Daniyarov Abatbay Saparbaevich
Nukus shahar hokimi
Manzil:
230103, Nukus shahri, A.Dosnazarov ko`chasi, 96 uy
Telefon:
0(361) 222-17-75
E-mail:
n
Qabul kunlari:
Juma 10:00-12:00
Kalimbetov Kamal Tangirbergenovich
Nukus shahri hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari
Manzil:
230103, A.Dosnazarov ko`chasi, 96 uy
Telefon:
0(361) 222-51-65
E-mail:
a.ibragimov@exat.uz
Qabul kunlari:
Chorshanba 10:00-12:00
vakantNukus shahar hokimining sanaotni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar, va kommunal xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosari
Manzil:
230103, A.Dosnazarov ko`chasi, 96 uy
Telefon:
0(361) 222-25-39
E-mail:
-
Qabul kunlari:
Seshanba 15:00-17:00
Oybekov Odilbek Oybekovich
Nukus shahar hokimining o'rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo bo'limi boshlig'i
Manzil:
230103, A.Dosnazarov ko`chasi, 96 uy
Telefon:
0(361) 222-97-98
E-mail:
p.kudiyarov@exat.uz
Qabul kunlari:
Chorshanba 15:00-17:00
Áziz Pirjanov Ayapbergenovich
Nukus shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma`naviy-marifiy masalalari bo`yicha o`rinbosari
Manzil:
230103, A.Dosnazarov ko`chasi, 96 uy
Telefon:
0(361) 222-67-52
E-mail:
Qabul kunlari:
Dushanba 15:00-17:00
Nukus shahar hokimining o'rinbosari – oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i
Manzil:
230103, A.Dosnazarov ko`chasi, 96 uy
Telefon:
0(361) 222-89-92
E-mail:
Abibullaeva1974@umail.uz
Qabul kunlari:
Payshanba 15:00-17:00
Nukus shahar hokimining funktsional vazifalari:
Shahar hokimi O`zbekiston va Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyalari hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to`g`isida”gi Qonunlari asosida faoliyat olib boradi;
shahar iqtisodiyotining, ijtimoiy va ma`naviy sohalarining samarali faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi;
shaharda O`zbekiston Respublikasi Qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi qonunlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va Prezidiumining qarorlari, Vazirlar Kengashining qarorlari va farmoyishlari ijrosini tashkil etadi;
O`zbekiston Respublikasi Qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi qonunlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va Jo`qorg`i Kenges Prezidiumining qarorlari, Vazirlar Kengashining qaror va farmoyishlari asosida hamda boshqada shahar hududida ijro qilinishi shart bo`lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi;
jamoat tartibiga rioya etilishi va jinoyatchilikka qarshi kurash, fuqarolarning xavfsizligini ta`minlash, ularning huquqlarini himoya qilish va salomatligini muhofaza etish bilan bog`liq chora-tadbirlar ko`radi, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda hollarda tegishli ishlarni tashkil etadi;
shaharni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yo`nalishlarini, shahar byudjetining asosiy ko`rsatkichlarini va ularning ijrosiga doir hisobotlarni xalq deputatlari shahar Kengashining tasdig`iga taqdim etadi;
Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi Raisiga shahar hokimi o`rinbosarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish to`g`risida takliflar beradi;
o`z o`rinbosarlari va ijroiya hokimiyati struktura bo`linmalarining rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish to`g`risidagi qarorlarni xalq deputatlari shahar Kengashi tasdig`iga taqdim etadi;
shahar hokimligi faoliyatiga rahbarlik qiladi va uning o`z vakolotlarini samarali amalga oshirish uchun chora-tadbirlar belgilaydi;
shahar hokimi o`rinbosarlari orasida vazifalarni taqsimlaydi;
shahar hokimligi majlislariga rahbarlik qiladi;
shahar hokimligining tegishli komissiyalari va kengashlariga rahbarlikni amalga oshiradi va ularning faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
“Mahalliy davlat hokimiyati to`g`isida”gi O`zbekiston va Qoraqalpog`iston Respublikasi Qonunlariga asosan Xalq deputatlari shahar Kengashiga rahbarlik qiladi;
davlat mukofotlari bilan taqdirlashga doir iltimosnomalarni qarab chiqadi va Jo`qorg`i Kengesga takliflar kiritadi;
rejalashtirish, byudjet, moliya, hisob-kitob, shahar mulkini boshqarish, mulkchilikning turli shakliga mansub korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan hamjihatlik qilish, er va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, qurilish, transport, yo`l xo`jaligi va aloqa, aholiga kommunal, savdo va ijtimoiy-madaniy xizmat ko`rsatish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, qonuniylik, huquq-tartibot va xavfsizlikni ta`minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish sohasida qonun hujjatlarida o`z vakolatiga berilgan boshqa masalalarni ham hal etadi.
Shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo`yicha
birinchi o`rinbosarining funktsional vazifalari:(A.A.Ibragimov)
O`zbekiston Respublikasi Qonunlarida hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan hujjatlarda belgilanadigan iqtisodiy va tadbirkorlik sohasining eng muhim ustuvor vazifalariga muvofiq hududni kompleks rivojlantirish bo`yicha takliflar ishlab chiqadi;
shahar miqyosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan maqsadli dasturlarning ijrosini ta`minlaydi;
makroiqtisodiy ko`rsatkichlarini shu jumladan, yalpi hududiy mahsulot, sanoat, investitsiya, xizmat ko`rsatish, chakana savdo aylanmasi, eksport, infilyatsiya, aholining bandligi, mahalliy byudjetning har yilgi prognoz parametrlarini asoslangan holda ishlab chiqish va uning ijrosini samarali tashkil qilish, debitor-kreditor qarzdorliklarning yuzaga kelishini oldini olish yuzasidan tizimli ishlarni amalga oshirish va qarzdorlikni bartaraf qilishning samarali usullarini joriy etadi;
iqtisodiyot masalalari bo`yicha shahardagi korxona, tashkilot va muassasalar, tijorat banklari ish faoliyatini muvofiqlashtirish, aholini tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida ular bilan tijorat banklari o`rtasida muloqot o`rnatish uchun har bir xonadonga bank va moliyaviy xizmatlarni taklif qilish orqali imtiyozli kreditlash dasturlarini ishlab chiqish va so`zsiz amalga oshiradi;
tarmoq va hududiy boshqaruv organlari uzviy hamkorligini yo`lga ko`yish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini, shu jumladan, bazaviy tarmoqlarining uzviy rivojlanishini ishlab chiqarish va mehnat resurslarini oqilona joylashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, tarkibiy o`zgartirish va diversifikatsiyalashni amalga oshirish, investitsiyalarni, shu jumladan to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalarni moliyaviy mablag` hamda zamonaviy texnologiyalar shaklida jalb qilish, korxonalar o`rtasida kooperatsiya aloqalarini kengaytiradi;
shahar iqtisodiyoti sohasini kompleks rivojlantirishning asosiy dasturlarini, shu jumladan, sanoat, investitsiya, mahalliylashtirish, ayniqsa paxta tolasini va meva-sabzavotni qayta ishlash, xizmatlar sohasini rivojlantirish kabi maqsadli dasturlarni kafolatlangan moliyaviy manbaalarini aniqlagan holda shahar mahalliy byudjeti parametrlari bilan uzviy tarzda ishlab chiqish va so`zsiz amalga oshirishni ta`minlaydi;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo`llab-quvvatlaщ, ularning huquqlarini himoya qilish va erkinliklarining kafolatlarini ta`minlash, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, yangi korxonalar, shu jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida korxonalarni tashkil etish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, yangi ish o`rinlarini yaratish va aholining turli qatlamlari bandligi masalalarini hal etish orqali mahalliy byudjetning daromad bazasini kengaytirish, mahalliy byudjetga tushumlar hajmini oshirish hisobiga mahalliy byudjet subventsiyasi hajmini bosqichma-bosqich qisqartirish va bartaraf etadi;
davlat xizmatlarini ko`rsatish tamoyili bo`yicha tadbirkorlik sub`ektlariga davlat xizmatlari ko`rsatuvchi markazlarining va davlat xizmatlari ko`rsatuvchi boshqa vakolatli organlarning faoliyatini, shuningdek, davlat organlari bilan tadbirkorlik sub`ektlari o`rtasidagi o`zaro munosabatlarning bevosita aloqasiz shakllarini joriy etishniig holatini tahlil qiladi;
tadbirkorlikni rivojlantirishdagi eng muhim muammolar bo`yicha seminarlar va davra suhbatlarini muntazam o`tkazish, shuningdek, tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash yuzasidan ko`rilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi to`g`risidagi materiallarni ommaviy axborot vositalarida e`lon qilish yo`li bilan tadbirkorlik sub`ektlari orasida axborot va tushuntirish ishlarini tashkil etadi;
sohaga oid tegishli tashkilot hamda muassasalarda ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari ijrosini nazorat kilish, ish yuritish va nazoratni tashkil etish bo`yicha me`yoriy xujjatlari talablari asosida ishni tashkil etish va ijro intizomini mustahkamlashni amalga oshiradi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini amaldagi qonunlarga muvofiq ko`rib chiqadi.
Shahar hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo`jalik masalalari bo`yicha o`rinbosarining funktsional vazifalari:
(I.R.Otegenov)
a) kommunal xo`jaligini isloh qilish va rivojlantirish sohasida;
iqtisodiyotni yanada isloh qilish, tarkibiy o`zgartirish va diversifikatsiyalash dasturiga muvofiq kommunal xo`jaligi sohasida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks o`rganishni tashkil etadi va choralar ko`radi;
kommunal xizmat ko`rsatish sohasida rivojlanish prognozlarini va eng muhim dasturlarini bajarishini ta`minlaydi;
kommunal sohada monitoringni ta`minlash, ushbu sohadagi holat va vaziyatni tahlil etadi;
kommunal xizmat ko`rsatish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish, kommunal xizmat ko`rsatish tizimini rivojlaitirish va takomillashtirish masalalari bo`yicha topshiriqlarni ijro etish bo`yicha tegishli tashkilotlar faoliyati samarali muvofiqlashtirilishini ta`minlaydi;
kommunal soha korxonalarida yoqilg`i-energetika resurslarini tejashga doir tashkiliy-texnik tadbirlar va energiya sarfini kamaytirish tarmoq dasturini amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtiradi;
b) transport va transport kommunikatsiyalari sohasida:
transport va transport kommunikatsiyalarining barcha turlari faoliyati monitoringini ta`minlaydi hamda tahlil etadi va ushbu sohalarda davlat siyosatini, boshqaruv shakllari, usullari va tuzilmasini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqadi;
transport sohasining faoliyat ko`rsatishi va transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish masalalari bo`yicha qabul etilgan normativ-huquqiy hujjatlarning bajarilishini tashkil etadi;
transport va transport kommunikatsiyalari sohasi faoliyati masalalarida korxona tashkilot, muassasalar boshqa idoralarning o`zaro hamkorligini ta`minlaydi;
raqobat muhitini shakllantirish, transport xizmatlari bozoridan teng foydalanilishini ta`minlash yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
v) kapital qurilish va pudrat ishlari dasturlari sohasida:
kapital qurilishda, muhim xalq xo`jaligi ob`ektlari qurilishida, shu jumladan, ijtimoiy soha, uy-joy va infratuzilma ob`ektlari qurilishida pudrat ishlarini tashkil etish sohasida monitoringni ta`minlaydi hamda holat va vaziyatni tahlil qiladi;
kapital qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish masalalari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Jo`qorg`i Kengesining qarorlari va boshqa hujjatlari, Vazirlar Kengashining qarorlari va farmoyishlari, shahar hokimi qarorlari, farmoyishlari va boshqa hujjatlari bajarilishi bo`yicha davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, korxona va tashkilotlar faoliyati samarali muvofiqlashtirilishini ta`minlaydi;
qurilish sohasida xususiy va kichik tadbirkorlikni, bozor infratuzilmasini rivojlantirish bo`yicha ishlab chiqilgan takliflarning monitoringini olib boradi;
kapital qurilish va arxitektura sohasida xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta`minlaydi, ularni jadal rivojlantirish yo`lidagi tusiqlarni bartaraf ztish chora-tadbirlari dasturi amalga oshirilishi monitoringini ta`minlaydi va tahlil qiladi;
g) qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoati sohasida:
qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish sohasida qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishini ta`minlaydi;
qurilish materiallari sanoatini yangi texnologiyalar, qurilish asbob-uskunalari, texnika, materiallar bilan ta`minlashning kompleks dasturlarini shakllantiradi;
qurilish materiallarining ilg`or turlarini ishlab chiqarishni o`zlashtirshi, qurilish industriyasi korxonalarida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo`yicha takliflar ishlab chiqadi;
d) arxitektura va qurilish ishlarini nazorat etish sohasida:
yagona arxitektura-shaharsozlik siyosati amalga oshirilishini hamda tegishli korxonalar tomonidan shaharsozlik faoliyati sohasida o`zlariga yuklangan vazifalarning bajarilishini ta`minlaydi;
aholi punktlarini kompleks rivojlantirish bo`yicha qabul qilinayotgan loyiha echimlarining darajasi va sifatini oshiradi;
qurilish ishlari sifati yuzasidan zarur darajada nazorat o`rnatadi.
sohaga oid tegishli tashkilot hamda muassasalarda ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari ijrosini nazorat kiladi, ish yuritish va nazoratni tashkil etish bo`yicha me`yoriy xujjatlari talablari asosida ishni tashkil etadi va ijro intizomini mustaxkamlaydi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini amaldagi qonunlarga muvofiq ko`rib chiqadi.
Shahar hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo`yicha o`rinbosarining funktsiinal vazifalari
(P.A.Kudiyarov)
a) investitsiya masalalari bo`yicha:
xorijiy investitsiyalarni jalb etish, iqtisodiyot tarmoqlariga investitsiyalar hajmini kengaytirishni rag`batlantirishga qaratilgan yagona davlat investitsion siyosatini shakllantirish va amalga oshirish ishlarida qatnashish, hududda investitsion iqlimini yanada takomillashtirish, chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning rivojlanishini qo`llab-quvvatlash;
xorijiy investitsiyalarni jalb qilish sohasida va hududda investitsion faoliyatni kengaytirish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish bo`yicha normativ-huquqiy bazani takomilllashtirishga qaratilgan takliflar kiritish;
hududning iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va qulay investitsion sharoit yaratishga ko`maklashish, investitsion loyihalarning monitoring ishlarini olib borish, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tashkil etishda va samarali faoliyat olib borishda ko`maklashish;
chet el investitsiyalarini jalb qilishning asosiy yo`nalishlarini belgilash va amalga tatbiq etishda, shuningdek xalqaro moliya institutlari va chet el investorlari bilan investitsiyaviy hamkorlikni amalga oshirishda karxonalar va tashkilotlar, O`zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari va O`zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakillarining savdo-iqtisodiy masalalar bo`yicha maslahatchilari bilan keng faoliyatni yo`lga qo`yish;
O`zbekiston Respublikasida va chet ellarda xorijiy investorlarga mamlakatning iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati haqida keng axborot (katalog, broshyura, flaer, vidiorolik) berish maqsadida xalqaro konferentsiyalar, seminarlar, investitsiya forumlarini tashkil etish va qatnashish orqali o`zaro manfaatli yaqin hamkorlikni yo`lga qo`yish;
mazkur jarayonlarda qatnishish istagida bo`lgan tadbirkorlik sub`ektlarining xorijiy davlatlarga maqsadli safarlar (yuqori darajadagi rasmiy delegatsiyalar, xalqaro ko`rgazma, biznes forum va boshqalar) uyushtirilishini tashkil qilish;
har yilgi hududiy va mintaqaviy investitsiya dasturlarini, shu jumladan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalar qismi bo`yicha shakllantirish va monitoring qilishda ishtirok etish;
hududiy investitsiya dasturlari amalga oshirilishini, shaxar iqtisodiyotini rivojlantirishning o`rtacha va uzoq muddatli dasturlariga kiritilgan yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ko`maklashish;
sanoat sohasidagi investitsiya daturlari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish kompleks dasturlari, ishlab chiqarish, transport va aloqa, ijtimoiy infratuzilmalarini rivojlantirish kompleks dasturlari bilan birga chet-el investitsiyalarini, avvalambor to`g`ridan-to`g`ri kreditlarni jalb qilish va moliyaviy-texnik yordam ko`rsatish;
chet-el investitsiyalarini jalb qilishni tizimli monitoring qilish orqali hudud iqtisodiyotiga jalb qilingan xorijiy investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish, xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar faoliyatini, shuningdek investor tomonidan investitsiya majburiyatlarining bajarilishini tahlil qilish, chet-el investitsiyalari ishtirokidagi investitsiya loyihalarining o`z vaqtida va samarali amalga oshirilishiga to`sqinlik qiluvchi omillarni aniqlash, karxonalar va tashkilotlarda tezkor qaror qabul qilish bo`yicha takliflarni taqdim etish;
hududning resurs bazasini hisobga olgan holda investitsiya takliflarini ishlab chiqish.
b) innovatsion faoliyat bo`yicha
karxonalar va tashkilotlarida innovatsion faoliyatni takomillashtirish bo`yicha takliflarni yig`adi va umumlashtiradi;
ilg`or texnologiyalarni birinchi darajada joriy etishni talab qiladigan tegishli tarmoq va sohalarni rivojlantirishning asosiy yo`nalishlarini belgilaydi;
hududiy iqtisodiyotni modernizatsiya qila oladigan ilmiy, loyiha va ilmiy-texnologik tashkilotlari tizimini rivojlantirish, shuningdek, istiqbolda ilmiy-texnik salohiyatni shakllantirish bo`yicha dasturlarni ishlab chiqadi;
iqtisodiyotning energiya va resurs sarfi hajmini qisqartirish, energiya tejaydigan texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng joriy etish, muqobil energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish bo`yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
atrof-muhitni ifloslantirish darajasini kamaytiradigan ekologik toza texnologiyalarni qo`llagan holda ishlab chiqarish qobiliyatini oshirishni nazarda tutuvchi «yashil iqtisodiyot» texnologiyalarini joriy etishga ko`maklashadi;
xizmatlar sohasini jadal rivojlantirishga va uning tuzilmasini tubdan o`zgartirishga, eng avvalo, innovatsion ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish hisobiga uning sifatini va yalpi hududiy mahsulotni shakllantirishdagi rolini oshirishga ko`maklashadi;
innovatsion yondashuvlarni ishlab chiqish va joriy etish orqali turizm sohasining raqobatbardoshligini oshirishga ko`maklashadi;
agrar sektorda korxonalarning moliyaviy ko`rsatkichlarini yaxshilash, shuningdek, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlash imkonini beruvchi innovatsion g`oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etilishiga ko`maklashish;
manfaatdor karxonalar va tashkilotlar bilan o`zaro hamkorlikda uzluksiz ta`lim, ayniqsa muhandis-texnik kadrlarni tayyorlash sohasidagi tizimni tubdan takomillashtirish, ta`lim xizmatlarining hammabopligi va sifatini hamda texnik yo`nalishdagi mutaxassislikning nufuzini oshirish bo`yicha takliflarni tayyorlaydi;
ta`lim tizimida innovatsiyalarni, shu jumladan o`qitishning zamonaviy va interfaol metodlarini joriy etish orqali targ`ib qiladi, raqamli texnologiyalardan keng foydalanishni nazarda tutuvchi innovatsion o`quv dasturlarini ishlab chiqishni ta`minlaydi;
sog`liqni saqlash tizimini jahon standartlarini hisobga olgan holda, shu jumladan kasalliklarni barvaqt aniqlash va masofadan profilaktika qilish, shuningdek, aholining uzoq umr ko`rishi uchun qo`shimcha sharoitlar yaratish hamda kasallik va o`lim ko`rsatkichlarini pasaytirishni ta`minlaydigan ilg`or texnologiyalar, «Aqlli tibbiyot» va «Yagona tibbiyot axborot markazi» kontseptsiyalarini joriy etish orqali jadal rivojlantirishga ko`maklashish;
mazkur kontseptsiyalarni ishlab chiqishda xalqaro tashkilot va xorijiy davlat muassasalarining grand mablag`larini jalb qilishga e`tibor qaratish;
inson hayotida ekologik qulay sharoitlar va shaxar hududini atrof- muhitning transchegaraviy ifloslanishidan himoya qilish tizimini yaratish masalalarini tizimli va kompleks o`rganishlarni tashkil etadi;
innovatsion g`oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarning har yilgi hududiy yarmarkalarini tashkil qiladi va o`tkazadi, shuningdek ular doirasida tuzilgan shartnomalarning bajarilishini monitoring qilish;
intellektual mulk ob`ektiga bo`lgan huquqni tasdiqlaydigan patent va boshqa hujjatlarni olish tartib-taomillarini soddalashtirish va jadallashtirish imkonini beruvchi qonun va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
v) Xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish bo`yicha:
xususiylashtirilgan korxonalar faoliyatining moliyaviy-iqtisodiy va ishlab chiqarish ko`rsatkichlarini, raqobat qo`mitasi, iqtisodiyot, kadastr, statistika va soliq organlari ma`lumotlari asosida doimiy asosda tahlil qilib borish, shu asosda faoliyat ko`rsatmayotgan, past rentabelli va zarar ko`rib ishlayotgan korxonalarni, bo`sh turgan va samarasiz foydalanilayotgan ob`ektlar hamda er uchastkalarini aniqlash;
yangi ish joylarini yaratish, ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirish va modernizatsiyalash hamda raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish, ruxsat beruvchi hujjatlarni olishda, kommunikatsiyalarga ulanishda va tijorat banklaridan kreditlar hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish jamg`armasi mablag`larini ajratilishida ularga ko`maklashish maqsadida xususiylashtirilgan korxonalarni rivojlantirishning «yo`l xaritalari»ni ishlab chiqish va ularni amalga oshirilishni ta`minlash;
mazkur yo`l xaritalarini ishlab chiqishda xalqaro tashkilot va xorijiy davlat muassasalarining grand mablag`larini jalb qilish hisobidan xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish masalalariga e`tibor qaratish;
xususiylashtirilgan ob`ektlar negizida investitsiya loyihalarini amalga oshirayotgan tadbirkorlarga biznes yuritish va biznes-rejalarni ishlab chiqish asoslari, tadbirkorlik faoliyati sohasidagi qonunchilik, menejment, moliyaviy boshqaruv va boshqa fanlarni kasb-hunar kollejlari bazasida o`tkaziladigan kurslarda o`qitishni tashkil qilish, bunda tajriba almashish uchun shaxrimizda ishlayotgan, katta muvaffaqiyatlarga erishgan tadbirkorlar va xorijiy mutaxassislarni jalb etilishiga ko`maklashish;
ishini yangidan boshlayotgan tadbirkorlik sub`ektlariga biznes-reja tayyorlash, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog`liq amaliy masalalarni hal etish va kerakli axborotlarni olishda ekspertlik, huquqiy va maslahat ko`magi ko`rsatish uchun biznes-inkubatorlarni jalb qiladi;
ilgari xususiylashtirilgan bo`sh turgan, samarasiz foydalanilayotgan ob`ektlar va ishlab chiqarish maydonlari negizida tadbirkorlikni rivojlantirish sohasidagi jarayonlarning tahlili asosida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga takliflar kiritadi;
«yo`l xaritalari»ni ishlab chiqish va amalga oshirishda paydo bo`ladigan muammolarni ularning vakolatlari doirasida hal qilish yuzasidan bajarilishi majburiy bo`lgan talablar yuborish yo`li bilan xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish;
g) erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari bo`yicha:
erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalar hududida, birinchi navbatda, klaster yondashuvlardan keng foydalangan holda erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalar ishtirokchilari o`rtasida yaqin kooperatsiya aloqalarini yo`lga qo`yish, mahalliy xom ashyo va materiallar asosida raqobatbardosh tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo`yicha yuqori texnologiyali zamonaviy korxonalar tashkil etilishini ta`minlash;
erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hududida joylashgan sanoat korxonalari va infratuzilma ob`ektlarida yangi malakali ish o`rinlari tashkil etishni ta`minlash, shu asosda shaxar aholisining bandlik darajasini va daromadlarini oshirish;
mahalliy mineral-xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash va dunyoda tanilgan brendlar ostida yuqori qo`shilgan qiymatli raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun hududida erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari tashkil qilingan mintaqalar ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta`minlash;
etakchi xorijiy kompaniya va korporatsiyalar ishtirokida yuqori texnologiyali zamonaviy innovatsion ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy investitsiyalar, avvalambor, to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo`yicha eng qulay sharoitlar yaratish;
ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo`l-transport va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish, shuningdek, sifatli logistika xizmatlari ko`rsatishi uchun zamonaviy infratuzilmani shakllantirish bo`yicha zarur chora tidbirlarni amalga oshirish;
erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari yo`nalishlari bo`yicha kadrlarga bo`lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlaridan kelib chiqib va ularning erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hududida joylashgan sanoat korxonalari va infratuzilma ob`ektlarida ishlab chiqarish amaliyoti o`tashini nazarda tutgan holda, oliy va o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi muassasalarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni yo`lga qo`yishga byurtmalarni shakllantirilishini ta`minlash:
karxonalar va tashkilotlar, tijorat banklari hamda erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari direktsiyasining erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarining samarali faoliyat ko`rsatishi va ularni rivojlantirish bilan bog`liq masalalar bo`yicha faoliyatini amaliy muvofiqlashtirishni ta`minlashga doir kompleks tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish;
barcha davlat boshqaruvi organlari, nazorat qiluvchi organlar, tijorat banklarining erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalar hududida belgilangan alohida soliq, bojxona va valyuta tartib-taomillari qo`llanilishi bo`yicha huquqiy normalar va qonunchilik qoidalarining so`zsiz bajarilishi, investitsiya loyihalarini jadal ilgari surish, byurokratik to`siq va g`ovlar bartaraf etilishini tizimli nazorat qilish;
erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalar hududida investitsiya loyihalari amalga oshirilishini, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ishtirokchisi bo`lgan xo`jalik sub`ektlarining moliyaviy-xo`jalik faoliyati samaradorligini muntazam monitoring qilish, karxonalar va tashkilotlar, tijorat banklari, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari direktsiyasining ular zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq amalga oshirilayotgan ishlar xususida hisobotlarini doimiy eshitish;
har bir erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalaring tarmoq ixtisoslashuvini hisobga olgan holda ana shu zonalarga xorijiy investorlarni jalb etish bo`yicha «yo`l xaritalari»ni ishlab chiqish;
d) turizmni rivojlantirish masalalari bo`yicha:
hududda turizm sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, soha bo`yicha qabul qilingan kontseptsiya va dasturlarning ijrosini ta`minlashga qaratilgan tadbirlarni belgilash va amalga oshirilishini monitoring qilish hamda umumlashtirishni ta`minlash;
chet el mamlakatlari bilan turizm sohasida, ayniqsa, turistlar oqimini ko`paytirish hamda ularni jalb qilish bo`yicha hamkorlik va kelishuvlarni vakolatli organlar bilan birgalikda amalga oshirish;
turizm sohasining iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy, madaniy va boshqa yo`nalishlardagi infratuzilmasini takomillashtirish va turizm yo`nalishidagi diqqatga sazovor joylar, ularning holatini yaxshilash bo`yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash, ishlab chiqib, tasdiqqa kiritish hamda amalga oshirilishini nazorat (monitoring) qilish;
qo`shimcha turizm marshrutlarini ishlab chiqish, chet el yoshlarini keng jalb etish maqsadida ko`ngilochar komplekslar barpo etish, madaniy meros ob`ektlarida xalqimizning tarixi, turmush tarzi, urf-odatlari, an`analarini o`zida aks ettirgan ekspozitsiyalarni tashkil etish bo`yicha chora-tadbirlarni belgilash;
turizm sohasida turizmni rivojlantirishning hududiy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni muvofiqlashtirish;
turizm sohasidagi loyihalarga investitsiya jalb qilish uchun loyihalarning pasportlarini shakllantirish va tegishli taqdimot materiallarini davlat va zaruriy xorijiy tillarda tayyorlash hamda investitsiya jalb qilish bo`yicha boshqa choralarni ko`rish;
mas`ul karxonalar va tashkilotlarning ish faoliyatini turizmni rivojlantirish masalalari bo`yicha muvofiqlashtirish;
turizm sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalarini jalb etish, xorijiy turoperatorlar va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish orqali hududning mavjud sayyohlik salohiyatini keng yoritish bo`yicha takliflar tayyorlash va amalga oshirish choralarini ko`radi.
Shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma`naviy-ma`rifiy ishlari bo`yicha o`rinbosarining funktsional vazifalari:
(e.O.Allanov)a) Yoshlar siyosati sohasida:
yoshlar, ya`ni o`ttiz yoshdan oshmagan shaxslar, xususan, ta`lim bilan qamrab olingan yoshlar, uyushmagan yoshlar, yosh mutaxassislar, tadbirkor yoshlar, yosh oilalarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
umumta`lim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini kasbga yo`naltirish va ularni keyinchalik o`rta maxsus, kasb-hunar ta`lim tizimida o`qitish bilan to`liq qamrab olish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo`yicha tizimli ishlarni tashkil qilish;
oliy ta`lim yo`nalishlari va oliy ma`lumotli kadrlar tayyorlash ko`rsatkichlarining hududlar bo`yicha optimal taqsimoti yuzasidan asoslangan takliflar ishlab chiqish, bitiruvchilarni chuqur professional bilimlarga ega bo`lishlariga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
ta`lim tizimining barcha bosqichlarida o`quv jarayoni sifatini, o`quvchi talabalarniig davomatini ta`minlash yuzasidan aniq choralar ko`rish va nazorat qilish, bu borada ta`lim muassasasi, mahalla, nodavlat va notijorat tashkilotlari, profilaktika inspektorlari va ota-onalarning o`zaro hamkorlikdagi ishlarini muvofiqlashtirish;
aholi, yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng yaxshi namunalarini keng targ`ib qilish, “ommaviy madaniyat”ning ko`rinishlariga qarshi ma`naviy profilaktika ishlariga rahbarlik qilish;
ta`lim tizimining barcha bosqichlarida chet tillariga, komp`yuter texnologiyalari va internet-resurslaridan foydalanishning ilg`or ko`nikmalariga o`rgatish bo`yicha kompleks chora-tadbirlar bajarilishini nazorat qilish;
yoshlarni bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish bo`yicha ularning mulohazalari va takliflarini inobatga olgan holda aniq va manzilli chora- tadbirlar dasturlari ishlab chiqish, turli to`garaklarga, shu jumladan, bolalar musiqa va san`at, bolalar va o`smirlar sport maktablariga qamrab olish ishlarini tizimli tashkil etish;
yoshlarni yuksak ahloqiy tarbiyalash, ularni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish va jamiyatda yuksak ma`naviyatni qaror toptirish borasidagi ishlarga rahbarlik qilish;
yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash, aholining ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlar tarbiyasi masalasida jamoatchilik nazoratini tashkil etish, jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni ta`minlash sohasidagi vazifalarni samarali bajarishga yo`naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
ota-onalarning pedagogik madaniyatini yuksaltirishga, barkamol avlod tarbiyasida “oila-mahalla-ta`lim muassasasi” jamoat kengashi ishlarini amalga oshirishga rahbarlik qilish;
uyushmagan yoshlarning manfaatlarini ro`yobga chiqarishda ishtirok etuvchi davlat organlari, muassasalar va nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish hamda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan ustuvor yo`nalishlarni belgilash;
uyushmagan yoshlarning muammolarini aniqlash va hal qilish uchun ularning ehtiyojlarini aniqlash bo`yicha monitoring olib borish va baholash, kasbga o`rgatish, ishga joylashtirish, jumladan, kichik va o`rta biznes va oilaviy tadbirkorlikka keng jalb etish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash;
yoshlar tadbirkorlar faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yoshlar tadbirkorligini tashkil etishda ko`maklashish, imtiyozli kreditlar berish, joy ajratish, moddiy va texnik vositalar bilan ta`minlanishiga doir dasturlarni ishlab chiqish va ro`yobga chiqarish;
yosh oilalarni ma`naviy va moddiy jihatdan qo`llab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni tashkil etish bo`yicha chora- tadbirlar tizimini amalga oshirish, kam ta`minlaigan yosh oilalarga qonun hujjatlarida belgilangai tartibda moddiy yordam berish choralarini ko`rish.
b) Ijtimoiy rivojlantirish sohasida:
aholiga ijtimoiy xizmat ko`rsatish darajasi va sifatini oshirish, hayot va mehnat faoliyati, malakali tibbiy yordam olish, madaniy meroslardan bahramand bo`lish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanish, dam olishini tashkil etish uchun qulay tashkiliy-huquqiy va ijtimoiy shart-sharoitlarni yaratish hamda sifat jihatdan yangi darajaga ko`tarish bo`yicha tizimli ishlarni amalga oshirish;
aholining ijtimoiy ehtiyoj va talablarini o`rganish asosida hududlarda ijtimoiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va ijrosini monitoring qilish;
sog`liqni saqlash tizimini isloh qilish, aholiga yuqori malakali tibbiy yordamni ko`rsatish, sog`liqni saqlash muassasalariiing moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash va kadrlar salohiyatini oshirish borasida tizimli ishlarni amalga oshirish;
aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar, bolalar va o`smirlar sog`ligini muhofaza qilish, tug`ma va irsiy kasalliklarning oldini olish, rivojlanish nuqsoni bo`lgan bolalarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish sifatini oshirish, ularning jamiyat hayotida to`laqonli qatnashishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
sport sohasida olib borilayotgan ishlar ko`lamini yanada kengaytirish, sportning ommaviyligini oshirish, qizlar o`rtasida sportni rivojlantirish;
aholining turmush madaniyatini, hayot sifatini oshirishga qaratilgan ta`lim, dam olish va hordik chiqarish, bandlik, maishiy xizmatlar ko`rsatish, madaniyat, san`at va sport sohalari muassasalaridan foydalanish ko`lamini kengaytirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
“Nuroniy” jamg`armasi va “Mahalla” xayriya jamoat fondi tashkilotlarining faoliyatlarini muvofiqlashtirish, ularga har tomonlama amaliy yordam ko`rsatish;
mahalla, xotin-qizlar, nuroniylar, yoshlar tashkilotlari, fuqarolik jamiyatlari institutlari, ommaviy axborot vositalarining tinch osoyishta hayotimizni asrash va mustahkamlashga qaratilgan vazifalar ijrosini muvofiqlashtirish.
v) Ma`naviy-ma`rifiy ishlar sohasida:
aholi o`rtasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo`nalishlari, keng ko`lamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlari ahamiyatining targ`ibot va tashviqotini tashkil qilish;
aholining ma`naviy-ahlokiy, diniy-ma`rifiy, madaniy saviyasini oshirish va uning doimiy ravishda o`sib borayotgan intellektual, estetik va madaniy ehtiyojlarini ta`minlash, ma`naviy-ma`rifiy merosni, urf-odat va qadriyatlarni saqlash, targ`ib qilish ishlariga rahbarlik qilish;
hududda sog`lom turmush tarzi, millatlararo totuvlik, o`zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga qaratilgan ommaviy tadbirlarni tayyorlash va tashkil ztish masalalarini muvofiqlashtirish, tadbirlarning maqsadli, rejali, tartibli tashkil etish va tarbiyaviy samaradorligini ta`minlash chora-tadbirlarini ko`rish;
hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, odamlarni hushyorlik va ogohlikka da`vat etish, yoshlarda yot g`oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolarda qonunga hurmat, huquqbuzarlik holatlariga murosasizlik hissini kuchaytirishga qaratilgan samarali targ`ibot tizimini yo`lga qo`yish;
aholi orasida diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, “ommaviy madaniyat” tahdidlaridan ogoh qilishga qaratilgan profilaktik ma`rifiy, tarbiyaviy chora-tadbirlarga rahbarlik qilish;
aholi orasida mehr-oqibat, mehr-shafqat, muruvvat va himmat, insofu diyonat, vijdoniylik, ahillik va totuvlik, fidoyilik, vatanparvarlik, olijanoblik va boshka fazilatlarni targ`ib qilish hamda ma`naviy-ma`rifiy ishlarii rivojlantirishda mahalla institutining o`rni va rolini oshirish borasidagi ishlarga rahbarlik qilish;
sohaga oid tegishli tashkilot hamda muassasalarda ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari ijrosini nazorat kilish, ish yuritish va nazoratni tashkil etish bo`yicha me`yoriy hujjatlari talablari asosida ishni tashkil etish va ijro intizomini mustaxkamlash;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini amaldagi qonunlarga muvofiq ko`rib chiqadi.
Shahar hokimining o`rinbosari – shahar xotin-qizlar qo`mitasi raisining funktsional vazifalari:
(G.G.Abibullaeva)Quyidagilar hokim o`rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) xotin-qizlarning huquqlari va manfaatlarini muhofaza qilish, ularning ijtimoiy-huquqiy va ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish sohasida:
xotin-qizlarning maqomini, ma`naviy va intellektual salohiyatini oshirish, ularning huquqlari va manfaatlari muhofaza qilinishini ta`minlash, oilada va jamiyatda huquqiy madaniyatini, rolini oshirish;
davlat va jamoatchilik organlarini jalb etgan holda yosh oilalarni ijtimoiy qo`llab-quvvatlash, ular uchun munosib hayotiy sharoitlar yaratish sohasida kompleks tadbirlarni amalga oshirish bo`yicha tizimli ishlarni tashkil etish;
xotin-qizlar masalalari bo`yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda, ularning mohiyati va ahamiyatini targ`ib qilish va tushuntirishda, ularning bajarilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini yo`lga qo`yishda faol ishtirok etish;
qizlarning ijodiy va intellektual salohiyatini aniqlash, rivojlantirish va rag`batlantirish, talantli, iqtidorli qizlar zaxirasi bilan tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bo`yicha shahar komissiyasi faoliyatini takomillashtirish;
amaliy ishlarda tajribaga ega bo`lgan tashabbuskor qizlar orasidan kadrlar zaxirasini shakllantirish va tegishli rahbarlik lavozimlariga ularning nomzodlarini tavsiya etish tizimini yo`lga qo`yish;
xotin-qizlarning nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati shaffofligini ta`minlash, ularning mamlakatning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi faol ishtirokiga ko`maklashish hamda faoliyatini muvofiqlashtirish;
xotin-qizlar qo`mitalari va fuqarolik jamiyati institutlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari o`rtasida xotin-qizlarning huquqlari va manfaatlarini, ularning oilalarini muhofaza qilish ishlarida ijtimoiy sheriklikni kengaytirish, xotin-qizlarga manzilli ijtimoiy yordam berish bo`yicha ishlarni tashkil etish;
b) onalik va bolalikni muhofaza qilish, oilalarda ijtimoiy-ma`naviy muhitni sog`lomlashtirish sohasida:
onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning bajarilishini ta`minlashda faol qatnashish, ularni takomillashtirish bo`yicha takliflar tayyorlash;
xotin-qizlar, eng avvalo, onalar va bolalarning sog`lig`i muhofaza qilinishini ta`minlash, xotin-qizlar o`rtasida sog`lom turmush muhitini, turmush madaniyatini shakllantirish, ularning reproduktiv salomatligini mustahkamlash, tibbiy madaniyatini oshirish, patronaj tizimini rivojlantirish ishlarini takomillashtirish;
oilaviy va xotin-qizlar sportini rivojlantirish, ularni ommalashtirish bo`yicha tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish;
oilalarda ijtimoiy-ma`naviy muhitni sog`lomlashtirish, xotin-qizlarning hamda jamiyatda hurmatga va katta nufuzga ega bo`lgan keksalarning hayotiy tajribasini faol jalb etgan holda oilaviy ajralishlarni bartaraf etish bo`yicha ishlarni tashkil etish, namunali oilalarning hayotiy namunasini targ`ib qilish;
oilaviy munosabatlarni sog`lomlashtirish, nikoh va oila institutini mustahkamlash, nikoh shartnomalarining xususiyatlari va shartlari, farzandlar tarbiyasi uchun ota-onalarning bevosita mas`uliyati, qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash bilan bog`liq tizimli targ`ibot tadbirlarini yo`lga qo`yish;
mahallalarda ayollar va yoshlar ishtirokida ma`naviyatni oshirish, ularni “ommaviy madaniyat”ning salbiy ta`siridan, milliy ongimizga xos bo`lmagan diniy separatizm, ekstremizm va terrorizm, odamlar savdosi va boshqa yot g`oyalardan muhofaza qilish;
har tomonlama kamol topayotgan yosh avlodni vatanparvarlik, bag`rikenglik, ertangi kunga ishonch va atrofda sodir bo`layotgan hodisalarga daxldorlik ruhida tarbiyalash, yoshlarning mustaqil dunyoqarashini, kuchli ichki salohiyatini, milliy faxrlanish tuyg`usini va axloqiy-ma`naviy immunitetini shakllantirish;
v) xotin-qizlarni ishga joylashtirish, ularning ijtimoiy va mehnat huquqlarini ta`minlash sohasida:
bandlik dasturi doirasida xotin-qizlarni, ayniqsa kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirishga ko`maklashish, ular bandligining sifati, doimiy ish o`rni bilan ta`minlanganligi yuzasidan amaliy nazoratni yo`lga qo`yish;
xotin-qizlarning mehnat huquqlarini muhofaza qilish bo`yicha ishlarning holatini o`rganish va nazorat qilish, norasmiy ish bilan bandlikning oldini olish, mehnat munosabatlari, shu jumladan homilador ayollarga hamda kichik yoshdagi bolalari bo`lgan ayollarga qo`shimcha imtiyozlar berishda davlat va nodavlat tashkilotlarining mustahkam hamkorligini yo`lga qo`yish;
tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanishni xohlaydigan ayollarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash, ularga imtiyozli kreditlar ajratishda ko`maklashish, berilgan imtiyozlarni to`g`ri qo`llanish masalalarini tartibga soluvchi, davlat ro`yxatidan va boshqa tartibotlardan o`tish, mehnat munosabatlariga kirishish bo`yicha qonunchilik hujjatlari yuzasidan tushuntirishlar olishda ularga yordam berish.
Nukus shahar hokimligida 30 ta xodim faoliyat yuritadi:
• shahar hokimi;
• shahar hokimning iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari
• shahar hokimning sanaotni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar, va kommunal
xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosari
• shahar hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiy korxonalarga ko`maklashish va kichik
sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo`yicha o`rinbosari
• shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma`naviy-marifiy
masalalari bo`yicha o`rinbosari
• shahar hokimining o`rinbosari, xotin-qizlar qo`mitasi raisi;
• hokim yordamchisi;
• hokimlik huquq-maslahatchisi;
• devonxona mudiri;
• devonxona etakchi mutaxassisi;
• devonxona 1-darajali mutaxassisi;
• tashkiliy-nazorat guruhi rahbari;
• tashkiliy-nazorat guruhining etakchi mutaxassisi;
• tashkiliy-nazorat guruhining 1-darajali mutaxassisi;
• ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo`yicha bosh mutaxassis;
• ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo`yicha etakchi mutaxassis;
• ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo`yicha 1-darjali mutaxassis;
• sanaotni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar, va kommunal
xo`jaligi masalalari bo`yicha bosh mutaxassis;
• sanaotni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar, va kommunal
xo`jaligi masalalari bo`yicha etakchi mutaxassis;
• sanaotni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar, va kommunal
xo`jaligi masalalari bo`yicha 1-darajali mutaxassis;
• investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiy korxonalarga ko`maklashish va kichik
sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo`yicha bosh mutaxassis;
• investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiy korxonalarga ko`maklashish va kichik
sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo`yicha etakchi mutaxassis;
• yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma`naviy-marifiy masalalari bo`yicha bosh
mutaxassis;
• yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma`naviy-marifiy masalalari bo`yicha etakchi
mutaxassis;
• xotin-qizlar ko`mitasi bosh mutaxassisi;
• xotin-qizlar ko`mitasi etakchi mutaxassisi;
• xotin-qizlar ko`mitasi 1-darajali mutaxassisi;
• safarbarlik ishlari va favqulodda vaziyatlar bo`yicha mutaxassis;
• jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo`yicha bosh mutaxassis;
• hokimlik qoshidagi voyaga etmaganlar bilan ishlashish komissiyasi mas`ul kotibi;
Nukus shahri haqida qisqacha ma`lumot
Nukus shahri 1932 yil 1-apreldan boshlab Qoraqalpog`iston Respublikasining poytaxti bo`lib belgilangan. Nukus shahri Respublikaning iqtisodiy, siyosiy va madaniy markazidir. Shaharning geografik o`rnashgan joyi O`zbekistonning shimoliy-g`arb tomonida Qoraqalpog`iston Respublikasining markazida joylashgan. Shaharning sharqiy tomonida Qizil-qum chulistonligi mavjud.
Shu jumladan shaharning iqlimi kontinental bo`lib, yozi qurg`oq issiq va qishi sovuq.
Shaharning er maydoni 221 kv.km, 2018 yil 1-aprel halotiga aholi soni 312,1ming odam. Shaharda 58 ta mahalla fuqarolar yig`ini bor.
Nukus shahrida yirik imoratlar va me`moriy obidalar qad ko`targan. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, Berdaq muzeyi, O`quvchilar va sport saroylari, Nukus Aeroporti, Temir yo`l vokzali, Akademik litseylar va kasb-xunar kollejlari, «Savitskiy» nomidagi Qoraqalpoq davlat muzeyi, «Toshkent» mexmonxonasi imoratlari, Ulug`bek yodgorligi va hokazo.
2003 yili Nukus shaxri o`zining 70-yilligini nishonlab, unda birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ishtirok etdilar va shu munosabat bilan shaharni «Do`stlik» ordeni bilan mukofotladi.