O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori asosida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti huzurida matematika faniga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etildi.
Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini rivojlantirish, ularni qo'llab-quvvatlash uchun zarur sharoitlar yaratish, ulg'ayib kelayotgan yosh avlodning ilm-fanga bo'lgan intilishlarini rag'batlantirish, intellektual va ijodiy salohiyatini ro'yobga chiqarish borasidagi islohotlarni tizimli amalga oshirish maqsadida 2020 yil 3 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori qabul qilingan edi.
Qaror asosida, 2020-2021 o'quv yilidan boshlab Amudaryo akademik litseyi negizida Nukus davlat pedagogika instituti huzuridagi matematika faniga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etildi.
Matematika faniga ixtisoslashtirilgan maktabga bu yilgi o'quv yilida matematika, fizika va ingliz tili fanlari bo'yicha umumta'lim maktablarining 7-, 8- va 9-sinf o'quvchilari qabul qilinadi. O'quvchilar yotoqxona va tushlik ovqat bilan ta'minlanadi.
Hozirgi vaqtda ixtisoslashtirilgan maktabga o'quvchilarni qabul qilish davom etayotgan bo'lib, qo'shimcha ma'lumotlarni quyidagi ko'rsatilgan telefon raqamlaridan olishingiz mumkin.
Telefonlar: +99861 515-40-82, +99861 515-40-19.
Nukus DPI matbuot xizmati.