Ko'rgazmali seminarda Qoraqalpog'iston Respublikasi prokurori F. Allambergenov, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari S.Xojametov, Qoraqalpog'iston Respublikasi ichki ishlar Vaziri o'rinbosari B. Izbasarov, tuman hokimi R.Shamuratov hamda tumandagi sektor rahbarlari, qishloq xo'jaligi sohasi mas’ul tashkilotlari vakillari, tijorat banklari fermer xo'jaliklari raislari hamda dehqonchilik bilan shug'ullanish istigini bildirgan ishsiz yoshlar ishtirok etdilar.
Seminarda bug'doydan bo'shagan maydonlarni "Yoshlar daftari"da ro'yxatda turgan fuqarolarga bo'lib berish, ularga sharoitlar yaratish hamda etishtirilgan mahsulotlarni eksport darajasigacha olib chiqish mavzusida so'z yuritildi. Yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish va yaxshi natijalarga erishish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilishi belgilandi.
Ko'rgazmali seminardan so'ng To'rtko'l tumanidagi «Sho'raxon» ovul fuqarolar yig'inidagi «Xojiakbar Abdulla» fermer xo'jaligidan 30 nafar yoshlarga 20 sotixdan er ajratildi. Ushbu hududda 30 nafar yoshlar va 4 nafar ishsiz fuqarolarga qayta ekish uchun jami 7 gektar er maydoni ajratildi. Yoshlar bu erda dukkakli va poliz ekinlarini ekib, oila byudjetiga o'z hissalarini qo'shish imkoniga ega bo'ldilar. Shuningdek, seminarda tomorqa xizmatlari ko'rgazmasi ham tashkil qilindi. Seminar yakunida tegishli rahbarlarga bajarilishi lozim masalalar bo'yicha topshiriqlar berildi.
-Mana bugun o'zimiz yashab turgan hududdagi fermer xo'jaligining eridan 20 sotixdan er ajratib berildi. Men yoshlaprga berilgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda bu erga sabzi va sholg'om ekib, oilamizga qo'shimcha daromad keltirmoqchiman, deydi ishsizlik bo'yicha ro'yxatda turgan yosh Sh.Sharifboeva.
To'rtko'l tumani hokimligi Axborot xizmati.