OPTIK TOLALI INTERNET TARMOG'I MASALASI IJOBIY HAL QILINDI
Murojaat bu xalq dardi. Muammo va murojaatga o'z vaqtida echim topilsa, xalq dardiga malham va ishonchiga erishgan bo'lamiz. Ijtimoiy tarmoqlar orqali aholining xaqli e’tiroziga sabab bo'layotgan murojaatlar, fikr va takliflarni kanalimiz orqali joylab boramiz. Shulardan biri Beruniy tumani Bo'ston mahallasi, Yoshlik aholi manzili fuqarolaridan kelib tushgan. Murojaatga ko'ra, telefon va internet tarmog'i tortib berishni so'ragan.
Beruniy tumani telekommunikatsiya bog'lanmasi ishchi hodimlari tomonidan, Yoshlik aholi manzilidagi yakka xonadonlarga optik tolali internet o'tkazish maqsadida 2.5 kilometr masofaga, er ostidan optik tolali aloqa kabelini tortish uchun transheya qazish ishlari boshlandi. Transheya qazish ishlari yakunlanishi bilan 2.5 kilometr joyga optik kabel yotqiziladi, aholiga telefon xizmati va GPON texnologiyasi asosida internet xizmatini ko'rsatish imkoniyati paydo bo'ladi.
Bundan tashqari optik tolali internet tarmog'iga ulash ishlari Beruniy tumanidagi Shimom OFY, Ko'k-ko'z aholi manzilida ham amalga oshirilgan bo'lib, 5 kilometr joyga kabel tashlanib 75 ta xonadonga, Obi Xayot mahallasida esa 55 ta xonadonga optik tolali internet tarmog'i tortilgan.
Hozirgi kunda tumandagi telekommunikatsiyalar bog'lanmasida, 50 Kvt li dizel generator o'rnatilgan bo'lib, bu tumanda elektr energiyasi uzilishi holatlarida generator orqali eletrni uzuliksiz ta'minlashga etadi. Umuman olganda bugungi kunimizni sifatli va zamonaviy internetsiz tasavvur qila olmaymiz. Tezkor va sifatli axborot olish borasida esa internet tarmog'i muhimdir.