22.12.2024, Yakshanba

G'alladan bo'shaydigan maydonlarga takroriy ekinlar ekishni samarali tashkil etish hamda ishsiz aholining bandligini ta'minlash bo'yicha ko'rgazmali seminar bo'lib o'tdi

Xabaringgiz bor, so'ngi yillari mamlakatimiz qishloq xo'jaligi sohasida olib borilayotgan islohotlar natijasida yangi dehqonchilik tizimi vujudga keldi.
G'alla-g'o'za, g'alla-g'o'za-em-xashak, g'alla-g'o'za-sabzavot kabi ekinlarni almashlab va navbatlab ekish tartiblari joriy qilindi.
Tuproq unumdorligining u yoki bu darajada bo'lishi ilmiy asoslangan ma'dan o'g'itlar miqdoriga, nisbatiga va organik o'g'itlarni qo'llashga, almashlab ekishni rioya qilishga,
er va suv resurslarini tejovchi va boshqa ilg'or texnologiyalarni joriy etishga bevosita bog'liqdir.
Muhtaram Prezidentimizning 2021 yil 8 iyun kuni o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida bergan topshirig'i asosan 2021 yilda g'alladan bo'shagan maydonlarga takroriy ekinlarni ekish hamda shu asosda yangidan ish o'rinlarini yaratish bo'yicha vazifalar belgilab berilgan edi.



Mamlakatimizda kuzgi boshoqli-don ekinlari yig'ishtirib olinganidan keyin, ularning o'rniga takroriy ekinlar etishtirish uchun ajoyib imkoniyat bor.
Bugun Taxiatosh tumani “Naymanko'l” ovul fuqorolar yig'ini hududidagi “Madat-Botir” fermer xo'jaligida g'alladan bo'shagan erlarga qishloq xo'jaligi ekinlarini takroriy ekish, agrotexnik tadbirlarini o'tkazish, talab etiladigan moddiy resurslarni o'z vaqtida etkazib berish bo'yicha ko'rgazmali seminar bo'lib o'tdi.


Mazkur ko'rgazmali seminardan maqsad, ekin maydonlaridan samarali foydalanish, g'alladan bo'shagan erlarga takroriy ekin ekish orqali bilan birga «Temir daftar» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan tuman fuqarolarini ish bilan band etishdan iborat.


Seminarga Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Qaxraman Sariev qatnashib aholining oziq-ovqat, jumladan, qishloq xo'jaligi maxsulotlariga bo'lgan talabini qanoatlandirish, erdan samarali foydalanib, sug'oriladigan maydonlardan bir yilda ikki-uch marta hosil olish, buning uchun tuproqning meliorativ holati hamda unumdorligini yaxshilashda takroriy ekinlarni ekishga, ishsiz hamda “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ga kirgan fuqarolarning qishloq xo'jaligida bandligini ta'minlash va ularni qo'llab-quvvatlash, qo'shimcha daromad olish tizimini joriy etish maqsadida takroriy ekinlar ekiladigan maydonlardan er olib, dehqonchilik qilish istagini bildirgan ishsizlarga ajratib berib, ularning bandligini ta'minlashga e’tiborni qaratish zarurligini ta'kidladi. 




Vazirlar Kengashi Raisi Qaxraman Sariev er berilayotgan yoshlar bilan uchrashib, ular bilan suhbatlashdi. Rejalari va takliflarini tingladi. Shuningdek ajratilgan erdan samarali foydalanish, erdan yashxi hosil olish bo'yicha tavsiyalarini berdi.
O'tkazilgan seminarda 9 gektar g'alladan bo'shagan ekin maydonlari takroriy ekin 40 nafar «Yoshlar daftari»ga kiritilgan ishsiz yoshlarga ajratib berildi. 



QR Vazirlar Kengashi Matbuot kotibi