14.12.2024, Shanba

Qoraqalpog'iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo'mitasi





    Kaypanov Maxmud Tengelovich

Qoraqalpog'iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo'mitasi rahbari

Manzil:

230100, Nukus shahri, T.Qayipbergenov ko'chasi 23 uy

Telefon:

0 (361) 224 06 36

E-mail:

a.abdiramanov@exat.uz

Qabul kunlari:

Har kuni 09:00-12:00

 


Qurbaniyazov 

Bayramgeldi

 Doshbaevich 

Qoraqalpog'iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo'mitasi rahbari o'rinbosari

Manzil:

230100, Nukus shahri, T.Qayipbergenov ko'chasi 23 uy

Telefon:

0 (361) 222-32-98

E-mail:

 a.abdiramanov@exat.uz

Qabul kunlari:

Har kuni 11:00-12:00

 

Veterinariya qo'mitasining asosiy vazifalari:

 

 

Veterinariya sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, ushbu sohada davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat xokimiyati organlarining o'zaro hamkorligini muvofiqlashtirish, shuningdek veterinariya faoliyatini litsenziyalashni amalga oshirishda ishtirok etish; 
        veterinariya xizmatini yanada rivojlantirish bo'yicha davlat dasturlarini ishlab chiqish, mamlakatimiz hududlarida hayvonlarning yuqumli kasalliklari kirib kelishidan himoya qilishni ta'minlash, amaliyotga hayvonlarni davolashning va profilaktikasining zamonaviy usullarini joriy etish, mahaliy va xorijiy fan yutuqlarini tatbiq etish asosida veterinariya dori vositalarining yangi turlari va shakillarini ishlab chiqarishda ishtirok etish;
         epizootik barqarorlikni ta'minlashda hayvonlarning yuqumli kasalliklarini o'z vaqtida aniqlash, tashxis qo'yish va tarqalishining oldini olishga doir profilaktik ishlarning samaradorligini monitoring qilish; 
         veterinariya to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishida davlat nazoratini ta'minlash, veterinariya sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish ishlarini sifatli va tizimli ravishda tashkil etish bo'yicha chora-tadbirlarni o'z vaqtida ishlab  chiqish va amalga oshirish; 
         hayvonlarni kasaliklardan ximoya qilish, hayvonlardan olinadigan mahsulot va xom ashyo xavfsizligini ta'minlashda idoraviy hamda ishlab chiqarish veterinariya xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish; 
veterinariya dori vositalari va ozuqabop ko'shimchalarning sifati hamda muomalasi yuzasidan nazoratni amalga oshirish; 
kadrlarni tizimli qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, rahbar va mutaxassislarning ish uslubi va shakillarini takomillashtirish. Shu jumladan, tizimga qarashli idoralar, yuklatilgan vazifalarning o'z vaqtida va sifatli ijrosi bo'yicha ularning ma'suliyatini oshirish; 
           xadqaro hamkorlikni kengaytirish hamda veterinariya xizmati faoliyatiga ilgor texnologiyalar va ish uslublarini joriy etishda ishtirok etish.