Rahbar: | Ismailov Amat Kurbanbaevich | |
e-pochta: | ishlar_bosh@karakalpakstan.uz, mdjumaniyazov@umail.uz | |
Telefon: | 0(361) 222-56-07 | |
Manzil: | 203103, Nukus shahri, G'arezsizlik ko'chasi, 50 uy |
Ishlar
Boshqarmasining funktsional vazifalari to`g`risida
N I Z O M
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom
Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Ishlar Boshqarmasi
funktsional vazifalarini belgilaydi.
2. Qoraqalpog`iston
Respublikasi Vazirlar Kengashining Ishlar Boshqaruvchisi Qoraqalpog`iston
Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi Raisi va Vazirlar Kengashi Raisiga hisobot
beradi.
3. Ishlar Boshqarmasi o`z
faoliyatida O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi
Konstitutsiyalari va qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
va Qonunchilik palatasining qarorlariga va boshqa hujjatlariga, O`zbekiston
Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar
Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Qoraqalpog`iston Respublikasi
Jo`qorg`i Kengesining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Vazirlar Kengashining
qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladi.
4. Ishlar Boshqaruvchisi
Vazirlar Kengashi mas`ul xodimlari talab darajasida faoliyat yuritishi va
ishlarning tashkil etilishi holati uchun shaxsan javob beradi, tegishli davlat
va xo`jalik boshqaruvi organlari, tashkilotlarning faoliyati muvofiqlashtirilishi
va nazorat qilinishini, Ishlar Boshqarmasining faoliyatiga taalluqli masalalar
bo`yicha Vazirlar Kengashiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining
har tomonlama ko`rib chiqilishini ta`minlaydi.
5. Vazirlar Kengashi
faoliyatini axborot-tahliliy, huquqiy, tashkiliy-texnik va moliyaviy-xo`jalik
jihatidan ta`minlaydi, Vazirlar Kengashi majlislarini uning reglamentiga
muvofiq tashkil etadi, Vazirlar Kengashi Raisining hujjatlari loyihalarini
tayyorlaydi, ularni amalga oshirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni ishlab
chiqadi va ijroni muntazam ravishda tekshirib beradi.