Joriy yil 19 dekabr sanasida Xitoy va Turkiya davlatlari ekspertlari Toshkent davlat Agrar universiteti Nukus filialiga tashrif buyuradi.
Ekspertlar o'zlarining seminar taqdimotida baliqchilik sohasida innovatsion g'oyalarni qo'llash orqali yuqori natijalarga erishish usullari to'g'risida ma'ruza qiladi va sohadagi muammoli masalalar savol-javob ko'rinishida muhokama etiladi.
Seminar-taqdimotda Qoraqalpog'iston Respublikasi barcha tumanlarda faoliyat yuritayotgan tabiiy va sun’iy havzalarda baliqchilik bilan shug'illanadigan fermer va korxonalar rahbarlari ishtirok etadi.
Ma'lumot o'rnida: Mazkur tadbir O'zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilda qabul qilingan PQ-3657-sonli va Vazirlar Mahkamasining PQ-572-sonli qarorlarida baliq etishtirishda intensiv texnologiyalarni va ilg'or xorijiy davlatlarning shu jumladan, Xitoy va Turkiya davlatlarining tajribalarini o'rganish va malakali mutaxassislarni jalb qilish topshirig'iga binoan tashkil etilmoqda.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Axborot xizmati