Vazirlar Kengashining Qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha kotibiyatining funktsional vazifalari to`g`risida
N I Z O M
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha kotibiyatining (keyingi o`rinlarda kotibiyat deb ataladi) funktsional vazifalarini belgilaydi.
2. Kotibiyat Vazirlar Kengashining funktsional tarkibiy bo`linmasi hisoblanadi.
3. Kotibiyat o`z faoliyatini O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyalari va qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladi.
4. Kotibiyat o`z faoliyatini Vazirlar Kengashi Raisining Qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosari rahbarligida amalga oshiradi.
5. Kotibiyat o`ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarishda Vazirlar Kengashining boshqa tarkibiy bo`linmalari, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan o`zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
2-bob. Kotibiyatning vazifalari va funktsiyalari
6. Quyidagilar kotibiyatning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Qishloq xo`jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, fermerlik harakatini rivojlantirish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini tarkibiy o`zgartirishni ta`minlash;
dehqonchilik va agrotexnologiyalarning ilg`or usullarini joriy etish chora-tadbirlarini ko`rish, qishloq xo`jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga bozor tamoyillari va mexanizmlari asosida xizmat ko`rsatuvchi tarmoqlar, bo`g`inlar va tuzilmalarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
suv resurslaridan oqilona foydalanish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish va suv iste`molining bozor tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish, suv xo`jaligi ob`ektlaridan foydalanish ishlarining va sug`oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlarining bajarilishini muvofiqlashtirish;
qishloq xo`jaligini, suv xo`jaligini va o`rmon xo`jaligini rivojlantirish hududiy dasturlarini ishlab chiqish ishlarini tashkil etish, ushbu sohalarga tashqi va mahalliy investitsiyalarni jalb etish chora-tadbirlarini ko`rish;
chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikning ozuqa bazasini mustahkamlash, naslchilik ishlarini rivojlantirish, hayvonlarni sun`iy urug`lantirish xizmatlarini kengaytirish, zooveterinariya xizmati ko`rsatish tarmog`ini rivojlantirish ishlarini tashkil etish;
ipakchilikning ozuqa bazasini kengaytirish va mustahkamlash, yuqori mahsuldor tut ipak qurtini etishtirish, tirik pilla etishtirishni ko`paytirish;
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularning saqlanishi ta`minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, tabiatni muhofaza qilish faoliyatining samaradorligini oshirish;
qishloq xo`jaligi mahsulotlarini tayyorlash, saqlash, dastlabki qayta ishlash korxonalarini tashkil etish va mahsulotlarni eksport qilish, shuningdek, qishloqda ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi ob`ektlarini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi.
7. Kotibiyat o`ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstituttsiyalari va qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining, Vazirlar Kengashining qarorlari va topshiriqlari bilan Kotibiyatga yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining tegishli hizmatlari, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O`zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o`rinbosarlari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparati, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va Vazirlar Kengashining kotibiyatga oid topshiriqlari bo`yicha tegishli tahliliy, ma`lumotnoma, statistik materiallar va takliflarni umumlashtiradi va tayyorlaydi;
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesiga ko`rib chiqish uchun kiritiladigan, shuningdek, Vazirlar Kengashi Raisi tomonidan qabul qilinadigan tegishli normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi;
sohaga oid topshiriqlarning bajarilishini ta`minlash bo`yicha tegishli tashkiliy chora-tadbirlarni va nazorat rejalarini ishlab chiqadi;
muammoli masalalarni hal etish hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi, shuningdek, kotibiyatga tegishli sohalarni rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi hamda Vazirlar Kengashi Raisiga va bevosita Vazirlar Kengashi Raisining Qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosariga taqdim etadi;
davlat dasturlari amalga oshirilishi, sohaga oid topshiriqlar ijrosini ta`minlash bo`yicha tegishli tizimlangan ma`lumotlar bazasini shakllantiradi va yuritadi;
Vazirlar Kengashi Raisining Qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosari ishtirokida o`tkaziladigan yig`ilishlar o`tkazilishini ta`minlaydi va mas`ullarni jalb etgan holda ishlarni muvofiqlashtiradi;
Vazirlar Kengashi Raisining Qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosari kotibiyati ish rejasini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini amaldagi qonunlarga muvofiq ko`rib chiqadi;
Vazirlar Kengashining faoliyati to`g`risida jamoatchilikni belgilangan tartibda xabardor qilishni tashkil etadi;
kotibiyatda ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi.
8. Kotibiyat qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funktsiyalarni ham bajaradi.
3-bob. Kotibiyatning huquqlari va javobgarligi
9. Kotibiyat o`ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Kengashining Raisi va o`rinbosarlari muhokamasida ko`rib chiqiladigan hamda kotibiyat vakolatiga oid va tasarrufidagi davlat va xo`jalik boshqaruvi idoralaridan, shahar va tumanlar hokimliklaridan, mulkchilik shaklidan qat`iy nazar, barcha xo`jalik sub`ektlaridan zarur hollarda har qanday jamoat tashkilotlaridan amaldagi tartib qonunlar doirasida ma`lumotlar so`rab olishga;
Davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo`linmalari, tumanlar va shahar hokimliklari, boshqa tashkilotlar, Vazirlar Kengashining tegishli tarkibiy bo`linmalariga tezkorlik bilan hal etishni talab qiladigan hamda kotibiyatga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish bilan bog`liq bo`lgan masalalar bo`yicha belgilangan tartibda topshiriqlar berish;
davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo`linmalari, tumanlar va shahar hokimliklari, boshqa tashkilotlarda, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va Vazirlar Kengashi tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarning bajarilishi yuzasidan ishlarni belgilangan tartibda o`rganish;
Qoraqalpog`iston Respublikasida qishloq xo`jaligida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda, shuningdek, kompleks vakolatiga kiruvchi barcha masalalar bo`yicha davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, hokimliklar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ishini o`rganish hamda ularga amaliy yordam ko`rsatish.
10. Kotibiyatning javobgarligi:
o`ziga yuklangan vazifalar hamda funktsiyalarning sifatli va o`z vaqtida bajarilishi;
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va Vazirlar Kengashining hujjatlari va topshiriqlariga muvofiq kotibiyatga tegishli takliflar va hujjatlar loyihalari har tomonlama va o`z vaqtida tayyorlanishiga;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan Vazirlar Kengashiga, ya`ni kotibiyatga yuklatilgan vazifalar yuzasidan kiritiladigan takliflar va hujjatlar sifatli va o`z vaqtida ishlab chiqilishining tashkil etilishi, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o`tkazilishi, shuningdek, asoslangan xulosalar tayyorlanishiga;
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va Vazirlar Kengashiga ko`rib chiqish uchun kiritiladigan hujjatlar va takliflar loyihalarini ishlab chiqish va ekspertizadan o`tkazish sifati, shuningdek, kiritilgan loyihalar va qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlariga;
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash to`g`risida”gi 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli qaroriga muvofiq ijro intizomi ta`minlanishiga;
O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va Vazirlar Kengashining qarorlari va topshiriqlarining kotibiyatga bevosita tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishi holatining o`z vaqtida o`rganilishi uchun javob beradi.
4-bob. Kotibiyatning tuzilmasi
11. Kotibiyatning tuzilmasiga kotibiyat boshlig`i, bosh mutaxassis va etakchi mutaxassis kiradi.
Kotibiyatning tuzilmasi Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi tomonidan tasdiqlanadi.
12. Kotibiyatning faoliyati mazkur Nizomga muvofiq tashkil etiladi.
13. Kotibiyat o`z faoliyatida Vazirlar Kengashi Raisining Qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosariga bo`ysunadi.
14. Kotibiyat boshlig`i Vazirlar Kengashi Raisining Qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosari taqdimnomasi bo`yicha Vazirlar Kengashi Raisining qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
15. Kotibiyat va guruh xodimlari Vazirlar Kengashi Raisining Qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosari taqdimnomasi bo`yicha Vazirlar Kengashi Raisining qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
16. Kotibiyat nizomi Vazirlar Kengashi Raisining qarori bilan tasdiqlanadi.
5-bob. Kotibiyat faoliyatini tashkil etish
17. Kotibiyat ishlari O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyalari va boshqa qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlariga, O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning o`rinbosarlari topshiriqlariga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va Vazirlar Kengashining qarorlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Kengashining ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Kotibiyat o`z faoliyatini yarim yillik va yillik ish rejalari asosida olib boradi.
18. Kotibiyatda har haftada yig`ilishlar o`tkazilib, berilgan topshiriqlar, rejalarning bajarilishi nazorat etilib, yangi haftaga mo`ljallangan ishlar va topshiriqlar belgilab olinadi.
19. Kotibiyatda ish yuritilishi, hujjatlarning o`tishi kotibiyat mutaxassislari tomonidan olib boriladi hamda shu haqda muntazam ravishda Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xo`jaligi masasalari bo`yicha o`rinbosariga ma`lumot berib boriladi.
20. Kotibiyat boshlig`i:
Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosarining ko`rsatmasi va topshiriqlariga asosan ishni tashkil etadi va quyidagi ishlarni amalga oshiradi;
qishloq xo`jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, fermerlik harakatini rivojlantirish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini tarkibiy o`zgartirishni ta`minlash;
dehqonchilik va agrotexnologiyalarning ilg`or usullarini joriy etish chora-tadbirlarini ko`rish, qishloq xo`jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga bozor tamoyillari va mexanizmlari asosida xizmat ko`rsatuvchi tarmoqlar, bo`g`inlar va tuzilmalarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
suv resurslaridan oqilona foydalanish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish va suv iste`molining bozor tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish, suv xo`jaligi ob`ektlaridan foydalanish ishlarining va sug`oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlarining bajarilishini muvofiqlashtirish;
qishloq xo`jaligini, suv xo`jaligini va o`rmon xo`jaligini rivojlantirish hududiy dasturlarini ishlab chiqish ishlarini tashkil etish, ushbu sohalarga tashqi va mahalliy investitsiyalarni jalb etish chora-tadbirlarini ko`rish;
chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikning ozuqa bazasini mustahkamlash, naslchilik ishlarini rivojlantirish, hayvonlarni sun`iy urug`lantirish xizmatlarini kengaytirish, zooveterinariya xizmati ko`rsatish tarmog`ini rivojlantirish ishlarini tashkil etish;
ipakchilikning ozuqa bazasini kengaytirish va mustahkamlash, yuqori mahsuldor tut ipak qurtini etishtirish, tirik pilla etishtirishni ko`paytirish;
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularning saqlanishini ta`minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, tabiatni muhofaza qilish faoliyatining samaradorligini oshirish;
qishloq xo`jaligi mahsulotlarini tayyorlash, saqlash, dastlabki qayta ishlash korxonalarini tashkil etish va mahsulotlarni eksport qilish, shuningdek, qishloqda ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi ob`ektlarini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi.
agrosanoat kompleksi tarkibidagi vazirlik va tashkilotlardan belgilangan vazifalar bo`yicha tegishli ma`lumotlarni talab qiladi hamda Vazirlar Kengashi darajasida bajarilishi lozim, ularning xizmat bobidagi masalalarni bajarish choralarini ko`radi;
Shuningdek, kotibiyat boshlig`i bevosita kotibiyatning boshqaruvini amalga oshiradi, mutaxassislarning faoliyatini tashkillashtiradi va kotibiyatga yuklatilgan vazifalarni bajarishda shaxsan mas`ul hisoblanadi;
kotibiyat ish rejasini shakllantiradi va uning bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
kotibiyatga yuklangan vazifalarni bajarishda kotibiyat xodim(lar)iga ishlarni taqsimlaydi va bevosita ijrosini nazoratga oladi;
boshqaruv apparatida amal qiladigan Yo`riqnomaga asosan, ish yuritishning olib borilishini ta`minlaydi;
o`ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish bo`yicha Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosari ishlarini tashkil qiladi.
Vazirlar Kengashiga kiritilgan takliflarning hamda kotibiyat faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar bo`yicha Vazirlar Kengashi Raisining hujjatlari loyihalari ko`rib chiqilishini ta`minlaydi, ularning ekspert jihatdan ishlab chiqilishini, qabul qilingan hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi;
tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular bo`yicha tahliliy materiallarni va ekspert takliflarini tayyorlaydi, shuningdek, ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda zarur tarzda kelishilishini ta`minlaydi;
materiallar va hujjatlar loyihalari to`g`risida belgilangan tartibda Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosariga axborot beradi;
tegishli funktsional masalalar va hujjatlar bo`yicha tizimlashtirilgan ma`lumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilanishini tashkil etadi;
Vazirlar Kengashi Raisi va Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosari tomonidan kotibiyatga yuklatilgan vazifalarga taalluqli masalalar yuzasidan o`tkaziladigan majlislar, har haftadagi apparat yig`ilishlarida va barcha komissiyalarda hamda kotibiyat sohasiga kiruvchi masalalar bo`yicha o`tkaziladigan boshqa yig`ilishlarda ishtirok etadi;
agar kotibiyat mudiri vaqtinchalik bo`lmasa, uning majburiyatlarini bosh mutaxassis vaqtinchalik bajaradi;
qishloq va suv xo`jaligi sohalarini rivojlantirish maqsadida qabul qilingan O`zbekiston Respublikasi Qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va Vazirlar Kengashi Raisi qarorlari bajarilishini tashkil etadi;
kotibiyat tasarrufidagi rahbar lavozimlarga amaldagi va istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirish yuzasidan takliflar kiritadi;
zaxiraga kiritilgan nomzodlarni tayyorlab borish ishlarini tashkil etadi;
Vazirlar Kengashi Raisi va Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosarining topshiriqlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Kotibiyat mudiri qishloq xo`jaligi kompleksi tarkibidagi vazirlik, boshqarma va tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi.
21. Bosh mutaxassis:
Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosari va kotibiyat boshlig`ining ko`rsatmasi va topshiriqlariga asosan ishni tashkil etadi va quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
Kotibiyat boshlig`i bo`lmagan davrida uning vazifasini bajaradi.
Qoraqalpog`iston Respublikasida Qishloq va o`rmon xo`jaligi korxonalarida suv xo`jaligi ob`ektlarini qabul etib olish bo`yicha davlat qabul qilish komissiyasi;
Vazirlar Kengashi huzuridagi Orol va Orolbo`yi muammolari bo`yicha Kengashi ishlarini muvofiqlashtiradi.
yuqoridagi ko`rsatilgan Kengash va komissiyalar yig`ilishi bayonlarini tayyorlab, tasdiqlatib, tegishli korxonalarga etkazadi va bajarilishini nazorat qiladi;
irrigatsiya-melioratsiya chora-tadbirlarining, suv xo`jaligi ob`ektlaridagi qurilish ishlarini tahlil qilib boradi;
yuqori idoralardan kelgan hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi, o`zi etakchilik etadigan soha masalalari bo`yicha Vazirlar Kengashiga kelib tushgan qaror, farmoyish, xatlar va boshqa hujjatlarning bajarilishini ta`minlaydi;
respublikamizning suv xo`jaligi, suv xo`jaligi qurilishi va ekologik masalalari bo`yicha bajarilishi zarur ishlarni nazorat qiladi hamda Vazirlar Kengashi Raisiga har oyning, chorakning yakuni bo`yicha tegishli ma`lumotlarni tayyorlab taklif kiritadi;
Qoraqalpog`iston Respublikasi Suv xo`jaligi Kengashi, “Melioratsiya” dasturi va chet ellar bilan hamkorlikda ishlash loyihalarini amalga oshirish;
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash to`g`risida”gi 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli qaroriga muvofiq ijro intizomini ta`minlaydi.
Agrosanoat kompleksi tarkibidagi vazirliklardan, tashkilotlardan va korxonalardan kotibiyatga tegishli korrespondentsiyalarning kirish va chiqish ishlarini nazorat qiladi.
22. etakchi mutaxassis:
Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosari va kotibiyat boshlig`ining ko`rsatmasi va topshiriqlariga asosan ishni tashkil etadi va quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
fermer xo`jaliklari hisob-kitobi, debitor-kreditor qarzlarga monitoring yuritadi, statistik hisobotlar olinishiga amaliy yordam ko`rsatib, Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosariga tegishli ma`lumotlar tayyorlaydi;
o`z xizmat vazifasi doirasida ulardan ma`lumotlarni talab etadi;
Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosarlarining hamda kotibiyat boshlig`ining topshirig`i bo`yicha yuqorida ko`rsatilgan vazirliklar va tashkilotlar ishlarini olib borish bo`yicha tegishli qarorlar, farmoyishlar loyihalari va takliflarini tayyorlaydi;
har chorak yakuni bo`yicha kotibiyatga tegishli vazirliklar, tashkilotlar va boshqa korxonalardan zarur ma`lumotlarini talab etadi, yig`ilishga chaqiradi va Vazirlar Kengashi majlisiga tegishli bayonnomalarni tayyorlaydi;
fermer, tomorqa uchastkalarida meva-sabzavot, poliz, kartoshka va uzum etishtirish dasturlarining bajarilishini, agrofirmalar, zaxiraga qishloq xo`jaligi mahsulotlarini g`amlash, Shimoliy-G`arbiy harbiy okrugiga shartnoma asosida mahsulot etkazib berish ishlarini muvofiqlashtiradi;
meva, sabzavot, poliz, kartoshka va uzum etishtirish agrotexnikasini nazorat qilish, tanlov o`tkazib, tegishli ma`lumotlarni kotibiyatga taqdim etadi, tegishli vazirlik, tashkilotlar va boshqa korxonalardan olingan zarur ma`lumotlarni tahlil qilib, Vazirlar Kengashi yig`ilishiga tayyorlaydi.