22.12.2024, Yakshanba

To'rtko'l tumanida ham g'alla o'rim-yig'imi boshlandi

Qoraqalpog'istonning bir qancha tumanlari qatorida  To'rtko'l tumanida ham g'alla o'rim-yig'imi boshlandi. Tumanda joriy yilda 3800  gektar er maydonida bug'doy hosili  etishtirilib shundan  316,7 gektar er maydonida urug'lik etishtirildi. O'rim-yig'im ishlarida 14 ta g'alla o'rish kombaynlari hamda mexanizatorlar guruhlari faoliyat yuritmoqdalar. Joriy yilgi mavsumda tumanda  14 ta otryad shakllantirilgan bo'lib, g'allani manzilga etkazishda 42 ta texnikalar jalb qilindi.



Joriy yilda tumanda  XIX asr  oxirida yaratilgan yangi bug'doy navi ham ekildi. Krasnodardagi oliygohdan olib kelingan bug'doyning ushbu navining bo'yi  170-180 sm bo'lib, asosan chorvachilikka mo'ljallangan. Sovuq havoga, o'simliklarda uchraydigan har-xil kasalliklarga chidamli ushbu Tritikale navi jami 5,7 gektar maydonga ekilgan bo'lib, g'alladan yuqori hosildorlik kutilmoqda. Mutasaddilar va soha vakillari bug'doy dalalarini ko'zdan kechirib, g'alla hosildorligi bo'yicha o'zlarining fikr mulohazalarini bildirdilar.. Ko'rgazmali seminar yakunida davlatga g'alla topshirish rejasini birinchilar qatorida bajargan “Xoji Abdulla -Akbar” fermer xo'jaligi raisiga  qimmatbaho sovg'a taqdim qilindi.
 

-Joriy qishloq xo'jaligi yilida  12,7 gektar maydonga g'alla urug'ini qadagan edik. Agrotexnika qoidalarini yaxshi olib borilishi natijasida 80 tsentnerdan,  o'rtacha 60 tsentnerdan hosil olishni va belgilangan rejani ortig'i bilan bajarishni rejalashtirganmiz, deydi “Chorvador” fermer xo'jaligi raisi I.Serjanov.



To'rtko'l tumani hokimligi Matbuot xizmati