21.12.2024, Shanba

2022-yil 28-sentabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish departamenti Ishchi guruhi tomonidan sohaga taalluqli masalalar bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

2022-yil 28-sentabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish departamenti Ishchi guruhi tomonidan sohaga taalluqli masalalar bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi P.Dabılov ochdi va olib bordi.    

 

Yig‘ilishda O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish departamenti mudirining o‘rinbosari Z.Ro‘ziyev tomonidan sohaga ta’luqli normative-huquqiy hujjatlar haqida va «Qadring baland bo‘lsin, ona tilim» tanlovining Respublika bosqichi to‘g‘risida aytib o‘tdi. 

 

Yig‘ilishda Alisher Navoiy nomidagi Tashkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va mutaxasissligini oshirish markazi direktori I.Azimov, Alisher Navoyi nomidagi Tashkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va mutaxasissligini oshirish markazi Qoraqalpog‘iston bo‘limi boshlig‘i F.Babajanov va Qoraqalpog‘iston Respublikasi tuman (shahar) hokim maslahatchilari ishtirok itdilar.

  Yig‘ilish davomida sohaga tegishli muammolar ko‘tarilib yig‘ilish qatnaschilari tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq javoblar olindi.