14.12.2024, Shanba

Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali


Kaipbergenov Batirbek Tulepbergenovich

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali direktori

Manzil: 

230100, Nukus shahri, A.Dosnazarov ko'chasi 74-uy

Telefon:

E-mail:

0(361) 222-49-10

kbatyrbek@umail.uz

Qabul kunlari:

Dushanba, Chorshanba, Juma 10:00-12:00, 15:00-17:00

 



Seytkamalov Xayratdin Maulenovich

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali O'quv va ilmiy ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari

Manzil:

230100, Nukus shahri, A.Dosnazarov ko'chasi 74-uy

Telefon:

E-mail:

0(361) 222-46-12

sxayrat@inbox.uz

Qabul kunlari:

Seshanba 10:00-12:00, 15:00-17:00

 



Oteniyazov Rashid Idrisovich

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali Ma'naviy va ma'rifiy ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari

Manzil:

230100, Nukus shahri, A.Dosnazarov ko'chasi 74-uy

Telefon:

E-mail:

0(361) 222-49-11

oteniyazov.rashid@mail.ru

Qabul kunlari:

Payshanba 10:00-12:00, 15:00-17:00

 



Kalimbetov Nietbay Iskenderovich

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali Moliya va iqtisod ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari

Manzil:

230100, Nukus shahri, A.Dosnazarov ko'chasi 74-uy

Telefon:

E-mail:

0(361) 222-14-19

kniyetbay@umail.uz

Qabul kunlari:

Shanba 10:00-12:00, 15:00-17:00

 


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOShKENT AXBOROT TEXNOLOGIYaLARI UNIVERSITETI NUKUS FILIALI


NIZOMI


 


I. Umumiy qoidalar


1.       Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 1955 yilda tashkil etilgan bo'lib, respublikada axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida tayanch oliy ta'lim muassasasi hisoblanadi.


2.       Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali quyidagi asosiy normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq faoliyatini amalga oshiradi:


-       O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 maydagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to'g'risida”gi PF-3080-son Farmoni;


-       O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 2 iyundagi “Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida” gi PQ-91-son qarori;


-       O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 26 martdagi “Axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 

PQ-1942-son qarori;


-       O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 12 iyundagi “Oliy ta'lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-4732-son Farmoni;


-       O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi “Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida”gi PF-4958-son Farmoni;


-       O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 martdagi “Toshkent axborot texnologiyalari universitetining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-2834-son qarori;


-       O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 

6 iyundagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to'g'risida”gi 200-son qarori;


-       O'zbekiston Rsepublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 

7 noyabrdagi “Toshkent axborot texnologiyalari universiteti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 385-son qarori;


-       O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 

28 dekabrdagi “Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o'tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 365-son qarori;


-       O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 

28 iyundagi “Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallari faoliyati tuzilmasini tashkil etish to'g'risida”gi 

188-son qarori;


-       O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 

27martdagi “Davlat va xo'jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi bo'yicha malakasini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 73-son qarori.


3.  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialining o'zbek, rus va ingliz tillaridagi rasmiy to'liq nomlari quyidagicha:


O'zbek tili, kiril alifbosida – “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali”;


O'zbek tili, lotin alifbosida – “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali”;


Rus tilida – “Nukusskiy filial Tashkentskogo universiteta informatsionыx texnologiy imeni Muhammada al-Xorazmiy”;


Ingliz tilida – “Tashkent University of  Information Technologies Nukus branch named after Mukhammad al-Khorazmy”.


4.  “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialining qisqartirilgan nomi:


-         O'zbek tilida (lotin alifbosida) – TATU Nukus filiali (TATU Nukus filiali);


-         Rus tilida – Nukusskiy filial TUIT;


-         Ingliz tilida –TUIT Nukus branch.


Mazkur Nizomda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali keyingi o'rinlarda – Filial deb yuritiladi.


5.  Filial respublika davlat oliy ta'lim muassasasi hisoblanib, oliy ta'limning davlat ta'lim standartlari hamda o'quv kurslari va dasturlari doirasida ta'lim-tarbiya jarayonini amalga oshirish faoliyati bilan shug'ullanadi.


Shuningdek, O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq o'quv-uslubiy, ilmiy-pedagogik, ilmiy-tadqiqot va ma'naviy – ma'rifiy hamda tarbiyaviy faoliyatini amalga oshiradi.


6.  Filial o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O'zbekiston Respublikasining “Ta'lim to'g'risida”gi Qonuni, O'zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to'g'risida”gi Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari va farmoyishlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining me’yoriy-huquqiy hujjatlari, O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining (keyingi o'rinlardagi matnda – Vazirlik deb yuritiladi) buyruq, ko'rsatmatlariga va mazkur Nizomga amal qiladi.


7.  Filial yuridik shaxs hisoblanadi. Operativ boshqaruvida o'ziga xos maxsus mol-mulkka ega va ushbu mol-mulk bo'yicha o'z majburiyatlariga muvofiq javob beradi, o'z nomidan mol-mulk sotib olishi va mulkiy hamda nomulkiy huquqlarni amalga oshirishi, zimmasiga majburiyat olishi, sudda da'vogar va javobgar bo'lishi mumkin.


Mustaqil balansga, bank muassasalarida hisob-kitob va boshqa, shu jumladan valyuta bo'yicha hisob raqamlariga, O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o'z nomi yozilgan muhrga, shtamplar va boshqa rekvizitlarga ega.


8.  TATU Nukus filialining yuridik manzili va rekvizitlari:


230100, Nukus shahri, A.Dosnazarov ko'chasi, 74 uy.


Toshkent shahri, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi G'aznachiligi


x/r 23402000300100001010      STIR: 201122919


100010860354017094100078001 byudjet


O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki MFO: 00014


STIR: 205771844


OKONX: 92110


 


II. Filialning asosiy vazifalari


 


9.       Filialning asosiy maqsadi va vazifalari quyidagilardan iborat:


-       shaxsning intellektual, ilmiy, madaniy va ma'naviy, ahloqiy kamol topishiga oliy ta'lim va oliy ta'limdan keyingi ma'lumot olishi orqali erishish;


-       har tomonlama shakllangan sodiq shaxsni, mustaqil davlat fuqarosini, o'z Vatani fidoyisi, xalq, jamiyat va oila oldidagi o'z mas’uliyatini his qiluvchi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qiluvchi, xalq an’analarini boyituvchi va mustahkamlovchi, Vatanimiz kelajagi uchun vijdonan va halol mehnat qiluvchi etib shakllantirish;


-       ilmiy-pedagogik xodimlar va ta'lim oluvchilarning tadqiqotlari va ijodiy faoliyatlari orqali fanni taraqqiy ettirish, olingan natijalardan ta'lim jarayonida mumkin qadar foydalanish;


-       iqtisodiyotning muvofiq sohalarida oliy ma'lumotli, ilmiy salohiyatli mutaxassislarni va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;


-       jamiyatning ahloqiy, madaniy, ma'rifiy va ilmiy qadriyatlarini saqlash hamda boyitish;


-       aholi o'rtasida bilimlarni tarqatish, uning ma'naviy-ma'rifiy va madaniy darajasini ko'tarish;


-       yoshlar qalbida istiqlol g'oyalariga sadoqat, vatanparvarlik va fidoyilik tuyg'ularini shakllantirish, ularni mustabid tuzum yillarida qatag'on qilingan fidoiy vatandoshlarimiz xotirasiga hurmat-ehtirom ruhida komil inson sifatida tarbiyalash;


-       ta'lim tizimini etakchi davlatlarning ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, mamlakatimizdagi barcha turdosh universitetlar uchun o'quv, ilmiy-uslubiy, ma'naviy-ma'rifiy masalalar yuzasidan tayanch, etakchi oliy ta'lim muassasasi sifatida faoliyat ko'rsatish;


-       jahon andozalariga mos ilmiy – tadqiqot ishlarini olib borish, yangi yo'nalishdagi ilmiy maktablarni shakllantirish;


-       rivojlangan mamlakatlarning universitetlari hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan ilm-fan va oliy ta'lim sohasida o'zaro teng manfaatli hamkorlikni amalga oshirish;


-       iqtisodiyotning etakchi tarmoqlari va sohalarida ta'lim, ilm-fan va ishlab chiqarishning mustahkam aloqalarini ta'minlash;


-       axborot – kommunikatsiya texnologiyalari sohasida respublika va xalqaro ko'lamda ilmiy – amaliy anjumanlar tashkil etish;


-       oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida, shu jumladan, dasturiy mahsulotlarni yaratish borasida tanlov va olimpiadalar o'tkazish;


-       Respublikada iqtidorli talabalar uchun ta'sis etilgan nomdor davlat stipendiyalari, turli mahalliy va xorijiy stipendiyalarni, shuningdek Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiyasiga Filial talabalarini keng jalb qilishda faol ishtirok etish;


-       Respublikaning etakchi olimlari, xususan, akademiklar va fan arboblari ishtirokida Filial talabalari, yosh olimlar, professor-o'qituvchilar bilan ilmiy uchrashuvlar hamda davra suhbatlarini tashkil etish;


-       matematik modellashtirish, algoritmlash va kriptologiya sohalarida, kompyuter va dasturiy injiniring, telekommunikatsiya va televizion texnologiyalari, axborot xavfsizligi yo'nalishlarida zamonaviy o'quv adabiyotlarini ishlab chiqish, ularning multimediali avlodlarini yaratish hamda talabalar, olimlar va pedagoglarning ushbu o'quv adabiyotlaridan erkin foydalanishlari uchun ularni elektron resurslarga joylashtirish;


-       ommaviy axborot vositalarida hamda ZiyoNet milliy ta'lim tarmog'ida ulug' alloma, qomusshunos olim Muhammad al-Xorazmiyning hayoti va ijodini yorituvchi maqola va materiallarni berib borish;


-       zamonaviy texnologiyalarga asoslangan ilm-fanning yangi qirralarini tadqiq etish uchun yangi o'quv va ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini tashkil etish;


-       iqtidorli talabalar, yosh olimlar va professor-o'qituvchilarning istiqbolli ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari va ilmiy maqolalari davriy ravishda e’lon qilib boriladigan “Muhammad al-Xorazmiy avlodlari” nomli ilmiy jurnalni ta'sis etish;


-       Filialda turli ilmiy-amaliy va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni amalga oshirish;


-       davlat va xo'jalik boshqaruvi, mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari va mutaxassislarning o'z faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va Internet tizimini samarali qo'llash bo'yicha amaliy ko'nikmalarni hosil qilish;


-       davlat va xo'jalik boshqaruvi, mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari va mutaxassislarning kurslar yakunlari bo'yicha axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida bilimlar va ko'nikmalar darajasini xolisona baholashdan iborat.


 


III. O'quv-tarbiyaviy va ilmiy-uslubiy ishlarning sub’ektlari,


ularning huquq va majburiyatlari


a) Talabalar:


10.  Talaba – O'zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga qabul qilish bo'yicha Davlat komissiyasining bayoni bilan talabalikka tavsiya etiladi va universitet rektorining buyrug'i bilan o'qishga qabul qilingan shaxs hisoblanadi. Talabaga talabalik guvohnomasi hamda reyting daftarchasi beriladi.


11.  Filial talabalari quyidagi huquqlarga ega:


-       ta'lim, fan, madaniyat, texnika, iqtisodiyotni, ijtimoiy va boshqa sohalarni rivojlantirishning zamonaviy tendentsiyalariga muvofiq bilimlarni olish;


-       Filial axborot-resurs markazlari xizmatlaridan, shu jumladan o'quv-metodik va ilmiy adabiyotlardan, shuningdek mazkur ustavda belgilangan tartibda boshqa turdagi xizmatlardan bepul foydalanish;


-       Filial miqyosida o'tkaziladigan ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqotishlarida, konferentsiyalar va simpoziumlar hamda madaniy-ma'rifiy tadbirlar ishtirok etish;


-       o'z ilmiy-tadqiqot ishlarini ilmiy nashrlarda chop etishga taqdim etish;


-       Filial rahbariyatining qarorlaridan norozi bo'lgan taqdirda tegishli idoralarga belgilangan tartibda shikoyat qilish;


-       talabalar uchun qonunchilikda belgilangan tartib va miqdorlardagi stipendiya, Davlat stipendiyasi, Vazirlikning stipendiyasi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiyani hamda o'qishga yo'llagan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tayinlanadigan stipendiyalarni olish;


-       ta'lim jarayoni samaradorligi va ta'lim sifatini oshirish yuzasidan o'z taklif-mulohazalarini, tanqidiy fikrlarini belgilangan tartibda ta'lim muassasasi, fakultet dekani va kafedra mudiriga bildirish va ularning ko'rib chiqilishini talab qilish;


-       Filialda qonuniy ravishda faoliyat yuritayotgan jamoat birlashmalariga a'zo bo'lish va ular ishida qatnashish xuquqiga egadirlar.


Shuningdek, talaba sifatli va yuqori saviyada bilim olishi, tanlagan ixtisosligi bo'yicha yuqori malakali mutaxassis bo'lib etishishi uchun zarur bo'lgan qonun hujjatlariga zid bo'lmagan boshqa huquqlardan foydalanishga haqlidir.


Talaba o'z huquqlarini suiste’mol qilmasligi, bu huquqlardan o'zga shaxslar manfaatiga zid maqsadlarda foydalanmasligi shart.


12.       Salomatligini tiklash, homiladorlik va tug'ish hamda bola parvarishlash ta'tillari davrida talabaga O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi va boshqa tegishli davlat idorasi tomonidan tasdiqlangan tartib asosida akademik ta'til berilishi mumkin. I-bosqich talabalariga akademik ta'til istisno hollarda, qat’iy yakka tartibda beriladi.


13.  O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlariga muvofiq, kunduzgi ta'lim shaklida ta'lim olayotgan talabalarga oliy ta'lim muassasasida o'qiyotgan davri davomida harbiy xizmatga chaqirish muddatini kechiktirish imkoni beriladi.


14.  Turar joyga muhtoj talabalar Filial tasarrufida talabalar turar joyi mavjud bo'lsa (yashash o'rinlari soni doirasida) joy bilan ta'minlanadi va ular belgilangan tartib-qoidalarga amal qilishlari talab qilinadi. Talabalar turar joylarida talabalarga kommunal-maishiy xizmatlar uchun to'lovlarni inobatga olib, Filial tomonidan belgilanadi va talabalar bilan tegishli shartnomalar tuziladi. Talabalar turar joylari maydonidan boshqa maqsadlarda foydalanish (ijaraga berish va hokazo boshqa kelishuvlar)ga ruxsat etilmaydi.


15.   Filial talabalari safidan chetlashtirilgan shaxslar, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari asosida qayta o'qishga tiklanish uchun murojaat qilish huquqiga ega.


16.  Filial talabalarining majburiyatlari:


-       tegishli ta'lim yo'nalishi hamda mutaxassisligi bo'yicha o'quv rejalari va dasturlarida nazarda tutilgan bilimlarni egallash va o'zlashtirish;


-       o'quv rejada nazarda tutilgan barcha turdagi topshiriqlarni belgilangan muddatlarda bajarish, shuningdek bitiruv malakaviy ishi hamda magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash;


-       Filialning nizom talablariga va ichki mehnat tartib qoidalariga rioya etish.


Talabalarga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.


17.   O'zbekiston Respublikasi Hukumati Qarorlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari, talabalarni o'qish vaqti hisobidan ta'lim jarayoni bilan bog'liq bo'lmagan ishlarga jalb etish man etiladi.


18.  Ushbu Nizom va Filialning ichki mehnat tartib-qoidalarida nazarda tutilgan majburiyatlarni buzgan taqdirda, talabaga nisbatan quyidagi intizomiy jazo choralari qo'llaniladi:


-         ogohlantirish e’lon qilish (bir o'quv semestri davomida 12 soatdan ortiq darslarni uzrli sabablarsiz qoldirganligi uchun);


-         hayfsan e’lon qilish (bir o'quv semestr davomida 36 soatdan ortiq darslarni uzrli sabablarsiz qoldirganligi uchun, o'quv intizomini va universitetning ichki tartib-qoidalarini buzganligi uchun).


19.  Talaba quyidagi hollarda talabalar safidan chetlashtirilishi mumkin:


a) o'z hohishiga binoan;


b) o'qishning boshqa ta'lim mussasasiga ko'chirilishi munosabati bilan;


v) salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma'lumotnomasi asosida);


g) akademik o'zlashtira olmaganligi (qarzdorligi) uchun;


d) o'quv intizomini va oliy ta'lim muassasasining ichki tartib-qoidalarini buzganligi uchun;


e) bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;


j) o'qish uchun belgilangan to'lov amalga oshirilmaganligi sababli (to'lov-kontrakt bo'yicha tahsil olayotganlar uchun);


z) talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;


i) vafot etganligi sababli.


Filial ma'muriyati tashabbusi bilan talabalarni o'qishdan chetlashtirish Birlashagan kasaba uyushmalari qo'mitasi raisi bilan (kasaba uyushmasi a'zosi bo'lgan talabalar uchun) kelishilgan holda amalga oshiriladi. Shuningdek, talaba mazkur qoidalarning 18-bandi “d” kichik bandiga ko'ra, ya’ni o'quv intizomini va Filialning ichki tartib-qoidalarini buzganligi uchun chetlashtirilayotgan holda, Filialning “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang'ich tashkiloti bilan ham kelishilishi mumkin.


Talabaga qo'llanilgan intizomiy jazo chorasining qonuniyligi va adolatliligi yuzasidan u norozilik bildirishi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda murojaat etishi mumkin.


Talabaga nisbatan qo'llanilgan intizomiy jazo yuzasidan ma'lumot uning shaxsiy yig'ma jildida saqlanadi.


Intizomiy jazolar talabalarning kasallik yoki ta'tilda bo'lgan vaqti hisobga olinmagan holda, hatti-harakat aniqlangandan so'ng bir oydan va hatti-harakat sodir etilganidan so'ng olti oydan kechiktirilmay qo'llaniladi. Talabalar kasallik paytida, akademik ta'til yoki homiladorlik va tug'ish holati bilan bog'liq bo'lgan ta'til paytlarda talabalar safidan chetlashtirilishi mumkin emas.


Kasalligi tufayli darslarga qatnashmayotgan talaba (yoki uning ota-onasi) bir hafta muddatdan kechiktirmasdan fakultet rahbariyatiga bu haqda xabar beradi va talaba o'qishga kelgan kuni tegishli tibbiy ma'lumotnomani taqdim etadi.


b) Tinglovchilar:


20.  TATU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi, “Elektron hukumat” o'quv markazi va “O'zbek-Hind” axborot texnologiyalari o'quv markaziga Filialdan yuborilgan o'qiyotgan shaxslar, shuningdek, TATU Nukus filiali qoshidagi “Elektron hukumat” o'quv markazi bo'linmasida o'qiyotgan shaxslar –tinglovchilar hisoblanadi. Tinglovchilarning maqomi ta'lim xizmatlarini olish qismi bo'yicha Filialda ishdan ajralgan holda, ta'lim olayotgan talabaning maqomi bilan tenglashtiriladi.


Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibi, tinglovchilarni o'qitish shartlari va huquqlari qonun hujjatlariga muvofiq, tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi.


v) Universitet tomonidan ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash hamda oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim tizimi:


21.  O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi “Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida”gi PF-4958-son Farmoni talablariga muvofiq, universitetda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish hamda ilmiy pedagogik salohiyatini takomillashtirish asosida zarur choralar ko'riladi.


22.  Filial tomonidan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tizimi:


dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmog'i bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi tayanch doktoranturaga nomzod yuborish;


dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmog'i bo'yicha fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi doktorantura tizimiga nomzod yuborish asosida amalga oshiriladi.


23.  TATUning Ixtisoslashtirilgan ilmiy kengashi tomonidan:


tegishli fan tarmog'i bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi magistr darajasiga yoki oliy ma'lumotga (mutaxassislik dasturlari bo'yicha) ega bo'lgan o'rnatilgan talablar bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyani himoya qilgan shaxslarga ilmiy darajalar beriladi;


fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasi fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda berilgan, unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega bo'lgan va o'rnatilgan talablar bo'yicha fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyani himoya qilgan shaxslarga ilmiy darajalar beriladi.


Tayanch doktoranturaga magistr darajasiga yoki oliy ma'lumotga (mutaxassislik dasturlari bo'yicha) ega bo'lgan shaxslarni o'rnatilgan talablarga muvofiq TATUdagi katta ilmiy xodim izlanuvchilar institutiga yuboriladi.


Doktoranturaga fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda berilgan, unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega bo'lgan shaxslarni o'rnatilgan talablarga muvofiq TATUdagi katta ilmiy xodim izlanuvchilar institutiga yuboriladi.


Filial tomonidan o'rnatilgan tartibda mustaqil tadqiqotchi sifatida rasmiylashtirilgan, magistr darajasiga yoki oliy ma'lumotga (mutaxassislik dasturlari bo'yicha) ega bo'lgan shaxslarga ham falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini himoya qilishga ruxsat beriladi.


Shuningdek, o'rnatilgan tartibda mustaqil tadqiqotchi sifatida rasmiylashtirilgan, falsafa doktori (PhD) yoki fan nomzodi, yoki xorijiy davlatlarda berilgan, unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega bo'lgan shaxslarga ham fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini himoya qilishga ruxsat beriladi.


g) Filial professor-o'qituvchilari tarkibi, ma'muriy-boshqaruv, muhandislik-texnika, o'quv-yordamchi, yordamchi-ishchi hamda xo'jalik xizmati xodimlari:


24.  Filialda professor-o'qituvchilar tarkibi, assistent-o'qituvchilar, ilmiy xodimlar, muhandislik-texnika, ma'muriy-boshqaruv, ishlab chiqarish, o'quv-yordamchi, yordamchi-ishchixodim, xo'jalik xizmati xodimlari lavozimlari mavjud.


Professor-o'qituvchilar tarkibiga kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o'qituvchi va assistent lavozimlari kiradi (assistent-o'qituvchi lavozimi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 

1 avgustdagi “Respublika oliy ta'lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to'lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to'g'risida”gi 

164-son qaroriga asosan kiritilgan).


25.  Professor-o'qituvchilar tarkibidagi lavozimlarni egallash O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevral 

20-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy talim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi” to'g'risidagi Nizomiga muvofiq, tanlov asosida amalga oshiriladi (O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 25 avgustdagi 246-sonli sonli qarori).


26.  Filialning professor-o'qituvchilar tarkibi va ilmiy xodimlari quyidagi huquqlarga ega:


- belgilangan tartibda Filial va fakultet Kengashlariga saylash va saylanish;


- Filial faoliyatiga taalluqli masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;


- Filial Axborot-resurs markazidan, shuningdek, ijtimoiy-maishiy, tibbiy va boshqa bo'limlar xizmatidan jamoa shartnomasiga muvofiq foydalanish;


- o'qitishning uslub va vositalarini tanlash, o'quv va ilmiy jarayonning yuqori sifatini ta'minlovchi ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;


- Filial ma'muriyatining buyruq va farmoyishlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda murojaat qilish;


- qonunchilikda belgilangan tartibda tanlovlarda qatnashish, lavozimlarni egallash;


- o'zlari ishlayotgan kafedra, fakultetdan tashqari boshqa fakultet, kafedra, tashkilotlarda o'rindoshlik asosida ishlash (asosiy ish joyi bilan kelishilgan holda);


- xorijiy hamkasblarning sohaga doir ilmiy va o'quv-uslubiy adabiyotlari bilan tanishish va ular bilan fikr almashish;


- o'z fani bo'yicha sifatli darsliklar va o'quv qo'llanmalarni tayyorlash;


- nazariy bilimlarini amaliy tajribasini, ilmiy tadqiqot olib borish uslubini, pedagogik mahoratini takomillashtirib borish;


- talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;


- grantlar, ilmiy loyihalar, xo'jalik shartnomalarida ishtirok etish;


- O'zbekiston Respublikasining ta'lim sohasiga oid qonunchiligida belgilangan boshqa huquqlardan foydalanish.


27.  Professor-o'qituvchilar va ilmiy xodimlarining majburiyatlari quyidagilardan iborat:


-       ta'lim to'g'risidagi qonunchilik, mehnat va texnologiya intizomi, mazkur Nizom va ichki mehnat tartib-qoidalariga qat’iy rioya qilish;


-       o'zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish va o'qituvchilik sha'niga dog' tushirmaslik;


-       ish jarayonida muloqot qiladigan muassasa xodimlari, talabalari va boshqa shaxslar bilan xushmuomala munosabatda bo'lish;


-       ish beruvchining qonuniy farmoyishlarini bajarish, har yili tasdiqlanadigan shaxsiy reja asosida o'quv-uslubiy, ilmiy va ma'naviy-ma'rifiy ishlarni o'z vaqtida va sifatli bajarish, xususan:


a) o'quv yuklamalar hajmini, o'quv-uslubiy, ilmiy, tashkiliy ishlarni tasdiqlangan shaxsiy reja asosida bajarish va ma'naviy-ma'rifiy ishlarda ishtirok etish;


b) darslik, o'quv qo'llanma tayyorlash, o'quv adabiyotlar, ilmiy maqolalar, monografiyalar yozish;


v) tarbiyaviy ishlarni olib borish, talabalar bilan ma'naviy-ma'rifiy ishlarda bevosita ishtirok etish, shu jumladan darsdan tashqari vaqtlarda o'tkaziladigan tadbirlarda;


d) Filial Kengashi tomonidan tasdiqlangan kafedra ilmiy seminarlarida ishtirok etish;


e) o'z malakasini muntazam ravishda oshirish;


-           mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalarga rioya qilish;


-           muassasaning mol-mulkini avaylash, undan oqilona foydalanish;


-           ish beruvchiga bevosita etkazilgan haqiqiy moddiy zararni qoplash;


-           muassasa jamoatchilik ishlarida qatnashish;


-           pedagogik va ilmiy jarayonning samaradorligini ta'minlash;


-           respublika iqtisodiyotining etakchi tarmoqlari va sohalarining rivojlantirish uchun zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari sharoitida ta'lim oluvchilarning tanlagan yo'nalishi (mutaxassisligi) bo'yicha yuksak kasbiy tayyorgarlikni, mehnatga bo'lgan qobiliyatni shakllantirish;


-           chet tili va axborot texnologiyalaridan savodxonligini oshirib borish;


-           ta'lim oluvchilarda mustaqil fikrlash, tashabbuskorlik, ijodiy qobiliyatni shakllantirish;


-           o'zining odobi, madaniyati, ma'naviy saviyasi bilan o'rnak bo'lish;


-           kiyinish madaniyatiga rioya etish;


-           respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar va jahonda ro'y berayotgan yangiliklardan xabardor bo'lish;


-           darslarni o'z vaqtida boshlash va tugatish hamda yuqori saviyada o'tish;


-           fan yo'nalishiga tegishli yangi manbalarni topish va ular bilan talabalarni tanishtirib borish;


-           har o'quv yili boshlanguniga qadar shaxsiy ish rejasini shakllantirish, o'zi o'qitadigan fan(lar)ning ishchi o'quv dasturi, kalendar rejasi va reyting nazoratlari jadvalini ishlab chiqish va kafedra majlisida tasdiqlash;


-           guruh jurnallarini belgilangan talablar asosida o'z vaqtida to'ldirib borish;


-   reyting tadbirlarini o'z vaqtida o'tkazish;


-   talabalar bilimini xolisona baholash;


-   dars jarayonida yangi innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo'llash;


-   ilmiy salohiyat va pedagogik mahoratini oshirish;


-   talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;


-   oliy ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarda faol qatnashish.


28.       Filial professor-o'qituvchilarining chet el xizmat safarlari O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, vazirlikning tegishli hujjatlari va boshqa huquqiy-me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.


29.  Filialning ma'muriy-xo'jalik, muhandislik-texnika, o'quv-yordamchi va boshqa xizmat xodimlarining huquq va majburiyatlari oliy ta'lim muassasasining ichki mehnat tartib-qoidalari va lavozim Yo'riqnomalari bilan belgilanadi.


IV. O'quv-tarbiyaviy va ilmiy-uslubiy ishlar


30.  Filialda quyidagi ta'lim yo'nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari bo'yicha ta'lim jarayoni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta'limning davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to'g'risida» 2001 yil 16 avgustdagi 343-son qaroriga, shuningdek oliy ta'limni boshqarish bo'yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan o'quv rejalari va dasturlariga muvofiq tashkil etiladi.



Oliy ta'lim (bakalavriat va magistratura):


a)  ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta'lim shakli (bakalavriat - kunduzgi)



Yo'nalish shifri va nomi


1


5330500- Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi”,


“AT-Servis”)


2


5350100-Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”)


3


5350400- Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta'limi


4


5330600- Dasturiy injiniring


5


5330300-Axborot xavfsizligi (sohalar bo'yicha)



b) ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta'limshakli (bakalavriat - maxsus sirtqi)



Yo'nalish shifri va nomi


1.


Yo'q


 v)  ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta'lim shakli (Magistratura - kunduzgi)



Mutaxassislik shifri va nomi


1.                


5A330501-Kompyuter injiniringi (“Kompyuter tizimlarini loyihalash”)


V. Filial hududi va xonalarida telefonlardan foydalanish


31.  Filial hududiga kirib kelishda har bir ta'lim oluvchi, xodim, keluvchi va boshqa shaxslar o'z telefoni abonentining chaqiruv ovozini "ovozsiz" rejimga o'tkazishi zarur.


32.  Filialda o'tkaziladigan o'quv mashg'ulotlari va tadbirlar (saflanish, tarbiyaviy soatlar, bayram, sport tadbirlari va shu kabilar) boshlanishidan oldin ta'lim oluvchilar, telefonini portfeli, sumkasi va shu kabilarga solib qo'yishi shart.


33.       Ta'lim oluvchilarga quyidagilar qat’iyan taqiqlanadi:


- telefonini bo'yniga osib olish, ko'krak cho'ntaklarida, shim, yubkalari cho'ntaklarida va shu kabilarda saqlash;


- telefon akkumulyatorini zaryadlash uchun ta'lim muassasasi elektr tarmoqlariga ulash;


· telefoni yordamida:


- atrofdagilarga zo'ravonlik, shafqatsizlik, pornografiyani targ'ib qiluvchi video va suratlarni namoyish qilish;


- Universitetning nufuziga, shu jumladan zo'ravonlik va vandalizm holatlarini suratga olish va ularni atrofdagilarga namoyish etish yo'li bilan zarar etkazish;


· o'quv mashg'ulotlari vaqtida:


- telefon orqali so'zlashish hamda SMS (MMS) va boshqa turdagi (ijtimoiy tarmoqlarga kirish) xabarlarni jo'natish;


- telefonni stol ustiga qo'yish;


- musiqani, shu jumladan quloqchinlarorqali tinglash;


- surat va video tasvirlarni ko'rsatishda telefondan foydalanish (o'yinlar bilan shug'ullanish), tasvir (matn, rasm, videoyozuv va fotosuratlar) ko'rish, diktofon, kalkulyator, kalendar, bloknot, yon daftarcha kabilar sifatida foydalanish;


- suratga olish va video tasvirga tushirish;


- telefon (GPRS, Bluetooth, Internet va shu kabilar) orqali boshqa xizmatlardan foydalanish.


34.  Filialda ta'lim oluvchilarga mashg'ulotlar va tadbirlar oralig'ida faqat asosli va kechiktirib bo'lmaydigan zarur holatlarda ota-onasi (ularning o'rnini bosuvchilar), yaqin qarindoshlari, ta'lim muassasalarining rahbarlari yoki xodimlari bilan zudlik bilan bog'lanish maqsadida telefonlardan foydalanishga (qo'ng'iroq qilishga, SMS, MMS, GPRS jo'natishga, Bluetooth, Internet va shu kabilar xizmatidan foydalanishga) ruxsat etiladi.


35.  Mashg'ulotlar, turli tadbirlar va tanaffus paytida telefon orqali so'zlashish uchun xonadan yo'lakka yoki foyega chiqish, past ovozda qisqa muloqot qilish zarur.


36.  Favqulodda vaziyatlar vujudga kelgan taqdirda, Filialda telefondan foydalanish cheklanmaydi.


37.  Telefonning saqlanishi uchun faqat uning egasi javob beradi.


38.  Nizom talablarini buzgan ta'lim oluvchilarga nisbatan quyidagi ta'sir ko'rsatish choralari qo'llanadi:


- ogohlantirish;


- hayfsan.


39. Nizom va Filialning ichki mehnat tartib-qoidalari qo'pol ravishda buzgan talabalarning ota-onalarini (ularning o'rnini bosuvchi shaxslarni) xabardor qilish yoki tushuntirish suhbati o'tkazish uchun Filialga chaqirtirilishi mumkin.


40. Nizom talablarini buzgan talabalarga nisbatan Filialning Ichki mehnat tartib-qoidalariga muvofiq choralar ko'riladi.


41. Ushbu Nizom talablari buzilgan taqdirda, Filialning har qanday pedagog xodimi ta'lim oluvchidan telefonni olib qo'yish, ushbu Nizom talablarini buzganlik holati to'g'risida bildirishnoma rasmiylashtirish va uni telefon bilan birga fakultetning dekaniga yoki dekan o'rinbosariga, murabbiyga berish, Nizom talablari buzilganligi holatlari to'g'risida ogohlantirish berish huquqiga ega.


42. Ushbu Nizom talablarining har qanday buzilishi Filialning fakultetlarida tuziladigan dekan rahbarligidagi komissiya tomonidan, kurs murabbiysi (kurator), ta'lim oluvchining ota-onalari (ularning o'rnini bosuvchi shaxslar) ishtirokida, shuningdek kafedra yoki fakultet majlisida muhokama qilinadi.


43. Nizomning mazkur talablariga rioya etilishini Filial direktor o'rinbosarlari, fakultet dekanlari va ularning o'rinbosarlari nazorat qiladi.


44. Filial ta'lim oluvchilarga tegishli bo'lgan telefonlarning saqlanishi uchun javob bermaydi, telefonlarning olib qo'yilishi hollari bundan mustasno.


45. Filial Nizomi talablari har yili imzo qo'ydirilgan holda, har bir ta'lim oluvchiga etkaziladi.


46. Filial ta'limning asosiy ta'lim dasturlarini ikki bosqichda amalga oshiradi: bakalavriat va magistratura.


Bakalavriat – ta'lim yo'nalishi bo'yicha fundamental va amaliy bilimlar beruvchi, o'qish muddati 4 yildan kam bo'lmagan tayanch oliy ta'limdir.


Bakalavriat dasturini tugatgan bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakunlariga asosan ta'lim yo'nalishi bo'yicha “bakalavr” darajasi beriladi hamda davlat namunasidagi diplom topshiriladi.


Magistratura – yo'nalishning muayyan mutaxassisligi bo'yicha fundamental va amaliy bilimlar beruvchi, bakalavriat negizida, o'qish muddati 2 yildan kam bo'lmagan oliy ta'limdir.


Magistratura dasturini tugatgan bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakunlariga asosan tayyorlangan muayyan mutaxassislik bo'yicha “magistr” darajasi beriladi va davlat namunasidagi diplom topshiriladi.


Bakalavr va magistrlik davlat namunasidagi diplom uning egalariga kasbiy faoliyat bilan shug'ullanish yoki tanlangan ta'lim yo'nalishiga va mutaxassisligiga muvofiq ta'lim muassasalarining navbatdagi bosqichlarida o'qishni davom ettirish huquqini beradi.


Oliy ta'limning turli bosqichida asosiy ta'lim dasturlari bo'yicha dastlabki ta'lim olish, ikkinchi oliy ta'lim olish sifatida qaralmaydi.


47. Filialda ta'lim jarayonini tashkil etish, tayanch oliy ta'lim muassasasi tomonidan ishlab chiqiladigan va o'rnatilgan tartibda tasdiqlanadigan davlat ta'lim standartlari, o'quv rejalari va fanlarning dasturlari, Filial direktori (o'quv va ilmiy ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari) tomonidan tasdiqlangan yillik kalendar o'quv jadvali hamda mashg'ulotlar jadvali bilan tartibga solinadi.


Filial tomonidan ta'lim jarayonini maqsadli yo'naltirish yo'li bilan tashkil etish, ya’ni ta'lim shakllari, uslub va vositalarini tanlash yo'li bilan talabalarga oliy ta'limning asosiy kasbiy ta'lim dasturlarini o'zlashtirish uchun zaruriy sharoitlarni yaratib berilishi lozim.


Ta'lim-tarbiya jarayonining birligi davlat ta'lim standartlari bilan ta'minlanadi. Filialning ijtimoiy-iqtisodiy va gumanitar fanlari kafedralari, ma'naviy-ma'rifiy va sport bo'g'inlariga, talabalar va boshqa jamoatchilik tashkilotlariga, rahbarlik qilish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirib borish Ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari tomonidan amalga oshiriladi.


48. Filialda o'quv mashg'ulotlarining quyidagi asosiy turlari belgilangan: ma'ruza, amaliy mashg'ulot, laboratoriya ishi, seminar, nazoratlar, amaliyot, kurs loyihasi (kurs ishi), maslahatlar, mustaqil ish, bitiruv malakaviy ishi hamda magistrlik dissertatsiyasi.


Auditoriya mashg'ulotlarining barcha turlari uchun 80 minutlik tanaffussiz qo'shma dars soati belgilangan. O'quv mashg'ulotlari orasidagi tanaffus kamida 10 daqiqa bo'ladi.


Ta'lim va tarbiya olib boriladigan tillar: qoraqalpoq, o'zbek, rus hamda ingliz tili hisoblanadi.


49. Filialda kadrlar tayyorlash ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda olib boriladi.


Oliy ta'limning asosiy kasbiy ta'lim dasturi doirasida ta'lim olishning barcha shakllari uchun o'rnatilgan tartibda ishlab chiqilgan va “O'zstandart” agentligida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan Davlat ta'lim standarti qo'llaniladi.


50. Filialda o'quv yili ikki semestrga bo'linadi va uning har birida talabalarning o'zlashtirishi reyting nazoratlari natijalari asosida yakunlanadi.


O'zlashtirish natijalariga ko'ra, talabalarni kursdan kursga o'tkazish fakultet dekanining tavsiyasiga binoan direktor buyrug'i asosida amalga oshiriladi. Talabalarni kursdan kursga shartli o'tkazish mumkin emas.


Oliy ta'limning dasturlarini o'zlashtirish, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan va Adliya vazirligidan davlat ro'yxatidan o'tkazilgan “Oliy ta'lim muassasalari talabalari bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to'g'risidagi Nizom”ga muvofiq tartibga solinadi, “O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi” to'g'risidagi Nizomga asosan bitiruvchilarning yakuniy attestatsiyasi bilan tugallanadi.


51. Filialda ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalari, ta'limni individuallashtirish va mustaqil ta'lim olish vositalarini, modul tizimi hamda masofaviy ta'lim berishni qo'llash hisobiga mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishga yo'naltirilgan ilmiy-uslubiy ishlar amalga oshiriladi.


VI. Filial tarkibi

52. Filialning tashkiliy tuzilmasi tarkibiga quyidagilar kiradi:


a) direktsiya, bo'limlar, foydalanish xo'jalik xizmati, o'quv-ishlab chiqarish bazasi, markazlar


1. Direktor; Direktorat; Filial Kengashi; Vasiylik Kengashi;


2. Direktor o'rinbosarlari;


3. Yurist maslahatchi;


4. Filial Kengash kotibi;


5. Kotib-ish yurituvchi;


6. Monitoring va ichki nazorat sektori;


8. O'quv-metodik bo'limi;


9. O'quv-yordamchi bo'limi


10. Marketing bo'limi;


11. Kadrlar bo'limi;


14. Hisob-kitob bo'limi;


15. Ma'naviyat va ma'rifat hamda iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo'limi;


16. Axborot texnologiyalar markazi;


17. Birinchi bo'lim;


18.  Devonxona va arxiv;


20. Axborot resurs markazi;


21. Ekspluatatsion-texnik va xo'jalik bo'limi;


23. Fakultet;


Ilmiy laboratoriyalar, markaz va bo'limlar hamda fakultetlar nomi, tarkibi o'zgarishi, tugatilishi, qayta tashkil qilinishi mumkin.


b) Fakultet:


1. Kompyuter injiniring fakulteti


v) Kafedralar –6 ta:


Kompyuter injiniring fakulteti kafedralari:


1.  Axborot ta'lim texnologiyalari


2.  Axborot texnologiyalari


3.  Telekommunikatsiya injiniringi


4.  Dasturiy injiniring


5.  Tabiiy va umumiy kasbiy fanlar


6.  Gumanitar va ijtimoy fanlar



Kafedralar nomlari o'zgarishi, qo'shilishi, bo'linishi, yangi kafedralar tashkil qilinishi mumkin.


Kafedra fakultet tuzilishidagi bir necha turdosh fanlar bo'yicha o'quv, ilmiy-uslubiy, ma'naviy-ma'rifiy ishlarni olib boruvchi, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlovchi hamda ularning malakasini oshiruvchi asosiy tuzilma hisoblanadi.


Kafedra o'z faoliyatini “Oliy o'quv yurtlari kafedralari“ to'g'risidagi Nizomga asosan amalga oshiradi.


VII. Oliy ta'lim muassasasini boshqarish



53. Filialni boshqarish O'zbekiston Respublikasi Qonunchiligi hamda ushbu Nizomga muvofiq yakka rahbarlik va oliy ta'lim muassasasining Kengashi, Vasiylik kengashi orqali jamoatchilik boshqaruvini uyg'unlashtirish tamoyili asosida amalga oshiriladi.


54. Filialni bevosita boshqarish O'zbekiston Respublikasi Prezidentning 1992 yil 9 mart 137-son Farmoyishida belgilangan tartib asosida tayinlanadigan direktor tomonidan amalga oshiriladi.


Direktor Filial faoliyatiga, shuningdek, Filialning ichki mehnat tartib-qoidalari, “Oliy ta'lim to'g'risidagi Nizom” hamda mazkur Nizomda belgilangan majburiyatlar uchun to'la mas’uldir.


Direktor O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq Filial nomidan ish olib boradi, barcha idoralar, muassasalar, korxonalarda uning vakili sifatida qatnashadi, Filialning mol-mulkiga mas’ullik qiladi, shartnomalar tuzadi, ishonchnomalar beradi, bank muassasalarida Filialning hisob raqamlarini ochadi, moliyaviy mablag'lardan o'rnatilgan tartibda foydalanish bo'yicha farmoyishlar beradi



55. TATU Nukus filiali direktorining vakolati doirasida:


-       Filialning barcha xodimlari, talabalari va boshqa ta'lim olayotganlar uchun majburiy bo'lgan buyruqlar chiqaradi va topshiriqlar beradi;


-       TATU rahbariyati bilan kelishilgan holda, fakultet dekanlari va bosh hisobchini lavozimiga tayinlaydi hamda lavozimidan ozod qiladi va muayyan vazifalari hamda mas’uliyatlarini belgilaydi;


-       Filial xodimlari va xizmatchilarini, shuningdek ilmiy-pedagogik xodimlarini O'zbekiston Respublikasi Mehnat qonunchiligi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda ishga olish va ishdan bo'shatishni amalga oshiradi;


-       Filialda ish hajmi kattaligi sababli direktor bo'lmagan vaqtlarda o'quv, ma'muriy-boshqaruv, ilmiy, texnik, yordamchi-ishchi hamda xo'jalik xodimlarini ishga qabul qilish, ishdan bo'shatish hamda turli mazmundagi buyruqlar va hujjatlarga imzo chekish vakolati bilan Filial reglamentiga ko'ra, qonunda belgilangan tartibda o'quv va ilmiy ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari va o'quv va ilmiy ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari yo'q bo'lgan vaqtlarda boshqa direktor o'rinbosarlari tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin;


-       Filial tarkibiga kirgan ilmiy-tadqiqot, tajriba-eksperimental hamda boshqa tuzilma va bo'linmalarning vazifalarini belgilaydi va ular to'g'risidagi Nizomlarni tasdiqlaydi;


-  Filial xodimlarining lavozim maoshlariga har oylik ustamalar va qo'shimchalarni belgilaydi;


-       Filialning Boshlang'ich kasaba uyushmasi bilan kelishgan holda ichki mehnat tartib qoidalarini tasdiqlaydi;


-       Filialning amaldagi Qonun hujjatlari yoki vazirlikning me’yoriy-huquqiy hujjatlari buzilgan holda, chiqarilgan buyruqlarini bekor qiladi;


-       Filialda namunaviy shtat birliklariga muvofiq, ajratilgan mablag'lar hamda ish haqi fondi, xodimlarining tasdiqlangan soni va lavozim maoshlari, tarif setkasi doirasida oliy ta'lim muassasasi professor-o'qituvchilari tarkibi va shtat birligini tasdiqlaydi hamda lavozim maoshlarini belgilaydi;


- Filial Kengashining tavsiyasiga ko'ra, o'rnatilgan tartibda tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq, fakultet va kafedralarni ochish (tashkil etish), birlashtirish, ajratish va yopish(tugatish) qarorlarini tasdiqlaydi.


56. “Oliy ta'lim to'g'risidagi Nizom”ga muvofiq, Filial faoliyatining asosiy masalalarini ko'rish uchun Filial Kengashi tashkil etiladi.


Nizom bo'yicha Filial Kengashi tarkibiga direktor kiradi va Filial Kengash raisi hisoblanadi, shuningdek, direktor o'rinbosarlari, etuk mutaxassislar, fakultetlar dekanlari, Filial tarkibiga kiruvchi tashkilot va tarmoqlar rahbarlari, mutaxassis tayyorlovchi kafedralar mudirlari, Filial talabalari va xodimlari kasaba uyushmalarining vakillari kiradi. Filial Kengashining boshqa a'zolari umumiy majlisda (konferentsiyada) yashirin ovoz berish yo'li bilan saylanadi.


57. Boshqaruvchi jamoatchilik organi sifatida Filialda Vasiylik kengashi tashkil etilgan va uning tarkibiga muassis-vazirliklar, mahalliy hokimiyat, ishbilarmon doiralar, jamoatchilik tashkilotlari, jamg'arma va vasiylar, boshqa ta'lim muassassalarining vakillari kirishi mumkin.


Vasiylik kengashining tarkibi, vakolatlari, shakllantirilishi va faoliyati “Vasiylik kengashi to'g'risidagi Nizom” bilan belgilanadi.


58. Filialda Boshlang'ich kasaba uyushmasi va boshqa jamoatchilik tashkilotlari faoliyat ko'rsatadi. Talabalar va xodimlar manfaatlarini himoyalashni talabalar va xodimlar kasaba uyushmalari hamda ularning saylangan organlari amalga oshiradi. Talabalar va xodimlar vakolat organlarining huquqlari va ularga nisbatan Filial ma'muriyatining majburiyatlari quyidagilardir:


Boshlang'ich kasaba uyushmasi qo'mitasi huquqlari:


-       Filial professor-o'qituvchilari, xodimlari, talabalariga moddiy yordam ko'rsatish va rag'batlantirishni tashkil etish;.


-       muzokaralar olib borish, jamoa shartnomalari va kelishuvlarini tuzish, Ish beruvchiga Filialda normativ hujjatlar yuzasidan takliflar kiritish va ishlash;


-       jamoa a'zolaridan kelgan shikoyat, arizalarni o'z vaqtida ko'rib chiqish;


-       Filialni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir masalalarni ko'rib chiqishda qatnashish;


-       mehnat nizolarini ko'ruvchi organlarda xodimlar manfaatini himoya qilish va qonunchilikda belgilangan boshqa huquqlardan foydalanish.


Filial majburiyatlari:


-       xodimlarning vakolatli organi sifatida Boshlang'ich kasaba uyushmasi qo'mitasini huquqlariga rioya qilish va uning faoliyatiga ko'maklashish;


-       xodimlar va talabalar manfaatlariga taalluqli bo'lgan qarorlarni qabul qilishdan oldin ularning vakillik organlari bilan maslahatlashish, mehnat to'g'risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda ko'rsatilgan hollarda esa, ularning roziligini olish;


-       Boshlang'ich kasaba uyushmasi qo'mitasining takliflarini o'z vaqtida ko'rib chiqish va qabul qilingan qarorlar xususida asosli javob berish;


-       xodimlar va talabalar vakillik organlariga o'z vazifalarini bajarishlari uchun zarur sharoit yaratib berish;


-       xodimlarning vakillik organlariga nisbatan mehnat to'g'risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarish.


Filial “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Inson huquqlari bo'yicha vakil, Xotin-qizlar qo'mitasi va boshqa jamoa tashkilotlari faoliyat ko'rsatib keladi. Amaldagi nizomlarga muvofiq, Filial ilmiy va ixtiyoriy jamiyatlar, ilmiy-uslubiy, ilmiy-texnik kengashlar va komissiyalar, yosh olimlar kengashi tashkil etilishi mumkin.


Direktsiya va Filial Kengashi o'z faoliyatida oliy ta'lim muassasasi jamoatchilik tashkilotlarining tavsiyalarini ko'rib chiqadi va o'z faoliyatlarida ularni hisobga oladi.


59. Filial faoliyatini yo'nalishlar bo'yicha boshqarish direktor tomonidan hamda O'quv va ilmiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari, Ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari, Moliya-iqtisod ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari tomonidan amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 9 mart F-137-son farmoyishiga muvofiq, oliy ta'lim muassasasining direktor o'rinbosarlari, Filialning direktor o'rinbosarlari, direktor tavsiyasiga ko'ra, TATU rahbariyati bilan kelishilgan xolda tayinlanadi. Direktor o'rinbosarlari vakolatlari Filial Ichki mehnat tartib qoidalari va boshqa oliy ta'limga oid me’yoriy hujjatlar bilan belgilanadi.


60. Filialning fakultetini TATU rahbariyati bilan kelishilgan holda direktor tomonidan tayinlanadigan dekan boshqaradi.


Fakultet dekani o'z faoliyatida “Oliy ta'lim muassasasining fakulteti to'g'risidagi Nizom” ga amal qiladi.


“Oliy ta'lim muassasasining fakulteti to'g'risidagi Nizom” ga muvofiq fakultetda Ilmiy Kengash tashkil etilishi mumkin.


Fakultet Ilmiy Kengashining tarkibi, vakolatlari, shakllantirishi va faoliyatining tartibi “Oliy ta'lim muassasasi fakultetining Ilmiy Kengashi to'g'risidagi Nizom” bilan belgilanadi.


Kafedra faoliyatiga O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Nizomga muvofiq tanlov asosida Filial Kengashi tomonidan saylanadigan mudir rahbarlik qiladi.


Kafedra mudirining vakolatlari va kafedraning faoliyati “Oliy ta'lim muassasasining kafedrasi” to'g'risidagi Nizom bilan belgilanadi.


VII. Moliya-xo'jalik faoliyati va moddiy-texnikaviy baza


61. Filial ushbu Nizomda nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadida tezkor boshqarish huquqi bilan davlat (ta'sischi) tomonidan binolar, inshootlar, mulkiy majmualar, Filial pasportiga muvofiq asbob-uskunalar, shuningdek iste’mol, ijtimoiy, madaniy va boshqa maqsadlar uchun zarur bo'lgan mulklar biriktirilgan. Filial faqat O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan amalga oshiriladigan davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan ob’ektlar qatoriga kiritilgan.


Filialga ajratilgan er uchastkalari muddatsiz va beg'araz (tekin) foydalanish uchun biriktirilgan.


62. Filialga jismoniy va yuridik shaxslardan sovg'a, hadya yoki vasiyat bo'yicha berilgan pul mablag'lari, mol-mulk va boshqa mulkiy ob’ektlarga, oliy ta'lim muassasasi faoliyatining samarasi hisoblangan intellektual va ijodiy mahsulotlarga, shuningdek o'z faoliyati orqali oladigan daromadlar va bu daromadlar hisobidan sotib olinadigan mulkiy ob’ektlarga egalik qilish huquqi berilgan.


63. Filial mol-mulkni ijaraga oluvchi va mol-mulkni ijaraga beruvchi sifatida faoliyat ko'rsatish huquqiga ega. O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan “Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to'g'risida Nizom”ga muvofiq oliy ta'lim muassasasi o'ziga biriktirilgan ijaraga berilishi qonun hujjatlariga zid bo'lmagan binolar, inshootlar va ularning qismlari, asbob-uskunalar, transport vositalari shaklidagi davlat mulki va boshqa mol-mulklarni Filial Kengashning roziligi bilan tasarruf etish huquqisiz, belgilangan narxlar bo'yicha ijaraga berishni amalga oshiradi.


Ijara haqi sifatida olingan mablag'lardan ta'lim jarayonini ta'minlash va uni rivojlantirish uchun foydalaniladi.


64. Filialning ta'lim faoliyatini moliyaviy ta'minlash davlat grantlari asosida mutaxassislar tayerlash uchun ajratilgan byudjet mablag'lari, davlat tomonidan belgilangan normativlardan kelib chiqqan holda qayta tayyorlash va xodimlarning malakasini oshirish hisobiga ajratilgan mablag'lar, shuningdek byudjetdan tashqari mablag'lar, jumladan talabalar va tinglovchilarni o'qitish uchun belgilangan tartibda olingan to'lov-shartnoma asosidagi mablag'lar hisobiga amalga oshiriladi.


65. Filialning asosiy faoliyatiga zarar etmaydigan tartibda ta'lim va boshqa sohalarda pullik xizmat faoliyatini amalga oshirish mumkin. Oliy ta'lim muassasasi shug'ullanadigan tadbirkorlik faoliyati uning Nizomida belgilangan vazifalarga mos kelishi kerak.


Filial o'z mulki bilan xo'jalik jamiyatlari va shirkatlarning ustav jamg'armasida qatnashish, pullik ta'lim xizmatlari, maslahatlar va boshqa xizmatlar uchun narxlarni belgilash, soliq va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa majburiy to'lovlardan so'ng qolgan daromadni mustaqil tasarruf etish huquqiga ega.


Filialning pullik ta'lim xizmatlari ko'rsatishni byudjetdan ajratiladigan mablag'lar hisobidagi ta'lim faoliyati doirasida va uning o'rniga amalga oshirilishi mumkin emas.


Filial O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga hamda mazkur Nizomga zid bo'lmagan shartnomalarni tuzish, majburiyatlar va boshqa shartlarni belgilash bo'yicha masalalarni mustaqil hal qiladi.


66. Filialda lavozim maoshlari mehnat sharnomasi (bitimi) tuzilayotganda “Oliy ta'lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to'lash to'g'risida Nizom” va mehnatga haq to'lashning yagona tarif setkasiga muvofiq belgilanadi. Filial xodimiga lavozim maoshi o'z funktsional vazifalarni hamda mehnat shartnomasida nazarda tutilgan ishlarni bajarganligi uchun to'lanadi. Qo'shimcha maosh, ustama va boshqa moddiy rag'batlantirish tadbirlarining hajmini Filial mustaqil, ish haqi fondi doirasida qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va hajmda belgilaydi. Belgilangan maoshlar attestatsiya natijasiga ko'ra qayta ko'rib chiqilishi mumkin.


67. Filialda tashkil etilgan jamoat tashkilotlariga faoliyat ko'rsatishlari uchun zarur bo'lgan xonalar ajratiladi va ularning tozaligini ta'minlash tashkil etiladi.


Filial qoshidagi tibbiy-sanitar muassasasiga, shuningdek, uning hududida joylashgan yoki Filialning balansida bo'lgan hamda talaba, tinglovchi va xodimlarga xizmat ko'rsatuvchi oshxona va boshqa umumiy ovqatlanish muassasalariga isitish, yoritish va suv ta'minoti bilan ta'minlangan xonalar ajratiladi.


Filial va uning hududiy filiallarining tegishli binolarini ta'mirlash, rekonstruktsiya qilish yoki yangilarini qurish, ularning moliyaviy ta'minoti qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi, istisno tariqasida va zarur hollarda Vasiylik Kengashi bilan ham kelishilishi mumkin.


IX. Xalqaro hamkorlik


68. Filial O'zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq, ushbu Nizomda nazarda tutilgan va “Ta'lim to'g'risida”gi Qonun hamda “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da belgilangan vazifalarni bajarishga, shuningdek xalqaro aloqalarni rivojlantirishga yo'naltirilgan tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug'ullanish huquqiga ega.


Chet el fuqarolarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ta'lim muassasasi ilmiy-pedagogik xodimlarining O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida o'qituvchilik va ilmiy-tadqiqotchilik ishlari davlatlararo organining xorijiy davlatlarning ta'limni boshqarish bo'yicha tegishli organlari orasidagi shartnomalar, shuningdek Filialning qonunchilikka muvofiq, chet el fuqarolari va xorijiy yuridik shaxslar bilan bevosita tuzgan shartnomalari asosida amalga oshiriladi.


69. Filial quyidagi huquqlarga ega:


-xalqaro nodavlat tashkilotlarga kirish;


- O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari deb qaralishi mumkin bo'lmagan, xorijiy sheriklar bilan hamkorlikdagi faoliyat to'g'risida belgilangan tartib asosida shartnomalar tuzish;


- xorijiy sheriklar ishtirokida oliy ta'lim muassasasining tarkibiy bo'linmalari (markazlar, laboratoriyalar, texnik saroylar va boshqa bo'linmalar)ni qonunchilikda ko'zda tutilgan tartibda tashkil etish;


- O'zbekiston Respublikasi “Ta'lim to'g'risida”gi Qonunining 

33-moddasiga muvofiq ta'lim muammolari yuzasidan xalqaro hamkorlikda ishtirok etish, chet davlatlarning tegishli o'quv yurtlari bilan bevosita aloqalar o'rnatish, qonun xujjatlarida belgilangan tartibda ular bilan qo'shma o'quv yurtlari tashkil etish;


- Filialning Kengashining qaroriga binoan xorijiy davlatlarning oliy o'quvyurtlari bilan hamkorlik to'g'risidagi tuzilgan shartnomalar asosida o'zaro manfaatli ilmiy tadqiqotlar o'tkazish, fakultet, kafedralar tashkil etish, ilmiy tadbirlar o'tkazish;


- Filial va xorijiy davlat oliy o'quv yurtlari talabalari, stajer-tadqiqotchi-izlanuvchilar va katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, pedagogik va ilmiy xodimlari bilan ikki tomonlama almashish dasturlarini tashkil etish;


70. Filial xodimlarining chet elga xizmat safarlari O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, (Vazirlikning tegishli xujjatlari asosida) amalga oshiriladi.


Filial dekanlari, kafedra mudirlari, professor-o'qituvchilar, dotsentlar, katta o'qituvchilar, assistent-o'qituvchilar, stajer-tadqiqotchi izlanuvchilar, stajyorlar va talabalarni (bakalavr va magistr) xorijiy safarlarga yuborish vazirlik va tegishli vazirliklar (tashkilotlar) kelishuvi bilan amalga oshiriladi.


71. Xorijiy safarlarga yuborilgan professor-o'qituvchilar, stajer-tadqiqodchi izlanuvchilar va talabalar (bakalavrlar va magistrlar) bajarish lozim bo'lgan reja ishlarini bajarmagan holda va o'z hatti-harakatlari bilan Filial sha'niga putur etkazgan holatlarda, ularga nisbatan qonunchilik asosida tegishli choralar ko'riladi.


72. Filialning tashqi iqtisodiy faoliyatidan tushgan valyuta, moddiy tushumlari qonunchilikka binoan, uning Nizomida belgilangan faoliyatini ta'minlash uchun ishlatiladi.


 


X. Yakuniy qoidalar


 


73. Filial O'zbekiston Respublikasining qonunchiligida belgilangan tartibda qo'yidagilarga javobgar hisoblanadi:


- uning vakolatiga kiritilgan vazifalarni bajarmaganligi;


- ta'lim jarayonida o'quv reja va jadvallarga muvofiq ta'lim dasturlari hajmini to'liq bajarmaganligi;


- ta'lim jarayoni vaqtida Filialda ta'lim oluvchilar va xodimlarining hayoti va sog'lig'i;


- ta'lim oluvchilar va Filial xodimlarining huquq va erkinliklarning buzilganligi;


- O'zbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa xatti-harakatlar.


74. Filial O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartib asosida qayta tashkil qilinishi yoki tugatilishi mumkin.


75. Filial Nizomiga o'zgartirish yoki qo'shimchalar kiritish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



O'quv va ilmiy ishlar bo'yicha


direktor o'rinbosari                                         X.M.Seytkamalov


 


Ma'naviy-ma'rifiy ishlari


bo'yicha direktor o'rinbosari                                     U.Yu.Turumbetov


 


Moliya-iqtisod ishlari


bo'yicha direktor o'rinbosari                                      N.I.Kalimbetov