Qoraqalpog'iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Qaxraman Sariev Qonliko'l tumanida
istiqomat qiluvchi Nametullaev O'razbay hamda Qo'ng'irot tumanida
yashovchi Xojametov Qudaybergenlarning
xonadoniga tashrif buyurib, davlatimiz rahbarining qimmatbaho sovg'asi va 12
million so'm bir martalik pul mukofotini tantanali topshirdi.
Shuningdek, Prezidentimizning 9 may – Xotira va
qadrlash kuni hamda G'alabaning 76 yilligi munosabati bilan ularga yo'llagan
tabrigini o'qib eshittirdi. Bundan tashqari Qoraqalpog'iston Respublikasi
Vazirlar Kengashi va tuman hokimliklari tomonidan tayyorlangan sovg'alar urush
faxriylarining xonadonlariga etkazildi. Chinakam bayramga aylangan tadbirda urush
yillari mazmuni aks ettirilgan kuy-qo'shiqlar barchaning ko'nglida
ko'tarinkilik ulashdi.
QR
Vazirlar Kengashi Matbuot xizmati