Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisi Murat Kamalov Beruniy tumanidagi Madaniyat saroyida Ellikqal’a, To'rtkul va Beruniy tumanlari yoshlari bilan uchrashuvi o'tkazdi.
Madaniyat saroyining foe qismida turli millat vakillarining kuy-qo'shiqlari ijro qilinib, mehmonlar kutib olingan bo'lsa, madaniyat markazidagi 28 ta to'garak faoliyati bilan ham tanishildi. Doira, milliy qo'shiqchilik, xareografiya, rubob, estrada, sportning badiiy gimnastika va karate yo'nalishlari bo'yicha to'garak ishtirokchilari o'z mahoratlarini namoyish etdi.
Jo'qori Kenges Raisi tomonidan markaz kutubxonasiga 1000 ta kitob sovg'a qilindi va markaz tasarrufidagi muzey eksponatlari hamda beruniylik rassomlar Sobir Qutlimuratov, Saxiy Djanaxmedovning ko'rgazmalari bilan ham tanishdi. Ijodkorlarga bugungi yosh avlodni rassomchilik san’atiga qiziqishlarini yanada orttirish maqsadida ustoz-shogird an’anasini davom ettirishlari uchun Jo'qori Kenges Raisi tavsiyalarini berib o'tdi.
Olis hududlardan maktablarga qatnovchi o'quvchilarga 20 dona vilosiped sovg'a qilindi.
Jo'qori Kenges Raisining madaniyat zalida yoshlar bilan uchrashuvi yuqori saviyada, savol-javoblarga boy bo'ldi. Dastlab chet-elda o'quvchi yoshlar bilan ZOOM dasturi orqali Xitoy, Belarus va Rossiya universitetlarida ta'lim olayotgan yoshlar bilan o'zaro fikr almashildi.
Shundan so'ng 3 ta tuman yoshlari murojaatlari tinglandi. Jo'qori Kenges Raisi tomonidan kam ta'minlangan oila farzandlariga shartnoma to'lovlari uchun sertifikatlar, fan olimpiadalarida yuqori natijalarga erishgan yoshlarga noutbuk sovg'a etildi.
Uchrashuvdan so'ng yoshlar uchun gala kontsert namoyish etildi. Qoraqalpog'istonda xizmat ko'rsatgan madaniyat hodimlari ijrosidagi kuy-qo'shiqlar, davraga yanada fayz bag'ishladi.
Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati