22.12.2024, Yakshanba

Ellikqal’a tumanidagi ishsiz aholiga er maydonlari takroriy ekin ekish uchun ajratib berilmoqda

Ellikqal’a tumanidagi  ishsiz aholi va yoshlar shuningdek «Temir daftar», «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari» ruyxatidagi fuqarolarga 2021 yil g'alladan bo'shagan er maydonlari  takroriy ekin ekish uchun  ajratib berilmoqda. 
Bugun Ellikqal’a tumanidagi “Guldursin” ovul fuqarolar yig'ini hududidagi “Doshqal’a ilg'ori” fermer xo'jaligida o'tkazilgan ko'rgazmali seminar aynan shu mavzuda bo'lib o'tdi.



Seminarga  Qoraqalpog'iston Respublikasi prokurori F. Allambergenov, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari S.Xodjametov, Qoraqalpog'iston Respublikasi ichki ishlar Vaziri o'rinbosari B. Izbasarov, sektor rahbarlari, tuman hokimi o'rinbosarlari, tijorat banklari, fermer xo'jaliklari rahbarlari va mas’ul tashkilot va korxona mutassaddilari ishtirok qildilar.
Seminar davomida  Qoraqalpog'iston Respublikasi prokurori F. Allambergenov va  Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari S.Xodjametovlar so'zga chiqib tez fursatlarda g'alladan bo'shagan er maydonlarini ishsiz aholiga bo'lib berish tartiblari xususuda tushuntirishlar berib o'tdilar. 


Tumanda  g'alladan bo'shagan maydonlarga takroriy ekinlarni ekish uchun er tayyorlash, talab etiladigan moddiy-texnika resurslarini etkazish, agrotexnik tadbirlarni sifatli o'tkazish kabi tadbirlarga alohida e’tibor qaratilmoqda.. 
Jumladan, har bir xonadonning oilaviy ahvoli o'rganildi. Ular to'g'risida ma'lumotlar bazasi shakllantirildi.


 Ana shu ishsiz fuqarolardan   takroriy ekin ekish istagini bildirgan aholiga hozirda  fermerlar g'alladan bo'shagan 3 ming 300 gektar er maydonlarini taqsimlash bilan birga, uni haydash va belgilangan takroriy ekin ekish ishlari uchun bevosita amaliy yordam bermoqda. Shuningdek seminar davomida tomorqa xizmatlari ko'rgazmasi tashkil qilindi. 

Seminar yakunida bajarilishi lozim masalalar bo'yicha tegishli rabarlarga topshiriqlar berildi.

Ellikqal’a tumani hokimligi axborot xizmati