Mamlakatimizda, joriy yilning 8-12 fevral kunlari “Yuksalish” umumilliy harakati tashabbusi bilan Adliya vazirligi bilan hamkorlikda va qator hamkorlar ko'magida, "Prezident murojaatnomasi - O'zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda yangi bosqichi" mavzusidagi xalqaro konferentsiya va uning doirasida "Faol fuqarolar umummilliy festivali"ni o'tkazish ko'zda tutilgan.
Mazkur festival doirasida, bugun ayni paytda Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog'iston Respublikasi hududiy boshqarmasi anjumanlar zalida “Orol dengizi mintaqasining ekologik muammolarini hal qilishda NNTlarning o'rni” mavzusida jamoatchilik muhokamasi o'tkazilmoqda.
Ushbu tadbirda davlat va jamaot tashkilotlari, oliy o'quv yurtlari professor o'qituvchilari va talabalari, volontyorlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.
Tadbirda ishtirokchilar tomonidan tanlangan mavzu bo'yicha va ekologik barqarorlik muvozanatni ta'minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish sohalaridagi muammolarni hal etish hamda ekologik madaniyat darajasini oshirish, sog'lom turmush tarzini shakllantirish bo'yicha fikr mulohazalar bildirilmoqda.
Orol bo'yi halqaro innovatsiya markazida olib borilayotgan innovatsion ishlar yuzasidan "Orol dengizi mintaqasidagi innovatsiyalar-kecha, bugun va ertaga" mavzusida ma'lumotlar taqdim etildi.
Mavzu yuzasidan nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari tomonidan ekologik fototurizmni rivojlantirish va NNTlar bazasida ekologik pitomniklarni yaratish, shuningdek xususiy ekopitomniklar faoliyati yo'lga qo'yish va rivojlantirish bo'yicha takliflar berilmoqda.
Faol fuqarolar umummilliy festivali islohotlar jarayonlarining barcha ishtirokchilari uchun konstruktiv muloqot maydoni bo'lib, ularning sa'y-harakatlarini birlashtirishga, O'zbekistonda fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish bo'yicha tavsiyalar va takliflar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
"Yuksalish" umummilliy harakati
Qoraqalpog'iston Respublikasi
hududiy bo'linmasa bosh mutaxassisi Sh.Usnatdinov