Joriy yil 20-oktyabr kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari deputatlari, siyosiy partiyalar, nodavlat, notijorat tashkilotlar, saylov komissiyalari a'zolari ishtirokida “Saylov organlari tizimi takomillashtirilishining o'ziga xosligi” to'g'risida seminar o'tkazildi.
Tadbirni Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining qo'mita raisi Sh.Otemisov ochib berdi va olib bordi.
Seminarda Saylov kodeksiga hamda 7 ta qonunga tegishli o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilib, unda navbatdagi saylovlar ilk marotaba mojaritar-proportsional (aralash saylov) saylov tizimi asosida o'tkazilishi nazarda tutilganligi hamda Konstitutsiyaviy Qonun bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini aralash saylov tizimi (majoritar va proportsional) asosida o'tkazishni, shuningdek saylov organlarining markazlashgan tizimini shakllantirishni, saylov komissiyalari tizimini maqbullashtirishni hamda O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi faoliyatini takomillashtirishni nazarda tutuvchi o'zgartirish va qo'shimchalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Seminarga Spiker o'rinbosari, targ'ibot guruhi rahbari Z.Ibragimova, Qonunchilik palatasi qo'mitasi raisining o'rinbosari T.Xojanazarov, Markaziy saylov komissiyasi o'quv markazi direktori X.Palo'aniyazov va boshqalar ishtirok etdi.
Ishtirokchilar tomonidan Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo'yicha o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldi.