14.12.2024, Shanba

Qoraqalpog'iston Respublikasi Suv xo'jaligi vaziriligi huzuridagi Orol bo'yi delta irrigatsiya tizimi boshqarmasi

­­­­­­­­


Qayipbergenov Maman Jiemuratovich

 Qoraqalpog'iston Respublikasi Suv xo'jaligi vaziriligi huzuridagi Orol bo'yi delta irrigatsiya tizimi boshqarmasi rahbari

 Manzil:

 230100, Nukus shahri, Jayxun guzari ko`chasi 13 uy

 Telefon:

 0(361) 229 30 08

 E-mail:

 m.qayipbergenov@umail.uz

Qabul kunlari:

 

Dushanba  10:00-12:00

 

 

 



Xudaybergenov Baxtiyar Qadirbaevich

Oral buyi del`ta boshqarmasi rahbari wrinbosari

 Manzil:

 230100, Nukus shahri, Jayxun guzari ko`chasi 13 uy

 Telefon:

0(361) 229 08 58

 E-mail:

b.khudaybergenov@umail.uz

Qabul  kunlari:

Juma  10:00-12:00

 

 Orol buyi delta boshqarmasining boshlig'ining vazifalari



O'zbekston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 21-martdagi PF-3226 sonli farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 21-iyuldagi 320-sonli qarori, Uzbekston Respublikasi Qishloq va suv xo'jaligi vazirligining 2003 yil 29-iyuldagi 121-sonli buyruqlarida belgilab berilgan Suv xo'jaligi sohasida yakka strategik siyosatni shakllantirish va Suv xo'jaligi tarmog'idan foydalanish va zamoniviylashtirilishini ta'minlaydi.


Orol buyi delta boshqarmasining faoliyatida umumiy boshchilik qiladi. Boshqarish printsiplari asosida er usti suv resurslarining Davlat boshqaruvini amalga oshiradi va barcha darajadagi suv iste’molchilariga bozor islohotlarini joriy etishni tashkillashtiradi.


Havza boshqarmasida tuzilgan Suv xo'jaligi Kengashining a'zosi hisoblanib, uning bilan birga ish olib borish yunalishlarin muvofiqlashtiradi hamda u asosida qabul qilingan komissiya qarorlarining ijrosini ta'minlaydi.


Quyi Amudaryo irrigatsiya tarmoqlari havza boshqarmasi bilan kelishilgan holda ob’ektlarning ekspluatatsiya harajatlari, saqlash, kapital va joriy ta'mirlash ishlari uchun Respublika byudjetining maqsadli ishlatilishiga shaxsan javobgar va tegishli moliyaviy hujjatlariga qo'l quyadi.


Orol buyi delta boshqarmasi tomonidan tuziladigan har qil shartnomalarni, Havza boshqarmasi tomonidan yozma hulosa va fikrlarni keltirilgan tavsiyonomalarni ko'rib chiqib rozilik yoki rad etish buyicha Havza boshqarmasiga takliflar kiritadi.


Orol buyi delta boshqarmasining boshlig'i o'rinbosari, bosh buxgalteri va ekspluatatsiya va ta'mirlash ishlari buyicha bosh mutaxassis lavozimlariga tanlov asosida tayorlash uchun nomzodlarni Quyi Amudaryo irrigatsiya tarmoqlari xavza boshqarmasiga tavsiya qiladi.


Shuningdek boshqarmaning shtat jadvali buyicha takliflarni O'zbekston Respublikasi Qishloq va Suv xo'jaligi vazirligida tasdiqlash uchun xavza boshqarmasiga yuboradi.


Orol buyi delta boshqarmasi boshqaruv apparati shtat jadvalini Suv xo'jaligi bosh boshqarmasi bilan kelishilgan holda zaruriyat tug'ilganda, shtatdagi xodimlarning belgilangan sonini va mehnatga haqi to'lash fondi doirasida tasdiqlangan smeta harajatlariga o'zgartirishlar kiritish huquqiga ega.


Boshqarma apparati va tarmoqlari xodimlarini tanlov asosida lavozimlarga tayinlaydi.


Shuningdek boshqarma apparati bo'limlari va tarmoqlari to'g'risidagi nizomini tasdiqlaydi.


Boshqarmaning O'zbekston Respublikasi qonun hujjatlari buzilgan joylarda qabul qilingan qarorlarini (ko'rsatmalarini) bekor qiladi.


O'zining ish faoliyati doirasida qonun hujjatlarda belgilangan boshqada huquqlarga ega.


Orol buyi delta boshqarmasi  rahbar xodimlari va mutaxassislarini «Suv xo'jaligi a'lochisi»  ko'krak nishoni, faxriy yorlig'i hamda davlat mukofotlari bilan mukofotlash uchun Havza boshqarmasiga takliflar kiritadi.


Qoraqolpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengashiga, Qoraqolpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga va Havza boshqarmasiga yuborilayotgan xat va  ma'lumotlarga qo'l quyadi va apparat majlisini o'tkazadi.


Orol buyi delta boshqarmasi boshqaruv apparati, buxgalteriyasi, ekspluatatsiya va ta'mirlash ishlari, kadrlar ish yuritish va yuridik xizmatlarining ish faoliyatiga to'g'ridan-to'g'ri rahbarlik qiladi. Boshqarma tasarrufiga kiruvchi tarmoqlarining ish faoliyatida o'zining o'rinbosari orqali rahbarlik qiladi. 


Orol buyi delta boshqarmasi boshlig'i o'rinbosarining vazifalari.


 


Quyi Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig'i bilan kelishilgan holda boshqarma buyicha muommalarni hal qiladi. Nazoratda bo'lgan hujjatlarning ijrosini ta'minlashga ma'sul va quyidagi bo'limlarga to'g'ridan-to'g'ri rahbarlik qiladi va boshqaradi.


Orol buyi delta boshqarmasi boshqaruv apparatining:


- Ekspluatatsiya va ta'mirlash ishlari;


- Avtomexkolonna;


- Kichik xodimlar va xizmat ko'rsatish xodimlariga to'g'ridan-to'g'ri rahbarlik qiladi.


O'zining huquqlari va vazifalari doirasida Respublikaning boshqa vazirlik va idoralar bilan muloqotda bo'lish, hamkorlikda takliflar tayorlashga va ko'rib chiqish uchun boshqarma boshlig'iga kiritishga;


Boshqarma tomonidan tegishli ravishda Hukumat qarorlarining, farmoyishlarining bajarilishini tahlil qiladi. Boshqarma tarmoqlaridan kelib tushgan xat va shikoyatlarni ko'rib chiqadi va boshqarma boshlig'iga taklif kiratadi;


Boshqarmaga tegishli masalalar buyicha tarmoqlardan ma'lumot olish va ularga topshiriqlar berishga, shuningdek boshqarma boshlig'i bilan kelishilgan holda mavjud muommolarni echish maqsadida tekshirishlar, suhbatlar va seminarlar o'tkazishga;


Boshqarma balansidagi gidrotexnik inshootlarning, dambalarning avtotransport va texnikalarning ishlash samaradorligini orttirish rejalari, miqdorlari va harajatlarining umumiy yillik hisobini aniqlaydi;


Suv xo'jaligi ob’ektlarini foydalanishga sarf qilingan mehnat, moddiy texnik resurslari, byudjet mablag'larining hisob-kitobini aniqlaydi va chora-tadbirlar tuzadi hamda ta'mirlash ishlarining bajarilishini ta'xminlaydi;


Boshqarma balansidagi suv xo'jaligi ob’ektlarining kompleksli ta'mirlash ishlarini tashkillashtirish va monitoring olib borish, ulardan ishonchli foydalanishni tashkillashtirish, avtomatika, telemexanika va aloqaning yangi turlari va boshka asbob-uskunalar, texnologiyalarni joriy etilishi va bajarilgan ish hajmlarining loyiha-smeta hujjatlariga mos kelishini nazorat qiladi;


Gidrotexnik inshootlardan foydalanishni  takomillashtirish maqsadida ta'mirlash ishlariga tayorlangan loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o'tkazish, gidrotexnika inshootlarini pasportlashtirish buyicha zarur chora-tadbirlarining ishlab chiqarilishini va bajarilishini tashkillashtiradi.


Avtotransport, mexanizatsiya va ta'minot ishlarining rivojlantirishda yagona texnikaviy siyosat va texnika taraqqiyoti natijalarini joriy etish buyicha xizmat bo'limlarining ish samaradorligini oshirish choralarini ko'radi;


Orol buyi delta boshqarmasi apparati xodimlarining ish faoliyatida zarur shart-sharoitlar yaratib beri shva barcha xodimlar tomonidan ijro va tartib intizomga qat’iy rioya qilinishini nazorat qiladi.