Vazirlar Kengashining Qishloq
va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha kotibiyatining funktsional vazifalari
to`g`risida
N I Z O M
1-bob. Umumiy
qoidalar
1. Ushbu Nizom
Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Qishloq va suv xo`jaligi
masalalari bo`yicha kotibiyatining (keyingi o`rinlarda kotibiyat deb ataladi)
funktsional vazifalarini belgilaydi.
2. Kotibiyat
Vazirlar Kengashining funktsional tarkibiy bo`linmasi hisoblanadi.
3. Kotibiyat o`z
faoliyatini O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi
Konstitutsiyalari va qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalarining qarorlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari,
qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va
farmoyishlariga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining qarorlari
va boshqa hujjatlariga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining
qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladi.
4. Kotibiyat o`z
faoliyatini Vazirlar Kengashi Raisining Qishloq va suv xo`jaligi masalalari
bo`yicha o`rinbosari rahbarligida amalga oshiradi.
5. Kotibiyat
o`ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarishda Vazirlar Kengashining
boshqa tarkibiy bo`linmalari, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy
davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan o`zaro
hamkorlikda amalga oshiradi.
2-bob.
Kotibiyatning vazifalari va funktsiyalari
6. Quyidagilar
kotibiyatning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Qishloq
xo`jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, fermerlik harakatini
rivojlantirish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish, qishloq xo`jaligi
ishlab chiqarishini tarkibiy o`zgartirishni ta`minlash;
dehqonchilik va
agrotexnologiyalarning ilg`or usullarini joriy etish chora-tadbirlarini
ko`rish, qishloq xo`jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga bozor tamoyillari va
mexanizmlari asosida xizmat ko`rsatuvchi tarmoqlar, bo`g`inlar va
tuzilmalarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
suv resurslaridan
oqilona foydalanish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish,
suvdan foydalanish va suv iste`molining bozor tamoyillari va mexanizmlarini
joriy etish, suv xo`jaligi ob`ektlaridan foydalanish ishlarining va
sug`oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlarining
bajarilishini muvofiqlashtirish;
qishloq
xo`jaligini, suv xo`jaligini va o`rmon xo`jaligini rivojlantirish hududiy
dasturlarini ishlab chiqish ishlarini tashkil etish, ushbu sohalarga tashqi va
mahalliy investitsiyalarni jalb etish chora-tadbirlarini ko`rish;
chorvachilik,
parrandachilik va baliqchilikning ozuqa bazasini mustahkamlash, naslchilik
ishlarini rivojlantirish, hayvonlarni sun`iy urug`lantirish xizmatlarini
kengaytirish, zooveterinariya xizmati ko`rsatish tarmog`ini rivojlantirish
ishlarini tashkil etish;
ipakchilikning
ozuqa bazasini kengaytirish va mustahkamlash, yuqori mahsuldor tut ipak
qurtini etishtirish, tirik pilla etishtirishni ko`paytirish;
tabiiy
resurslardan oqilona foydalanish va ularning saqlanishi ta`minlash
chora-tadbirlarini amalga oshirish, tabiatni muhofaza qilish faoliyatining
samaradorligini oshirish;
qishloq xo`jaligi
mahsulotlarini tayyorlash, saqlash, dastlabki qayta ishlash korxonalarini
tashkil etish va mahsulotlarni eksport qilish, shuningdek, qishloqda ishlab
chiqarish va bozor infratuzilmasi ob`ektlarini rivojlantirish
chora-tadbirlarini amalga oshiradi.
7. Kotibiyat
o`ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga
oshiradi:
O`zbekiston
Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstituttsiyalari va
qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga,
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari,
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog`iston Respublikasi
Jo`qorg`i Kengesining, Vazirlar Kengashining qarorlari va topshiriqlari bilan
Kotibiyatga yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni
ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
O`zbekiston Respublikasi
Prezidenti Devonining tegishli hizmatlari, O`zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi palatalari, O`zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning
o`rinbosarlari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparati,
Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va Vazirlar Kengashining
kotibiyatga oid topshiriqlari bo`yicha tegishli tahliliy, ma`lumotnoma,
statistik materiallar va takliflarni umumlashtiradi va tayyorlaydi;
O`zbekiston
Respublikasi Prezidenti Devoniga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalariga, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Qoraqalpog`iston
Respublikasi Jo`qorg`i Kengesiga ko`rib chiqish uchun kiritiladigan,
shuningdek, Vazirlar Kengashi Raisi tomonidan qabul qilinadigan tegishli
normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi;
sohaga oid
topshiriqlarning bajarilishini ta`minlash bo`yicha tegishli tashkiliy
chora-tadbirlarni va nazorat rejalarini ishlab chiqadi;
muammoli
masalalarni hal etish hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi, shuningdek, kotibiyatga
tegishli sohalarni rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish
yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi hamda Vazirlar
Kengashi Raisiga va bevosita Vazirlar Kengashi Raisining Qishloq va suv
xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosariga taqdim etadi;
davlat dasturlari
amalga oshirilishi, sohaga oid topshiriqlar ijrosini ta`minlash bo`yicha
tegishli tizimlangan ma`lumotlar bazasini shakllantiradi va yuritadi;
Vazirlar Kengashi
Raisining Qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosari ishtirokida
o`tkaziladigan yig`ilishlar o`tkazilishini ta`minlaydi va mas`ullarni jalb
etgan holda ishlarni muvofiqlashtiradi;
Vazirlar Kengashi
Raisining Qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosari kotibiyati
ish rejasini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
jismoniy va
yuridik shaxslarning murojaatlarini amaldagi qonunlarga muvofiq ko`rib
chiqadi;
Vazirlar
Kengashining faoliyati to`g`risida jamoatchilikni belgilangan tartibda xabardor
qilishni tashkil etadi;
kotibiyatda ijro
intizomini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi.
8. Kotibiyat qonun
hujjatlariga muvofiq boshqa funktsiyalarni ham bajaradi.
3-bob.
Kotibiyatning huquqlari va javobgarligi
9. Kotibiyat
o`ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga
ega:
Vazirlar
Kengashining Raisi va o`rinbosarlari muhokamasida ko`rib chiqiladigan hamda
kotibiyat vakolatiga oid va tasarrufidagi davlat va xo`jalik boshqaruvi
idoralaridan, shahar va tumanlar hokimliklaridan, mulkchilik shaklidan qat`iy
nazar, barcha xo`jalik sub`ektlaridan zarur hollarda har qanday jamoat
tashkilotlaridan amaldagi tartib qonunlar doirasida ma`lumotlar so`rab olishga;
Davlat va xo`jalik
boshqaruvi organlarining hududiy bo`linmalari, tumanlar va shahar hokimliklari,
boshqa tashkilotlar, Vazirlar Kengashining tegishli tarkibiy bo`linmalariga
tezkorlik bilan hal etishni talab qiladigan hamda kotibiyatga yuklangan
vazifalar va funktsiyalarni bajarish bilan bog`liq bo`lgan masalalar bo`yicha
belgilangan tartibda topshiriqlar berish;
davlat va xo`jalik
boshqaruvi organlarining hududiy bo`linmalari, tumanlar va shahar hokimliklari,
boshqa tashkilotlarda, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va
Vazirlar Kengashi tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy va boshqa
hujjatlarning bajarilishi yuzasidan ishlarni belgilangan tartibda o`rganish;
Qoraqalpog`iston
Respublikasida qishloq xo`jaligida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda,
shuningdek, kompleks vakolatiga kiruvchi barcha masalalar bo`yicha davlat va
xo`jalik boshqaruvi organlari, hokimliklar, korxonalar, muassasalar va
tashkilotlar ishini o`rganish hamda ularga amaliy yordam ko`rsatish.
10.
Kotibiyatning javobgarligi:
o`ziga yuklangan
vazifalar hamda funktsiyalarning sifatli va o`z vaqtida bajarilishi;
O`zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O`zbekiston Respublikasi
Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi
va Vazirlar Kengashining hujjatlari va topshiriqlariga muvofiq kotibiyatga
tegishli takliflar va hujjatlar loyihalari har tomonlama va o`z vaqtida
tayyorlanishiga;
davlat organlari
va boshqa tashkilotlar tomonidan Vazirlar Kengashiga, ya`ni kotibiyatga
yuklatilgan vazifalar yuzasidan kiritiladigan takliflar va hujjatlar sifatli va
o`z vaqtida ishlab chiqilishining tashkil etilishi, ularning iqtisodiy,
moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o`tkazilishi, shuningdek, asoslangan
xulosalar tayyorlanishiga;
O`zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni,
Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va Vazirlar
Kengashiga ko`rib chiqish uchun kiritiladigan hujjatlar va takliflar
loyihalarini ishlab chiqish va ekspertizadan o`tkazish sifati, shuningdek,
kiritilgan loyihalar va qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishining
ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlariga;
O`zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash
to`g`risida”gi 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli qaroriga muvofiq ijro intizomi
ta`minlanishiga;
O`zbekiston
Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi qonunlari, O`zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O`zbekiston Respublikasi
Prezidentining Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari,
Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari,
Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va Vazirlar Kengashining
qarorlari va topshiriqlarining kotibiyatga bevosita tegishli davlat organlari
va boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishi holatining o`z vaqtida o`rganilishi
uchun javob beradi.
4-bob. Kotibiyatning tuzilmasi
11. Kotibiyatning
tuzilmasiga kotibiyat boshlig`i, bosh mutaxassis va etakchi mutaxassis kiradi.
Kotibiyatning
tuzilmasi Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi tomonidan
tasdiqlanadi.
12. Kotibiyatning
faoliyati mazkur Nizomga muvofiq tashkil etiladi.
13. Kotibiyat o`z
faoliyatida Vazirlar Kengashi Raisining Qishloq va suv xo`jaligi masalalari
bo`yicha o`rinbosariga bo`ysunadi.
14. Kotibiyat
boshlig`i Vazirlar Kengashi Raisining Qishloq va suv xo`jaligi masalalari
bo`yicha o`rinbosari taqdimnomasi bo`yicha Vazirlar Kengashi Raisining qarori
bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
15. Kotibiyat va
guruh xodimlari Vazirlar Kengashi Raisining Qishloq va suv xo`jaligi masalalari
bo`yicha o`rinbosari taqdimnomasi bo`yicha Vazirlar Kengashi Raisining qarori
bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
16. Kotibiyat
nizomi Vazirlar Kengashi Raisining qarori bilan tasdiqlanadi.
5-bob. Kotibiyat
faoliyatini tashkil etish
17. Kotibiyat
ishlari O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi
Konstitutsiyalari va boshqa qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalarining qarorlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari
va topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va
topshiriqlariga, O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning o`rinbosarlari
topshiriqlariga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va Vazirlar
Kengashining qarorlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar
Kengashining ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Kotibiyat o`z
faoliyatini yarim yillik va yillik ish rejalari asosida olib boradi.
18. Kotibiyatda
har haftada yig`ilishlar o`tkazilib, berilgan topshiriqlar, rejalarning
bajarilishi nazorat etilib, yangi haftaga mo`ljallangan ishlar va topshiriqlar
belgilab olinadi.
19. Kotibiyatda
ish yuritilishi, hujjatlarning o`tishi kotibiyat mutaxassislari tomonidan olib
boriladi hamda shu haqda muntazam ravishda Vazirlar Kengashi Raisining qishloq
va suv xo`jaligi masasalari bo`yicha o`rinbosariga ma`lumot berib boriladi.
20. Kotibiyat
boshlig`i:
Vazirlar Kengashi
Raisining qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosarining
ko`rsatmasi va topshiriqlariga asosan ishni tashkil etadi va quyidagi ishlarni
amalga oshiradi;
qishloq
xo`jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, fermerlik harakatini
rivojlantirish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish, qishloq xo`jaligi
ishlab chiqarishini tarkibiy o`zgartirishni ta`minlash;
dehqonchilik va
agrotexnologiyalarning ilg`or usullarini joriy etish chora-tadbirlarini
ko`rish, qishloq xo`jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga bozor tamoyillari va
mexanizmlari asosida xizmat ko`rsatuvchi tarmoqlar, bo`g`inlar va
tuzilmalarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
suv resurslaridan
oqilona foydalanish va ulardan foydalanish samaradorligini
oshirish, suvdan foydalanish va suv iste`molining bozor tamoyillari va
mexanizmlarini joriy etish, suv xo`jaligi ob`ektlaridan foydalanish ishlarining
va sug`oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlarining
bajarilishini muvofiqlashtirish;
qishloq
xo`jaligini, suv xo`jaligini va o`rmon xo`jaligini rivojlantirish hududiy
dasturlarini ishlab chiqish ishlarini tashkil etish, ushbu sohalarga tashqi va
mahalliy investitsiyalarni jalb etish chora-tadbirlarini ko`rish;
chorvachilik,
parrandachilik va baliqchilikning ozuqa bazasini mustahkamlash, naslchilik
ishlarini rivojlantirish, hayvonlarni sun`iy urug`lantirish xizmatlarini
kengaytirish, zooveterinariya xizmati ko`rsatish tarmog`ini rivojlantirish
ishlarini tashkil etish;
ipakchilikning
ozuqa bazasini kengaytirish va mustahkamlash, yuqori mahsuldor tut ipak
qurtini etishtirish, tirik pilla etishtirishni ko`paytirish;
tabiiy
resurslardan oqilona foydalanish va ularning saqlanishini ta`minlash
chora-tadbirlarini amalga oshirish, tabiatni muhofaza qilish faoliyatining
samaradorligini oshirish;
qishloq xo`jaligi
mahsulotlarini tayyorlash, saqlash, dastlabki qayta ishlash korxonalarini
tashkil etish va mahsulotlarni eksport qilish, shuningdek, qishloqda ishlab
chiqarish va bozor infratuzilmasi ob`ektlarini rivojlantirish
chora-tadbirlarini amalga oshiradi.
agrosanoat
kompleksi tarkibidagi vazirlik va tashkilotlardan belgilangan vazifalar
bo`yicha tegishli ma`lumotlarni talab qiladi hamda Vazirlar Kengashi darajasida
bajarilishi lozim, ularning xizmat bobidagi masalalarni bajarish choralarini
ko`radi;
Shuningdek,
kotibiyat boshlig`i bevosita kotibiyatning boshqaruvini amalga oshiradi,
mutaxassislarning faoliyatini tashkillashtiradi va kotibiyatga yuklatilgan
vazifalarni bajarishda shaxsan mas`ul hisoblanadi;
kotibiyat ish
rejasini shakllantiradi va uning bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga
oshiradi;
kotibiyatga
yuklangan vazifalarni bajarishda kotibiyat xodim(lar)iga ishlarni taqsimlaydi
va bevosita ijrosini nazoratga oladi;
boshqaruv
apparatida amal qiladigan Yo`riqnomaga asosan, ish yuritishning olib
borilishini ta`minlaydi;
o`ziga yuklangan
vazifalar va funktsiyalarni bajarish bo`yicha Vazirlar Kengashi Raisining
qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosari ishlarini tashkil
qiladi.
Vazirlar
Kengashiga kiritilgan takliflarning hamda kotibiyat faoliyati sohasiga kiruvchi
masalalar bo`yicha Vazirlar Kengashi Raisining hujjatlari loyihalari ko`rib
chiqilishini ta`minlaydi, ularning ekspert jihatdan ishlab chiqilishini, qabul
qilingan hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi;
tegishli davlat
organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va
hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular bo`yicha tahliliy
materiallarni va ekspert takliflarini tayyorlaydi, shuningdek, ularning qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda zarur tarzda kelishilishini ta`minlaydi;
materiallar va
hujjatlar loyihalari to`g`risida belgilangan tartibda Vazirlar Kengashi
Raisining qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosariga
axborot beradi;
tegishli
funktsional masalalar va hujjatlar bo`yicha tizimlashtirilgan ma`lumotlar
bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda
yangilanishini tashkil etadi;
Vazirlar Kengashi
Raisi va Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xo`jaligi masalalari
bo`yicha o`rinbosari tomonidan kotibiyatga yuklatilgan vazifalarga taalluqli
masalalar yuzasidan o`tkaziladigan majlislar, har haftadagi apparat
yig`ilishlarida va barcha komissiyalarda hamda kotibiyat sohasiga kiruvchi
masalalar bo`yicha o`tkaziladigan boshqa yig`ilishlarda ishtirok etadi;
agar kotibiyat
mudiri vaqtinchalik bo`lmasa, uning majburiyatlarini bosh mutaxassis vaqtinchalik
bajaradi;
qishloq va suv
xo`jaligi sohalarini rivojlantirish maqsadida qabul qilingan O`zbekiston
Respublikasi Qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon, qaror va
farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i
Kengesi va Vazirlar Kengashi Raisi qarorlari bajarilishini tashkil etadi;
kotibiyat
tasarrufidagi rahbar lavozimlarga amaldagi va istiqbolli kadrlar zaxirasini
shakllantirish yuzasidan takliflar kiritadi;
zaxiraga
kiritilgan nomzodlarni tayyorlab borish ishlarini tashkil etadi;
Vazirlar Kengashi
Raisi va Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xo`jaligi masalalari
bo`yicha o`rinbosarining topshiriqlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga
oshiradi.
Kotibiyat mudiri
qishloq xo`jaligi kompleksi tarkibidagi vazirlik, boshqarma va tashkilotlarning
faoliyatini muvofiqlashtiradi.
21. Bosh
mutaxassis:
Vazirlar Kengashi
Raisining qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosari va kotibiyat
boshlig`ining ko`rsatmasi va topshiriqlariga asosan ishni tashkil etadi va
quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
Kotibiyat
boshlig`i bo`lmagan davrida uning vazifasini bajaradi.
Qoraqalpog`iston
Respublikasida Qishloq va o`rmon xo`jaligi korxonalarida suv xo`jaligi
ob`ektlarini qabul etib olish bo`yicha davlat qabul qilish komissiyasi;
Vazirlar Kengashi
huzuridagi Orol va Orolbo`yi muammolari bo`yicha Kengashi ishlarini
muvofiqlashtiradi.
yuqoridagi
ko`rsatilgan Kengash va komissiyalar yig`ilishi bayonlarini tayyorlab,
tasdiqlatib, tegishli korxonalarga etkazadi va bajarilishini nazorat qiladi;
irrigatsiya-melioratsiya
chora-tadbirlarining, suv xo`jaligi ob`ektlaridagi qurilish ishlarini tahlil
qilib boradi;
yuqori idoralardan
kelgan hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi, o`zi etakchilik etadigan
soha masalalari bo`yicha Vazirlar Kengashiga kelib tushgan qaror, farmoyish,
xatlar va boshqa hujjatlarning bajarilishini ta`minlaydi;
respublikamizning
suv xo`jaligi, suv xo`jaligi qurilishi va ekologik masalalari bo`yicha
bajarilishi zarur ishlarni nazorat qiladi hamda Vazirlar Kengashi Raisiga har
oyning, chorakning yakuni bo`yicha tegishli ma`lumotlarni tayyorlab taklif
kiritadi;
Qoraqalpog`iston
Respublikasi Suv xo`jaligi Kengashi, “Melioratsiya” dasturi va chet ellar bilan
hamkorlikda ishlash loyihalarini amalga oshirish;
O`zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash
to`g`risida”gi 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli qaroriga muvofiq ijro intizomini
ta`minlaydi.
Agrosanoat
kompleksi tarkibidagi vazirliklardan, tashkilotlardan va korxonalardan
kotibiyatga tegishli korrespondentsiyalarning kirish va chiqish ishlarini
nazorat qiladi.
22. etakchi
mutaxassis:
Vazirlar Kengashi
Raisining qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosari va kotibiyat
boshlig`ining ko`rsatmasi va topshiriqlariga asosan ishni tashkil etadi va
quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
fermer
xo`jaliklari hisob-kitobi, debitor-kreditor qarzlarga monitoring yuritadi,
statistik hisobotlar olinishiga amaliy yordam ko`rsatib, Vazirlar Kengashi
Raisining o`rinbosariga tegishli ma`lumotlar tayyorlaydi;
o`z xizmat
vazifasi doirasida ulardan ma`lumotlarni talab etadi;
Vazirlar Kengashi
Raisining o`rinbosarlarining hamda kotibiyat boshlig`ining topshirig`i bo`yicha
yuqorida ko`rsatilgan vazirliklar va tashkilotlar ishlarini olib borish
bo`yicha tegishli qarorlar, farmoyishlar loyihalari va takliflarini
tayyorlaydi;
har chorak yakuni
bo`yicha kotibiyatga tegishli vazirliklar, tashkilotlar va boshqa korxonalardan
zarur ma`lumotlarini talab etadi, yig`ilishga chaqiradi va Vazirlar Kengashi
majlisiga tegishli bayonnomalarni tayyorlaydi;
fermer, tomorqa
uchastkalarida meva-sabzavot, poliz, kartoshka va uzum etishtirish
dasturlarining bajarilishini, agrofirmalar, zaxiraga qishloq xo`jaligi
mahsulotlarini g`amlash, Shimoliy-G`arbiy harbiy okrugiga shartnoma asosida
mahsulot etkazib berish ishlarini muvofiqlashtiradi;
meva, sabzavot,
poliz, kartoshka va uzum etishtirish agrotexnikasini nazorat qilish, tanlov
o`tkazib, tegishli ma`lumotlarni kotibiyatga taqdim etadi, tegishli vazirlik,
tashkilotlar va boshqa korxonalardan olingan zarur ma`lumotlarni tahlil qilib,
Vazirlar Kengashi yig`ilishiga tayyorlaydi.