Amudaryo tumani "Qilichboy" OFY hududida fuqarolar tomonidan O'zbekiston Respublikasi "Qizil kitobi"ga kiritilgan oq qush topilgan edi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo'mitasining Amudaryo tumani inspektsiyasining davlat inspektorlari mazkur noyob oq qushni tumanda joylashgan "Say ko'l"ga - tabiat qo'yniga qo'yib yubordi.
Oq qushlar tinchlik va poklik ramzi. Ular inson oq qalbi kabi buyuklikka talpinadi. Tabiatning bu buyuk mo'’jizasiga ozor bermang, oq qushlarni himoya qiling!
Qoraqalpog'iston Respublikasi ekologiya qo'mitasining matbuot xizmati