O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 28 yilligi munosabati bilan joriy yilning 5 dekabr kuni Nukus shahar hokimligining tashabbusi bilan korxona va tashkilotlarda xizmat qiluvchi xotin-qizlar o'rtasida sportning voleybol turi bo'yicha musobaqa bo'lib o'tdi. Musobaqada 8 jamoa ishtirok etdi. Qizg'in bellashuvlarga boy bo'lgan musobaqada Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining xotin-qizlar jamoasi faxriy 1 o'rinni egalladi. G'oliblarga tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan sovg'alar topshirildi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati