22.12.2024, Yakshanba

Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi E’lon qiladi


Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi davlat boshqaruvi organlari va xo'jalik yurituvchi sub’ektlar,  mahalliy ijro hokimiyati va boshqada tashkilotlarda ishlovchi etakchilik qobiliyati va boshqaruv mahoratiga ega istiqbolli kadrlarni tanlab olish va ularni qo'llab-quvvatlash, shuningdek rahbar lavozimlar uchun kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida tanlov o'tkazilishini e’lon qiladi.

Tanlov 4 bosqichda bo'lib o'tadi:

1-bosqich - dastlabki o'rganish;

2-bosqich - test sinovlari;

3-bosqich - ish o'rganish (stajirovka);

4-bosqich - suhbat.

Tanlovda oliy ma'lumotli, tegishli sohada rahbar lavozimda kamida ikki yil ish tajribasiga ega va doimiy ishlayotgan 25 yoshdan 45 yoshgacha bo'lgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etadi.

Tanlov g'oliblari rag'batlantiriladi va rahbar lavozimlarning kadrlar zaxirasiga kiritilib, tegishli sohalar bo'yicha rahbar lavozimlarga tayinlanib boriladi.

Tanlov ishtirokchilarining arizalari 2019 yilning 1-yanvar kunidan 1-fevral kuniga qadar Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesida qabul qilinadi. 

Tanlovda ishtirok etish haqidagi arizaga qo'yidagi hujjatlar qo'shimcha qilinadi:

- ma'lumotnoma;

- pasport nusqasi;

- mehnat davtarchasi nusqasi;

- ish joyidan tafsivnoma (so'nggi);

- diplomning nusqasi, agarda chet elda o'qigan bo'lsa,  nostrifikatsiyadan o'tkazilganligini tasdiqlaydigan guvohnoma.

 

Ma'lumot uchun telefon: 222-74-77