Yurtimizda
kunlar sovushi bilan үylarni isitishga bo'lgan talab har qachongidanda zarur
bo'ladi. Bunda aholi tomonidan qo'lbola isitish pechlaridan, yaroqsiz
mo'rikonlardan foydalanish hollari uchrab turadi va bu o'z navbatida havfsizlik
qoidalarining buzilishiga shuningdek ko'ngilsiz holatlarga olib kelishi mumkin.
Bugun, har bir aholi turar joylari (kvartiralar) va ob’ektlarni ko'rikdan o'tkazib, gaz va elektr moslamalarining xavfsizlik qoidalari talablariga muvofiqligi, isitish pechlarining mo'rikonlarining sozligi, nosoz, qo'lbola va o'zboshimchalik bilan o'rnatilgan gaz va elektr uskunalaridan foydalanishni ta'qiqlash va xavfsizlik choralarini ko'rish, is gazi va havo gaz aralashmasining chaqnashi bilan bog'liq favqulodda holatlarning oldini olish bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Uy joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirligi, Qoraqalpoq hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ, “Hududgaz Qoraqalpog'iston” filiali va mutasaddi tashkilotlar ishtirokida ko'rgazmali o'quv seminar tashkillashtirildi.
Shuningdek,
aholi turar joylarida va ob’ektlarda olib borilgan o'rganishlar davomida
aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf etish hamda bu borada mavjud
muammolarni hal etish borasida ko'rsatmalar berildi.