qilish, sog`lom avlodni shakllantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar hamda sog`lom avlod tug`ilishi va uni tarbiyalashning ustuvor yo`nalishlarini amalga oshirish bo`yicha tuman komissiyasi;

    qishloq xo`jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo`yicha tuman komissiyasi;

    tuman hokimligi huzuridagi giyohvand moddalarni nazorat qilish komissiyasi;

    geografik ob`ektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo`yicha tuman komissiyasi;

    tuman epidemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiyasi;

    OIV/OITS infektsiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga doir tadbirlarni muvofiqlashtirish bo`yicha tuman komissiyasi;

    tuman hokimligi huzuridagi voyaga etmaganlar ishlari bo`yicha komissiyasi;

    tumanda toshqin suvlari, sel, ko`chki hodisalarining oldini olish va oqibatlarini bartaraf qilish komissiyasi;

    nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo`yicha tuman komissiyasi;

    tuman suv xo`jaligi Kengashi;

    er ajratish, egalik qilish, foydalanishga va ijaraga berish masalalarini ko`rib chiqish bo`yicha tuman doimiy komissiyasi;

    tumanda qurilish ehtiyojlari uchun er tanlash va ajratish doimiy komissiyasi;

    mehnat jamoalari tomonidan davlat mukofotlariga tavsiya qilingan fuqarolarning hujjatlarini ko`rib chiqish bo`yicha tuman komissiyasi;

    yoshlar masalalari bo`yicha Beruniy tumani idoralararo Kengashi;

    Mustaqillik va “Navro`z” umumxalq bayramlarini nishonlashni tashkil etish bo`yicha doimiy ishlaydigan tuman komissiyasi ishlariga rahbarlik qiladi.

    Qoraqalpog`iston Respublikasi Beruniy tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosarining funktsional vazifalari:

    O`zbekiston Respublikasi Qonunlarida hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan hujjatlarda belgilanadigan iqtisodiy va tadbirkorlik sohasining eng muhim ustuvor vazifalariga muvofiq hududni kompleks rivojlantirish bo`yicha takliflar ishlab chiqish;

    tuman miqyosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan maqsadli dasturlarning ijrosini ta`minlash;

    makroiqtisodiy ko`rsatkichlarini shu jumladan, yalpi hududiy mahsulot, sanoat, investitsiya, xizmat ko`rsatish, chakana savdo aylanmasi, eksport, inflyatsiya, aholining bandligi, mahalliy byudjetning har yilgi prognoz parametrlarini asoslangan holda ishlab chiqish va uning ijrosini samarali tashkil qilish, debitor-kreditor qarzdorliklarning yuzaga kelishini oldini olish yuzasidan tizimli ishlarni amalga oshirish va qarzdorlikni bartaraf qilishning samarali usullarini joriy etish;

    iqtisodiyot masalalari bo`yicha tumandagi korxona, tashkilot va muassasalar, tijorat banklari ish faoliyatini muvofiqlashtirish, aholini tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida ular bilan tijorat banklari o`rtasida muloqot o`rnatish uchun har bir xonadonga bank va moliyaviy xizmatlarni taklif qilish orqali imtiyozli kreditlash dasturlarini ishlab chiqish va so`zsiz amalga oshirish;

    tarmoq va hududiy boshqaruv organlari uzviy hamkorligini yo`lga ko`yish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini, shu jumladan, bazaviy tarmoqlarining uzviy rivojlanishini ishlab chiqarish va mehnat resurslarini oqilona joylashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, tarkibiy o`zgartirish va diversifikatsiyalashni amalga oshirish, investitsiyalarni, shu jumladan to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalarni moliyaviy mablag` hamda zamonaviy texnologiyalar shaklida jalb qilish, korxonalar o`rtasida kooperatsiya aloqalarini kengaytirish;

    tuman iqtisodiyoti sohasini kompleks rivojlantirishning asosiy dasturlarini, shu jumladan, sanoat, investitsiya, mahalliylashtirish, qishloq xo`jaligining barcha sohasini, ayniqsa paxta tolasini va meva-sabzavotni qayta ishlash, xizmatlar sohasini rivojlantirish kabi maqsadli dasturlarni kafolatlangan moliyaviy manbaalarini aniqlagan holda tuman mahalliy byudjeti parametrlari bilan uzviy tarzda ishlab chiqish va so`zsiz amalga oshirishni ta`minlash;

    kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo`llab-quvvatlash, ularning huquqlarini himoya qilish va erkinliklarining kafolatlarini ta`minlash, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, yangi korxonalar, shu jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida korxonalarni tashkil etish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, yangi ish o`rinlarini yaratish va aholining turli qatlamlari bandligi masalalarini hal etish orqali mahalliy byudjetning daromad bazasini kengaytirish, mahalliy byudjetga tushumlar hajmini oshirish hisobiga mahalliy byudjet subventsiyasi hajmini bosqichma-bosqich qisqartirish va bartaraf etish;

    qishloq xo`jaligi sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, ko`p tarmoqli fermer xo`jaliklarini moliyaviy qo`llab-quvvatlash, bu sohani industriyalashgan tarmoqqa aylantirish maqsadida qishloq xo`jaligining barcha turdagi mahsulotlarini qayta ishlash va eksport qilishni keskin kengaytirish uchun maxsus dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

    “Yagona darcha” tamoyili bo`yicha tadbirkorlik sub`ektlariga davlat xizmatlari ko`rsatuvchi yagona markazlarning va davlat xizmatlari ko`rsatuvchi boshqa vakolatli organlarning faoliyatini, shuningdek, davlat organlari bilan tadbirkorlik sub`ektlari o`rtasidagi o`zaro munosabatlarning bevosita aloqasiz shakllarini joriy etishning holatini tahlil qilish;

    tadbirkorlikni rivojlantirishdagi eng muhim muammolar bo`yicha seminarlar va davra suhbatlarini muntazam o`tkazish, shuningdek, tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash yuzasidan ko`rilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi to`g`risidagi materiallarni ommaviy axborot vositalarida e`lon qilish yo`li bilan tadbirkorlik sub`ektlari orasida axborot va tushuntirish ishlarini tashkil etish;

    sohaga oid tegishli tashkilot hamda muassasalarda ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari ijrosini nazorat kilish, ish yuritish va nazoratni tashkil etish bo`yicha me`yoriy xujjatlari talablari asosida ishni tashkil etish va ijro intizomini mustahkamlash;

    jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini amaldagi qonunlarga muvofiq ko`rib chiqish;

    tuman hokimligi “Axborot xavfsizligi siyosati” hamda internet tarmog`idan oqilona va samarali foydalanish bo`yicha “Yo`riqnoma” talablariga doimo amal qilish.

    Quyidagi korxona, tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularda ishlarning ahvolini tahlil qiladi va birgalikda ish olib boradi:

    - tuman iqtisodiyot va hududni kompleks rivojlantirish bo`limi

    - tuman statistika bo`limi;

    - tuman moliya bo`limi;

    - tuman g`aznachilik bo`linmasi;

    - byudjetdan tashqari pensiya jamg`armasi tuman bo`limi;

    - tuman davlat soliq inspektsiyasi;

    - tuman bandlikka ko`maklashish markazi;

    - “Yagona darcha” markazi;

    - QR savdo-sanoat palatasi qoshidagi tuman axborot-maslahat markazi;

    - Iste`molchilar huquqini himoya qilish jamiyati;

    - ATB “Agrobank Beruniy tumani filiali;

    - ATB “Xalq banki” Beruniy tumani filiali;

    - ATB “Qishloqqurilishbank” Beruniy tumani filiali;

    - TIF Milliy banki To`rtkul tumani filiali Beruniy mini banki;

    - ATIB “Ipoteka bank” QR filiali Beruniy mini banki;

    - “Asaka bank” QR filiali tuman mini banki;

    - Beruniy inkassatsiya bo`limi;

    - “O`zagrosug`urta” DASK Beruniy tumani direktsiyasi;

    - “Kafolat” DASK tuman bo`limi;

    - “ALSKOM” SKAJ Amudaryo tumani bo`limi;

    - “Beruniy Fayz” MChJ;

    - “Shobboz dehqon bozori” MChJ;

    - “Beruniy savdo kompleksi” MChJ;

    - Beruniy tumanidagi davlat notarial idoralari;

    - tuman “hunarmandlar” uyushmasi.

    Tuman hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari tomonidan ishlari tashkil kilinadigan komissiyalar va kengashlar:

    pul-kredit siyosati bo`yicha tuman komissiyasi;

    moliyaviy-xo`jalik faoliyatini olib bormayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda o`zlarining ustav jamg`armalarini tashkil etmagan korxonalarni tugatish bo`yicha maxsus tuman komissiyasi;

    iste`molchilar huquqlarini himoya qilish bo`yicha tuman tayanch komissiyasi;

    muddati o`tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va byudjetga to`lovlar intizomini mustahkamlash bo`yicha tuman komissiyasi;

    naqd pul tushumini bank kassalariga to`liq topshirilishini va belgilangan prognoz ko`rsatkichlarining o`z vaqtida bajarilishini ta`minlash hamda nazorat qilish bo`yicha tuman komissiyasi;

    tuman hokimligi qoshidagi alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beruvchi ruxsatnomalarni berish bo`yicha maxsus komissiyasi;

    “Amnistiya to`g`risida”gi Oliy Majlis Senati qarorining ijrosini ta`minlash bo`yicha tuman komissiyasi;

    Qoraqalpog`iston Respublikasi Beruniy tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo`jalik masalalari bo`yicha o`rinbosarining funktsional vazifalari:

    a) kommunal xo`jaligini isloh qilish va rivojlantirish sohasida;

    iqtisodiyotni yanada isloh qilish, tarkibiy o`zgartirish va diversifikatsiyalash dasturiga muvofiq kommunal xo`jaligi sohasida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks o`rganishni tashkil etadi va choralar ko`radi;

    kommunal xizmat ko`rsatish sohasida rivojlanish prognozlarini va eng muhim dasturlarini bajarishini ta`minlaydi;

    kommunal sohada monitoringni ta`minlash, ushbu sohadagi holat va vaziyatni tahlil etadi;

    kommunal xizmat ko`rsatish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish, kommunal xizmat ko`rsatish tizimini rivojlantirish va takomillashtirish masalalari bo`yicha topshiriqlarni ijro etish bo`yicha tegishli tashkilotlar faoliyati samarali muvofiqlashtirilishini ta`minlaydi;

    kommunal soha korxonalarida yoqilg`i-energetika resurslarini tejashga doir tashkiliy-texnik tadbirlar va energiya sarfini kamaytirish tarmoq dasturini amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtiradi;

    b) transport va transport kommunikatsiyalari sohasida:

    transport va transport kommunikatsiyalarining barcha turlari faoliyati monitoringini ta`minlaydi hamda tahlil etadi va ushbu sohalarda davlat siyosatini, boshqaruv shakllari, usullari va tuzilmasini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqadi;

    transport sohasining faoliyat ko`rsatishi va transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish masalalari bo`yicha qabul etilgan normativ-huquqiy hujjatlarning bajarilishini tashkil etadi;

    transport va transport kommunikatsiyalari sohasi faoliyati masalalarida korxona tashkilot, muassasalar boshqa idoralarning o`zaro hamkorligini ta`minlaydi;

    raqobat muhitini shakllantirish, transport xizmatlari bozoridan teng foydalanilishini ta`minlash yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

    v) kapital qurilish va pudrat ishlari dasturlari sohasida:

    kapital qurilishda, muhim xalq xo`jaligi ob`ektlari qurilishida, shu jumladan, ijtimoiy soha, uy-joy va infratuzilma ob`ektlari qurilishida pudrat ishlarini tashkil etish sohasida monitoringni ta`minlaydi hamda holat va vaziyatni tahlil qiladi;

    kapital qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish masalalari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Jo`qorg`i Kengesining qarorlari va boshqa hujjatlari, Vazirlar Kengashining qarorlari va farmoyishlari, tuman hokimi qarorlari, farmoyishlari va boshqa hujjatlari bajarilishi bo`yicha davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, korxona va tashkilotlar faoliyati samarali muvofiqlashtirilishini ta`minlaydi;

    qurilish sohasida xususiy va kichik tadbirkorlikni, bozor infratuzilmasini rivojlantirish bo`yicha ishlab chiqilgan takliflarning monitoringini olib boradi;

    qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo`yicha yakka tartibda uy-joy, tashqi muxandislik tarmoqlari va infratuzilma ob`ektlarini qurish dasturini amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtiradi;

    kapital qurilish va arxitektura sohasida xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta`minlaydi, ularni jadal rivojlantirish yo`lidagi tusiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari dasturi amalga oshirilishi monitoringini ta`minlaydi va tahlil qiladi;

    g) qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoati sohasida:

    qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish sohasida qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishini ta`minlaydi;

    qurilish materiallari sanoatini yangi texnologiyalar, qurilish asbob-uskunalari, texnika, materiallar bilan ta`minlashning kompleks dasturlarini shakllantiradi;

    qurilish materiallarining ilg`or turlarini ishlab chiqarishni o`zlashtirish, qurilish industriyasi korxonalarida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo`yicha takliflar ishlab chiqadi;

    d) arxitektura va qurilish ishlarini nazorat etish sohasida:

    yagona arxitektura-shaharsozlik siyosati amalga oshirilishini hamda tegishli korxonalar tomonidan shaharsozlik faoliyati sohasida o`zlariga yuklangan vazifalarning bajarilishini ta`minlaydi;

    aholi punktlarini kompleks rivojlantirish bo`yicha qabul qilinayotgan loyiha echimlarining darajasi va sifatini oshiradi;

    qurilish ishlari sifati yuzasidan zarur darajada nazorat o`rnatadi.

    sohaga oid tegishli tashkilot hamda muassasalarda ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari ijrosini nazorat qiladi, ish yuritish va nazoratni tashkil etish bo`yicha me`yoriy hujjatlari talablari asosida ishni tashkil etadi va ijro intizomini mustahkamlaydi;

    jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini amaldagi qonunlarga muvofiq ko`rib chiqadi;

    tuman hokimligi “Axborot xavfsizligi siyosati” hamda internet tarmog`idan oqilona va samarali foydalanish bo`yicha “Yo`riqnoma” talablariga doimo amal qilish.

    Quyidagi korxona, tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularda ishlarning ahvolini tahlil qiladi va birgalikda ish olib boradi:

    - tuman arxitektura va qurilish bo`limi;

    - tuman yo`l xo`jaligi pudrat ta`mirlash foydalanish korxonasi;

    - tuman obodonlashtirish boshqarmasi;

    - Beruniy tumani telekommunikatsiyalar tarmog`i;

    - Beruniy tumani pochta aloqa tarmog`i;

    - “Beruniy ATK-42” MChJ;    

    - “Beruniy Sam trans” MChJ;

    - “Beruniy Avtotrans servis” MChJ;

    - “Shobboz transport” MChJ;

    - “Beruniy Toshkent trans” MChJ;

    - "Shobboz Avtotrans plyus" MChJ;

    - “Beruniy avtovokzal” MChJ;

    - "To`li Zafar" MChJ;

    - "Hasan-Xusan trans" MChJ;

    - “Oq yo`l” MChJ

    - "№ 28 Avtokorxona" MChJ

    - MK “Vatanparvar” tashkiloti tuman Kengashi;

    - er tuzish va ko`chmas mulk kadastri davlat korxonasi;

    - “Qoraqalpog`istongaz” filiali Beruniy tumanlararo gaz ta`minoti uchastkasi;

    - Beruniy tumani elektr ta`minoti korxonasi;

    - “Tuyamo`yin-Nukus” suv quvurlaridan foydalanish boshqarmasi "Beruniy

        tuman suv tarmoqlari" filiali;

    - xususiy avtomobillarga yonilg`i quyish shahobchalari (AYoQSh, AGQSh);

    - “Beruniy qurilish materiallari” MChJ;

    - “Mirob quruvchi” shu`ba korxonasi

    - “Jamshid” MChJ;

    - “Komil sifatli qurilish” MChJ

    - Beruniy “Agroqurilish” MChJ

    - “Beruniy ta`mir” MChJ

    - “Ta`mirlash” MChJ

    - «ASTERA TEKSTIL» MChJ shaklidagi chet el korxonasi;

    Tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo`jalik masalalari bo`yicha o`rinbosari tomonidan ishlari tashkil qilinadigan komissiyalar va kengashlar:

    iqtisodiyot tarmoqlarini kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni muvofiqlashtirish bo`yicha tuman komissiyasi;

    yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash bo`yicha tuman komissiyasi;

    ikkilamchi qora va rangli metall parchalarini, qog`oz chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlashga topshirishni nazorat qilish va yo`naltirish bo`yicha tuman komissiyasi;

    1991 yilgacha qurilgan ko`p qavatli turar joylarning umumfoydalanish o`rinlari va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga yirik ta`mirlash ishlarini yuritishni nazorat qilish komissiyasi;

    tuman hududidagi o`ta muhim va toifalangan ob`ektlarning xavfsizligini ta`minlash bo`yicha idoralararo komissiyasi;

    toshqin suvlari, sel oqimlari va ko`chkilarni xavfsiz o`tkazishni ta`minlash bo`yicha toshqinga qarshi kurash bo`yicha tuman komissiyasi;

    qishloq aholi punktlarini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta`minlash dasturini amalga oshirish bo`yicha tuman komissiyasi;

    Toza havo operatsiyasini o`tkazish va yakuniy natijalarini ko`rib chiqish tuman komissiyasi;

    yonilg`i-energetika resurslarini tejash bo`yicha tuman komissiyasi;

    kommunal xizmatlar uchun to`lovlarning undirilishi bo`yicha tuman komissiyasi;

    tumanni ko`kalamzorlashtirish va aholi punktlarini obodonlashtirish bo`yicha komissiyasi;

    yo`nalishsiz taksilar faoliyatini tartibga solish va litsenziyalash komissiyasi.

     

    Qoraqalpog`iston Respublikasi Beruniy tumani hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashti-rilgan korxonalarga ko`maklashish va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo`yicha o`rinbosarining funktsional vazifalari:

     

    O`zbekiston Respublikasi Qonunlarida hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan huquqiy-normativ hujjatlarda belgilangan investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish va kichik sanoat zonalari hamda turizm sohasining eng muhim ustuvor vazifalariga muvofiq kompleksni rivojlantirish bo`yicha takliflar ishlab chiqish;

    O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga  ko`rib chiqish uchun kiritiladigan, shuningdek, xalq deputatlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o`tkazilishini ta`minlash;

    tuman miqyosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan maqsadli dasturlarning ijrosini ta`minlash;

    tasarrufidagi mutaxassislarning va sohaga oid tegishli tashkilot hamda muassasalarda ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari ijrosini nazorat qilish, ish yuritish va nazoratni tashkil etish bo`yicha me`yoriy hujjatlari talablari asosida ishni tashkil etish va ijro intizomini mustahkamlash;

    jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini amaldagi qonunlarga muvofiq ko`rib chiqish;

    tuman hokimligi “Axborot xavfsizligi siyosati” hamda internet tarmog`idan oqilona va samarali foydalanish bo`yicha “Yo`riqnoma” talablariga doimo amal qilish;

    qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi.

    a) investitsiya masalalari bo`yicha:

    xorijiy investitsiyalarni jalb etish, iqtisodiyot tarmoqlariga investitsiyalar hajmini kengaytirishni rag`batlantirishga qaratilgan yagona davlat investitsion siyosatini shakllantirish va amalga oshirish ishlarida qatnashish, hududda investitsion iqlimini yanada takomillashtirish, chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning rivojlanishini qo`llab-quvvatlash;

    xorijiy investitsiyalarni jalb qilish sohasida va hududda investitsion faoliyatni kengaytirish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish bo`yicha normativ-huquqiy bazani takomilllashtirishga qaratilgan takliflar kiritish;

    hududning iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va qulay investitsion sharoit yaratishga ko`maklashish, investitsion loyihalarning monitoring ishlarini olib borish, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tashkil etishda va samarali faoliyat olib borishda ko`maklashish;

    chet el investitsiyalarini jalb qilishning asosiy yo`nalishlarini belgilash va amalga tatbiq etishda, shuningdek xalqaro moliya institutlari va chet el investorlari bilan investitsiyaviy hamkorlikni amalga oshirishda davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, O`zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari va O`zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakillarining savdo-iqtisodiy masalalar bo`yicha maslahatchilari bilan keng faoliyatni yo`lga qo`yish;

    O`zbekiston Respublikasida va chet ellarda xorijiy investorlarga tumanning iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati haqida keng axborot (katalog, broshyura, flaer, vidiorolik) berish maqsadida xalqaro konferentsiyalar, seminarlar, investitsiya forumlarida qatnashish orqali o`zaro manfaatli yaqin hamkorlikni yo`lga qo`yish;

    mazkur jarayonlarda qatnashish istagida bo`lgan tadbirkorlik sub`ektlarining xorijiy davlatlarga maqsadli safarlar (yuqori darajadagi rasmiy delegatsiyalar, xalqaro ko`rgazma, biznes forum va boshqalar) uyushtirilishini tashkil qilish;

    har yilgi hududiy va mintaqaviy investitsiya dasturlarini, shu jumladan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalar qismi bo`yicha shakllantirish va monitoring qilishda ishtirok etish;

    hududiy investitsiya dasturlari amalga oshirilishini, respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning o`rtacha va uzoq muddatli dasturlariga kiritilgan yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ko`maklashish;

    sanoat sohasidagi investitsiya dasturlari, hududlarni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish kompleks dasturlari, ishlab chiqarish, transport va aloqa, ijtimoiy infratuzilmalarini rivojlantirish kompleks dasturlari bilan birga chet el investitsiyalarini, avvalambor to`g`ridan-to`g`ri kreditlarni jalb qilish va moliyaviy-texnik yordam ko`rsatish;

    chet el investitsiyalarini jalb qilishni tizimli monitoring qilish orqali hudud iqtisodiyotiga jalb qilingan xorijiy investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish, xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar faoliyatini, shuningdek investor tomonidan investitsiya majburiyatlarining bajarilishini tahlil qilish, chet el investitsiyalari ishtirokidagi investitsiya loyihalarining o`z vaqtida va samarali amalga oshirilishiga to`sqinlik qiluvchi omillarni aniqlash, mahalliy hokimiyat organlarida tezkor qaror qabul qilish bo`yicha takliflarni taqdim etish;

    hududning resurs bazasini hisobga olgan holda investitsiya takliflarini ishlab chiqadi.

    b) innovatsion faoliyat bo`yicha

    davlat organlari va tashkilotlarida innovatsion faoliyatni takomil-lashtirish bo`yicha takliflarni yig`adi va umumlashtiradi;

    ilg`or texnologiyalarni birinchi darajada joriy etishni talab qiladigan tegishli tarmoq va sohalarni rivojlantirishning asosiy yo`nalishlarini belgilaydi;

    hududiy iqtisodiyotni modernizatsiya qila oladigan ilmiy, loyiha va ilmiy-texnologik tashkilotlari tizimini rivojlantirish, shuningdek, istiqbolda ilmiy-texnik salohiyatni shakllantirish bo`yicha dasturlarni ishlab chiqadi;

    iqtisodiyotning energiya va resurs sarfi hajmini qisqartirish, energiya tejaydigan texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng joriy etish, muqobil energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish bo`yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;

    atrof-muhitni ifloslantirish darajasini kamaytiradigan ekologik toza texnologiyalarni qo`llagan holda ishlab chiqarish qobiliyatini oshirishni nazarda tutuvchi «yashil iqtisodiyot» texnologiyalarini joriy etishga;

    xizmatlar sohasini jadal rivojlantirishga va uning tuzilmasini tubdan o`zgartirishga, eng avvalo, innovatsion ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish hisobiga uning sifatini va yalpi hududiy mahsulotni shakllantirishdagi rolini oshirishga;

    innovatsion yondashuvlarni ishlab chiqish va joriy etish orqali turizm sohasining raqobatbardoshligini oshirishga;

    agrar sektorda qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini maksimal darajada avtomatlashtirish, ustuvor qishloq xo`jaligi ekinlarining hosildorligini jiddiy oshirish va qishloq xo`jaligi korxonalarining moliyaviy ko`rsatkichlarini yaxshilash, shuningdek, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlash imkonini beruvchi innovatsion g`oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etilishiga ko`maklashadi;

    manfaatdor davlat organlari va tashkilotlari bilan o`zaro hamkorlikda uzluksiz ta`lim, ayniqsa muhandis-texnik kadrlarni tayyorlash sohasidagi tizimni tubdan takomillashtirish, ta`lim xizmatlarining hammabopligi va sifatini hamda texnik yo`nalishdagi mutaxassislikning nufuzini oshirish bo`yicha takliflarni tayyorlaydi;

    ta`lim tizimida innovatsiyalarni, shu jumladan o`qitishning zamonaviy va interfaol metodlarini joriy etish orqali targ`ib qiladi, raqamli texnologiyalardan keng foydalanishni nazarda tutuvchi innovatsion o`quv dasturlarini ishlab chiqishni ta`minlaydi;

    sog`liqni saqlash tizimini jahon standartlarini hisobga olgan holda, shu jumladan kasalliklarni barvaqt aniqlash va masofadan profilaktika qilish, shuningdek, aholining uzoq umr ko`rishi uchun qo`shimcha sharoitlar yaratish hamda kasallik va o`lim ko`rsatkichlarini pasaytirishni ta`minlaydigan ilg`or texnologiyalar, «Aqlli tibbiyot» va «Yagona tibbiyot axborot markazi» kontseptsiyalarini joriy etish orqali jadal rivojlantirishga ko`maklashish;

    mazkur kontseptsiyalarni ishlab chiqishda xalqaro tashkilot va xorijiy davlat muassasalarining grand mablag`larini jalb qilishga e`tibor qaratish;

    inson hayotida ekologik qulay sharoitlar va tuman hududini atrof- muhitning transchegaraviy ifloslanishidan himoya qilish tizimini yaratish masalalarini tizimli va kompleks o`rganishlarni tashkil etadi;

    innovatsion g`oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarning har yilgi hududiy yarmarkalarini tashkil qiladi va o`tkazadi, shuningdek ular doirasida tuzilgan shartnomalarning bajarilishini monitoring qilish;

    intellektual mulk ob`ektiga bo`lgan huquqni tasdiqlaydigan patent va boshqa hujjatlarni olish tartib-taomillarini soddalashtirish va jadallashtirish imkonini beruvchi qonun va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

    v) Xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish bo`yicha:

    xususiylashtirilgan korxonalar faoliyatining moliyaviy-iqtisodiy va ishlab chiqarish ko`rsatkichlarini, raqobat qo`mitasi, iqtisodiyot, kadastr, statistika va soliq organlari ma`lumotlari asosida doimiy asosda tahlil qilib borish, shu asosda faoliyat ko`rsatmayotgan, past rentabelli va zarar ko`rib ishlayotgan korxonalarni, bo`sh turgan va samarasiz foydalanilayotgan ob`ektlar hamda er uchastkalarini aniqlash;

    yangi ish joylarini yaratish, ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirish va modernizatsiyalash hamda raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish, ruxsat beruvchi hujjatlarni olishda, kommunikatsiyalarga ulanishda va tijorat banklaridan kreditlar hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish jamg`armasi mablag`larini ajratilishida ularga ko`maklashish maqsadida xususiylashtirilgan korxonalarni rivojlantirish-ning «yo`l xaritalari»ni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishni ta`minlash;

    mazkur yo`l xaritalarini ishlab chiqishda xalqaro tashkilot va xorijiy davlat muassasalarining grand mablag`larini jalb qilish hisobidan xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish masalalariga e`tibor qaratish;

    xususiylashtirilgan ob`ektlar negizida investitsiya loyihalarini amalga oshirayotgan tadbirkorlarga biznes yuritish va biznes-rejalarni ishlab chiqish asoslari, tadbirkorlik faoliyati sohasidagi qonunchilik, menejment, moliyaviy boshqaruv va boshqa fanlarni kasb-hunar kollejlari bazasida o`tkaziladigan kurslarda o`qitishni tashkil qilish, bunda tajriba almashish uchun respublikamizda ishlayotgan, katta muvaffaqiyatlarga erishgan tadbirkorlar va xorijiy mutaxassislarni jalb etilishiga ko`maklashish;

    ishini yangidan boshlayotgan tadbirkorlik sub`ektlariga biznes-reja tayyorlash, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog`liq amaliy masalalarni hal etish va kerakli axborotlarni olishda ekspertlik, huquqiy va maslahat ko`magi ko`rsatish uchun biznes-inkubatorlarni jalb qiladi;

    ilgari xususiylashtirilgan bo`sh turgan, samarasiz foydalanilayotgan ob`ektlar va ishlab chiqarish maydonlari negizida tadbirkorlikni rivojlan-tirish sohasidagi jarayonlarning tahlili asosida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga takliflar kiritadi;

    «yo`l xaritalari»ni ishlab chiqish va amalga oshirishda paydo bo`ladigan muammolarni ularning vakolatlari doirasida hal qilish yuzasidan bajarilishi majburiy bo`lgan talablar yuborish yo`li bilan xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish;

     

    g) kichik sanoat zonalari bo`yicha:

    kichik sanoat zonalar hududida, birinchi navbatda, klaster yondashuvlardan keng foydalangan holda kichik sanoat zonalar ishtirokchilari o`rtasida yaqin kooperatsiya aloqalarini yo`lga qo`yish, mahalliy xom ashyo va materiallar asosida raqobatbardosh tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo`yicha yuqori texnologiyali zamonaviy korxonalar tashkil etilishini ta`minlash;

    kichik sanoat zonalari hududida joylashgan sanoat korxonalari va infratuzilma ob`ektlarida yangi malakali ish o`rinlari tashkil etishni ta`minlash, shu asosda tuman aholisining bandlik darajasini va daromadlarini oshirish;

    mahalliy mineral xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash va dunyoda tanilgan brendlar ostida yuqori qo`shilgan qiymatli raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun hududida kichik sanoat zonalari tashkil qilingan mintaqalar ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta`minlash;

    etakchi xorijiy kompaniya va korporatsiyalar ishtirokida yuqori texnologiyali zamonaviy innovatsion ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy investitsiyalar, avvalambor, to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiya-larni jalb qilish bo`yicha eng qulay sharoitlar yaratish;

    ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo`l-transport va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish, shuningdek, sifatli logistika xizmatlari ko`rsatishi uchun zamonaviy infratuzilmani shakllantirish bo`yicha zarur chora tadbirlarni amalga oshirish;

    kichik sanoat zonalari yo`nalishlari bo`yicha kadrlarga bo`lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlaridan kelib chiqib va ularning kichik sanoat zonalari hududida joylashgan sanoat korxonalari va infratuzilma ob`ektlarida ishlab chiqarish amaliyoti o`tashini nazarda tutgan holda, oliy va o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi muassasalarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash-ni yo`lga qo`yishga buyurtmalarni shakllantirilishini ta`minlash;

    korxona va tashkilotlar, xo`jalik birlashmalari, tijorat banklari hamda kichik sanoat zonalarining samarali faoliyat ko`rsatishi va ularni rivojlan-tirish bilan bog`liq masalalar bo`yicha faoliyatini amaliy muvofiqlash-tirishni ta`minlashga doir kompleks tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish;

    barcha davlat boshqaruvi organlari, nazorat qiluvchi organlar, tijorat banklarining kichik sanoat zonalar hududida belgilangan alohida soliq, bojxona va valyuta tartib-taomillari qo`llanilishi bo`yicha huquqiy normalar va qonunchilik qoidalarining so`zsiz bajarilishi, investitsiya loyihalarini jadal ilgari surish, byurokratik to`siq va g`ovlar bartaraf etilishini tizimli nazorat qilish;

    kichik sanoat zonalar hududida investitsiya loyihalari amalga oshirili-shini, kichik sanoat zonalari ishtirokchisi bo`lgan xo`jalik sub`ektlarining moliyaviy-xo`jalik faoliyati samaradorligini muntazam monitoring qilish, tashkilot, idora, xo`jalik birlashmalari, tijorat banklari, kichik sanoat zonalari direktsiyasining ular zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq amalga oshirilayotgan ishlar xususida hisobotlarini doimiy eshitish;

    har bir kichik sanoat zonalarining tarmoq ixtisoslashuvini hisobga olgan holda ana shu zonalarga xorijiy investorlarni jalb etish bo`yicha «yo`l xaritalari»ni ishlab chiqish;

    d) turizmni rivojlantirish masalalari bo`yicha:

    hududda turizm sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, soha bo`yicha qabul qilingan kontseptsiya va dasturlarning ijrosini ta`minlashga qaratil-gan tadbirlarni belgilash va amalga oshirilishini monitoring qilish hamda umumlashtirishni ta`minlash;

    chet el mamlakatlari bilan turizm sohasida, ayniqsa, turistlar oqimini ko`paytirish hamda ularni jalb qilish bo`yicha hamkorlik va kelishuvlarni vakolatli organlar bilan birgalikda amalga oshirish;

    turizm sohasining iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy, madaniy va boshqa yo`nalishlardagi infratuzilmasini takomillashtirish va turizm yo`nalishida-gi diqqatga sazovor joylar, ularning holatini yaxshilash bo`yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash, ishlab chiqib, tasdiqqa kiritish hamda amalga oshiri-lishini nazorat (monitoring) qilish;

    qo`shimcha turizm marshrutlarini ishlab chiqish, chet el yoshlarini keng jalb etish maqsadida ko`ngilochar komplekslar barpo etish, madaniy meros ob`ektlarida xalqimizning tarixi, turmush tarzi, urf-odatlari, an`analari-ni o`zida aks ettirgan ekspozitsiyalarni tashkil etish bo`yicha chora-tadbirlarni belgilash;

    turizm sohasida turizmni rivojlantirishning hududiy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni muvofiqlashtirish;

    turizm sohasidagi loyihalarga investitsiya jalb qilish uchun loyihalar-ning pasportlarini shakllantirish va tegishli taqdimot materiallarini davlat va zaruriy xorijiy tillarda tayyorlash hamda investitsiya jalb qilish bo`yicha boshqa choralarni ko`rish;

    mas`ul korxona-tashkilot, idoralarning hududiy boshqarmalari ish faoliyatini turizmni rivojlantirish masalalari bo`yicha muvofiqlashtirish;

    turizm sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalarini jalb etish, xorijiy turoperatorlar va ommaviy axborot vositalari bilan hamkor-lik qilish orqali hududning mavjud sayyohlik salohiyatini keng yoritish bo`yicha takliflar tayyorlash va amalga oshirish choralarini ko`rish.

    Unga yuklatilgan vazifalar doirasida quyidagi tashkilotlar bilan doimiy hamkorlikda ish olib boradi:

    - Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasining Qoraqalpog`iston Respublikasi Hududiy boshqarmasi;

    -  madaniyat bo`limi;

    -  jismoniy tarbiya va sport qo`mitasi;

    - madaniy meros ob`ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish mintaqaviy davlat inspektsiyasi;

    - Qoraqalpog`iston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo`mitasi;

    - Qoraqalpog`iston Respublikasi turizm sohasi sub`ektlari (mehmonxona-lar, turoperatorlar, turagentlar, hamroh-tarjimonlar, umumiy ovqatlanish shaxobchalari va b.);

    - Tashqi ishlar vazirligining Qoraqalpog`iston Respublikasi konsullik bo`limi;

    - “Hunarmand” uyushmasi;

    - tumandagi kasaba uyushmalari tashkilotlari;

    - Qoraqalpog`iston Respublikasi oshpazlar uyushmasi;

    - “Tasviriy oyina” va boshqa ijodiy uyushmalar;

    - Xalqaro aeroport;

    - Qoraqalpog`iston Respublikasi mintaqaviy temir-yo`l uzeli va boshqa turizm infratuzilmasini shakllantirishda va turistlarga xizmat ko`rsatishda ishtirok etuvchi tashkilotlar;

    Shuningdek, hokim o`rinbosari tuman hokimligiga tegishli doimiy komissiyalari bilan xamkorlikda faoliyat olib boradi.

    O`ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarishda tuman hokimi-ning ko`rsatmasiga asosan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining tegishli xizmatlari, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palata-lari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, O`zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo`mita-sining Qoraqalpog`iston Respublikasi boshqarmasi, shuningdek boshqa davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan o`zaro hamkorlik qiladi.

    Tumanning turizm salohiyatini rivojlantirish, hududning sayyohlik salohiyatini dunyoga keng targ`ib qilish, tumanga tashrif buyurishi kutilayotgan sayyohlarga qulay sharoitlar yaratish, sohadagi mavjud muammolarni tizimli asosda hamda o`z vaqtida bartaraf etish uchun javob beradi.

    Qoraqalpog`iston Respublikasi Beruniy tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma`naviy-ma`rifiy ishlari bo`yicha o`rinbosarining funktsional vazifalari:

    a) Yoshlar siyosati sohasida:

    yoshlar, ya`ni o`ttiz yoshdan oshmagan shaxslar, xususan, ta`lim bilan qamrab olingan yoshlar, uyushmagan yoshlar, yosh mutaxassislar, tadbirkor yoshlar, yosh fermerlar, yosh oilalarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

    umumta`lim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini kasbga yo`naltirish va ularni keyinchalik o`rta maxsus, kasb-hunar ta`lim tizimida o`qitish bilan to`liq qamrab olish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo`yicha tizimli ishlarni tashkil qilish;

    oliy ta`lim yo`nalishlari va oliy ma`lumotli kadrlar tayyorlash ko`rsatkichlarining hududlar bo`yicha optimal taqsimoti yuzasidan asoslangan takliflar ishlab chiqish, bitiruvchilarni chuqur professional bilimlarga ega bo`lishlariga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

    ta`lim tizimining barcha bosqichlarida o`quv jarayoni sifatini, o`quvchilarning davomatini ta`minlash yuzasidan aniq choralar ko`rish va nazorat qilish, bu borada ta`lim muassasasi, mahalla, nodavlat va notijorat tashkilotlari, profilaktika inspektorlari va ota-onalarning o`zaro hamkorlikdagi ishlarini muvofiqlashtirish;

    aholi, yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng yaxshi namunalarini keng targ`ib qilish, “ommaviy madaniyat”ning ko`rinishlariga qarshi ma`naviy profilaktika ishlariga rahbarlik qilish;

    ta`lim tizimining barcha bosqichlarida chet tillariga, komp`yuter texnologiyalari va internet-resurslaridan foydalanishning ilg`or ko`nikmalariga o`rgatish bo`yicha kompleks chora-tadbirlar bajarilishini nazorat qilish;

    yoshlarni bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish bo`yicha ularning mulohazalari va takliflarini inobatga olgan holda aniq va manzilli chora- tadbirlar dasturlari ishlab chiqish, turli to`garaklarga, shu jumladan, bolalar musiqa va san`at, bolalar va o`smirlar sport maktablariga qamrab olish ishlarini tizimli tashkil etish;

    yoshlarni yuksak ahloqiy tarbiyalash, ularni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish va jamiyatda yuksak ma`naviyatni qaror toptirish borasidagi ishlarga rahbarlik qilish;

    yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash, aholining ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlar tarbiyasi masalasida jamoatchilik nazoratini tashkil etish, jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni ta`minlash sohasidagi vazifalarni samarali bajarishga yo`naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

    ota-onalarning pedagogik madaniyatini yuksaltirishga, barkamol avlod tarbiyasida “oila-mahalla-ta`lim muassasasi” jamoat kengashi ishlarini amalga oshirishga rahbarlik qilish;

    uyushmagan yoshlarning manfaatlarini ro`yobga chiqarishda ishtirok etuvchi davlat organlari, muassasalar va nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish hamda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan ustuvor yo`nalishlarni belgilash;

    uyushmagan yoshlarning muammolarini aniqlash va hal qilish uchun ularning ehtiyojlarini aniqlash bo`yicha monitoring olib borish va baholash, kasbga o`rgatish, ishga joylashtirish, jumladan, kichik va o`rta biznes va oilaviy tadbirkorlikka keng jalb etish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash;

    yoshlar tadbirkorligi hamda yosh fermerlar faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yoshlar tadbirkorligini tashkil etishda ko`maklashish, imtiyozli kreditlar berish, joy ajratish, moddiy va texnik vositalar bilan ta`minlanishiga doir dasturlarni ishlab chiqish va ro`yobga chiqarish;

    yosh oilalarni ma`naviy va moddiy jihatdan qo`llab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni tashkil etish bo`yicha chora- tadbirlar tizimini amalga oshirish, kam ta`minlaigan yosh oilalarga qonun hujjatlarida belgilangai tartibda moddiy yordam berish choralarini ko`rish.

    b) Ijtimoiy rivojlantirish sohasida:

    aholiga ijtimoiy xizmat ko`rsatish darajasi va sifatini oshirish, hayot va mehnat faoliyati, malakali tibbiy yordam olish, madaniy meroslardan bahramand bo`lish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanish, dam olishini tashkil etish uchun qulay tashkiliy-huquqiy va ijtimoiy shart-sharoitlarni yaratish hamda sifat jihatdan yangi darajaga ko`tarish bo`yicha tizimli ishlarni amalga oshirish;

    aholining ijtimoiy ehtiyoj va talablarini o`rganish asosida hududlarda ijtimoiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va ijrosini monitoring qilish;

    sog`liqni saqlash tizimini isloh qilish, aholiga yuqori malakali tibbiy yordamni ko`rsatish, sog`liqni saqlash muassasalariiing moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash va kadrlar salohiyatini oshirish borasida tizimli ishlarni amalga oshirish;

    aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar, bolalar va o`smirlar sog`ligini muhofaza qilish, tug`ma va irsiy kasalliklarning oldini olish, rivojlanish nuqsoni bo`lgan bolalarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish sifatini oshirish, ularning jamiyat hayotida to`laqonli qatnashishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;

    sport sohasida olib borilayotgan ishlar ko`lamini yanada kengaytirish, sportning ommaviyligini oshirish, qizlar o`rtasida sportni rivojlantirish;

    aholining turmush madaniyatini, hayot sifatini oshirishga qaratilgan ta`lim, dam olish va hordiq chiqarish, bandlik, maishiy xizmatlar ko`rsatish, madaniyat, san`at va sport sohalari muassasalaridan foydalanish ko`lamini kengaytirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

    “Nuroniy” jamg`armasi va “Mahalla” xayriya jamoat fondi tashkilotlarining faoliyatlarini muvofiqlashtirish, ularga har tomonlama amaliy yordam ko`rsatish;

    mahalla, xotin-qizlar, nuroniylar, yoshlar tashkilotlari, fuqarolik jamiyatlari institutlari, ommaviy axborot vositalarining tinch osoyishta hayotimizni asrash va mustahkamlashga qaratilgan vazifalar ijrosini muvofiqlashtirish.

    v) Ma`naviy-ma`rifiy ishlar sohasida:

    aholi o`rtasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo`nalishlari, keng ko`lamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlari ahamiyatining targ`ibot va tashviqotini tashkil qilish;

    aholining ma`naviy-ahlokiy, diniy-ma`rifiy, madaniy saviyasini oshirish va uning doimiy ravishda o`sib borayotgan intellektual, estetik va madaniy ehtiyojlarini ta`minlash, ma`naviy-ma`rifiy merosni, urf-odat va qadriyatlarni saqlash, targ`ib qilish ishlariga rahbarlik qilish;

    hududda sog`lom turmush tarzi, millatlararo totuvlik, o`zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga qaratilgan ommaviy tadbirlarni tayyorlash va tashkil ztish masalalarini muvofiqlashtirish, tadbirlarning maqsadli, rejali, tartibli tashkil etish va tarbiyaviy samaradorligini ta`minlash chora-tadbirlarini ko`rish;

    hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, odamlarni hushyorlik va ogohlikka da`vat etish, yoshlarda yot g`oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolarda qonunga hurmat, huquqbuzarlik holatlariga murosasizlik hissini kuchaytirishga qaratilgan samarali targ`ibot tizimini yo`lga qo`yish;

    aholi orasida diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, “ommaviy madaniyat” tahdidlaridan ogoh qilishga qaratilgan profilaktik ma`rifiy, tarbiyaviy chora-tadbirlarga rahbarlik qilish;

    aholi orasida mehr-oqibat, mehr-shafqat, muruvvat va himmat, insofu diyonat, vijdoniylik, ahillik va totuvlik, fidoyilik, vatanparvarlik, olijanoblik va boshqa fazilatlarni targ`ib qilish hamda ma`naviy-ma`rifiy ishlarni rivojlantirishda mahalla institutining o`rni va rolini oshirish borasidagi ishlarga rahbarlik qilish;

    sohaga oid tegishli tashkilot hamda muassasalarda ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari ijrosini nazorat kilish, ish yuritish va nazoratni tashkil etish bo`yicha me`yoriy hujjatlari talablari asosida ishni tashkil etish va ijro intizomini mustahkamlash;

    jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini amaldagi qonunlarga muvofiq ko`rib chiqish;

    tuman hokimligi “Axborot xavfsizligi siyosati” hamda internet tarmog`idan oqilona va samarali foydalanish bo`yicha “Yo`riqnoma” talablariga doimo amal qilish.

     

    Tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma`naviy-ma`rifiy ishlari bo`yicha o`rinbosari quyidagi korxona, tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularda ishlarning ahvolini tahlil qiladi va birgalikda ish olib boradi:

     

    xalq ta`limi muassasalari faoliyatini metodik ta`minlash va tashkil etish bo`limi;

    tumandagi kasb-hunar kollejlari;

    tumandagi umumiy o`rta ta`lim maktablari va maktabgacha ta`lim muassasalari;

    Bolalar va o`smirlar sport maktabi;

    "Barkamol avlod" bolalar ijodiyot markazi;

    musiqa va san`at maktabi;

    tuman tibbiyot birlashmasi;

    tuman davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi;

    xo`jalik hisobidagi dezinfektsiya stantsiyasi;

    tuman madaniyat bo`limi;

    tuman davlat arxivi;

    “Qoraqalpoq dori-darmon” sho``ba korxonasi 3-sonli dorixonasi va mulkchilik shaklidan qat`iy nazar tumandagi barcha dorixonalar;

    “Xalq minbari” gazetasi tahririyati;

    “Tamaddun nuri” jurnali

     “Matbuot tarqatuvchi”sho``ba korxonasi tuman bo`limi;

    tuman hokimligi huzuridagi ijtimoiy ko`nikish markazi;

    O`zbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi;

    Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo`yicha tuman kengashi (“Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo`linmasi);

    “Nuroniy” jamg`armasi tuman bo`limi;

    “Sulton uvays bobo”, Shayx abbos valiy” jom`e masjidi va boshqa masjidlar;

    tuman ma`naviyat-targ`ibot markazi;

    tuman sport qo`mitasi;

    tuman nogironlar jamiyati;

    tuman ko`zi ojizlar jamiyati;

    Qizil yarim oy jamiyati;

    tuman “hunarmandlar” uyushmasi;

    Fahriy askarlar uyushmasi - ijtimoiy himoya markazi;

    O`zbekiston xalq demokratik partiyasi tuman Kengashi;

    O`zLiDeP tuman Kengashi;

    “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tuman Kengashi;

    “Adolat” sotsial demokratik partiyasi tuman Kengashi;

    davlat muassasalari xodimlari kasaba uyushmasi tuman Kengashi;

    sog`liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi tuman Kengashi;

    ta`lim, fan va madaniyat xodimlari kasba uyushmasi tuman Kengashi;

    agrosanoat majmuasi xodimlari kasaba uyushmasi tuman Kengashi;

    fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari.

     

    Tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma`naviy-ma`rifiy ishlari bo`yicha o`rinbosari tomonidan ishlari tashkil kilinadigan komissiyalar va kengashlar

    Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish bo`yicha tuman  komissiyasi;

    Tuman epidemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiyasi;

    OIV infektsiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga doir tadbirlarni muvofiqlashtirish bo`yicha tuman kichik komissiyasi;

    Narkotik moddalarni nazorat qilish bo`yicha tuman komissiyasi;

    Geografik ob`ektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo`yicha tuman komissiyasi;

    Tuman axborot-kutubxona tizimi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi idoralararo Kengashi;

    2020 yilda Yaponiyada o`tkaziladigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o`yinlariga O`zbekiston sportchilarini tayyorlashni tashkil etish va takomillashtirish bo`yicha tuman komissiyasi;

    “Navro`z” umumxalq va “Mustaqillik” bayramlarini nishonlashni tashkil etish bo`yicha doimiy ishlaydigan tuman komissiyasi;

    Tuman hokimligi huzuridagi Voyaga etmaganlar ishlari bo`yicha komissiyasi;

    Yoshlar masalalari bo`yicha Beruniy tumani idoralararo Kengashi;

     “Davlat tili to`g`risida”gi O`zbekiston va Qoraqalpog`iston Respublikasi Qonunini amalga oshirish va lotin yozuvi asosida o`zbek va qoraqalpoq alfavitini joriy etish komissiyasi;

    Sog`liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturlarini amalga oshirishni tashkil etish va nazorat qilish bo`yicha tuman komissiyasi;

    Ijtimoiy ko`nikma markazi ishlari bo`yicha faoliyat yurituvchi tuman  komissiyasi;

    Tuman harbiy xizmatga chaqirish bo`yicha komissiyasi;

    Sil kasalligining oldini olish va unga qarshi kurashni kuchaytirish bo`yicha idoralararo komissiyasi;

    Bolalarni yozgi dam oldirish va sog`lomlashtirish bo`yicha tuman doimiy komissiyasi.

     

    Qoraqalpog`iston Respublikasi Beruniy tumani hokimining qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosarining funktsional vazifalari:

     

    a) qishloq xo`jaligini isloh qilish va fermerlikni rivojlantirish sohasida:

    o`rmon fondi va qo`riqlanadigan tabiiy hududlarni samarali boshqarishni tashkil etish, o`rmonzorlar tashkil qilish, ularni  ko`paytirish, qo`riqlash va himoya qilish, o`rmonlardan oqilona va ehtiyot qilib foydalanish;

    qishloq xo`jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, o`rmon boyliklari, er va suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv xo`jaligi va suv xo`jaligi qurilishi masalalari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining qarorlari va farmoyishlari hamda tuman hokimining qaror va farmoyishlari bajarilishini tashkil etish;

    qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini yanada rivojlantirishga, ekin maydonlari-ni optimallashtirishga, o`rmon maydonlari, er va suv resurslaridan oqilona foydalanishni ta`minlash, qishloq xo`jaligi ekinlarini parvarish qilishning yangi ilg`or texnologiyalarini joriy etishga, fermer xo`jaliklarining iqtisodiy samaradorligini va moliyaviy barqarorligini oshirishga, shuningdek, tarmoqning                 eksport salohiyatini mustahkamlashga yo`naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;

    qishloq joylarda ijara munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlashga, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishning etakchi bo`g`ini va shakli sifatida fermer xo`jaliklarining huquqlari, manfaatlarini himoya qilishni va samarali faoliyat yuritishini ta`minlashga yo`naltirilgan normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish ishlarini muvofiqlashtirish;

    fermer xo`jaliklarining iqtisodiy mustaqilligi va moliyaviy barqarorligini oshirishni ta`minlash, ularning manfaatdorligini rag`batlantirish, zamonaviy texnologiyalarni va qishloq xo`jaligi xomashyosini kompleks qayta ishlashni joriy etish, shuningdek, qishloqda yangi ishlab chiqarishlar va xizmatlar sohasini tashkil                  etish va rivojlantirish hisobiga mexanizatsiyalash va rentabellik darajasini oshirish;

    ko`p tarmoqli fermer xo`jaliklarini rivojlantirishga, ularning faoliyatiga suvni tejaydigan samarali texnologiyalarni, birinchi navbatda – tomchilatib sug`orishni, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishda ko`maklashish;

    tumandagi ovullarda fermerlik harakatini rivojlantirish, ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi ob`ektlarini shakllantirish, er va suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv xo`jaligida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, o`rmon xo`jaligi tizimini rivojlantirish va dorivor o`simliklarni etishtirish monitoringini va tahlilini ta`minlash;

    davlat va xo`jalik boshqaruvining manfaatdor organlari bilan birgalikda qishloq xo`jaligini rivojlantirish hamda qishloqni yuksaltirishning qisqa va uzoq muddatli prognozlari va dasturlari ishlab chiqilishini tashkil etish;

    agrar sektorda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, shartnoma munosabat-lariga asoslangan ijara munosabatlari va xo`jalik yuritish tizimlarini keng rivojlantirish, qishloq xo`jaligi tovar ishlab chiqaruvchisining manfaatlari ishonchli ta`minlanishiga qaratilgan iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlar yaratish ishlarini muvofiqlashtirish;

    yagona davlat kadastrlari tizimini yuritish, kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ishlab chiqarishni tashkil etish uchun er uchastkalari ajratish borasidagi to`siqlarni olib tashlash, er va boshqa tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo`yicha tavsiyalar ishlab chiqish, respublikada ekologik vaziyatni yaxshilash, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlarning suv xo`jaligi tizimining faoliyat ko`rsatishi masalalarida o`zaro hamkorligi bo`yicha ishlarni muvofiqlashtirish;

    tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, shuningdek, suv xo`jaligida energiya sarfini qisqartirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish  ishlarini muvofiqlashtirish;

    tumanda o`rmon xo`jaligi tizimini rivojlantirish, o`rmonlarni qayta tiklash va muhofaza qilish, o`rmon maydonlaridan oqilona foydalanish, dorivor o`simliklarni va manzarali daraxtlarning qimmatli turlarini etishtirish chora-tadbirlari amalga oshirilishini ta`minlash;

    o`rmonlarni boshqarish, ulardan samarali foydalanishni tashkil etish, ularni ko`paytirish, qo`riqlash va muhofaza qilish, davlat o`rmon kadastrini yuritish va qo`riqxona ishlarini tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish;

    qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi sohasida xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni kengaytirish, mini-texnologiyalarni rivojlantirish, agrar sektorga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish uchun normativ-huquqiy bazani takomillash-tirish bo`yicha takliflar ishlab chiqishga doir kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etish;

    agrar sektorda monopoliyadan chiqarish jarayonlarini chuqurlashtirish, sog`lom raqobat uchun shart-sharoitlar yaratish, erdan foydalanishda bozor printsiplari va mexanizmlarini keng joriy etish, suv xo`jaligida boshqaruv shakllari, usullari va tuzilmalarini takomillashtirish bo`yicha takliflar ishlab chiqish;

    qishloq xo`jaligini boshqarish tizimini takomillashtirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish va qishloq xo`jaligi ekinlarini navlar bo`yicha joylashtirish, er tuzish va er monitoringi, tuproq holatini  saqlash, uning unumdorligini oshirish va tiklashni tashkil etish, barcha darajalarda suvdan foydalanishning bozor printsiplarini joriy etish ishlarini tashkil etish;

    selektsiya va qishloq xo`jaligi ekinlari urug`chiligi, er resurslaridan oqilona foydalanish va er munosabatlarini tartibga solish, irrigatsiya tizimlarini boshqarishning havza printsipi asosida suv resurslarini boshqarish sohasida davlat siyosati amalga oshirilishini ta`minlash;

    qishloq xo`jaligini mineral o`g`itlar, o`simliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalari bilan ta`minlash, chigirtka, zararkunandalar, o`simliklar kasalliklariga va begona o`tlarga  qarshi kurashish bo`yicha yagona texnik va texnologik siyosatni amalga oshirish;

    qishloq xo`jaligi mahsulotlari etishtirishni moliyalashtirish va kreditlash tizimini tahlil qilish va takomillashtirish, sug`oriladigan erlarning meliorativ  holatini yaxshilash, o`rmonlardan foydalanish, ularni qo`riqlash va muhofaza qilish, o`rmon xo`jaligini rivojlantirishni tahlil qilish va bu borada  takliflar tayyorlash;

    fermer xo`jaliklarini, shu jumladan, lizing asosida yuqori unumli, zamonaviy qishloq xo`jaligi texnikasi bilan ta`minlash ishlari monitoringini tashkil etish;

    qishloq xo`jaligini kompleks mexanizatsiyalashni ta`minlashni tashkil etish, qishloq xo`jaligi texnikasi va texnologiyalarini sinash va sertifikatlashtirish ishlarini muvofiqlashtirish;

    bozor printsiplari va mexanizmlari asosida qishloq xo`jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga xizmat ko`rsatuvchi tarmoqlar, bo`g`inlar va tuzilmalar faoliyatini muvofiqlashtirish;

    ilmiy muassasalarning qishloq xo`jaligini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirishning muhim muammolari, ilmiy ishlanmalarni qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishiga joriy etish bo`yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish;

    manfaatdor korxona va tashkilotlar bilan birgalikda o`simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalarini ishlab chiqarish va taqsimlashning moliyaviy ta`minoti balansini o`z vaqtida va sifatli ishlab chiqilishi va kelishilishini hamda ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta`minlash;

    b) chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikni rivojlantirish sohasida:

    shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo`jaliklarida chorvachilikni rivojlantirishni, shuningdek, charm-poyabzal sanoatida iqtisodiy islohotlarni tizimli va kompleks o`rganishni tashkil etish;

    tumanda chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikni yanada rivojlantirishga yo`naltirilgan tadbirlar amalga oshirilishi va natijadorligi monitoringi olib borilishi va tahlil etilishini, intensiv usullar va texnologiyalarning chorvachilik mahsulotlari etishtirishga  joriy qilinishini ta`minlash;

    naslchilik ishlarini sifatli tashkil etish,  shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo`jaliklariga zooveterinariya xizmatlari ko`rsatish sohasida xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtirish;

    kelgusida tovar xo`jaliklarini naslchilik xo`jaliklari etib  tarkibiy o`zgartir-gan holda  chorva mollari zotini yaxshilash bo`yicha uzoq muddatli selektsiya rejalarini ishlab chiqishni ta`minlash;

    zooveterinariya punktlarini jihozlash hamda shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo`jaliklariga zootexnika va veterinariya xizmatlari ko`rsatish darajasini oshirish, veterinariya preparatlarini tumanda ishlab chiqarish bazasini kengaytirish va chorvachilik mahsulotlari xavfsizligini ta`minlash ishlarini tashkil etish;

    ozuqa ekinlarini ekish tarkibini maqbullashtirish va chorvachilikka ixtisoslashtirilgan fermer xo`jaliklarining er maydonlaridan maqsadli foydalanish, ozuqa ekinlarining serhosil navlari urug`larini etishtirish bo`yicha takliflar ishlab chiqish;

    chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik mahsulotlari etishtirishga intensiv va zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etishni ta`minlash;

    pillachilikning ozuqa bazasini kengaytirish va mustahkamlash, yuqori mahsulli tut ipak qurti urug`ini tumanda ishlab chiqarish, shuningdek, tirik pilla ishlab chiqarishni kengaytirish ishlarini muvofiqlashtirish;

    fermer xo`jaliklarida va yakka tartibdagi sektorlarda qorako`lchilik, parrandachilik, baliqchilik va asalarichilikni rivojlantirishni, shuningdek, charm-poyabzal sanoati tovarlari  ishlab chiqarish va realizatsiya qilishni ko`paytirishni, tarmoqqa xorijiy investitsiyalarni va zamonaviy texnologiyalarni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratishni tahlil qilish va takliflar tayyorlash;

    charm-poyabzal sanoati korxonalarining ilmiy-texnik rivojlanishi darajasi-ni oshirish, tarmoq korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihat-dan qayta jihozlash, ko`rsatib o`tilgan vazifalarni hal etish uchun xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

    charm-poyabzal sanoati korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini boshqarish tizimini joriy etish va uning xalqaro standartlarga muvofiqligini ta`minlash bo`yicha takliflarni ishlab chiqish;

    charm-poyabzal sanoati, savdo uchun kadrlar tayyorlashni tashkil etish tizimini o`rganish va tahlil qilish, ushbu sohalarni malakali  kadrlar bilan ta`minlash yuzasidan takliflar tayyorlash;

     

    Tuman hokimining qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosarining huquqlari va javobgarligi

     

    Tuman hokimi o`rinbosari o`ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

    Tuman hokimligida ko`rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo`lgan materiallar va ma`lumotlarni davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan hamda boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda so`rash va olish;

    korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida yig`ilishlar o`tkazish;

    mutasaddilik qilinadigan tuman hokimining topshiriqlari bo`yicha davlat boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va boshqa tashkilotlarning Kompleks boshqaradigan sohaga kiruvchi masalalar bo`yicha o`tkaziladigan majlislari va yig`ilishlarida qatnashish;

    korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillarini tuman hokimligida ko`rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar bo`yicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tuzish;

    Tuman hokimi o`rinbosarining zarur materiallar, ma`lumotlarni taqdim etish, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa hujjatlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining qarorlari va boshqa hujjatlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining qarorlari va boshqa hujjatlari, tuman hokimining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini puxta ishlab chiqish bo`yicha talablari va topshiriqlari belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.

    Tuman hokimi o`rinbosarining o`zi boshqaradigan masalalar bo`yicha tashkilotlar va korxonalar rahbarlariga topshiriqlari belgilangan tartibda bajarilishi majburiydir.

    Tuman hokimi o`rinbosari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo`lishi mumkin.

    Tuman hokimi o`rinbosari:

    zimmasiga yuklangan vazifalarning zarur darajada va sifatli bajarilishi uchun;

    O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi qonunlarining, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va boshqa hujjatlarning, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tuman hokimi topshiriqlarining qishloq va suv xo`jaligi kompleksi tarkibiga kiradigan korxona va tashkilotlar tomonidan o`z vaqtida va sifatli bajarilishini ta`minlash uchun;

    Vazirlar Mahkamasining «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to`g`risida»gi 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli qaroriga muvofiq ijro intizomining mustahkamlanishi uchun javob beradi.

    tuman hokimligi “Axborot xavfsizligi siyosati” hamda internet tarmog`idan oqilona va samarali foydalanish bo`yicha “Yo`riqnoma” talablariga doimo amal qilish.

    Qoraqalpog`iston Respublikasi Beruniy tumani hokimining o`rinbosari – tuman xotin-qizlar qo`mitasi raisining funktsional vazifalari:

    a) xotin-qizlarning huquqlari va manfaatlarini muhofaza qilish, ularning ijtimoiy-huquqiy va ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish sohasida:

    xotin-qizlarning maqomini, ma`naviy va intellektual solohiyatini oshirish, ularning huquqlari va manfaatlari muhofaza qilinishini ta`minlash, oilada va jamiyatda huquqiy madaniyat rolini oshirish;

    davlat va jamoatchilik organlarini jalb etgan holda yosh oilalarni ijtimoiy qo`llab-quvvatlash, ular uchun munosib hayotiy sharoitlar yaratish sohasida kompleks tadbirlarni amalga oshirish bo`yicha tizimli ishlarni tashkil etish;

    xotin-qizlar masalalari bo`yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda, ularning mohiyati va ahamiyatini targ`ib qilish va tushuntirishda, ularning bajarilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini yo`lga qo`yishda faol ishtirok etish;

    qizlarning ijodiy va intellektual salohiyatini aniqlash, rivojlantirish va rag`batlantirish, iqtidorli qizlar zahirasi bilan tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida Zul`fiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlarni tayyorlash, Zul`fiya nomidagi Davlat mukofoti bo`yicha tuman komissiyasi faoliyatini takomillashtirish va muvofiqlashtirish;

    amaliy ishlarda tajribaga ega bo`lgan tashabbuskor qizlar orasidan kadrlar zahirasini shakllantirish va tegishli rahbarlik lavozimlariga ularning nomzodlarini tavsiya etish tizimini yo`lga qo`yish;

    xotin-qizlar qo`mitasi boshlang`ich tashkilotlari o`rtasida xotin-qizlarning huquqlari va manfaatlarini, ularning oilalarini muhofaza qilish ishlarida ijtimoiy sheriklikni kengaytirish, xotin-qizlarga manzilli ijtimoiy yordam berish bo`yicha ishlarni tashkil etish;

    b) onalik va bolalikni muhofaza qilish, oilalarda ijtimoiy-ma`naviy muhitni sog`lomlashtirish sohasida:

    onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning bajarilishini ta`minlashda faol qatnashish, ularni takomillashtirish bo`yicha takliflar tayyorlash;

    xotin-qizlar, eng avvalo, onalar va bolalarning sog`ligi muhofaza qilinishini ta`minlash, xotin-qizlar o`rtasida sog`lom turmush muhitini, turmush madaniyatini shakllantirish, ularning reproduktiv salomatligini mustahkamlash, tibbiy madaniyatini oshirish, patronat tizimini rivojlantirish ishlarini takomillashtirish;

    oilaviy va xotin-qizlar sportini rivojlantirish, ularni ommalashtirish bo`yicha tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish;

    oilalarda ijtimoiy-ma`naviy muhitni sog`lomlashtirish, xotin-qizlarning hamda jamiyatda hurmatga va katta nufuzga ega bo`lgan keksalarning hayotiy tajribasini faol jalb etgan holda oilaviy ajrimlarni bartaraf etish bo`yicha ishlarni tashkil etish, namunali oilalarning xayotiy namunasini targ`ib qilish;

    oilaviy munosabatlarni sog`lomlashtirish, oila institutini mustahkamlash, nikoh shartnomalarining hususiyatlari va shartlari, farzandlar tarbiyasi uchun ota-onalarning bevosita mas`uliyati, qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash bilan bog`liq tizimli targ`ibot tadbirlarini yo`lga qo`yish;

    mahallalarda ayollar va yoshlar ishtirokida ma`naviyatni oshirish, ularni “ommaviy madaniyat”ning salbiy ta`siridan, milliy ongimizga xos bo`lmagan diniy separatizm, ekstremizm va terrorizm, odam savdosi va boshqa yot g`oyalardan muhofaza qilish;

    har tomonlama kamol topayotgan yosh avlodni vatanparvarlik, bag`rikenglik, ertangi kunga ishonch va atrofda sodir bo`layotgan xodisalarga dahldorlik ruhida tarbiyalash, yoshlarning mustaqil dunyoqarashini, kuchli ichki salohiyatini, milliy fahrlanish tuyg`usini va ahloqiy-ma`naviy immunitetini shakllantirish;

     

    v) xotin-qizlarni ishgi joylashtirish, ularning ijtimoiy va mehnat huquqlarini ta`minlash sohasida:

    bandlik dasturi doirasida xotin-qizlarni, ayniqsa kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirishga ko`maklashish, ular bandligining sifati, doimiy ish o`rin bilan ta`minlanganligi yuzasidan amaliy nazoratni yo`lga qo`yish;

    xotin-qizlarning mehnat huquqlarini muhofaza qilish bo`yicha ishlarning holatini o`rganish va nazorat qilish, norasmiy ish bilan bandlikning oldini olish, mehnat munosabatlari, shu jumladan homilador ayollarga hamda kichik yoshdagi bolalari bo`lgan ayollarga qo`shimcha imtiyozlar berishda davlat va nodavlat tashkilotlarining mustahkam hamkorligini yo`lga qo`yish;

    tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanishni hohlaydigan ayollarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash, ularga imtiyozli kreditlar ajratishda ko`maklashish, berilgan imtiyozlarni to`g`ri qo`llanish masalalarini tartibga soluvchi, davlat ro`yxatidan va boshqa tartibotlardan o`tish, mehnat munosabatlariga kirishish bo`yicha qonunchilik hujjatlari yuzasidan tushuntirishlar olishda ularga yordam berish;

    tuman hokimligi ish rejasiga asosan tuman hokimi majlislariga ma`lumotlar va hokim qarorlari loyihalarini tayyorlash, o`zining huzurida o`tkaziladigan majlislarni o`z muddatlarida o`tkazish hamda majmuaga tegishli korxona tashkilotlarda O`zbekiston Respublikasi Qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari hamda hukumat qarorlarining bajarilishini maqsadli o`rganishni tashkil etish;

    O`zbekiston Respublikasi Qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi qonunlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va Jo`qorg`i Kenges Prezidiumining qarorlari, Vazirlar Kengashi qarorlari hamda farmoyishlari, tuman hokimi qaror va farmoyishlari ijrosini ta`minlaydi va o`z majmuasida ijro intizomini mustahkamlash bo`yicha shaxsan javobgardir;

    tuman hokimligi “Axborot xavfsizligi siyosati” hamda internet tarmog`idan oqilona va samarali foydalanish bo`yicha “Yo`riqnoma” talablariga doimo amal qilish.

    Tuman hokimi o`rinbosari – tuman xotin-qizlar qo`mitasi raisi quyidagi korxona, tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularda ishlarning ahvolini tahlil qiladi va birgalikda ish olib boradi:

    tuman xotin-qizlar qo`mitasi;

    tuman fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo`limi;

    korxona, tashkilot, muassasalardagi xotin-qizlap qo`mitasi boshlang`ich tashkilotlari;

    "Sog`lom avlod uchun" xalqaro xayriya fondi tuman tayanch nuqtasi.

    Qizil yarim oy jamiyati tuman tashkiloti;

    agrosanoat majmuasi xodimlari kasaba uyushmasi tuman Kengashi;

    davlat muassasalari xodimlari kasaba uyushmasi tuman Kengashi;

    sog`liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi tuman Kengashi;

    ta`lim, fan va madaniyat xodimlari kasba uyushmasi tuman Kengashi;

    Tuman hokimining o`rinbosari – Xotin-qizlar qo`mitasi raisi tomonidan ishlari tashkil qilinadigan komissiyalar va kengashlar:

    O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 25 maydagi “O`zbekiston xotin-qizlar qo`mitasini qo`llab-quvvatlashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PF-3434-sonli Farmonini bajarish chora-tadbirlar dasturini amalga oshirishini muvofiqlashtirish buyicha tumanda doimiy ishlaydigan komissiya;

    2014-2018 yillarda O`zbekistonda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar, bolalar va o`smirlar sog`ligini muhofaza qilish borasidagi Davlat dasturini tumanda amalga oshirish bo`yicha komissiyasi;

    Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga nomzodlarni tavsiya etish bo`yicha tuman komissiyasi;

    Tuman hokimligi huzuridagi insoniylik va gumanitar yordamlar bo`yicha komissiyasi ishlarini tashkil qiladi.

     

    Beruniy tumani haqida

    Beruniy tumani (sobik Shabboz) 1927 yil` 3 iyulda Biybozor va Shabboz volostlari negizida tashkil etilgan. Tumanni tashkil etish bilan bog`liq ishlar 1928 yilning fevral, may oylarida yakunlangan.

    1957 yil` 4 iyulda O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarori bilan olim Abu Rayxon Beruniy Xorazmning qadimiy poytaxti Katga yakin joyda tug`ilganligi ilmiy jamoatchilik tomonidan o`z tasdig`ini topgach, Shabboz tumaniga Abu Rayxon Beruniy nomi berildi. Mana shu vaqtdan beri tuman buyuk vatandoshimizning muborak nomi bilan atalib kelmoqda.

    2015 yil` 1 yanvar holatiga tuman aholisi soni 184,6 ming kishini tashkil etadi. Shundan 66,1 ming kishi shaharda, 118,5 ming kishi qishloqda yashaydi.

    Tumanda bitta tuman qaramog`idagi shahar, 23 ta mahalla, 1 ta shaharcha tipidagi posyolka va 13 ovul fuqarolar yig`inlari bor.

    Tuman Amudaryoning o`ng sohilida joylashgan bo`lib, 72 kilometrga cho`zilgan. Jami maydoni 3,9 ming kv.km. 28853 gektar ekin maydoniga ega. 255 ming gektar yerni Qizilqum cho`llari, Sulton Uvays tog` tizmalari, Bodoy, Tolliq, Sariotov tuqayzorlari, Oqchako`l, Aezko`l, Moshliko`l, Chakako`l, Okko`l, Polvoshko`l` kabi tabiiy suv havzalari tashkil` etadi.

    Beruniy tumani shimoliy-sharqdan ellikqal’a tumani, g`arbdan Amudaryo tumani, shimoliy-g`arb tomonidan Qorauzak, Taxtako`pir tumanlari o`rab turibdi, Janubda Xorazm, janubiy-sharqda Buxoro viloyatlari bilan chegaradosh. Tumandan Respublika poytaxti Nukus shahrigacha bo`lgan masofa 152 qilometr.

    Sulton Uvays tog` tizmasi dengiz sathidan 473 metr balandilikda joylashgan bo`lib, uning qa`rida marmar, granit, bazalt, feruza, oxaktosh kabi o`nlab ma`dan zahiralari mavjud.

    Tuman keskin kontinental` iqlimga ega. Harorat yozda 38-48 daraja issiq, qishda 45 darajagacha sovuq bo`ladi. Sovuq ob-havo 70-80 kun davom etadi. Yor osti suvlari 0,5 metrdan 3 metrgacha chuqurlikda joylashgan.

    Beruniy tumanida Kat qal`a, Fil qal`a, Qizilqal`a, Aqchaxonqal`a, Qoratepa, Ayozqal`a, Sulton Uvays bobo maqbarasi shuningdek, boshqada o`nlab tarixiy-arxeologik yodgorliklar bor.