22.12.2024, Yakshanba

TO'RTKO'LDA ShLANGLARNI MONTAJ QILISh BOShLANDI

Respublikamizda paxta xomashyosi etishtiriladigan maydonlarga tomchilatib sug'orish texnologiyasini joriy qilish ishlari uyushqoqlik bilan davom qilmoqda. Ayni kunlarda bir tekis chigit unib chiqqqan va dastlabki ishlov berilgan dalalarga tomizgichli shlanglarni montaj qilish ishlari boshlandi.


Joriy yilda To'rtko'l tumanida 2 ming 490 gektar maydonda tomchilatib sug'orish texnologiyasi joriy qilinishi rejalashtirilgan. Shundan 2 ming 210  gektari paxta dalalari, 280 gektar boshqa ekinlarga mazkur suv tejovchi texnologiya joriy qilinishi belgilangan. Tumandagi klaster va fermer xo'jaliklari maydonlariga ushbu tejamkor texnologiyalar 3 ta quruvchi tashkilotlar tomonidan qurilmoqda. Quruvchi tashkilotlar tomonidan shu kunga qadar shartnomalarni rasmiylashtirish, moliyalashtirilgan maydonlarda hovuzlar qazish, beton va geomembrana qoplamalarni yotqizish va markaziy quvurlarni montajlash ishlari amalga oshirilayotgan edi.



To'rtko'l tumanida birinchilardan bo'lib, “Omad start polimer” mas’uliyati cheklangan jamiyati g'o'za qator oralariga tomizgichli lentalarni montaj qilish ishlarini boshladi.  Ayni kunlarda «Qo'shnazar paxtakor» fermer xo'jaligining tomchilatib sug'orish joriy qilinadigan 12 gektar maydonidagi  qo'za qator oralariga tomizgichli lentalarni montaj qilish ishlari olib borilmoqda.  

Qoraqalpog'iston Respublikasi
Suv xo'jaligi vazirligi
Matbuot xizmati