22.12.2024, Yakshanba

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo'lib o'tdi

Mamlakatimizda tadbirkorlarga va tadbirkorlik qilish istagida bo'lganlarga katta imkoniyatlar yaratilmoqda.
Ushbu amaliy ishlar natiyjasi o'laroq bugun Qoraqalpog'istonda yigirma mingdan oshiq tadbirkorlik sub’ektlari xalqimizga munosib xizmat ko'rsatmoqda.

Ushbu yaxshi amallarning davomi sifatida Hukumat komissiyasi joylarda tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar tashkillashtirib ularning muammo va murojatlari hal qilinmoqda.



Hukumat komissiyasining navbatdagi uchrashuvi Nukus shahrida bo'lib o'tdi. Unda Qoraqalpog'istondagi 100 dan ortiq tadbirkorlar kredit olish va to'lov muddatini uzaytirish, garov summasini qayta baholash, litsenziya va ruxsatnoma olish, bino va inshoatlar qurash kabi masalalarda murojaat qildi. Ahamiyatlisi ushbu murojaatlarning aksariyati joyida o'z echimini topdi. Shuningdek muddat talab qiladigan masalalar nazoratga olinib, mutasaddilarga topshiriqlar berildi.