14.12.2024, Shanba

Kadastr agentligining Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi

Tlewov Isatay Abdigalievich

Kadastr agentligining Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi boshlig'i

 Manzil:

230100, Nukus shahri, Taxiatash guzori, 9/1 uy

 Telefon:

0(361) 226 27 82

 E-mail:

kr­_boshqarma@umail.uz

Qabul kunlari:

Dushanba-juma 10:00-12:00

 

 

 

 

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi er resurslari va davlat kadastri boshqarmasi boshlig`ining funktsional vazifalari

 

er resurslaridan oqilona foydalanish, geodeziya va kartografiya sohasi faoliyati bo`yicha yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirilishini ta`minlash;

erdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish bo`yicha tizimli davlat nazoratini, davlat geodeziya nazoratini qonun hujjatlari talablariga so`zsiz rioya etilishi yuzasidan uni buzganlik uchun aybdor shaxslarni ma`muriy javobgarlikka tortish orqali amalga oshirish;

er resurslaridan oqilona foydalanish, erlarni saqlash va muhofaza qilish, tuproq unumdorligini oshirish, geodeziya va kartografiya faoliyati samaradorligini kuchaytirish bo`yicha davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

davlat er kadastrini, davlat kartografiya-geodeziya kadastrini, binolar va inshootlar davlat kadastrini, hududlar davlat kadastrini, shuningdek, Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish;

davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;

uchuvchisiz apparatlardan foydalangan holda qishloq xo`jaligi erlarini, qishloq xo`jaligi ekinlarini ekish va parvarishlashni monitoring qilish, geodeziya ma`lumotlari va kartografiya materiallaridan foydalangan holda sun`iy yo`ldosh navigatsiya tizimi ishlashini ta`minlash;

ko`chmas mulk ob`ektlarining elektron ma`lumotlar bazasini, ko`chmas mulk bahosini bozor qiymatida baholashga bosqichma-bosqich o`tish uchun davlat kadastrlari geoaxborot tizimlarini yaratish va doimiy ravishda yangilab borish;

sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shu jumladan, davlat xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida fuqarolarga hamda tadbirkorlik sub`ektlariga tezkor va sifatli xizmatlar ko`rsatish;

er tuzish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, xalqaro grantlarni jalb etish;

er tuzish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlari bo`yicha tizimli ravishda kadrlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirishni ta`minlash.

11. o`ziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:

a) er resurslaridan oqilona foydalanish, geodeziya va kartografiya sohasi faoliyati bo`yicha yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirilishini ta`minlash sohasida:

er tuzish, erlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish, er resurslarini hisobga olish va baholashni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

er fondining holatini kuzatish, o`zgarishlarni o`z vaqtida aniqlash, salbiy jarayonlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish maqsadida erlar monitoringini amalga oshiradi;

har bir er egasi, erdan foydalanuvchi, ijarachi va er uchastkasi mulkdori bo`yicha er kadastri elektron ma`lumotlar bazasini shakllantiradi;

qishloq xo`jaligi erlarining olib qo`yilishi munosabati bilan qishloq xo`jaligi nobudgarchiligining o`rnini qoplash uchun kelib tushadigan mablag`larni jamlash, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni tashkil qiladi;

er resurslarining holati to`g`risida har yilgi Milliy hisobotni tuzadi;

Davlat chegarasini delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish bilan bog`liq er tuzish, geodeziya, kartografiya, topografiya, gidrografiya va o`z vakolati doirasida boshqa ishlarni tizimli asosda tashkil qiladi;

Davlat chegarasini delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish masalalari bo`yicha geodeziya ma`lumotlari, erni masofadan zondlash, er tuzish, topografik, kartografik, gidrografik va boshqa materiallar bilan ta`minlaydi;

geografik ob`ektlarni nomlash va qayta nomlash to`g`risidagi takliflarni davlat ekspertizasidan o`tkazadi, geografik ob`ektlarning nomlarini maqbullashtirish ishlarini amalga oshiradi, geografik ob`ektlar nomlari davlat reestrini yuritadi;

jismoniy va yuridik shaxslarni belgilangan tartibda geodeziya ma`lumotlari va kartografiya materiallari bilan ta`minlaydi;

b) er resurslaridan oqilona foydalanish, erlarni saqlash va muhofaza qilish, tuproq unumdorligini oshirish, geodeziya va kartografiya faoliyati samaradorligini kuchaytirish bo`yicha davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:

davlat boshqaruvi organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning erlardan foydalanish, tuproq unumdorligini saqlash va oshirishni ta`minlash sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;

mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda tuproq unumdorligini oshirish, erlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish bo`yicha davlat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

er tuzish, erdan foydalanish, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish sohalarida davlat siyosatining asosiy yo`nalishlari bo`yicha takliflarni ishlab chiqadi;

tuproqlarning sifatini baholash maqsadida tuproq s`yomkasini, tuproqlarning bonitirovkasini o`tkazadi;

qishloq xo`jalik erlarining me`yoriy qiymatini aniqlaydi;

hududda geodeziya punktlarini hisobga olishni va yuritishni tashkil etadi;

geodeziya, topografiya va kartografiya ishlarini ro`yxatga olishni amalga oshiradi;

v) erdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish bo`yicha tizimli davlat nazoratini, davlat geodeziya nazoratini amalga oshirish sohasida:

erga oid munosabatlarni tartibga solish tizimini takomillashtirishga, erlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishga yo`naltirilgan yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta`minlaydi;

davlat geodeziya nazoratini amalga oshiradi;

erlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish, yuridik va jismoniy shaxslar, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan er to`g`risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini tashkil qiladi va amalga oshiradi, yo`l qo`yilgan qonun buzilishlarini oldini olish va bartaraf etish hamda aybdor shaxslarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish bo`yicha o`z vaqtida chora-tadbirlar ko`rilishini ta`minlaydi;

foydalanmayotgan va samarasiz tarzda foydalanayotgan erlarni aniqlash, ularni o`rnatilgan tartibda olib qo`yish va belgilangan maqsadda foydalanish, jumladan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish maqsadida ajratib berish yuzasidan takliflarni mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritadi;

fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda er resurslaridan samarali va maqsadli foydalanishni ta`minlash, er munosabatlarini tartibga solish, er qonunchiligiga rioya qilish, erlardan samarasiz foydalanishning o`z vaqtida oldini olish bo`yicha muntazam ravishda targ`ibot-tashviqot ishlarini tizimli tashkil etadi va amalga oshiradi;

g) Davlat kadastrlari yagona tizimini, shu jumladan davlat er kadastrini, davlat kartografiya-geodeziya kadastrini, binolar va inshootlar kadastrini, hududlar davlat kadastrini yuritish sohasida:

davlat kadastrlarini yuritishni takomillashtirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini ta`minlaydi;

davlat er kadastrini yuritadi;

binolar va inshootlarning davlat kadastrini yuritadi;

davlat kartografiya-geodeziya kadastrini yuritadi;

hududlar davlat kadastrini yuritadi;

Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritadi;

Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritiladigan tarmoq kadastr axborotlarini yig`ish, tahlil qilish, turkumlash, saqlash va yangilashni amalga oshiradi;

jismoniy shaxslarning egaligida bo`lgan bino va inshootlarning inventarizatsiya qiymatini belgilaydi;

ko`chmas mulkka bo`lgan huquqlarni va ko`chmas mulkka doir bitimlarni davlat ro`yxatidan o`tkazishni amalga oshiradi;

ko`chmas mulkka bo`lgan huquqlarning vujudga kelishi, boshqa shaxslarga o`tishi, cheklanishi, bekor bo`lishi va ko`chmas mulkka doir boshqa bitimlar to`g`risidagi ma`lumotlar bazasini tashkil qiladi;

O`zbekiston Respublikasining tumanlar va shaharlarning er kadastri navbatchi xaritalarini elektron shaklida yuritadi;

ma`muriy-hududiy birliklarning chegaralarini belgilash va o`zgartirish bo`yicha materiallarni tayyorlaydi;

er uchastkalarni tanlash va ajratish bo`yicha hujjatlarni tayyorlaydi;

er tuzish va erlarni inventarizatsiya qilishni amalga oshiradi;

davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;

d) uchuvchisiz uchish apparatlardan foydalangan holda qishloq xo`jalik erlarini, qishloq xo`jaligi ekinlarini ekish va parvarishlashni monitoring qilish, geodeziya ma`lumotlari va kartografiya materiallardan foydalangan holda sun`iy yo`ldosh navigatsiya tizimi ishlashini ta`minlash sohasida:

qishloq xo`jalik ekinlarini joylashtirishni tashkil etishda ishtirok etadi;

sun`iy yo`ldosh navigatsiya tizimining ishlashini ta`minlash uchun geodeziya ma`lumotlari, kartografiya materiallarini yaratadi hamda yangilab boradi;

j) ko`chmas mulk ob`ektlarining elektron ma`lumotlar bazasini, ko`chmas mulk bahosini bozor qiymatida baholashga bosqichma-bosqich o`tish uchun davlat kadastrlari geoaxborot tizimlarini yaratish va doimiy ravishda yangilab borish sohasida:

ko`chmas mulk ob`ektlarining elektron ma`lumotlar bazasini, ko`chmas mulk bahosini bozor qiymatida baholashga bosqichma-bosqich o`tish uchun davlat kadastrlari geoaxborot tizimlarini yaratadi va doimiy ravishda yangilab borishni ta`minlaydi;

davlat er kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrining elektron ma`lumotlar bazasini yaratadi va yuritadi;

manfaatdor vazirlik, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda o`zaro elektron axborot almashuvini ta`minlaydi;

z) sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shu jumladan, davlat xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida fuqarolarga hamda tadbirkorlik sub`ektlariga tezkor va sifatli xizmatlar ko`rsatish sohasida:

zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo`llagan holda jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini ko`rsatadi;

foydalanuvchilarni kadastr axborotlari bilan ta`minlaydi;

i) er tuzish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, xalqaro grantlarni jalb etish sohasida:

er tuzish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish ishlarini tashkil etadi, xalqaro grantlarni jalb etishni ta`minlaydi;

k) er tuzish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlari bo`yicha tizimli ravishda kadrlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirishni ta`minlash sohasida:

er tuzish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlari bo`yicha tizimli ravishda, shuningdek masofaviy o`qitish texnologiyalarini qo`llagan holda kadrlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirishni ta`minlaydi;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funktsiyalarni ham bajarishi mumkin.

12. o`ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bevosita, shuningdek hududiy bulimlar hamda tizimiga kiruvchi tashkilotlar orqali bajaradi.