Камалаов Зийўатдин Садатдинович | Қарақалпақстан Республикасы Монополияға қарсы гүресиў
комитетиниң баслығы | |
Мәнзил: | 230100, Нөкис қаласы, Әмир Темур көшеси 112а жай | |
Телефон: | 0 (361) 222-02-37 | |
E-mail: | ||
Қабыллаў күнлери: | Ҳәр күни 10:00-17:00 |
Qoraqalpog'iston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish va raqobatni rivojlantirish qo'mitasi raisining
funktsional vazifalari
· Qo'mita raisi qo'mitaga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi;
· Qo'mita va idoraviy bo'ysunuvchi tashkilotlarning shtatlar jadvalini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
· Qo'mita bo'limlari Nizomlari va qo'mita xodimlarining lavozim yo'riqnomalarini tasdiqlaydi;
· Idoraviy bo'ysunuvchi tashkilotlarning (“Davlat mulkini ijaraga berish markazi” DUK) Ustavlarini (nizomlarini) tasdiqlaydi, ularning raxbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish, ular bilan shartnomalar tuzish, o'zgartirish va bekor qilish masalalarini amaldagi normativ-huquqiy xujjatlar talablari doirasida xal qiladi;
· Qo'mita bo'limlari boshliqlari va mutaxassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish, ular bilan shartnomalar tuzish, o'zgartirish va bekor qilish masalalarini amaldagi normativ-huquqiy xujjatlar talablari doirasida xal qiladi;
· Qo'mita faoliyatiga oid buyruqlarni, mexnat shartnomalarini, obektlarni xususiylashtirishga oid shartnomalarni va boshqa oldi-sotdi shartnomalarni imzolaydi;
· Qo'mitaning o'z ehtiyojlari uchun tovarlar sotib olish, xizmatlar ko'rsatish va ishlarni bajarish bilan bog'liq xo'jalik shartnomalari, to'lov topshiriqnomalari va boshqa moliyaviy xujjatlarga imzo qo'yadi;
· O'zbekiston Respublikasi Davlat Raqobat qo'mitasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va boshqa davlat organlarining yig'ilishlarida qo'mita nomidan qatnashadi, tashkilotlar va idoralarda boshqarma manfaatlarini himoya qiladi;
· Hududiy organga yuklatilgan vazifalar va funktsiyalarning zarur darajada va samarali bajarilishi, ijro intizomining ahvoli uchun shaxsan javob beradi;
· Qo'mitada o'tkaziladigan yig'ilishlarga raislik qiladi;
· Qo'mitadan chiqish xat-xabarlarni imzolaydi;
· Qo'mita faoliyatini takomillashtirish bo'yicha Qo'mitaga takliflar kiritadi;
· Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funktsiyalarni amalga oshiradi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish va raqobatni rivojlantirish qo'mitasi raisi o'rinbosarlarining
funktsional vazifalari
· Qo'mitaning Xususiylashtirish va investitsiya majburiyatlari monitoringi bo'limi, davlat aktivlarini hisobotini yuritish, hisobga olish va samarali boshqarish bo'limi, davlat aktivlarini sotilishini nazorat qilish Sektori, moliya, xususiylashtirish va boshqa manbalardan tushgan mablag'larni hisobga olish va hisobot berish sektori faoliyatini nazorat qiladi, moliyaviy-iqtisodiy taxlil va iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy o'zgartirish bo'limlari faoliyatini;
· O'zining nazorati ostidagi bo'limlarni malakali kadrlar bilan to'ldirish, ishlayotgan xodimlarni rotatsiya qilish yuzasidan qo'mita Raisiga takliflar kiritadi;
· Qo'mitaning xususiylashtirish ob’ektlarining sotuvchisi funktsiyasini amalga oshiradi birja savdolari va birjadan tashqari savdolarda sotish funktsiyalarini amalga oshiradi;
· Qo'mitaning yangi mulkdorlarga xususiylashtirilgan ob’ektga mulk huquqini tasdiqlovchi orderi, sertifikat berish va uy joyni shaxsiy mulk egasi ekanligini tasdiqlovchi davlat orderlariga qo'mita nomidan imzo funktsiyalarini amalga oshiradi;
· Davlat aktivlari (aktsiyalar, ulushlar, ob’ektlar) ning oldi-sotdi shartnomalari, mulkiy huquqni tasdiqlovchi davlat orderlari, xo'jalik jamiyatlari ustav fondlaridagi ulushlarga nisbatan xaridorning mulkiy xuquqi to'g'risidagi sertifikatlar beradi;
Iqtisodiy nochor korxonalarni sog'lomlashtirish maqsadida tegishli
tashkilotlar bilan birgalikda sog'lomlashtirish dasturlariga boshqarma
nomidan imzo qo'yish, davlat va boshqaruv organlari takliflari asosida
xo'jalik sub’ektlariga bankrotlik tamoyilini qo'llash, davlat ulushi mavjud
iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy o'zgartirish va yiriklashtirish
bo'yicha qarorlar qabul qilish;
·
· Qo'mita raxbari yo'q vaqtida qo'mitaning o'z ehtiyojlari uchun tovarlar sotib olish, xizmatlar ko'rsatish va ishlarni bajarish bilan bog'liq xo'jalik shartnomalari, to'lov topshiriqnomalarini va boshqa moliyaviy hujjatlarga qo'mita nomidan imzo qo'yadi;
· Baxolovchilar va rieltorlarni qo'mita bilan olib borayotgan faoliyati yuzasidan qo'mita Raisiga tegishli takliflar kiritadi;
· Nazorati ostidagi bo'limlarga kelayotgan topshiriqlarni sifatli va belgilangan muddatlarda bajarilishini nazorat qiladi;
· Qo'mita tomonidan tasdiqlangan jadval asosida jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qiladi, Sayyor qabullarda qatnashadi
· Qonun xujjatlariga muvofiq boshqa funktsiyalarni amalga oshiradi;
· Nazorat ostidagi bo'limlar xodimlarini moddiy rag'batlantirish va intizomiy jazolash bo'yicha qo'mita Raisiga takliflar kiritadi
· O'zi va nazorat ostidagi bo'limlardagi xodimlarni qo'mitada o'rnatilgan mehnat va ijro intizomiga rioya qilishlarini ta'minlaydi
Qoraqalpog'iston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish va raqobatni rivojlantirish qo'mitasi raisi o'rinbosarining
funktsional vazifalari
Qo'mitaning Raqobat muhitini rivojlantirish va nohalol raqobatga yo'l qo'ymaslik bo'limi, monopoloiyaga qarshi ishlarni tartibga solish va tabiiy monopoliyalar to'g'risidagi qonun xujjatlariga rioya qilish bo'limi, reklama faoliyatini nazorat qilish va iste’molchilar huquqini himoya qilish bo'limi, xususiylashtirilgan korxonalar faoliyati monitoringi va taxlili bulimi, xususiylashtirilgan korxonalar faoliyatiga ko'maklashish bo'limi va shu bo'lim xuzuridagi ikki shu’basini nazorat qiladi.
· Xo'jalik yurituvchi sub’ektlarni tashkil etish, ularni qo'shish yoki birlashtirishda, xo'jalik yurituvchi sub’ektlarning ustav fondida (ustav kapitalida) aktsiyalarni (ulushlarni) sotib olishda raqobat to'g'risidagi qonun xujjatlari talablariga rioya qilish, shuningdek, tabiiy monopoliyalar sub’ektlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatishda tabiiy monopoliyalar to'g'risidagi qonun xujjatlari talablariga rioya etilishi yuzasidan nazorat funktsiyalarini amalga oshirish;
· Maxsulotlarning monopol turlarini birja savdolariga qo'yish to'g'risidagi belgilangan tartibda qaror qabul qilish funktsiyalarini amalga oshirish;
· Maxsulotlarning yuqori likvidli va monopol turlarining birja savdolariga qo'yilishini belgilangan tartibda nazorat qilish funktsiyalarini amalga oshirish;
· Monopol mahsulotlarni birja savdolariga qo'yilishi bo'yicha Qo'mitaga takliflar kiritib borish; tovarlarning yuqori likvidli va monopol turlarini birja savdolariga qo'yish jadvallari, ustav fondlari (ustav kapitallari)dagi aktsiyalar (ulushlar) olinishi bo'yicha bitimlarning tuzilishi va xo'jalik yurituvchi sub’ektlarning qo'shib yuborilishi va qo'shib olinishi bo'yicha xarakatlarga oldindan rozilik berish bo'yicha qarorlar, maxalliylashtirish pasportlari va xom-ashyo importi maqsadga muvofiqligi bo'yicha xulosalar, raqobat va tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama masalalari bo'yicha hujjatlarga boshqarma nomidan imzo qo'yish;
· Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funktsiyalarni amalga oshiradi.