Jamoat tashkilotlari va diniy
tashkilotlar bilan aloqalar bo`yicha kotibiyatining funktsional vazifalari
to`g`risida
NIZOM
1-bob. Umumiy
qoidalar
1. Jamoat
tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo`yicha kotibiyati (keyingi
o`rinlarda kotibiyat deb ataladi) Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar
Kengashining tarkibiy bo`linmasi hisoblanadi. Kotibiyatga 1 ta shtat birligi
ajratilgan.
2. Kotibiyatning
faoliyati Vazirlar Kengashini, uning Rayosatini diniy ekstremizm va
missionerlikning oldini olish, millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlash,
nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatini rivojlantirish bo`yicha
axborot-tahliliy materiallar bilan ta`minlashga yo`naltirilgan.
3. Kotibiyat o`z
faoliyatida O`zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi
Konstitutsiyalari va qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalarining qarorlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari,
qarorlari va farmoyishlariga, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarorlari va farmoyishlariga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi
va Vazirlar Kengashi qarorlari, shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladi.
4. Kotibiyat o`z
faoliyatini Vazirlar Kengashi Raisining Jamoat tashkilotlari va diniy
tashkilotlar bilan aloqalar bo`yicha o`rinbosari rahbarligida amalga oshiradi.
5. Kotibiyat
o`ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarishda Vazirlar Kengashining
boshqa tarkibiy bo`linmalari, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy
davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan o`zaro
hamkorlikda amalga oshiradi.
2-bob.
Kotibiyatning vazifalari va funktsiyalari
6. Quyidagilar
Kotibiyatning asosiy vazifalari hisoblanadi:
o`ziga yuklangan
vazifalar va funktsiyalarni bajarish bo`yicha Vazirlar Kengashi Raisining
jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo`yicha o`rinbosari
ishlarini tashkil qilish;
Vazirlar
Kengashiga kiritilgan takliflarning hamda kotibiyat faoliyati sohasiga kiruvchi
masalalar bo`yicha Vazirlar Kengashi Raisining hujjatlari loyihalari ko`rib
chiqilishini ta`minlash, ularni ekspert jihatdan ishlab chiqilishini, qabul
qilingan hujjatlarning bajarilishini nazorat qilish;
Vazirlar Kengashi
Raisi va Vazirlar Kengashi Raisining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar
bilan aloqalar bo`yicha o`rinbosari tomonidan o`tkaziladigan majlislar, shu
jumladan har haftalik apparat yig`ilishlari va mutasaddiligidagi komissiyalar
majlislari materiallari tayyorlanishini va ularda qabul qilingan qarorlar
rasmiylashtirilishini ta`minlash;
millatlararo
totuvlikni, diniy bag`rikenglikni ta`minlash va yanada mustahkamlash hamda
diniy-ekstremistik mafkuraning tarqalishiga yo`l qo`ymaslik bo`yicha
chora-tadbirlarni amalga oshirishda tegishli mahalliy davlat hokimiyati
organlari, jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlarning faoliyati va
bahamjihat harakatini muvofiqlashtirish;
fuqarolarning
o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish Kengashining
diniy-ma`rifat ishlari bo`yicha rais o`rinbosari hamda uning qo`l ostidagi
mutaxassisi ishlarini nazorat qiladi va ularga amaliy yordam ko`rsatadi;
madaniy meros
ob`ektlarini saqlash masalalarida tegishli mahalliy davlat hokimiyati
organlari, jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlarning birgalikdagi
harakati;
joylarda
"Haj" va "Umra" tadbirlarini tashkil etish bo`yicha
faoliyatni muvofiqlashtirish;
Qoraqalpog`iston
Respublikasi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda jamoat tashkilotlari va diniy
tashkilotlarning O`zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi qonun
hujjatlari talablariga rioya etishini muvofiqlashtirish.
7. Kotibiyat
o`ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga
oshiradi:
sohaga oid
va kotibiyatga yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq
chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
kotibiyatga oid
topshiriqlari bo`yicha tegishli tahliliy, ma`lumotnoma, statistik materiallar
va takliflarni umumlashtiradi va tayyorlaydi;
O`zbekiston
Respublikasi Prezidenti Devoniga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalariga, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Qoraqalpog`iston
Respublikasi Jo`qorg`i Kengesiga ko`rib chiqish uchun kiritiladigan,
shuningdek, Vazirlar Kengashi Raisi tomonidan qabul qilinadigan tegishli
normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi;
sohaga oid
topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni tashkil etadi,
ularning bajarilishini ta`minlash bo`yicha tegishli tashkiliy chora-tadbirlarni
va nazorat rejalarini ishlab chiqadi;
muammoli
masalalarni hal etish hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi, shuningdek,
kotibiyatga tegishli sohalarni rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini
amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi
hamda Vazirlar Kengashi Raisiga va bevosita Vazirlar Kengashi Raisining jamoat
tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo`yicha o`rinbosariga
taqdim etadi;
davlat dasturlari
amalga oshirilishi sohaga oid topshiriqlarning bajarilishi bo`yicha tegishli
tizimlangan ma`lumotlar bazasini shakllantiradi va yuritadi;
Vazirlar Kengashi
Raisining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo`yicha
o`rinbosari ishtirokida o`tkaziladigan yig`ilishlar o`tkazilishini ta`minlaydi
va mas`ullarni jalb etgan holda ishlarni muvofiqlashtiradi;
Vazirlar Kengashi
Raisining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo`yicha
o`rinbosari ish rejasini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
jismoniy va yuridik
shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari
to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi
Qonunlariga muvofiq ko`rib chiqadi;
davlat sirlari
bo`lgan ma`lumotlar yoki qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa axborotlarning
himoya qilinishini ta`minlaydi;
Vazirlar
Kengashining faoliyati to`g`risida jamoatchilikni belgilangan tartibda xabardor
qilishni tashkil etadi;
kotibiyatda ijro
intizomini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi.
Kotibiyat qonun
hujjatlariga muvofiq boshqa funktsiyalarni ham bajaradi.
3-bob.
Kotibiyatning huquqlari va javobgarligi
8. Kotibiyat
o`ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga
ega:
Vazirlar
Kengashida ko`rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va ishlab chiqish
uchun kotibiyatga qonun hujjatlarida belgilangan zarur bo`lgan materiallar va
ma`lumotlarni davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining hududiy
bo`linmalaridan, tumanlar va shahar hokimliklaridan, boshqa tashkilotlardan,
Vazirlar Kengashining tegishli tarkibiy bo`linmalaridan belgilangan tartibda
so`rab olish;
zarurat bo`lganda,
kotibiyatda ko`rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, axborot va tahliliy
materiallarni, shuningdek, Vazirlar Kengashi Raisining hujjatlari loyihalarini
tayyorlash uchun davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining hududiy
bo`linmalari, tumanlar va shahar hokimliklari rahbarlari va xodimlarini,
Vazirlar Kengashining tegishli majmualari, boshqarma va guruhlari xodimlarini
taklif etish, jalb etish va ushbu maqsadlar uchun vaqtinchalik ekspert
guruhlari tashkil etish;
davlat va xo`jalik
boshqaruvi organlarining hududiy bo`linmalari, tumanlar va shahar hokimliklari,
boshqa tashkilotlar, Vazirlar Kengashining tegishli tarkibiy bo`linmalariga
tezkorlik bilan hal etishni talab qiladigan hamda kotibiyatga yuklangan
vazifalar va funktsiyalarni bajarish bilan bog`liq bo`lgan masalalar bo`yicha
belgilangan tartibda topshiriqlar berish, normativ-huquqiy va boshqa
hujjatlarning bajarilishi yuzasidan amalga oshirilgan ishlarni belgilangan
tartibda o`rganish.
9. Kotibiyat
javobgarligi:
o`ziga yuklangan
vazifalar hamda funktsiyalarning sifatli va o`z vaqtida bajarilishi;
O`zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O`zbekiston Respublikasi
Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi
va Vazirlar Kengashining hujjatlari va topshiriqlariga muvofiq kotibiyatga
tegishli takliflar va hujjatlar loyihalari har tomonlama va o`z vaqtida
tayyorlanishiga;
davlat organlari
va boshqa tashkilotlar tomonidan Vazirlar Kengashiga, ya`ni kotibiyatga
yuklatilgan vazifalar yuzasidan kiritiladigan takliflar va hujjatlar sifatli va
o`z vaqtida ishlab chiqilishining tashkil etilishi, ularning iqtisodiy,
moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o`tkazilishi, shuningdek, asoslangan
xulosalar tayyorlanishiga;
O`zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash to`g`risida”
1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli qaroriga muvofiq ijro intizomi ta`minlanishiga;
sohaga oid
topshiriqlarining kotibiyatga bevosita tegishli davlat organlari va boshqa
tashkilotlar tomonidan bajarilishi holatining o`z vaqtida bajarilishi uchun
javob beradi.
4-bob.
Kotibiyatning tuzilmasi
10. Kotibiyatining
tuzilmasiga kotibiyat boshlig`i kiradi.
11. Kotibiyatning
tuzilmasi Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi tomonidan
tasdiqlanadi.
12. Kotibiyatning
faoliyati mazkur Nizomga muvofiq tashkil etiladi.
13. Kotibiyatning
ishlariga kotibiyat boshlig`i rahbarlik qiladi.
14. Kotibiyat boshlig`i
belgilangan tartibda Vazirlar Kengashi Raisining qarori bilan lavozimga
tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
5-bob. Kotibiyat
faoliyatini tashkil etish
15. Kotibiyat
ishlari O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyalari
va boshqa qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining
qarorlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va
topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va
topshiriqlariga, O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning o`rinbosarlari
topshiriqlariga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va Vazirlar
Kengashining qarorlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar
Kengashining ish rejalari asosida tashkil etiladi.
16. Kotibiyat o`z
faoliyatini yarim yillik va yillik ish rejalari asosida olib boradi.
17. Kotibiyatda
har haftada yig`ilishlar o`tkazilib, berilgan topshiriqlar, rejalarning
bajarilishi nazorat etilib, yangi haftaga mo`ljallangan ishlar va topshiriqlar
belgilab olinadi.
18. Kotibiyatda
ish yuritilishi kotibiyat tomonidan olib boriladi hamda shu haqida muntazam
ravishda Vazirlar Kengashi Raisining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar
bilan aloqalar bo`yicha o`rinbosariga ma`lumot berib boriladi.
19. Kotibiyat
boshlig`i:
Kotibiyatga
bevosita rahbarlikni amalga oshiradi. Kotibiyatga yuklangan vazifalar va
funktsiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Vazirlar Kengashi
Raisining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo`yicha
o`rinbosarining ko`rsatmasi va topshiriqlariga asosan ishni tashkil etadi va
quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
millatlararo
totuvlikni, diniy bag`rikenglikni ta`minlash va yanada mustahkamlash hamda
diniy-ekstremistik mafkuraning tarqalishiga yo`l qo`ymaslik bo`yicha chora-tadbirlarni
amalga oshirishda tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat
tashkilotlari va diniy tashkilotlarning faoliyati va bahamjihat harakatini
muvofiqlashtirish;
madaniy meros
ob`ektlarini saqlash masalalarida tegishli mahalliy davlat hokimiyati
organlari, jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlarning birgalikdagi
harakati;
joylarda
"Haj" va "Umra" tadbirlarini tashkil etish bo`yicha
faoliyatni muvofiqlashtirish;
“Nuroniy” va
“Mahalla” jamoat tashkilotlarining faoliyatlarini muvofiqlashtirish, ularga har
tomonlama amaliy yordam ko`rsatish;
Qoraqalpog`iston
Respublikasi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda jamoat tashkilotlari va diniy
tashkilotlarning O`zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi qonun
hujjatlari talablariga rioya etishini muvofiqlashtirish.
kotibiyat ish
rejasini shakllantirish va uning bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga
oshirish;
kompleksga
tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan
takliflar va hujjatlar loyihalarini har tomonlama o`rganib chiqish, tahlil
qilish, tahliliy materiallarni va ekspert takliflarini tayyorlash, shuningdek,
ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda zarur tarzda kelishilishini
ta`minlash;
kotibiyatga
yuklatilgan vazifalarga taalluqli masalalar yuzasidan o`tkaziladigan majlislar,
har haftadagi apparat yig`ilishlarida va tegishli komissiyalarda hamda
kotibiyat sohasiga kiruvchi masalalar bo`yicha o`tkaziladigan boshqa
yig`ilishlarda ishtirok etish;
Vazirlar Kengashi
Raisi va Vazirlar Kengashi Raisining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar
bilan aloqalar bo`yicha o`rinbosarining topshiriqlariga muvofiq boshqa
vakolatlarni amalga oshirish.
Kotibiyat
boshlig`i vaqtinchalik bo`lmaganda uning vazifasini Qoraqalpog`iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va uning Jamoat tashkilotlari va diniy
tashkilotlar bilan aloqalar bo`yicha o`rinbosari bilan kelishilgan holda Ishlar
boshqaruvchisi tomonidan belgilanadigan Ishlar boshqarmasining
mutaxassislaridan biri bajaradi.
Quyidagi korxona
va tashkilotlarda ishlarning ahvolini tahlil qilish va birgalikdagi ish
faoliyati bo`yicha aloqa qilib boradi:
Qoraqalpog`iston
Respublikasi Musulmonlar Qoziyati va uning tasarrufidagi o`quv muassasalari,
masjidlar;
Nukus shahridagi
«Xram v chest` svyatogo velikomuchenika i tselitelya Panteleymona» diniy
tashkiloti;
O`zbekiston
Musulmonlari idorasi huzuridagi muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish
xayriya jamg`armasi Beruniy tumani “Sulton Uvays bobo” ziyoratgohi bo`limi;
O`zbekiston
Musulmonlari idorasi huzuridagi muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish
xayriya jamg`armasi Ellikqal`a tumani “Abdulla Norinjoniy” ziyoratgohi bo`limi,
O`zbekiston rus
madaniy markazining Qoraqalpog`iston bo`linmasi;
“Slavutich”
Ukraina madaniyat markazi Qoraqalpog`iston bo`limi;
Qoraqalpog`iston
Qozoq milliy-madaniy markazi;
Qoraqalpog`iston
Turkman milliy-madaniy markazi;
Qoraqalpog`iston
Koreyslar assotsiatsiyasi;
“Nuroniy” va
“Mahalla” jamoat tashkilotlari;
Tadbirkorlar va
ishbilarmonlar harakati O`zbekiston liberal-demokratik partiyasi
Qoraqalpog`iston Respublikasi Kengashi;
O`zbekiston
"Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Qoraqalpog`iston tashkiloti;
O`zbekiston Xalq
demokratik partiyasining Qoraqalpog`iston Kengashi;
O`zbekiston
“Adolat” sotsial-demokratik partiyasining Qoraqalpog`iston bo`limi;
Respublika
nogironlar jamiyati Qoraqalpog`iston bo`limi;
O`zbekiston Ko`zi
ojizlar jamiyati Qoraqalpog`iston bo`limi;
O`zbekiston Karlar
jamiyatining Qoraqalpog`iston bo`limi;
O`zbekiston xalq
ustalari, hunarmandlari, musavvirlari “Hunarmand” jamoat birlashmasi
Qoraqalpog`iston bo`limi;
“Shahidlar
xotirasi” xayriya jamg`armasi Qoraqalpog`iston bo`limi;
O`zbekiston
Respublikasi jangchi faxriylar birlashmasining Qoraqalpog`iston Respublikasi
bo`limi;
O`zbekiston
Respublikasi Chernobilchilar assotsiatsiyasining Qoraqalpog`iston bo`limi;
Qoraqalpog`iston
Respublikasi hududidagi ziyaratgoh masjidlarining xayriya jamoat jamg`armasi;
O`zbekiston Qizil
yarim oy jamiyati Qoraqalpog`iston Respublikasi tashkiloti;
“Ekosan” xalqaro
xayriya jamoat fondi Qoraqalpog`iston filiali;
O`zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do`stlik va madaniy-ma`rifiy aloqalar jamiyatlari Kengashi Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`limi hamda boshqa jamoat va diniy tashkilotlar ishlarini muvofiqlashtiradi.