Tashkiliy-nazorat guruhining
funktsional vazifalari to`g`risida
N I Z O M
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu
Nizom Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Tashkiliy-nazorat
guruhining (keyingi o`rinlarda guruh deb ataladi) vazifalari, funktsiyalari,
huquqlari va javobgarligini belgilaydi.
2. Guruh o`z
faoliyatida O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi
Konstitutsiyalariga, “Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida”gi O`zbekiston
Respublikasi Qonuniga, O`zbekiston Respublikasi hamda Qoraqalpog`iston
Respublikasining boshqa qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalarining qarorlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari,
qarorlari va farmoyishlariga, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarorlari va farmoyishlariga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi
va Vazirlar Kengashi qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga,
Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining hujjatlariga,
shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Guruh o`z
faoliyatini Vazirlar Kengashi Raisi rahbarligida amalga oshiradi.
4. Guruh
o`ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarishda O`zbekiston
Respublikasi Prezidenti Devonining tegishli xizmatlari, Vazirlar Mahkamasi,
Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, Vazirlar Kengashi Raisining
ko`rsatmasiga asosan va shahar va tumanlar hokimliklari, shuningdek, davlatning
boshqa organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan o`zaro hamkorlik qilgan holda
amalga oshiradi.
2-bob. Guruhining vazifalari va funktsiyalari
5. Quyidagilar
guruhining vazifalari hisoblanadi:
Vazirlar Kengashi
Raisining O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi
Konstitutsiyalarida, O`zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati
to`g`risida”gi Qonunida va O`zbekiston Respublikasining boshqa qonunlarida,
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va
farmoyishlarida, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va
farmoyishlarida, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi qarorlari va farmoyishlarida,
boshqa hujjatlarida belgilangan vakolatlari amalga oshirilishini davlat
organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ta`minlash;
Vazirlar
Kengashining boshqarma, kotibiyat, guruh va bo`limlari, Vazirlar Kengashining
tarkibidagi vazirlik va idoralar, tuman (shahar) hokimliklari tomonidan ijro
intizomiga muvofiq faoliyat yuritishini nazorat qiladi;
davlat organlari
va boshqa tashkilotlar tomonidan O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston
Respublikasi qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining
qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari,
Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari,
Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va Vazirlar Kengashi Raislarining
hujjatlari bajarilishi holatini o`rganish va nazorat qilish chora-tadbirlarini
amalga oshiradi;
belgilangan
tartibda Vazirlar Kengashi ish rejasi loyihasini shakllantiradi, uning
bajarilishi yuzasidan nazoratni olib boradi;
boshqaruv apparati
rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish,
ularni rag`batlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo`llash
to`g`risidagi takliflarni Vazirlar Kengashi Raisi ko`rib chiqishi uchun
belgilangan tartibda kiritadi;
Vazirlar
Kengashining namenklaturasiga kiritilgan lavozimlar nomenklaturasiga muvofiq
kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo`yish, mutaxassislarni tayinlash va lavozimidan
ozod qilish tadbirlarini amalga oshiradi, ko`rib chiqilayotgan nomzodlarni har
tomonlama o`rganishni va ular bo`yicha ishonchli materiallar tayyorlanishini
ta`minlaydi;
Vazirlar
Kengashining tarkibidagi vazirlik va idoralar, tuman (shahar) hokimliklaridan
tashkiliy-nazorat va kadrlar masalalariga oid zarur hujjatlarni talab qilib
olish, ulardan nusxa olish, kadrlar masalasi (rotatsiya) yuzasidan ularga
takliflar kiritadi, tavsiyalar tayyorlaydi;
Vazirlar
Kengashining namenklaturasiga kiritilgan lavozimlar nomenklaturasini yangilab
boradi, vakant rahbarlik lavozimlarga nomzodlarni belgilangan tartibda tavsiya
qiladi;
kelgusida davlat
va xo`jalik boshqaruvi organlari hududiy bo`linmalari, mahalliy davlat
hokimiyati organlarining rahbarlik lavozimlariga ko`tarish uchun boshqaruv
kadrlari zaxirasini shakllantirish ishlarini tashkil etadi;
davlat va xo`jalik
boshqaruvi organlari hududiy bo`linmalarining, mahalliy davlat hokimiyati
organlarining boshqaruv kadrlari faoliyatining tizimli monitoringini olib
boradi;
boshqaruv
kadrlarini hisobga olish, ularning shaxsiy hujjatlar yig`ma jildlarini
shakllantirish va yuritish ishlarini tashkil qiladi;
zahiraga
kiritilgan boshqaruv kadrlarining kasbiy bilimlarini doimiy takomillashtirish,
malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonini tashkil qiladi;
Vazirlar Kengashi
Raisining o`rinbosarlari bilan birgalikda Vazirlar Kengashi apparatiga
kadrlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish bo`yicha takliflar
tayyorlaydi;
davlat va xo`jalik
boshqaruvi organlari hududiy bo`linmalarining, mahalliy davlat hokimiyati
organlarining boshqaruv kadrlari va ularning zaxirasi to`g`risidagi ma`lumotlar
bazasini shakllantirishni va doimiy yangilab borishni ta`minlaydi;
davlat
mukofotlariga tavsiya etishga oid hujjatlarni rasmiylashtiradi va takliflar
tayyorlaydi;
tashkiliy-nazorat
va kadrlar masalalari bo`yicha Vazirlar Kengashi Raisining qarorlari va boshqa
huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, o`z vakolatiga tegishli bo`lgan
Vazirlar Kengashi Raisi rahbarligida o`tkaziladigan yig`ilishlar, majlislar,
uchrashuvlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish chora-tadbirlarini ko`radi;
O`zbekiston
Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy
Kengashlari deputatlari saylovlarini, O`zbekiston Respublikasi referendumlarini
tashkil etish va o`tkazish bo`yicha tegishli saylov komissiyalariga yordam
ko`rsatadi;
Guruh rahbari
Vazirlar Kengashining Raisi topshirig`i asosida O`zbekiston Respublikasi
Prezidenti Devoni, Oliy Majlisi palatalari, Vazirlar Mahkamasi apparati,
Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi bilan o`zaro hamkorlik qiladi.
Mazkur Nizomga va
Vazirlar Kengashi Raisi qarorlariga hamda bayonlariga muvofiq boshqa
vakolatlarni amalga oshiradi.
6. Guruh
o`ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga
oshiradi:
O`zbekiston
Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyalari, "Mahalliy
davlat hokimiyati to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni,
O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasining boshqa qonunlari,
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O`zbekiston
Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O`zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i
Kengesi va Vazirlar Kengashi qarorlari hamda topshiriqlari bilan yuklangan
vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga
oshiradi;
Vazirlar Kengashi
Raisining mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim va dolzarb
masalalari bo`yicha hisoboti xalq deputatlari Qoraqalpog`iston Respublikasi
Kengashi tomonidan tashkillashtirishda sohaga taalluqli materiallarni
tayyorlaydi;
Vazirlar Kengashi
Raisining ish rejasiga tashkiliy-nazorat guruhi yo`nalishi bo`yicha masalalarga
doir takliflarni kiritadi;
jismoniy va
yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy
va yuridik shaxslarning murojaatlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi
Qonuniga muvofiq ko`rib chiqadi;
Vazirlar
Kengashida ijro intizomining talab darajasida amalga oshirilishini nazorat
qiladi va amalga oshirilgan ishlar to`g`risida Vazirlar Kengashining Raisiga
ma`lumot kiritib boradi;
Vazirlar
Kengashining faoliyati to`g`risida jamoatchilikni belgilangan tartibda xabardor
qilishni tashkil etadi;
Guruh qonun
hujjatlariga muvofiq boshqa funktsiyalarni ham bajaradi.
3-bob. Guruhining huquqlari va javobgarligi
7. Guruh
o`ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga
ega:
Vazirlar
Kengashida ko`rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va ishlab chiqish
uchun zarur bo`lgan materiallar va ma`lumotlarni davlat va xo`jalik boshqaruvi
organlarining hududiy bo`linmalaridan, shaharlar va tumanlar hokimliklaridan,
boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda so`rash va olish;
zarurat bo`lganda,
Vazirlar Kengashida ko`rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, axborot va
tahliliy materiallarni, shuningdek, Vazirlar Kengashi Raisining hujjatlari
loyihalarini tayyorlash uchun davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining
hududiy bo`linmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari rahbarlari va
xodimlarini taklif etish, ushbu maqsadlar uchun vaqtinchalik ekspert guruhlari
tashkil etish;
davlat va xo`jalik
boshqaruvi organlarining hududiy bo`linmalaridan, shaharlar va tumanlar
hokimliklaridan, boshqa tashkilotlardan Vazirlar Kengashi Raisining hujjatlari
va qarorlari loyihalarini puxta qayta ishlashni belgilangan tartibda talab
qilish;
davlat va xo`jalik
boshqaruvi organlarining hududiy bo`linmalari, shaharlar va tumanlar
hokimliklari, boshqa tashkilotlar rahbarlariga tezkorlik bilan hal etishni
talab qiladigan hamda boshqaruv apparatiga yuklangan vazifalar va
funktsiyalarni bajarish bilan bog`liq bo`lgan masalalar bo`yicha belgilangan
tartibda topshiriqlar berish;
davlat va xo`jalik
boshqaruvi organlarining hududiy bo`linmalari, shaharlar va tumanlar
hokimliklari, boshqa tashkilotlarning normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarning,
Vazirlar Kengashi Raisining hujjatlari va topshiriqlari, uning o`rinbosarlari
topshiriqlari bajarilishi yuzasidan ishlarini belgilangan tartibda o`rganish.
8. Guruh:
o`ziga yuklangan
vazifalar hamda funktsiyalarning sifatli va o`z vaqtida bajarilishi;
O`zbekiston
Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi palatalari hamda Vazirlar Mahkamasining
hujjatlari va topshiriqlariga, Prezidenti Devoni, shuningdek, Oliy Majlisi
palatalari apparatlari hamda Vazirlar Mahkamasi apparati, Qoraqalpog`iston
Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va Vazirlar Kengashi Raisining topshiriqlariga
muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalari har tomonlama va o`z vaqtida
tayyorlanishini talab qilish;
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish tendentsiyalarining, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida
iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishining tizimli monitoringi olib borilishi,
Vazirlar Kengashi Raisining ko`rib chiqishi va qaror qabul qilishini talab
etuvchi muammoli masalalarning kelib chiqishi sabablari o`z vaqtida aniqlanishi
va takliflar tayyorlanishi;
davlat organlari
va boshqa tashkilotlar tomonidan Vazirlar Kengashiga kiritiladigan takliflar va
hujjatlar sifatli va o`z vaqtida ishlab chiqilishining tashkil etilishi,
ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o`tkazilishi,
shuningdek, asoslangan xulosalar tayyorlanishi;
O`zbekiston
Respublikasi Prezidenti Devoniga, Oliy Majlisi palatalariga va Vazirlar
Mahkamasiga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va Vazirlar
Kengashiga ko`rib chiqish uchun kiritiladigan hujjatlar va takliflar
loyihalarini ishlab chiqish va ekspertizadan o`tkazish sifati, shuningdek,
kiritilgan loyihalar va qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishining
ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari;
O`zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro intizomini
mustahkamlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi 12-sonli qaroriga muvofiq ijro
intizomi ta`minlanishini nazorat qilish;
O`zbekiston
Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi qonunlari, O`zbekiston
Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Oliy Majlisi
palatalarining qarorlari va topshiriqlarining, Vazirlar Mahkamasining
qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, Qoraqalpog`iston Respublikasi
Jo`qorg`i Kengesi qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, Vazirlar
Kengashi Raisi va uning o`rinbosarlari topshiriqlarining davlat organlari va
boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishi holatlarini o`rganib boradi.
4-bob. Guruhining tuzilmasi
9. Tashkiliy-nazorat
guruhi tuzilmasiga guruh rahbari, bosh mutaxassisi, etakchi mutaxassisi va
1-toifali mutaxassislar kiradi.
Tashkiliy-nazorat
guruhining tuzilmasi Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi tomonidan
tasdiqlanadi.
10. Tashkiliy-nazorat
guruhining ishlari ushbu Nizomga muvofiq tashkil etiladi.
11. Tashkiliy-nazorat
guruhi o`z faoliyatida Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga bo`ysunadi.
Tashkiliy-nazorat
guruhi rahbari Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi bilan kelishgan
holda Vazirlar Kengashi Raisining qarori bilan lavozimga tayinlanadi va
lavozimdan ozod etiladi.
5-bob. Guruhining faoliyatini tashkil etish
12. Tashkiliy-nazorat
guruhining ishlari O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi
Konstitutsiyalariga, “Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida”gi O`zbekiston
Respublikasi Qonuniga, O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston
Respublikasining boshqa qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalarining qarorlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari
va topshiriqlariga, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari,
farmoyishlari va topshiriqlariga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i
Kengesi va Vazirlar Kengashi Raisining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek,
Vazirlar Kengashining ish rejasi asosida tashkil etiladi.
13. Guruh
rahbari:
Guruhga bevosita
rahbarlik qiladi, o`z mutaxassislarining ishlarini tashkil qiladi hamda
tashkiliy-nazorat guruhiga mazkur Nizomda belgilangan va yuklangan vazifalar
hamda funktsiyalarning bajarilishi yuzasidan shaxsan javob beradi;
kiritilgan
takliflar va hujjatlar loyihalarini ko`rib chiqishda davlat printsiplariga
qat`iy rioya qilinishini ta`minlaydi, ularning ekspert jihatidan ishlab
chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza
qo`yadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi
yuzasidan tizimli nazoratni ta`minlaydi;
tasdiqlangan
tuzilmaga va shtatlar ro`yxatiga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan
nomzodlar, mutaxassislarning kasbiy darajasini va ish malakasini oshirish, ularni
rag`batlantirish va ularga jazo choralari ko`rish bo`yicha takliflarni puxta
ishlab chiqadi va kiritadi;
mutaxassislar
o`rtasida vazifalar taqsimotini, shuningdek, bo`linmaning yarim yillik ish
rejasi loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlashga kiritadi, mutaxassislarning
ish rejalarini tasdiqlaydi;
Vazirlar Kengashi
Raisi yoki uning o`rinbosari o`tkazadigan yig`ilishlarda, shu jumladan har
haftalik apparat yig`ilishlarida va komissiyalar majlislarida, shuningdek,
kotibiyatning ish yuritish sohasiga kiruvchi masalalar bo`yicha o`tkaziladigan
boshqa yig`ilishlarda qatnashadi;
ish yuritishni
belgilangan tartibda olib borishni ta`minlaydi, chiquvchi xat-xabarlarni
imzolaydi.
14. Tashkiliy-nazorat
guruhining bosh mutaxassisi, etakchi mutaxassisi,
1-toifali mutaxassislari:
Bevosita guruh
rahbarining rahbarligida ish olib boradi;
funktsional
vazifalarga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab
chiqilishi, ishonchliligi va o`z vaqtida tayyorlanishi hamda funktsional
vazifalarga muvofiq topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi
yuzasidan nazoratning ta`minlanishi uchun shaxsan javob beradi;
tegishli davlat
organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va
hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular bo`yicha tahliliy
materiallarni va ekspert takliflarni tayyorlaydi, shuningdek, ularning qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda zarur tarzda kelishilishini ta`minlaydi;
qabul qilingan
hujjatlar bo`yicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab
chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, iqtisodiyotning
tegishli tarmoqlari va sohalari bo`yicha - O`zbekiston Respublikasi qonunlari,
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O`zbekiston
Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O`zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari,
Vazirlar Kengashi Raisi hujjatlari bajarilishini tahlil qiladi;
tegishli
funktsional masalalar va hujjatlar bo`yicha tizimlashtirilgan ma`lumotlar
bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda
yangilanishini tashkil etadi;
davlat va xo`jalik
boshqaruvi organlarining tegishli hududiy bo`linmalari, shaharlar va tumanlar
hokimliklari apparatlarining tarkibiy bo`linmalari (iqtisodiy, moliyaviy va
huquqiy xizmatlar) ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda
o`rganadi, ular faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar
kiritadi;