Bugun 2023-yil 31-yanvarida Qoraqalpoǵiston Respublikasi Vazirlar Kengashining majlislar zalida aholi murojaatlarini joyiga chiqqan holda urganish bwyicha Shtab tashkillashtirildi. Unda, Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirining wrinbosari B.Abdullaev va O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi komandiri, general-mayor R.Djuraevlar qatnashdi va tegishli idoralar bilan birgalikda ishchi guruh shakllantirildi.
Ishchi guruh vakillariga quyidagi:
1. Ijtimoiy infratuzilma obektlarining real holatini, aholini gaz, elektr energiyasi, ko'mir, ichimlik suvi bilan taminlash ahvolini
va fuqarolarning ushbu tizimdan roziligini o'rganish yo'nalishida:
– aholini gaz, elektr va ichimlik suvi bilan uzluksiz taminlash, avariyaviy holatlarning barvaqt oldini olish, ko'p qavatli uy-joylar massivlarida kommunal xizmat ko'rsatish sifati;
– aholi uchun munosib infratuzilma, jumladan maktabgacha ta'lim muassasalari, maktablar, bolalar maydonchalari va xizmat ko'rsatish shohobchalarini qurish va faoliyatini yo'lga qo'yish borasida amalga oshirilayotgan ishlar;
– oliy o'quv yurtlari talabalari uchun yotoqxona taminoti, ijarada yashovchi talabalarni qo'llab-quvatlash va nazorat qilish, bwsh vaqtini mazmunli o'tkazish, bandligini taminlashga ko'maklashish ishlarining ahvoli,
– muayyan yashash joyi bo'lmagan shaxslarni reabilitaciya qilish markazlari, mamuriy qabulxonalar, narkologiya dispanserlari, tibbiy hushyorxonalar va jazoni ijro etish muassasalaridagi sharoitlar.
2. Iste'mol bozorlaridagi narx-navo barqarorligini, oziq-ovqat zaxiralari mavjudligi va tadbirkorlar uchun qulay sharoitlar yaratilganligini o'rganish yo'nalishida:
– aholining kunlik ehtiyoji uchun qishloq xwjaligi mahsulotlarini ichki imkoniyatlardan kelib chiqqan holda tayyorlash, qo'shimcha zarurati mavjud bwlgan mahsulotlar zaxirasini shakllantirish bo'yicha shartnomalar tuzilganligi;
– noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shuǵullanish, narx-navoni suniy oshirish, nosoǵlom raqobatchilik muhitini yaratish bwyicha qonunga xilof holatlariga barham berilganligi;
– tomorqachilikni rivojlantirish, lalmi erlarni o'zlashtirish, qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarilishini mahalliylashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli;
– bozorlarda aholi, fermerlar va qishloq xo'jaligi sohasidagi tadbikorlik sub'ektlari uchun ichki bozorda sotish uchun etarlicha sharoit yaratilganligi;
– tadbirkorlik sub'ektlarining faoliyatiga noqonuniy aralashishga qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo'yicha vazifalar belgilab berildi.
Qoraqalpoǵiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Matbuot Xizmati