Respublika Ma`naviyat
va ma`rifat markazi Qoraqalpog`iston bo`limi rahbari
|
||
Manzil: |
230103, Nukus shahri, , G`әrezsizlik ko`chasi 50 uy |
|
Telefon: |
0(361) 222-89-62 |
|
E-mail: |
kr_manaviyat@exat.uz |
|
Qabul kunlari: |
Dushanba,seshanba 10:00-12:00 |
Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi Qoraqalpog`iston
bo`limi
Funktsional
vazifalari:
I bob. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Mazkur Nizom Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi (keyingi o`rinlarda
Markaz deb yuritiladi) tomonidan belgilangan tartibda tashkil etilgan Qoraqalpog`iston
Respublikasida Markaz nomidan ish ko`radigan hamda Markaz Nizomida belgilangan maqsad
va vazifalarni amalga oshirish uchun mas`ul bo`lgan Markazning alohida hududiy bo`limi
(keyingi o`rinlarda Bo`lim deb yuritiladi) faoliyatini tartibga soladi.
1.2. Bo`lim o`z faoliyatini O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O`zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat
tashkilotlar to`g`risida”gi Qonuni, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar
faoliyatini tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, Respublika Ma`naviyat
va ma`rifat Kengashi va hududiy Kengashning qarorlari, Markazning Nizom, qaror va
bayonlari hamda ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
1.3. Bo`lim o`z faoliyatida qonuniylik, oshkoralik va o`zini-o`zi boshqarish
tamoyillariga amal qiladi.
1.4. Bo`limning yagona muassisi: ReSPUBLIKA MA`NAVIYaT VA MA`RIFAT MARKAZI.
1.5. Bo`lim davlat ro`yxatiga olingan vaqtdan boshlab o`z tasarrufida, xo`jalik
qaramog`ida yoki tezkor boshqaruvida alohida mol-mulkka egalik qilish va mazkur
mulk bo`yicha majburiyatlari yuzasidan javob berishga haqli, o`z nomidan mulkiy
va shaxsiy nomulkiy huquqlarini olishi va amalga oshirishi mumkin bo`lgan, o`z zimmasiga
majburiyat olishi, sudda da`vogar yoki javobgar bo`lishi, mustaqil balansi yoki
smetasiga ega bo`lishi mumkin.
Bo`limning tashkiliy-huquqiy shakli: Muassasa hisoblanadi.
Bo`lim mustaqil balansiga, nomiga, banklardagi so`m va valyuta hisob raqamlariga,
belgilangan namunadagi aylana muhpi, shtamp va maxsus blankalariga ega bo`ladi hamda
Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazining O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
tomonidan belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tgan ramzidan foydalanadi.
1.6. Bo`lim o`z faoliyatini: Qoraqalpog`iston Respublikasida amalga oshiradi.
1.7. Bo`limning to`liq nomi:
O`zbek tili, kirill yozuvida: Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazining
Qoraqalpog`iston bo`limi;
O`zbek tili, lotin yozuvida; Respublika Ma’naviyat va ma’rifat
markazining Qoraqalpogiston bo‘limi;
Qoraqalpoq tili, kirill yozuvida: Respublika Ruo`xыylыq ham ag`artыo` orayы Qaraqalpaqstan bolimi;
Qoraqalpoq tili, lotin yozuvida; Respublika Ruwxiliq ham agartiw orayi
Qaraqalpaqstan bo‘limi;
Rus tili, kirill yozuvida: Karakalpakskoe otdel Respublikanskogo tsentra
duxovnosti i prosveщeniya
Rus tili, lotin yozuvida: Karakalpakskoe otdel Respublikanskogo tsentra
dukhovnosti i prosveshcheniya
Ingliz tilida: The The
Karakalpakstan branch of the Republican Center for Spirituality and Education
1.8. Bo`lim Qoraqalpog`iston Respublikasi,
G`arezsizlik ko`chasi, 50-uyda
joylashgan.
II bob. Bo`limning
maqsad va vazifalari
2.1. Bo`limning asosiy maqsadi – milliy ma`naviyatimizning ma`no-mohiyati,
ildizlari, noyob va betakror namunalari, uning bugungi kundagi rivojlanish tamoyillari
haqida aniq maqsadga qaratilgan izchil, ta`sirli va zamonaviy usul hamda vositalardan
foydalangan holda targ`ibot ishlarini olib borish;
keng aholi vakillari o`rtasida vatanga muhabbat va sadoqat, fidoyilik, eng
muhimi ularda daxldorlik fazilatlarini tarbiyalash, milliy qadriyatlar, urf-odatlar,
muqaddas an`analarimizning hozirgi hayotimizdagi o`rni va ahamiyatini har tomonlama
ochib berishga yo`naltirilgan ma`naviy-ma`rifiy
tadbirlarni o`tkazish;
aholimizning ayniqsa, yoshlarimizning ma`naviyatiga salbiy ta`sir ko`rsatadigan
har qanday ichki va tashqi tahdidlarga qarshi qaratilgan tizimli va zamonaviy tashviqot
ishlarini olib borish.
2.2. Bo`lim ushbu maqsaddan kelib chiqib quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy
islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, davlat dasturlarining mazmun va
mohiyatini aholining keng qatlamlariga etkazishga qaratilgan targ`ibot ishlarini
tizimli va izchil amalga oshirish;
keng jamoatchilik, olimlar, mutaxassislar, ijodkor ziyolilardan
iborat “Ma`rifat” targ`ibotchilar jamiyati bilan hamkorlikda joylarda ishlarni tashkil
etish
dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va g`oyaviy-mafkuraviy
jarayonlarning mazmun-mohiyatini har tomonlama chuqur yoritib borish, terrorizm,
diniy ekstremizm, aqidaparastlik, separatizm, odam savdosi, “ommaviy madaniyat”,
narkobiznes va boshqa tahdidlarga qarshi samarali g`oyaviy kurash olib borish;
jamiyatimizning barqaror rivojlanishiga to`sqinlik qilayotgan
ichki tahdidlar – el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug`-aymoqchilik,
oilaviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasiga e`tiborsizlik kabi holatlarga barham
berishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
milliy g`oyani yurtimizda yashayotgan barcha millat va
elatlar, ijtimoiy toifa vakillari o`rtasida keng targ`ib etish, bunyodkorlik ruhini
yalpi ijtimoiy harakatga aylantirish, ertangi kunga ishonch tuyg`ularini kuchaytirish;
ma`naviy-ma`rifiy targ`ibot ishlari samaradorligining
ilmiy asoslangan monitoringini ta`minlashga qaratilgan sotsiologik tadqiqotlar o`tkazish;
yoshlarda sog`lom dunyoqarash, jumladan, kitobxonlik ko`nikmasini
shakllantirish, internet, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanish
madaniyatini oshirish, ularda g`oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy
immunitetni kuchaytirish;
mahallalarda yoshlar bilan ishlash, ushbu toifani ijtimoiy-iqtisodiy
faollashtirishda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni yo`lga qo`yish;
xalqimizning tarixiy merosi, urf-odatlari va milliy tarbiya
an`analarini asrab-avaylash, keng aholi qatlamlari, ayniqsa, yoshlarimiz o`rtasida
dinlararo bag`rikenglik, millatlararo totuvlik va o`zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash,
shuningdek, jamiyatimizda sog`lom turmush tarzini qaror toptirish bo`yicha chora-tadbirlar
ishlab chiqish va joriy etish;
ota-ona, oila va mahalla, tarixiy xotira, milliy g`urur, komil inson tarbiyasi
bilan bog`liq tuyg`u va tushunchalarni yosh avlod qalbi va ongiga ta`sirchan vositalar
orqali singdirish, ajdodlarimizning bu boradagi merosini bugungi taraqqiyot talablari
bilan uzviy holda rivojlantirish, targ`ibot ishlarini milliy va umumbashariy qadriyatlar
uyg`unligi asosida tashkil etish;
televidenie, radio, matbuot imkoniyatlaridan to`la foydalanib, turli mavzu
va ko`rinishdagi ijtimoiy roliklar tayyorlash, zamonamiz qahramonlari – etakchi,
ilg`or fikrli, barchaga o`rnak bo`lgan shaxslarning hayoti va faoliyati bilan ommani
tanishtirish, ularning turli ijobiy tashabbuslarini amalga oshirishga to`siq bo`layotgan
illatlarni, turli muammolarini dadil ko`tarib chiqish.
2.3. Yuqoridagi vazifalarni Bo`lim o`z faoliyatining tegishli chora-tadbirlar
Dasturlari orqali amalga oshiradi.
III bob. Bo`lim
faoliyatining asosiy yo`nalishlari
3.1. Oila, ta`lim muassasalarida yoshlar tarbiyasi, chekka hududlar va mahallalarda
yoshlar o`rtasida maqsadli g`oyaviy-tarbiyaviy ishlarni zamon talablaridan kelib
chiqib, tashkil etish shuningdek, jamiyatning barqaror rivojlanishiga to`sqinlik
qilayotgan ichki tahdidlar, el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug`-aymoqchilik,
oilaviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasiga e`tiborsizlik kabi boshqa illatlarning
barcha ko`rinishlariga qarshi keskin va murosasiz munosabatni shakllantirish, jamiyat
uchun istiqbolli, zamonaviy targ`ibotchilarni tayyorlash maqsadida soha mutaxassislarini
jalb etgan holda quyidagi yo`nalishlarda ish olib boradi:
“Jaholatga qarshi ma`rifat” tamoyilidan kelib chiqqan holda terrorizm, diniy
ekstremizm, aqidaparastlik, separatizm, odam savdosi, “ommaviy madaniyat”ning salbiy
ta`sirlari, narkobiznes kabi yurtimizning tinchligi va osoyishtaligiga rahna soladigan,
xalqimizning iymon-e`tiqodiga zarar etkazadigan har qanday yot g`oyalarga nisbatan
ayovsiz kurashchan muhitni yaratish;
globallashuv jarayonlari kuchayib, tinchlik va barqarorlikka qarshi yangi
tahdid va xatarlar tobora ko`paygan, tahlikali, murakkab vaziyatda ma`naviyat sohasidagi
ishlarni yuksak darajada takomillashtirish;
hudud ahli, ayniqsa, yosh avlodning dunyo va yurtimiz miqyosidagi siyosiy
jarayonlarga mustaqil va ongli munosabatini shakllantirish, ularda faol fuqarolik
pozitsiyasini, fidoyilik va vatanparvarlik tuyg`usini kamol toptirish;
O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi
bo`yicha Harakatlar strategiyasi va yil nomlari bilan bog`liq Davlat dasturlari
ijrosi bo`yicha eng muhim ustuvor vazifalarni izchil amalga oshirish;
terrorizm, diniy ekstremizm, aqidaparastlik, separatizm, odam savdosi,
“ommaviy madaniyat”ning salbiy ta`sirlari, narkobiznes va boshqa tahdidlarga qarshi
g`oyaviy kurashish;
O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi
bo`yicha harakatlar strategiyasi va yil nomlari bilan bog`liq Davlat dasturlari
ijrosi bilan bog`liq eng muhim ustuvor vazifalarni izchil amalga oshirish;
xalqaro maydonda yuz berayotgan muhim voqea-hodisalar, yon-atrofimizda kechayotgan
jarayonlar mohiyatini keng jamoatchilikka etkazish, odamlarning faol mushohada yurituvchi
va teran idrok etuvchi, ma`nan etuk, siyosiy jihatdan faol fuqarolarga aylantirishga
qaratilgan ma`rifat tizimini yaratish;
tinchlik, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag`rikenglikni ta`minlash,
chuqur o`ylangan, o`zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat mohiyatini tushuntirish
orqali xalqimiz dunyoqarashida milliy iftixor tuyg`usini kuchaytirish;
fuqarolik jamiyati, huquqiy davlatni rivojlantirish jarayonida barcha ijtimoiy
guruh va tabaqalar vakillarining huquqiy ongini yuksaltirish vositasida vatandoshlarimiz
qalbida O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga hurmat hissini kuchaytirish,
ayni paytda, o`zining fuqarolik huquqi, erkinliklari va burchini chuqur anglagan
holda yashashi va jamiyat hayotida faol ishtirok etishiga ko`maklashish.
3.2. Ma`naviyat va ma`rifat sohasida mutaxassislarga ilmiy-uslubiy
yordamlar ko`rsatish maqsadida:
mahalliy bo`linmalar faoliyatini har tomonlama rivojlantirish
yuzasidan istiqbolli, reja va dasturlar, ularning muammolarini echish yuzasidan
aniq takliflar ishlab chiqishga ko`maklashish;
turli jamoat tashkilotlarining ijtimoiy ahamiyatga molik
bo`lgan tashabbuslari, ish tajribalarini o`rganish, ommalashtirish yuzasidan tavsiyalar
berish.
IV bob. Bo`limning huquq va majburiyatlari
4.1. Bo`lim quyidagi huquqlarga ega:
olimlar, mutaxassisilar, ijodkor ziyolilar va xalq ichida o`z hurmatiga
ega bo`lgan fuqarolardan tashkil topadigan “Ma`rifat” targ`ibotchilar jamiyati bilan
birga, joylarda ma`naviy-ma`rifiy targ`ibot ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish,
jamoat, madaniyat va san`at tashkilotlari, ta`lim-tarbiya muassaslari bilan hamkorlik
o`rnatish, axborot-tahlil ishlarini amalga oshirish;
hududdagi mulkchilik shaklidan qat`iy nazar barcha korxona, tashkilotlarda
ma`naviy-ma`rifiy ishlar ahvolini o`rganish, ma`naviy muhitni tahlil etish, muhokama
qilish va shu asosda ularga tegishli tavsiyalar berish;
Respublika Ma`naviyat va ma`rifat hududiy Kengashi yig`ilishlarini tashkil
etish va Kengash qarorlarini ijro etish bilan bog`liq amaliy-tashkiliy ishlarni
amalga oshirish;
ommaviy axborot vositalarida, jahon axborot tarmog`ida o`z faoliyatiga doir
ma`lumotlarni yoritib borish;
boshqarmalar, tashkilotlar, korxonalar, muassasalar, shahar va tuman Ma`naviyat
va ma`rifat Kengashlaridan sohaga oid masalalar bo`yicha zarur ma`lumotlarni so`rab
olish;
xalqimizning boy ma`naviy, madaniy merosi, milliy qadriyatlarini respublikamiz
va xorijda keng targ`ib qilish maqsadida media mahsulotlar ishlab chiqish;
mulkchilik shaklidan qat`iy nazar barcha korxona, tashkilot, idora va muasasalarda
ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha lavozimlarga tavsiya etilayotgan nomzodlarning
ma`naviy-ma`rifiy salohiyati bo`yicha xulosalar berish;
Nizom doirasidagi maqsad va vazifalarni bajarish yuzasidan shartnomalar
imzolash, buyurtmalar berish, shartnoma asosida olimlar, ziyolilar, mutaxassislar,
ko`pni ko`rgan, hayotiy tajribaga ega faol fuqarolarni jalb qilish, ish haqi hajmini
kelishish va ularga bajarilgan ishlar uchun kelishilgan narxlarda haq to`lash, targ`ibot
materilallari bilan ta`minlash;
belgilangan vazifalarni bajarilishini ta`minlash maqsadida davlat, nodavlat
va jamoat tashkilotlarining mablag`larini, shuningdek ularning grantlarini jalb
etish;
Bo`lim davlat byudjeti mablag`lari bilan bir qatorda kichik korxonalar ochib
yoki xo`jalik yuritish asosida hamda xomiylarning beg`araz yordamida ham moliyalashtirilishi
mumkin;
ushbu sohani rivojlantirish maqsadida qonunlarda belgilangan tartibda o`z
gazetasiga, jahon axborot tarmog`idagi veb-sayt va veb-sahifalariga ega bo`lish,
ommaviy axborot vositalariga ta`sischilik qilish;
aholining mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga munosabatini
o`rganish, hududda ma`naviy-ma`rifiy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida soha
mutaxassislarini jalb etgan holda sotsiologik tadqiqotlar o`tkazish, turli muammolarga
bag`ishlangan ilmiy-amaliy konferentsiya va anjumanlar tashkil etish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarni ham amalga oshirishi mumkin.
4.2. Bo`limning majburiyatlari:
o`z faoliyatini qonun hujjatlariga, Markaz Nizomiga hamda mazkur Nizomga
muvofiq amalga oshirish;
o`z mol-mulki va pul mablag`laridan foydalanish to`g`risidagi ma`lumotlar
ochiqligini ta`minlash;
o`z faoliyati yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda Respublika Ma`naviyat
va ma`rifat markaziga hamda hududiy Kengash raislariga hisobotlar taqdim etish;
Bo`lim qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo`lishi
mumkin.
V bob. Bo`limning rahbar organi, vakolatlari va tuzilishi
5.1. Bo`limning rahbar
organi Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi hisoblanadi.
5.2. Respublika Ma`naviyat va ma`rifat Kengashining hududdagi tuzilmasi
hududiy Kengash hisoblanadi.
Hududiy Ma`naviyat va ma`rifat Kengashini shakllantirish bilan bog`liq normalar
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 3 sentyabrdagi PF-2385-son Farmoni
hamda Kengash faoliyatiga doir hujjatlar
bilan belgilanadi.
5.3. Hududiy Kengash yig`ilishlari bir yilda bir marotaba o`tkaziladi. Mazkur
yig`ilishda hududdagi ma`naviy-ma`rifiy ishlarning ahvoli tahlil qilinib, tegishli
qarorlar qabul qilinadi.
5.4. Bo`limning rahbar organi Markazning vakolatlari:
Bo`limning umumiy faoliyatiga rahbarlik qilish.
Bo`lim rahbarini lavozimga tayinlash, lavozimidan ozod etish va u bilan
mehnat shartnomasini imzolash.
Bo`limning chora - tadbirlar dasturi va ish rejalarini tasdiqlash.
Bo`lim hisobotlarini qabul qilish va tahlil qilish.
Bo`limning pul mablag`lari va boshqa mol-mulkidan foydalanishi ustidan nazoratni
amalga oshirish.
Bo`limning Nizomida belgilangan maqsad va vazifalariga zid bo`lgan qarorlar
ijrosini to`xtatib qo`yish yoki ularni bekor qilish.
Hududiy Kengash vakolatlari:
bo`lim rahbarligiga nomzodlar Kengash raisi tomonidan tavsiya etiladi;
hududda ma`naviy-ma`rifiy ishlarni tashkil etish, sohadagi ahvolni o`rganish,
ma`naviy muhitni tahlil etish, muhokama qilish va shu asosda mas`ullarga tegishli
tavsiyalar berish;
hudduda ma`naviy-ma`rifiy
ishlar ahvolini yaxshilash, bu borada chora-tadbirlar belgilash, ularni amalga oshirish
va nazorat qilish;
shahar va tuman Kengashlari hamda Kengash tarkibidagi tashkilotlar rahbarlarining
hisobotlarini tinglaydi, ko`rilgan masalalar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar
belgilaydi.
5.5. Bo`lim rahbari vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Bo`lim rahbari hududiy Kengash raisining tavsiyasiga ko`ra Respublika Ma`naviyat
va ma`rifat markazi rahbarining buyrug`i asosida lavozimga tayinlanadi va lavozimidan
ozod qilinadi;
Bo`lim hamda shahar va tuman bo`linmalarining umumiy faoliyatini muvofiqlashtirish,
tashkil etish va boshqarish;
Bo`lim bosh mutaxassisi, etakchi mutaxassis hamda bosh hisobchini ishga
qabul qilish va lavozimdan ozod etish, bo`lim bosh mutaxassisi, etakchi mutaxassis
hamda bosh hisobchini ishga qabul qilishda, qoida tariqasida, tegishli yo`nalishda
oliy ma`lumotli hamda muayyan ish tajribaga ega bo`lgan nomzodlarni tanlab olish;
mulkiy operativ huquqlarni amalga oshirish, shartnomalar tuzish, ishonchnomalarni
berish, banklarda hisob raqamlari va boshqa hisoblarni ochish, bank, moliya va boshqa
hujjatlarga birinchi imzo huquqidan foydalanish, barcha xodimlar uchun umumiy bo`lgan
me`yoriy-huquqiy hujjatlarni chiqarish;
Markaz rahbariga tegishli shahar va tumanlar bo`linmalari rahbarlari lavozimiga
nomzodlarni tavsiya qiladi va ularni ozod etish to`g`risida xulosa beradi;
Bo`lim va mahalliy bo`linmalar ishini tashkil etish, faoliyat yo`nalishlarini
belgilash, qo`yilgan vazifalarning o`z vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilish;
Bo`limning moliyaviy-xo`jalik masalalari bilan shug`ullanish, homiylarning
moddiy yordami hamda xo`jalik hisobidan qo`shimcha mablag`lar topishni yo`lga qo`yish,
bo`limning moddiy-texnikaviy bazasini mustahkamlash, xodimlarning moddiy rag`batlantirish
chora-tadbirlarini ko`rish;
jamoatchi targ`ibotchilarni tanlash, belgilangan vazifalarni amalga oshirish
jaryoniga jalb etish, risola va qo`llanmalar, shuningdek, yangi zamonaviy axborot
texnologiyalari vositalari bilan ta`minlash, rag`batlantirish masalalarini hal etish;
ma`naviy-ma`rifiy ishlarda alohida
o`rnak ko`rsatgan bo`lim xodimlari, mahaliy bo`linma rahbarlari va jamoatchi targ`ibotchilarni
O`zbekiston Respublikasining davlat mukofotlariga tavsiya etish hamda ularni o`z
faxriy yorliqlari va pul mukofotlari bilan taqdirlash;
xo`jalik hisobidan ishlab topilgan va homiylar ko`magida shakllantirilgan
moliyaviy mablag`lardan bo`lim va mahalliy bo`linmalarning moddiy–texnikaviy bazasini
mustahkamlashda hamda xodimlarni rag`batlantirishda foydalanish;
xo`jalik hisobidagi mablag`lardan chiqarilgan nashriy mahsulotlarni sotish;
Bo`lim o`z balansidagi binoni, transport vositasini qonunlarda
ko`zda tutilgan tartibda ijaraga berish, sotish;
Bo`limni rivojlantirish jamg`armasini shakllantirish;
Markaz Nizomi va ushbu Nizomga muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega bo`ladi.
VI bob. Bo`limning shahar va tuman (mahalliy) bo`linmalari
6.1. Mahalliy bo`linmalar Respublika bo`limi rahbarligida faoliyat ko`rsatadi
hamda Markaz Nizomi va ushbu Nizomda belgilangan vazifalarni amalga oshiradi.
6.2. Mahalliy bo`linmalar yuridik shaxs maqomiga ega bo`lishi mumkin.
6.3. Mahalliy bo`linmalar tegishli shahar va tuman Ma`naviyat va ma`rifat
Kengashining ijroiya organi sifatida faoliyat ko`rsatadi, uning yig`ilishlari bayoni
qarorlarini hayotga tatbiq etadi.
6.4. Mahalliy bo`linmalar ziyolilar qatlami, ayniqsa, o`qituvchi va pedagoglar,
mahalla faollari, turli nodavlat jamoatchilik tashkilotlari vakillaridan iborat
guruhlar tuzib, tegishli tuman va shaharlarda joylashgan hamda mulkchilik shaklidan
va idoraviy bo`ysunuvidan qat`iy nazar barcha korxona, tashkilot va muassasalarda
milliy g`oya targ`iboti va ma`naviy-ma`rifiy ishlar ahvolini o`rganib boradi, xulosalar
chiqarib, ularni tegishli mahalliy Kengash muhokamasiga qo`yadi.
6.5. Mahalliy bo`linmalar davlat byudjeti mablag`lari bilan bir qatorda
kichik korxonalar ochib yoki xo`jalik yuritish asosida hamda homiylarning beg`araz
yordami hisobidan ham moliyalashtirilishi mumkin.
6.6. Mahalliy bo`linmalarning huquq va majburiyatlar, ularni qayta tashkil
etish va tugatish tartibi, mol-mulkni boshqarish borasidagi huquqlari batafsil ravishda
ularning Nizomida belgilanadi.
VII bob. Bo`limning mulk va pul mablag`larini
shakllantirish tartibi
7.1. Bo`lim o`z tasarrufida binolar, inshootlar, uskunalar, anjomlar, milliy
va xorijiy valyutadagi pul mablag`lari, intelektula mulk va mualliflik huquqlari
ob`ektlari, tashkilot (korxona, muassasa)larga Markaz Ustavi va ushbu Ustavda ko`zda
tutilgan faoliyatni moddiy ta`minlash uchun zarur bo`lgan va o`z mablag`lari hisobidan
barpo etiladigan boshqa mol-mulkka ega bo`lishi mumkin.
7.2. Bo`lim va bo`linmalar mulkini shakllantirish manbalari quyidagilar
hisoblanadi:
davlat byudjeti;
jismoniy va yuridik shaxslarning ixtiyoriy mulkiy badallari;
davlat buyurtmasiga asosan sohaga oid faoliyatini amalga oshirishga ajratilgan
maqsadli moliyaviy ajratmalar va davlat ko`magi;
grant, subsidiya, ijtimoyi buyurtma ko`rinishidagi davlat organlari, jamoat
tashkilotlari tomonidan ma`naviy-ma`rifiy dastur va loyihalarni amalga oshirish
uchun maqsadli kelib tushadigan mablag`lar;
tadbirkorlik faoliyatidan olingan hamda faqat Markaz Ustavi va ushbu Ustav
maqsadlarini bajarish uchun sarflanadigan daromadlar (foyda);
Bo`limning bosma nashrlaridan tushadigan mablag`lar;
qonun hujjatlarida ta`qiqlanmagan boshqa tushumlar.
7.3. Bo`lim va uning tuzilmalari tomonidan tadbirkorlik hamda boshqa faoliyatidan
olingan daromadlar faqat Markaz Ustavi va ushbu Ustavida belgilangan faoliyatga
sarflanadi hamda Bo`lim xodimlari va ishtirokchilari o`rtasida taqsimlanmaydi.
7.4. Bo`lim, shahar va tuman bo`linmalari o`zlariga biriktirib qo`yilgan
mulkni operativ boshqarish huquqini amalga oshiradi.
VIII bob. Nizomga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish
tartibi
8.1. Ushbu Nizomga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish Respublika Ma`naviyat
va ma`rifat Markazining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
8.2. Nizomga kiritilayotgan o`zgartish va qo`shimchalar Respublika Ma`naviyat
va ma`rifat markazi tomonidan tasdiqlanadi hamda o`zgartish va qo`shimchalar kiritilgan
kundan boshlab qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli hujjatlarni ilova
qilgan holda hududiy Adliya vazirligidan qayta ro`yxatdan o`tish uchun murojaat
qilinadi.
Ushbu Nizomga kiritilgan o`zgartish va qo`shimchalar bo`lim qayta ro`yxatdan
o`tkazilgandan so`ng kuchga kiradi.
IX bob. Bo`limda hisob va hisobot ishi
9.1. Shahar va tuman bo`linmalari belgilangan shaklda har oyda keyingi oyning
10-sanasiga qadar bo`limga moliyaviy hisobot va tasdiqlangan ish rejaning bajarilishi
yuzasidan hisobot berib boradilar.
9.2. Bo`lim belgilangan tartibda Markazga har chorakda, keyingi chorak birinchi
oyining 10-sanasiga qadar moliyaviy hisobot va tasdiqlangan ish rejaning bajarilishi
yuzasidan hisobot berib boradi.
9.3. Bo`lim o`z faoliyati natijalarini hisobga olib boradi va ularni belgilangan
tartibda hududiy Adliya vazirligiga, soliq va statistika organlariga taqdim etadi.
9.4. Zarur bo`lgan hollarda bo`lim tomonidan
Bo`lim hamda shahar va tuman bo`linmalarining moliyaviy-xo`jalik faoliyatini auditor
tekshiruvidan o`tkazish uchun tashqi auditor jalb qilinishi mumkin.
X bob. Bo`limni qayta tashkil etish va tugatish tartibi
10.1. Bo`limni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish Respublika
Ma`naviyat va ma`rifat Markazi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
amalga oshiriladi;
10.2. Bo`lim va bo`linmalarning tugatilishi Respublika Ma`naviyat va ma`rifat
markazi yoki sudning qaroriga binoan amalga oshiriladi.