2020 yilning 24 noyabr’ kuni ertalab soat 07:30 da Jizzax viloyati G'allaorol tumani “Lalmikor” MFY hududida istiqomat qiluvchi 69 yoshli fuqaro uy qudug'idan suv olib chiqmoqchi bo'lib, ehtiyotsizliq oqibatida quduq ichiga tushib ketgan.
Voqea sodir bo'lgan joyga zudlik bilan katta leytenant Bahodir Norboboev boshchiligidagi Favqulodda vaziyatlar vazirligi viloyat boshqarmasi qutqaruv guruhi etib borgan.
Quduqning chuqurligi 19 metrni tashkil etadi.
Qutqaruvchi Shodiyor Haydarov maxsus arqon yordamida quduqqa tushib, keksa ayolni xavfsiz holda olib chiqgan. U darhol kasalxonaga yuborildi.
Yaxshiyamki, jabrlanuvchi jiddiy jarohat olmagan. Shifokorlar uning holatini ijobiy, deb baholamoqda.