Bugungi videoselektor yig'ilishida oliy ma'lumotli bo'lish
istagida bo'lgan, qobiliyati, bilimi bor, lekin taqdir taqozosi bilan orzusiga
erisha olmagan xotin-qizlarni rag'batlantirish tizimini joriy qilish haqida
so'z bordi.
Prezidentning qayd etishicha, ota-onasining biridan ayrilgan
muhtoj qizlar, boquvchisi yo'q yolg'iz ayollarning kontrakt to'lovini hokimiyat
va oliygohlar qoplab beradi. Bunda har bir viloyat hokimi mahalliy byudjet
hisobidan 100 nafar, har bir oliygoh esa 30-50 nafardan xotin-qizning
kontrakt́ini to'lab berishga mas’ul bo'ladi. Senat Raisi Tanzila Norboeva ushbu ishlarni tashkillashtirishga shaxsan
bosh-qosh bo'ladi.
Yig'ilishda
Urganch universiteti rektori bu tizim orqali kutilayotgan natijalarni
tushuntirib berdi.
O'zA