Tabiiy
ofatlarning turlari, kelib chiqish sabablari va fuqarolarning harakati.
Tabiiy
ofat- bu tabiatda yuz beradigan favquloddagi o'zgarish bo'lib, u birdan,
tezlikda insonlarning mo'tadil yashash, ishlash sharoitlarining buzilishi,
odamlarning o'limi hamda qishloq xo'jalik hayvonlarining, moddiy boyliklarning
buzilishi va yo'q bo'lib ketishi bilan tugaydigan hodisalardir.
Tabiiy
ofatlarning turlari xilma-xil: er silkinishi, suv toshqini, kuchli shamol,
yong'in, qurg'oqchilik, er surilishi va boshqalar.
Er
silkinish- ta'sir qilish darajasiga qarab kuchsiz (3 balgacha), o'rta (4 bal), kuchli (5 bal), juda kuchli
(7 bal), vayron qiluvchi (8-10 bal) va nihoyat halokatlarga olib keluvchi
(11-12 balgacha) turlari mavjud.
Kuchli
zilzila ruy berganda qanday harakat qilasiz oldindan uylab ko'ring. Bilib
quyinki, hayvonlarning bezovta bo'lishi, qo'duqdagi suv satxini kutarilishi va
ranggini o'zgarishi, atmosferaning yorishishi, qattiq ovoz kelishi – bular
tabiiy ofat darakchisi.
SAROSIMAGA TUShMANG ! Bu bilan atrofingizdagi bolalar, ayollar,
qariyalarga o'rnak bo'lasiz, ularni qurqinichni engishda yordam berasiz.
ESLAB KOLING ! Sizning
xotirjamligingiz tabiiy ofatni engish garovidir.
Uzok davom
etuvchi tebranishda zilzila asta-sekin kuchayadi.
Ko'p
qavatli bino uchun bunday ta'sir havfli hisoblanadi. Sinch usulida qurilgan
shaxsiy uylar, bir-ikki qavatli binolar xavfsizligi yuqori xisoblanadi.
Yuqori tulqinli tebranish qisqa
vaqt (1,5-3 sekund) ichida o'z kuchini ko'rsatadi. Bu xildagi tebranishlar
pishiq gishtli uylar uchun havfliligini esdan chiqarmang.
Qattiq silkinishda nimalar qilish kerak ?
Zilzila ruy
berganda qaerda bo'lishingizdan qat’iy nazar esankiramang, chunki siz o'z harakatingizni oldindan rejalashtirgansiz.
Tez harakat
qiling !
Esdan
chiqarmang ! Sizning ixtiyoringizda 1,5-2,5 sekund bor. Eng havflisi tepadan
tushadigan buyumlardir.
Agar siz
ko'p qavatli bino ichida bo'lsangiz, liftga yoki pillapoyaga chopmang, chunki
bu joylar binoning eng havfli qismi hisoblanadi. Havfsiz joy topishga harakat
kiling. Eshik oralig'iga, stol, karavot tagiga yashirinish mumkin.
Agar siz
birinchi qavatda yoki shaxsiy uyda bo'lsangiz binoni zudlik bilan tashlab
chiqib ketishga harakat qiling va elektr o'zatish tarmoqlari, gaz quvurlaridan
uzoqlashing.
Birinchi
qavatdan yuqorida bulsangiz derazadan sakramang, yuqoridan tushishi mumkin
bo'lgan oyna parchalaridan extiyot bo'ling. Aholi ko'p tuplanadigan (magazin,
kinoteatr, metro, maktablarda) joylarda umumiy vaximaga tushib kolmang. Asosiy
devorlarga yaqinrok turing. Osilib turgan lyustralardan, reklamalardan
uzoqroqda turing.
Transportlarni
elektr o'zatish liniyalari, yonilg'i quyish shaxobchalari, ko'p qavatli
binolar, tosh tushishi mumkin bo'lgan yonbag'irliklardan uzoqroqda tuxtang.
Zilzila
qishlok joylarida ruy berganda sel kelishi havfi to'g'iladi, shuning uchun
tepaliklarga joylashish kerak.
Zilziladan
keyin nima qilish kerak.
Vaziyatni
baholang, yong'in, gaz chiqishi, ochiq elektr simlarini havfi bormi tekshiring.
Hech qachon ochik olovdan foydalanmang.
Zilziladan
keyin birinchi soatlarda zaruratsiz uyga kirmang – bu havfli. O'zbekistonning
g'arbiy hududlarida birinchi tebranishdan so'ng, ikkinchisi kutiladi.
Bino ichida
chiqishda pillapoyalarni mustahkamligini tekshirib ko'ring. Yong'in chiqqanda
bor imkoniyatlardan foydalanib, zudlik bilan binodan chiqib keting.
Jabrlanganlarga
birinchi tibbiy yordam ko'rsating, sovuq bo'lmasligi uchun o'rab quying.
Zilziladan keyin ob-havo keskin o'zgarishi mumkin.
Uy
hayvonlarini favqulodda vaziyat ruy bergan joydan olib ketilishini ta'minlang.
Er, tula
shkaflar eshigini extiyotkorlik bilan oching, sizning ustingizga og'ir
buyumlar, tusinlar tushib ketishi mumkin.
Oziq-ovqat
zahiralarini tekshirib ko'ring.
Qoraqalpog'iston
Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi.