NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom
Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining sanoatni rivojlantirish,
kapital qurilish, transport, aloqa va kommunikatsiya masalalari bo`yicha
kotibiyati boshlig`ining (keyingi o`rinlarda Kotibiyat deb ataladi) funktsional
vazifalari mazkur hujjat bilan belgilanadi.
Kotibiyat o`z
faoliyatini Vazirlar Kengashining, uning Rayosatining, shuningdek, Vazirlar
Kengashining Ijro etuvchi apparatini transport va transport kommunikatsiyalari,
kapital qurilish va pudrat ishlari dasturlari, qurilish industriyasi va
qurilish materiallari sanoati, arxitektura va qurilish sifatini nazorat qilish
masalalari bo`yicha axborot-tahliliy materiallar bilan ta`minlashga
yunaltirilgan.
2. Kotibiyat o`z
faoliyatida O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga,
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga,
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va
farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga,
Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Jo`qorg`i
Kengesining qarorlari va boshqa hujjatlari, Vazirlar Kengashining qarorlari va
farmoyishlariga, shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladi.
3. Kotibiyat o`z
vakolatiga kiruvchi masalalar bo`yicha Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar
Kengashi Raisining tegishli o`rinbosariga bo`ysinadi hamda ayni paytda uning
faoliyati Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
4. Kotibiyat o`z
faoliyatini Vazirlar Kengashi apparatining boshqa tarkibiy bo`linmalari, davlat
va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa
organlar va tashkilotlar bilan o`zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
2-bob. Kotibiyatning vazifalari va funktsiyalari
5.
Quyidagilar Kotibiyatning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) kapital qurilish va pudrat ishlari dasturlari sohasida:
iqtisodiyotni
yanada isloh qilish, tarkibiy o`zgartirish va diversifikatsiyalash dasturiga
muvofiq kapital qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi tizimli va
kompleks o`rganilishini tashkil etish;
kapital
qurilishda, muhim xalq xo`jaligi ob`ektlari qurilishida, shu jumladan, ijtimoiy
soha, uy-joy va infratuzilma ob`ektlari qurilishida pudrat ishlarini tashkil
etish sohasida monitoringni ta`minlash hamda holat va vaziyatni tahlil qilish;
kapital qurilish
sohasida islohotlarni chuqurlashtirish masalalari bo`yicha topshiriqlarning
bajarilishi bo`yicha davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro
etuvchi hokimiyat organlari faoliyati samarali muvofiqlashtirilishini
ta`minlash;
qurilish
kompleksini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish, kapital qurilishda
boshqaruv tizimiga va xo`jalik munosabatlariga bozor printsiplari va
mexanizmlarini keng joriy etish, qurilish sohasida xususiy va kichik
tadbirkorlikni, bozor infratuzilmasini rivojlantirish bo`yicha takliflar ishlab
chiqish;
kapital
qurilishning normativ-texnik va axborot bazasini yangilash va takomillashtirish,
loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlarining zamonaviy usullarini joriy
etish ishlarini tashkil qilish;
investitsiya
loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslanishlarini tayyorlash darajasini oshirish
hamda ularni shakllantirish, ko`rib chiqish va tasdiqlash tartibini
takomillashtirish;
loyihalash va
pudrat qurilish tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish, ularning negizida asosan xususiy va qo`shma korxonalar
tashkil etish jarayonlarini muvofiqlashtirish;
loyihalash va
qurilish-montaj ishlarini bajarish yuzasidan buyurtmalarni joylashtirishda
tanlovlar tashkil etish darajasini oshirish;
qurilish-montaj
ishlarini tashkil etishning asosiy shakli sifatida ob`ektlarni foydalanishga
tayyor holda barpo etishga o`tishni ta`minlash, qurilish faoliyatida
shartnomaviy munosabatlarning rolini kuchaytirish;
Qishloq joylarda
namunaviy loyihalar bo`yicha yakka tartibda uy-joy, tashqi muxandislik
tarmoqlari va infratuzilma ob`ektlarini qurish dasturini amalga oshirish
ishlarini muvofiqlashtirish;
Yirik
ixtisoslashtirilgan qurilish pudrat tashkilotlarini shakllantirish dasturini
amalga oshirish hamda Qurilish-pudrat tashkilotlarining reestrini yuritish
ishlarini muvofiqlashtirish;
muxandislik-kommunikatsiya
va yo`l-transport infratuzilmasi ob`ektlarining loyiha hujjatlari ishlab
chiqilishini va qurilish-montaj ishlari amalga oshirilishini tizimli va
kompleks o`rganilishini tashkil etish;
xususiylashtirish
jarayonlariga potentsial investorlarni jalb etish, shu jumladan pudrat tashkilotlari
ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini xususiy investorlarga sotish
yo`li bilan jalb etishni chuqur o`rganish va ekspert baholashni o`tkazish, shu
asosda ularning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash;
kapital qurilish sohasida
yoqilg`i-energetika resurslarini tejashga doir tashkiliy-texnik tadbirlar va
energiya sarfini kamaytirish tarmoq dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish
ishlarini muvofiqlashtirish;
kapital qurilish
va arxitektura sohasida Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
ishonchli himoya qilishni ta`minlash, ularni jadal rivojlantirish yo`lidagi
to`siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari dasturi amalga oshirilishi
monitoringini ta`minlash va tahlil qilish;
b) qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoati sohasida:
iqtisodiyotni
yanada isloh qilish, tarkibiy o`zgartirish va diversifikatsiyalashni ta`minlash
chora-tadbirlari dasturiga muvofiq qurilish industriyasi va qurilish
materiallari sanoatida islohotlarning amalga oshirilishi tizimli va kompleks
o`rganilishini tashkil etish;
qurilish
industriyasi va qurilish materiallari sanoatida monitoringni ta`minlash va
ishlarning holatini tahlil qilish;
qurilish
industriyasi va qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish sohasida qabul qilingan
qarorlar amalga oshirilishini ta`minlash;
qurilish
industriyasi va qurilish materiallari sanoatini yanada rivojlantirish, qurilish
industriyasi va qurilish materiallari sanoatida bozor printsiplari va
mexanizmlarini keng joriy etish, ushbu sohalarda xususiy va kichik
tadbirkorlikni rivojlantirish bo`yicha takliflar ishlab chiqish;
qurilish
materiallari sanoatini yangi texnologiyalar, qurilish asbob- uskunalari,
texnika, materiallar bilan ta`minlashning kompleks dasturlarini shakllantirish;
qurilish materiallarining
ilg`or turlarini ishlab chiqarishni o`zlashtirish, qurilish industriyasi
korxonalarida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo`yicha takliflar ishlab
chiqish;
qurilish
industriyasi korxonalarida foydalaniladigan, mahalliylashtirish darajasini
yanada oshirishni va sanoat mahsulotlarining yangi turlari o`zlashtirilishini
ta`minlovchi butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishga doir loyihalar
ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini tashkil etish;
xususiylashtirish
jarayonlariga potentsial investorlarni jalb etish, shu jumladan qurilish
industriyasi korxonalari ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini
potentsial investorlarga sotish yo`li bilan jalb etishni chuqur o`rganish va
ekspert baholashni o`tkazish, shu asosda ularni modernizatsiyalashni ta`minlash
va ularning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish;
qurilish
industriyasi korxonalarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy
etishni tashkil etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnika,
moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
qurilish
industriyasi korxonalarida yoqilg`i-energetika resurslarini tejashga doir
tashkiliy-texnik tadbirlar va energiya sarfini kamaytirish tarmoq dasturini
ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
qurilish
industriyasi korxonalarini jadal rivojlantirish uchun xususiy mulk, kichik
biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta`minlash, ularni
jadal rivojlantirish yo`lidagi tusiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari
dasturi amalga oshirilishi monitoringini ta`minlash va tahlil qilish;
v) arxitektura va qurilish ishlarini nazorat qilish sohasida:
yagona
arxitektura-shaharsozlik siyosati amalga oshirilishini hamda vakolatli davlat
organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan shaharsozlik
faoliyati sohasida o`zlariga yuklangan vazifalarning bajarilishini ta`minlash;
aholi punktlarini
kompleks rivojlantirish bo`yicha qabul kilinayotgan loyiha echimlarining
darajasi va sifatini oshirish;
qurilish ishlari
sifati yuzasidan zarur darajada nazorat o`rnatish.
g) transport va transport kommunikatsiyalari sohasida:
iqtisodiyotni
yanada isloh qilish, tarkibiy o`zgartirish va diversifikatsiyalash dasturiga
muvofiq transport va transport kommunikatsiyalari sohasida islohotlarning
amalga oshirilishi tizimli va kompleks o`rganilishini tashkil etish;
transport va
transport kommunikatsiyalarining barcha turlari faoliyati monitoringini
ta`minlash hamda tahlil etish va ushbu sohalarda davlat siyosatini, boshqaruv
shakllari, usullari va tuzilmasini takomillashtirishga doir takliflar ishlab
chiqish;
transport
sohasining faoliyat ko`rsatishi va transport kommunikatsiyalarini
rivojlantirish masalalari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi qonunlari,
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari,
Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Qoraqalpog`iston
Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Jo`qorg`i Kengesning qarorlari va
boshqa hujjatlari, Vazirlar Kengashining qarorlari va farmoyishlari
bajarilishini tashkil etish;
yo`lovchilar va
yuk tashishni maqbullashtirish, uning samaradorligini oshirish va uni oqilona
tashkillashtirish, transport kommunikatsiyalarini jadal rivojlantirish hamda
ularning barqaror faoliyat ko`rsatishi, transportda tashish va transmilliy
transport yo`laklarini rivojlantirish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish
vazifalari kompleks hal etilishini tashkil etish;
transport va
transport kommunikatsiyalari sohasi faoliyati masalalarida davlat va xo`jalik
boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa
organlar va tashkilotlarning o`zaro hamkorligini ta`minlash;
raqobat muxitini
shakllantirish, transport xizmatlari bozoridan teng foydalanilishini ta`minlash
yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
transport
xizmatlariga haq to`lash bo`yicha aholining ijtimoiy nochor qatlamlariga
beriladigan imtiyozlarning mavjud tizimini tahlil qilish va ularni unifikatsiya
qilishga doir takliflar ishlab chiqish;
transport tarmog`i
korxonalarida foydalaniladigan, mahalliylashtirish darajasini yanada oshirishni
va sanoat maxsulotlarining yangi turlari o`zlashtirilishini ta`minlovchi
butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishga doir loyihalar ishlab
chiqilishini va amalga oshirilishini tashkil etish;
xususiylashtirish
jarayonlari potentsial investorlarni jalb etish, shu jumladan transport
korxonalari ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini potentsial
investorlarga sotish yo`li bilan jalb etish, shu asosda transport parkini
modernizatsiyalash va yangilash ta`minlashni chuqur o`rganish va ekspert
baholashni o`tkazish;
transport va
transport kommunikatsiyalari sohasidagi korxonalarda korporativ boshqaruvning
zamonaviy usullarini joriy etishni tashkil etish, ishlab chiqarish,
investitsiya, moddiy-texnika, moliyaviy va mexnat resurslaridan foydalanish
samaradorligini oshirish;
transport va
transport kommunikatsiyalari sohasida yoqilg`i-energetika resurslarini tejashga
doir tashkiliy-texnik tadbirlar va energiya sarfini kamaytirish tarmoq
dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
transport va
transport kommunikatsiyalari sohasida xususiy mulk, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta`minlash, ularni jadal
rivojlantirish yo`lidagi to`siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari dasturi
amalga oshirilishini monitoringini ta`minlash va tahlil qilish;
d) mineral xomashyo va uglevodorodlarni qidirish va qazib olish
sohasida:
geologiya-qidiruv
ishlarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda er osti boyliklaridan
samarali foydalanish va mineral xomashyo qazib olish talablarini hisobga olgan
holda, hududlarni kompleks geologik o`rganish, eng avvalo, uglevodorod
xomashyo, asl, rangli, nodir metallar va uran, shuningdek, mineral xomashyoning
boshqa turlarini, chuchuk va mineral er osti suvlarini qidirish va razvedka
qilish samaradorligini oshirishni ta`minlaydigan foydali qazilmalarning
geologik zaxiralarini prognozlashtirishning zamonaviy texnologiyalari va ilg`or
metodlarini joriy etish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
er ostini geologik
o`rganish, mineral xomashyoni va uglevodorodlarni qazib olish va qayta ishlash
sohasida maqsadli dasturlarni, mahsulot taqsimotiga oid bitimlar loyihalarini
amalga oshirish yuzasidan qarorlar qabul qilish uchun ekspertiza o`tkazish va
tavsiyalar tayyorlash;
er osti
boyliklarini geologik o`rganish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish,
mineral xomashyo bazasini tiklash sohasida davlat siyosati amalga oshirilishini
ta`minlash;
geologiya, er osti
boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish, mineral xomashyo va
uglevodorodlarni qazib olish sohasida islohotlar amalga oshirilishini tizimli
va kompleks o`rganishni tashkil etish;
geologiya-qidiruv
ishlari dasturlari amalga oshirilishi monitoringini hamda foydali
qazilmalarning asosiy turlari zaxiralari va resurslarini o`z vaqtida
kupaytirish chora-tadbirlari natijadorligi tahlil kilinishini ta`minlash;
yagona texnika
siyosatini o`tkazish, geologiya va neft`-gaz tarmog`ining geologiya-qidiruv,
burg`ulash va qazib olish korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va
texnologik jihatdan qayta jixozlashni tahlil qilish va takliflar tayyorlash;
hujjatlar
aylanishi, hisob va hisobot tizimiga, geologiya tarmogi tashkilotlarining
moliya-xujalik faoliyatiga, xodimlarni boshqarishga, ishlab
chikarish-texnologiya jarayonlariga asosan maxdshshy zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini va dasturiy maxsulotlarni joriy etish bo`yicha
islohotlarning amalga oshirilishi tizimli va kompleks urganilishini tashkil etish;
e) texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya
muvofiqlikni baholash sohasida:
standartlashtirish,
metrologiya, sertifikatlashtirish, xalqaro standartlarni, shu jumladan sifatni
boshqarish tizimi bo`yicha xalqaro standartlarni qo`llanish asosida
mahsulotlarning sifatini va raqobatbardoshligini oshirish sohasidagi yagona
davlat siyosati o`tkazilishini tashkil qilish;
standartlashtirish,
metrologiya va sertifikatlashtirish tizimlarining faoliyat ko`rsatishini va
rivojlantirilishini tizimli o`rganishni va kompleks tahlil qilishni tashkil
etish, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish, xalqaro
standartlarni, shu jumladan, sifatni boshqarish bo`yicha xalqaro standartlarni
qo`llanish asosida mahsulotlar sifatini va raqobatbardoshligini oshirish
sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish bo`yicha
takliflarni tahlil qilish va tayyorlash;
standartlashtirish,
metrologiya va muvofiqlikni baholash bo`yicha xalqaro talablarni va xalqaro
tashkilotlar bilan hamkorlikni hisobga olgan holda milliy sifat
infratuzilmasini yanada takomillashtirish va rivojlantirish bo`yicha takliflar
ishlab chiqish;
standartlashtirish,
metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasidagi boshqa normativ-huquqiy
hujjatlarning amalda bajarilishini ta`minlash bo`yicha ishlarning monitoringini
olib borish va ularni muvofiqlashtirish.
6. Kotibiyat
o`ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga
oshiradi:
o`zi yuritadigan
sohaga kiradigan masalalar bo`yicha axborotlarni to`playdi va umumlashtiradi;
iqtisodiyotning
tegishli tarmoqlarida va hududlarda ishlarning holatini o`rganadi hamda
Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining Raisi va Vazirlar
Kengashining Raisi va o`rinbosarlari uchun tegishli materiallarni tayyorlaydi;
tegishli
tarmoqlarni rivojlantirish, islohotlarni chuqurlashtirish, tarkibiy
o`zgartirishlarni, ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash va
diversifikatsiyalash dasturlarini amalga oshirish, tegishli tarmoqlarda
korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish monitoringini olib
boradi;
O`zbekiston
Respublikasi qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari,
qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O`zbekiston
Respublikasi Prezidenti, O`zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning
o`rinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining
hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining Raisi, Vazirlar
Kengashining Raisi va o`rinbosarlari topshiriqlari ijrosini nazorat qiladi;
tegishli tarmoqlar
bo`yicha tizimlashtirilgan ma`lumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishini,
ularning muntazam ravishda yangilanishini ta`minlaydi;
Vazirlar
Mahkamasining ko`rib chiqishi uchun tahliliy, ma`lumotnoma materiallar va
boshqa materiallarni, O`zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning
o`rinbosarlari hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining Raisi,
Vazirlar Kengashining Raisi va o`rinbosarlari topshiriqlari loyihalarini
tayyorlaydi;
Vazirlar
Mahkamasiga kiritilgan O`zbekiston Respublikasi qonunlari, O`zbekiston
Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar
Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi
Jo`qorg`i Kengesining qarorlari va boshqa hujjatlari, Vazirlar Kengashining
qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa hujjatlar loyihalari ekspertizasini
amalga oshiradi va ularni ishlab chiqadi, ular yuzasidan zarur tahliliy va
ma`lumotnoma materiallar tayyorlaydi;
sohaga oid o`tkaziladigan yig`ilishlarga materiallar
tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda
qatnashadi;
materiallarning kompleksliligi hamda ularni ishlab
chiqish va tayyorlashning sifati, O`zbekiston Respublikasi qonunlari,
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari,
Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti,
O`zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o`rinbosarlarining,
Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining Raisi, Vazirlar
Kengashining Raisi va o`rinbosarlari topshiriqlari loyihalarining davlat va
xo`jalik boshqaruvi manfaatdor organlari, Vazirlar Kengashi apparatining boshqa
tarkibiy bo`linmalari bilan kelishilishi uchun javob beradi;
Kotibiyat
vakolatiga kiruvchi masalalar bo`yicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va
belgilangan tartibda Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesiga va
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini tashkil etadi;
o`ziga yuklangan
vazifalarga muvofiq davlat va xo`jalik boshqaruvining mutasaddilik qilinadigan
organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
o`z vakolatiga
kiruvchi masalalar bo`yicha hukumatlararo bitimlarni tayyorlashda qatnashadi;
Qoraqalpog`iston
Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi va uning o`rinbosarlari boshchilik
qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar,
kengashlar va tashkiliy qo`mitalar ishi samaradorligini ta`minlaydi, ular
tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va
nazorat qiladi;
fuqarolarning
murojaatlarini ko`rib chiqadi va ularda qo`yilgan masalalarni hal etish
bo`yicha takliflar tayyorlaydi, ko`rib chiqish va chora-tadbirlar ko`rish uchun
ushbu murojaatlarni tegishli davlat va xo`jalik boshqaruvi organlariga,
mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuboradi, ularning o`z vaqtida ko`rib
chiqilishini nazorat qiladi, fuqarolarni shaxsan qabul qilishni amalga
oshiradi;
o`ziga yuklangan
boshqa funktsiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
3-bob. Kotibiyatning xukuqlari
va javobgarligi
7. Kotibiyat o`ziga yuklangan
vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Kengashida ko`rib
chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo`lgan
materiallar va ma`lumotlarni Vazirlar Kengashi apparatining boshqa tarkibiy
bo`linmalaridan, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat
hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan
tartibda olish va so`rash;
davlat va xo`jalik boshqaruvi
organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va
tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig`ilishlar o`tkazish;
mutasaddilik qilinadigan
vazirliklar, davlat qo`mitalari va idoralar, xo`jalik boshqaruvi organlarining
kollegial organlari majlislarida, rahbariyat topshirig`iga binoan esa davlat
boshqa organlarining, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning qotibiyat
tasarrufidagi sohaga kiruvchi masalalar bo`yicha o`tkaziladigan majlislarida va
yig`ilishlarida qatnashish;
zarurat bo`lganda Vazirlar
Kengashida ko`rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va
xo`jalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning
rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar
bo`yicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish.
8. Kotibiyat:
o`ziga yuklangan vazifalarning
zarur darajada va samarali bajarilishi uchun;
Vazirlar Kengashiga kiritilgan
takliflar va masalalarni ekspert jihatidan sifatli ishlab chiqishning tashkil
etilishi uchun;
sohaga oid topshiriqlarining
mutasaddilik qilinadigan idoralar tomonidan o`z vaqtida va sifatli bajarilishi
ta`minlanishi uchun;
Vazirlar Mahkamasining «Ijro
intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to`g`risida» 1999 yil 12 yanvardagi
12-sonli qaroriga muvofiq ijro intizomi mustahkamlanishi uchun javob beradi.
4-bob. Kotibiyat tuzilmasi
9. Kotibiyatining tuzilmasiga
kotibiyat mudiri, bosh mutaxassis kiradi.
Kotibiyatning tuzilmasi
Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi tomonidan tasdiqlanadi.
10. Kotibiyat ishlariga
boshliq rahbarlik qiladi.
11. Kotibiyat boshlig`i
belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
5-bob. Kotibiyat faoliyatini
tashkil etish
12. Kotibiyat ishlari
«Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi to`g`risida»gi Qonuniga,
Vazirlar Kengashining ish tartibiga, ushbu Nizomga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining,
O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning o`rinbosarlarining
topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining
buyruqlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesning Raisi, Vazirlar
Kengashining Raisi va o`rinbosarlarining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek,
Vazirlar Kengashining ish rejalari, Kotibiyatning choraklik ish rejalari,
boshliq va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Kotibiyatning choraklik ish
rejalari, boshliqning shaxsiy ish rejasi, mutaxassislarning shaxsiy ish
rejalari Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosarlari bilan kelishiladi va
Vazirlar Kengashi Raisi tomonidan tasdiqlanadi.
13. Kotibiyat boshlig`i:
Kotibiyatga bevosita
rahbarlikni amalga oshiradi, mutaxassis ishlarini tashkil qiladi hamda
kotibiyatga yuklangan vazifalar va funktsiyalarning bajarilishi uchun shaxsan
javob beradi;
Vazirlar Kengashiga kiritilgan
kotibiyat mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar bo`yicha takliflar
va hujjatlar loyihalarini ko`rib chiqishda davlat printsiplariga qat`iy rioya
qilinishini ta`minlaydi, ularning ekspert jihatidan ishlab chiqilishini tashkil
qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qo`yadi. Tegishli hujjatlar
qabul qilingandan keyin ularning amalga oshirilishi ustidan tizimli nazoratni
ta`minlaydi;
tegishli tarmoqlar, sohalar va
respublika hududlarida iqtisodiy islohotlarning ahvoli va natijadorligi
to`g`risida tizimli monitoringni va ma`lumotlar banki shakllantirilishini,
shuningdek, muammoli masalalarni hal etish, tarmoqlar va respublika hududlarini
rivojlantirishning istiqboldagi vazifalarini amalga oshirish yuzasidan amaliy
chora-tadbirlar ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini ta`minlaydi;
kotibiyatning tasdiqlangan
tuzilmasi va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimlarga tavsiya etiladigan
nomzodlar, mutaxassislarning kasb darajasini va ishchanlik malakasini oshirish,
ularni rag`batlantirish va jazolash choralari bo`yicha takliflarni puxta ishlab
chiqadi va Ishlar boshqaruvchisi bilan kelishgan holda kompleks rahbari ko`rib
chiqishi uchun kiritadi;
bosh mutaxassis o`rtasida
vazifalarning taqsimotini, shuningdek, Kompleksning yarim yillik ish rejasi
loyihasini ishlab chiqadi va kompleks rahbari tasdiqlashi uchun kiritadi,
kotibiyat mutaxassisining ish rejalarini tasdiqlaydi;
Vazirlar Kengashiga tushgan,
respublika Hukumatining qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni davlat va
xo`jalik boshqaruvi tegishli organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat
organlariga ko`rib chiqish uchun yuboradi;
Vazirlar Kengashining va uning
Prezidiumi majlislarida, Vazirlar Kengashining Raisi, uning o`rinbosarlari
o`tkazadigan yig`ilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar,
kengashlar va tashkiliy qo`mitalar majlislarida, kotibiyat mutasaddilik
qiladigan sohaga kiruvchi masalalar bo`yicha o`tkaziladigan yig`ilishlarda
qatnashadi;
Ijro etuvchi apparatda amalda
bo`lgan Yo`riqnomaga muvofiq ishlarning yuritilishini ta`minlaydi;
15. Kotibiyat
boshlig`i vaqtinchalik bo`lmaganda uning vazifasini bosh mutaxassis bajaradi.