22.12.2024, Yakshanba

Onalar va bolalar salomatligi ustuvor vazifa

O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirining o'rinbosari Basitxanova Elmira Irkinovna Beruniy tumani Tibbiyot birlashmasida Amudaryo, Beruniy, To'rtko'l va Ellikqal’a tumanlari tibbiyot birlashmalarining "Onalik va bolalik" bo'yicha o'rinbosarlariga master klass o'tkazmoqda.


Aholi salomatligini saqlash onalar o'limini kamaytirish, ayollar maslahatxonasining roli, antinatal kuzatuv bo'yicha misollar bilan tushuntirilmoqda. Qoraqalpog'iston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi mas’ul shifokorlari amaliy ishlarning tashkil qilinishi bo'yicha tushunchalar bermoqdalar.