Hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida o'tkazilayotgan islohotlar mamlakatimizning mustaqilligi va hududiy yaxlitligi, barqaror rivojlanishi va xalqimiz tinchligini yanada ishonchli himoyasini ta'minlash imkonini bermoqda.
Milliy armiya jamiyatimizning
ajralmas qismiga hamda o'sib kelayotgan yosh avlod va harbiy xizmatchilarni
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning faol hayotiy pozitsiyasini
mustahkamlash, mamlakat kelajagi uchun fuqarolik mas’uliyati hissini oshirishga
xizmat qiluvchi etakchi institutga aylanmoqda.
O'zbekiston Respublikasi
Qurolli Kuchlarining tashkil etilganligining 29 yilligi va Vatan himochilari
kuni munosabati bilan bugun 14-yanvar kuni Nukus shahridagi «Motamsaro ona»
haykali poyiga gulchambarlar qo'yilib hurmat bajo keltirildi.
Tadbir
davomida Shimoli-g'arbiy harbiy okrugi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi
xodimlari tantanali marshga saf tortdi.
Bundan
keyin Nukus shahridagi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali
teatrida «Kim Vatanga sodiq bo'lsa mendurman o'sha» shiori ostidagi kontsert
dasturi bo'lib o'tdi.
Tadbir davomida harbiylar
uchun bayram dasturxoni yozildi va esdalik sovg'alar topshirildi.
QR
Vazirlar Kengashi Matbuot xizmati