Bugungi kunda O'zbekiston – Qozog'iston munosabatlari mehnat migratsiyasi sohasida ham jadal rivojlanib bormoqda.
Buni fuqarolarimiz bandligini ta'minlash maqsadida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Qozog'iston Respublikasi ish beruvchilari o'rtasida olib borilgan muzokaralar natijasida fuqarolarimizni ushbu davlatga ishga jalb qilish bo'yicha kelishuvga erishilganida ham ko'rish mumkin.
Kelishuvga muvofiq, Qoraqalpog'iston Respublikasidan 62 nafar fuqaro «Dovud ota» chegara posti orqali yirik qurilish ob’ektlari va qishloq xo'jaligi ishlarida ishlash uchun Qozog'iston Respublikasining Mangistau viloyatiga tashkillashtirilgan holda jo'nab ketdi.
Agentlikning Qoraqalpog'iston Respublikasi filiali xodimlari tomonidan tegishli tushuntirishlar berilib, bepul sug'urta polisi va xizmat ko'rsatish shartnomasi rasmiylashtirildi. Mehnat migrantlari huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tarqatma materiallar berildi.