Hukumat
qarori (356-son, 09.06.2021 y.) «Gidrometeorologiya xizmati a'lochisi» ko'krak nishoni ta'sis etildi.
Qarorga ko'ra, mazkur ko'krak nishoni bilan gidrometeorologiya va iqlimshunoslik sohasini rivojlantirish ishlariga katta hissa qo'shgan, yosh mutaxassis kadrlarni tayyorlash borasida samarali mehnat qilgan fuqarolar taqdirlanadi.
Gidrometeorologiya
xizmati markazi («O'zgidromet») tizimidagi tashkilotlar hamda hududiy
gidrometeorologiya boshqarmalari ko'krak nishoni bilan taqdirlash bo'yicha
takliflarni har yili 1 aprelga qadar «O'zgidromet”ga taqdim etadi (nomzod
haqida ma'lumotnoma, uning so'nggi uch yil davomida sohada amalga oshirgan
ishlari aks ettirilgan tavsifnoma ilova qilinadi).
Ko'krak
nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni ko'rib chiqish bo'yicha komissiya
hujjatlarni o'rganib, har yili 20 aprelga qadar munosib nomzodlar bo'yicha yakuniy
xulosa qabul qiladi.
Ko'krak
nishoni har yili 7 may – «O'zgidromet» tashkil topgan kun arafasida tantanali
tarzda topshiriladi.
Taqdirlanganlarga
BHMning 4 baravari (980 ming so'm) miqdorida bir yo'la to'lanadigan pul
mukofoti beriladi.
Bir shaxs
ko'krak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi.