22.12.2024, Yakshanba

2017 yil 1-yarim yilligidagi faoliyati yakunlari hamda 12-13 iyul kunlari oilalarda ijtimoiy ma`naviy muhitni o`rganish bo`yicha Xo`jayli tumanidagi Jamoatchilik nazorat guruhi tomonidan amalga oshirilgan ishlar

Assalomu aleykum, Hurmatli yig`ilish ishtirokchilari,

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich rahbarligida barcha sohalarda keng ko`lamli islohatlar olib borilmoqda, har bir yo`nalishdagi ishlar parallel ravishda izchillik bilan davom ettirilmoqda.

Shu paytgacha har birimiz o`z yo`nalishimiz bo`yicha ishladik, ishlash jarayonida ham faqatgina faollar bilan, uyushgan aholi vakillari bilan cheklanib qoldik, aksariyat hollarda hamkorligimiz faqat respublika darajasida yaxshi bo`lib, quyi bo`g`inga tushgan sari tarqoqlik kuchayib borganligini joylarga chiqqanimizda guvohi bo`ldik.

Shu bois, Muhtaram Prezidentimiz Qoraqalpog`iston Respublikasiga tashrifi davomida o`tkazilgan yig`ilishlar da jamoat  tashkilotlari “ko`prik” vazifasini bajara olmayotganligi, ijtimoiy-ma`naviy muhitni sog`lomlashtirish yuzasidan samarali ishlamayotganligi, natijada bu boradagi salbiy ko`rsatkichlar hamon yuqoriligicha saqlanib qolayotganligi bo`yicha o`zlarining tanqidiy fikrlarini bildirib o`tdilar.

Mazkur tanqidlaridan keyin har bir jamoat tashkiloti o`z faoliyatini tubdan qayta ko`rib chiqdi, oilalarga kirib ishlash bo`yicha tizim yo`lga qo`yildi.

Jamoat tashkilotlari, tegishli idoralar vaikllaridan iborat ishchi guruhlar tomonidan joriy yilning 1-yarim yilligida respublika bo`yicha 402 ta mahallalardagi 298 mingdan ziyod xonadonga kirildi, 800 minga yaqin aholi vakillari bilan suhbat o`tkazildi.

Aniqlangan 179269 ta muammolarni bartaraf etish bo`yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilib, Vazirlar Kengashi tomonidan tasdiqlandi (27.02.2017y.)

Aniqlangan muammolarning 175805 tasi shahar, tuman darajasida, 3464 tasi Qoraqalpog`iston Respublikasi darajasida, 237 tasi O`zbekiston Respublikasi darajasida hal etiladigan muammolardir.

Shundan, hisobot kunigacha 105713 ta muammo o`z echimini topgan (13647 tasi joyida bartaraf etilgan).

Hal etilgan muammolarni tahlil qiladigan bo`lsak, 16679 tasi iqtisodiy yo`nalishda (shundan, bandlik, ishsizlik, mehnat migratsiyasi bo`yicha 8273 ta, ish haqi va pensiyaning kechikishi 2408 ta, kredit olishdagi muammolar 4332 ta, boshqalar 1666 ta), ijtimoiy-ma`naviy muhit yo`nalishida 2123 ta, mahalla fuqarolar yig`inlari faoliyati yo`nalishida 5623 ta, ta`lim yo`nalishida 2758 ta, sog`liqni saqlash yo`nalishida 3094 ta (shundan tibbiyot muassasasidagi shart-sharoitlar 1066 ta, tibbiy xizmat sifati bo`yicha 492 ta, davolanishga ehtiyoji bor fuqarolarga ko`rsatilgan tibbiy xizmat 542 ta, boshqalar 994 ta), xizmat ko`rsatish sohalari yo`nalishida 75446 ta (shundan, tabiiy gaz masalasida 24513 ta, elektr energiyasi masalasida 14217 ta, ichimlik suvi masalasida 14832 ta, yo`llar masalasida 8772 ta, transport masalasida 6646 ta, kommunal to`lamlar masalasida 514 ta, boshqalar 4952 ta) muammolar o`z echimini topgan.

Ishchi guruhlar aralashuvi bilan 311 dan ortiq oilaviy ajrimlarning oldi olindi, aholi e`tiroziga sabab bo`lgan 6 ta fohishaxona faoliyatiga chek qo`yildi.

Shuningdek, o`quvchilar davomatini to`liq ta`minlash bo`yicha ko`rilgan choralar natijasida 211 nafar kollej o`quvchilari darsga qaytarildi.

Mazkur tizim bosqichma-bosqich takomillashtirilib borildi va  yangi tizim asosida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o`rinbosari-xotin-qizlar qo`mitasi raisi boshchiligida jamoatchilik nazorati guruhi tashkil etildi.

Tizimning joriy etilishi –mahalla faollari tegishli idoralar bilan birgalikda aholining muammolarini hal etish yo`llarini aniq belgilab olishiga, o`zi hal qila olmaydigan muammolarni tuman hokimligiga chiqarishga hamda ushbu muammolarni hal qilish uchun barcha mutasaddi rahbarlar mas`uliyati oshirilishiga imkoniyat yaratdi.

Hurmatli yig`ilish ishtirokchilari,

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan tegishli vazirlik va idoralar, shahar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda ishlangan 2017 yil “Bandlik” dasturi bo`yicha  ayollar uchun 2017 yil 6 oyi davomida xotin-qizlar uchun 7048 yangi ish o`rinlarini tashkil etilib,  reja 109,0 foizga bajarilgan.

Belgilangan reja barcha tuman va shaharlarda to`liq bajarilishiga erishildi.

Ishsiz xotin-qizlarni aniqlash va ularning bandligini ta`minlash maqsadida Xotin-qizlar qo`mitalari tomonidan mahalla maslahatchilari bilan birgalikda joylarda ishsiz ayollar ro`yxatlari shakllantirilib, har oyda yangilanib borilmoqda.

Fuqarolarni ishga joylashtirish maqsadida 2017 yil 6 oyi davomida Xotin-qizlar qo`mitalari hamkorligida 58 ta bo`sh ish o`rinlari yarmarkalari tashkil qilindi. Yarmarkalarga korxona va tashkilotlardan 6715 bo`sh ish o`rinlari taklif etildi. Ushbu yarmarkalarga 1375 ishsiz ayollar jalb etilib, shundan 447 ishsiz ayollarga ishga joylashish uchun yo`llanma berilib, 928 nafar xotin-qizlarga mehnat, bandlik va ijtimoiy himoya masalalari bo`yicha maslahatlar berildi.

2017 yil 6 oyi davomida shahar, tumanlardagi bandlikka ko`maklashuvchi markazlariga jami 3862 nafar xotin-qizlar ish qidirib, murojaat qilgan bo`lsa 3384 nafari ishga joylashtirildi.

2016-2017 o`quv yilida o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarini jami 24332 nafar o`quvchi bitirib chiqishi kutilayotgan bo`lsa, shundan 11828 nafari qizlar bo`lib, joriy yilning 1 iyul holatiga 1080 nafarini ishga joylashdi, 11 nafari Oliy ta`limga o`qishga kirgan.

 

Hurmatli, yig`ilish ishtirokchilari,

Asosiy ustivor yo`nalishlardan biri bo`lgan aholi reproduktiv salomatligini yaxshilash, ona va bola salomatligini muhofaza qilish buyichatibbiy yordam sifatini oshirish maqsadida  2017 yil 6oy davomida 490700 nafar tug`ish yoshidagi ayollardan 82,8%  tizimli profilaktik tibbiy ko`rikdan jadval asosida o`tkazilgan.  Ko`rik natiyjasida 59,3% ayolda EGK aniqlanganib,shundan 62,9% statsionar va ambulatoriya sharoitlarida sog`lomlashtirildi.37,1%  sog`lomlashtirish jarayonida.

“Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko`rikdan o`tkazish tartibini takomillashtirish to`g`risida” 2014 yil 24 oktyabrdagi 381-sonli buyrug`ini ijrosini ta`minlash maqsadida joriy yilning 6 oyi davomida 6817 nikox kayd etilib, shundan 10943 shaxs tibbiy ko`rikdan o`tkazilgan. Ulardan 32 nafarida  ruxiy kasallik, 29 tasida sil kasalligi, 9 tasida teri-tanosil kasalligi, 3 tasida OITS kasalligi, giyoxvand 1 jami 74 ta kasallik   aniklanganva bu shahslarda tegishli muassasalarda sog`lomlashtirish ishlar olib borilmoqda.

2017 yil 6 oy davomida tirik tug`ilganlari soni16497 ni tashkil etib, o`tgan yilning shu davriga nisbatan (2016y 17699)1202 ga kamaygan. Biroq,  o`tgan yilning shu davriga nisbatan Nukus tumani 73ga  oshgan.

2017 yil 6 oy davomida  erta  15-16 yoshda o`smirlar orasida tug`ruqlarjoriy yilda Nukus tumanidan 1-ta xolat xisobga olinib, o`tgan yilga nisbatan 2-ta holatga kamaygan.

17 yoshda tug`ruqlar joriy yilda 1-ta xolat Nukus shaxrida hisobga olindi, o`tgan yilga nisbatan 1 holatga ko`paygan.

35-44 yoshdagi  tug`ruqlar 563dan 559 ga (-4) kamaygan. Lekin, Nukus shahri 16ga, Qo`ng`irot tumani 2ga, Qonliko`l va Beruniy tumanlari 1 holatga oshgan

45 va undan yuqori yoshdagi ayollar orasida tug`ruqlar hisobga olinmagan.

Tug`ruqlar tartibi bo`yicha o`tgan yilga nisbatan:

         Beshinchi tug`ruqlar 33dan 31 ga kamaygan.  Joriy yilda o`tgan yilning shu davriga nisbatan  Nukus shahrida 6-ga, Mo`ynoq tumani 2 ga oshgan.

Tug`ruqlar orasidagi muddatlar  bo`yicha:

Bir yilgacha bo`lgan muddat oralig`ida tug`ruqlar joriy yilda va o`tgan yili xisobga olinmagan.

Ikki yilgacha muddat bilan tuqqanlar 487 dan 478 gakamaygan. Lekin o`tgan yilning shu davriga nisbatan Amudaryo tumani 15 ga, To`rtko`l tumani 9 ga, Ellikqal`a tumani 6 ga va Qo`ng`irot tumani 4 gaoshgan.

Respublikada 2017-yilning 6-oy davomida 19774 homilador xisobga olinib, o`tgan yilning shu davriga nisbatan 1331 xolatga kamaygan. Faqat Nukus shaxrida 52 xolatga oshgan.

To`rtinchi homiladorlik 6-oy davomida 791 xolatni tashkil etib,  o`tgan yilning shu davriga nisbatan 8-xolatga kamaygan. Lekin, Xo`jayli tumani 16ga, Taxtako`pir tumani 7ga, Nukus tumani 4ga oshgan.

Beshinchi homiladorlik 17-xolatni tashkil etib, o`tgan yilning shu davriga nisbatan 2 ta holatga kamaygan. Lekin, Xo`jayli, Mo`ynoq va Beruniy tumanlari 1ta xolatdan oshgan.

Tug`ish yoshidagi ayollarni sog`lomlashtirish, tug`ruqlar orasidagi optimal intervallarni yaratish, istalmagan homiladorlikning oldini olish maqsadida barcha birlamchi DPMlar kontatseptiv vositalari bilan ta`minlangan bo`lib,  6-oy davomida 21348nafar ayol  BIV bilan, 7365 ta OK, 7888 ta IK  bilan qamralib, 545 nafar  TYoA ga ixtiyoriy jarroxlik sterelizatsiyasi ishlangan.

Onalar o`limi6 oy davomida2 ta xolat xisobga olindi, o`tgan yilga nisbatan2 holatga kamaygan.

Onalar o`limi holati 100 ming tirik tug`ilganlarga nisbatan intensiv ko`rsatkichi 22,6 dan 12,1promillega kamaygan. 

Homiladorlikning erta davrlarida akusherlik patologiya va homilada tug`ma nuqsonlarni aniqlash maqsadida tuman/shahar tibbiyot birlashmalarida homiladorlikning I-chiuch oyligida 6-oy  davomida 15860nafar homiladorlarni ommaviy ul`tratovush tekshiruvidan o`tkazilgan. Ulardan 391 nafarida homila rivojlonishida nuqsonlar aniqlangan va homiladorlik to`xtatilib tug`ma nuqsonlar bilan tug`ilishi oldi olingan. Xavfli guruhga ajratilgan homilador ayollarni o`z vaqtida  skrining markaziga yuborilishi,bolalikdan nogironlar tug`ilishining oldini olish yuzasidan tug`ma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlanishni to`laqonli olib borish maqsadida skrining markazida 2017 yil 6 oy davomida12759homilador UTT dan o`tkazilib, 103-nafarida homila rivojlanishida nuqsonlar aniqlangan va homiladorlik to`xtatilgan

Hurmatli majlis ishtirokchilari,

Oilalardagi ma`naviy muhitni yaxshilash borasida qator ishlani amalga oshirayotgan bo`lsakda, bu ishlar o`z natijasini berayapti deb ayta olmaymiz, buni ayrim ko`rsatkichlar misolida yaqqol ko`rish mumkin.

Masalan, 2017 yil 1 iyul  holatiga xotin-qizlarning o`z joniga qasd-suiqasd qilish holatlari tahlil qilinganda, 62 ta holatda xotin-qizlar o`z joniga qasd qilish sodir bo`lib, bu holat o`tgan yilning 6 oyiga solishtirganda -5 ga kamaygan.

Lekin bu ko`rsatkich Beruniy tumanida +10 ga, Kegeyli tumanida +4 ga, Xo`jayli tumanida +2 ga, Nukus va Taxatko`pir tumanlarida +1 ga ko`paygan.

Fohishalar bo`yicha (131 modda):

2017 yilning 6 oyi davomida 25  ta fohishabozlik holati aniqlanib (Nukus shahrida 13 ta, Chimboy tumanida 9 ta, Taxtako`pir, To`rtko`l va Xo`jayli tumanlarida 1 ta), o`tgan yilning 6 oyiga solishtirganda -9 ga kamaygan. (2016 yilning 6 oyida Nukus shahrida 19 ta, Amudaryo, Kegeyli tumanlarida 3 ta, Beruniy, Qanliko`l, To`rtko`l, Xo`jayli tumanlarida 2 ta, Chimboy tumanida 1 tadan).

Ajrimlar holati bo`yicha:

2017 yil 6 oyi  davomida Oilaviy ajrimlar holati 665 ta bo`lgan. Ushbu ko`rsatkich 2016 yilning 6 oyiga nisbatan +116 taga oshgan. Ushbu ko`rsatkich Qo`ng`irot tumanida +35 taga (29-64), Beruniy tumanida +25 taga (36-61), Nukus shahrida +20 taga (124-144), To`rtko`l tumanida +17 taga (65-48), Sho`manay tumanida +13 taga (8-21), Mo`ynoq tumanida +10 taga (3-13), Ellikqal`a tumanida +9 taga (35-41), Nukus (12-18), Chimboy (29-35) tumanlarida +6 taga, qanliko`l tumanida +5 taga (10-15), Kegeyli tumanida +3 taga (30-33) ortgan.

Bu boradagi faoliyatini qayta ko`rib chiqib, oilalarni mustahkamlash, ajrimlarning oldini olish maqsadida Xotin-qizlar qo`mitasi va “Mahalla” fondi tomonidan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Ushbu Dasturda belgilanga tadbirlarni nomigagina, rasmiyatchilik uchungina bajarmasdan, uni haqiqatdan amaliyotga joriy eta olsak, bu boradagi ko`rsatkichlar kamayishiga erishgan bo`lar edik.

Ayniqsa, har Chorshanba kuni turli sabablar bilan ajrashish uchun sudga ariza bergan oilalarni mahallaga chaqirtirib, ular bilan tushuntirish ishlarini olib borishni yo`lga qo`yish lozim.

Fuqarolar yig`inlaridagi Yarashtirish komissiyalari tarkibiga mahalladagi fidoyi, obro`li,boshqalarga ta`sir ko`rsata oladigan, o`z so`zini o`tkaza oladigan faol va keks nuroniylarni jalb etish zarur.

Erta turmush holati bo`yicha:

3 ta holatda erta turmush holatlari aniqlangan.

Ular:

1. Tagabergenova Kunduz 18.02.2000 yili  tug`ilgan, Nukus pedagogika kolleji o`quvchisi, 2017 yil 18 yanvar kuni turmushga chiqqan.

2. Adilxanova Ulday 15.04.1999 yili tug`ilgan, Qo`ng`irot qishloq xo`jalik kasb-hunar kolleji 2-bosqich o`quvchisi, 2016 yil fevralda turmushga chiqqan

3.  Tirkeshova Ugilniyaz-2000 yili 20 may kuni tug`ilgan, 2017 yili 2 fevral kuni turmushga chiqqan, Xo`jayli agrosanaat kolleji 2-bosqich o`quvchisi

 

Hurmatli majlis qatnashchilari,

Bugungi kundagi dolzarb muammolardan yana biri – bu jinoyatilik, huquqbuzarlikdir. Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ichki ishlar organlari xodimlari bilan o`tkazilgan yig`ilishda bu boradagi muammolar va ularni bartaraf etish borasidagi vazifalar aniq belgilab berilgan edi.

Shunga asosan, har haftaning payshanba kuni – “Huquqbuzarliklar profilaktika” kuni deb e`lon qilinib, qator tadbirlar o`tkazilmoqda, bu esa o`zining natijalarini bermoqda.

Qoraqalpog`iston Respublikasida 2017 yil 6 oyi  yakuni bo`yicha149 nafar xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni jami 131 ta bo`lgan. Bu ko`rsatkich o`tgan yilga nisbatan -67 taga kamaygan. Bu ko`rsatkich deyarli barcha tumanlarda kamaygan.

Bu holat ijobiy ekanligini e`tirof etgan holda, kelgusida jinoyatchilik holatlarining oldini olish bo`yicha:

 Har payshanba – “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” har bir mahallada xotin-qizlar, mahalla faollari bilan birgalikda sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarlikning sabablari tahlil etilishi hamda bunday holatlarning oldini olish tadbirlari belgilanishi kerak;

Jinoyatchilikning oldini olish bo`yicha “Svetafor” metodida ishlash maqsadga muvofiq ya`ni Qizil – jinoyatga qo`l urgan xotin-qizlarning ro`yxatlarini shakllantirib, (bir nusxasini QR Xotin-qizlar qo`mitasiga berish) ularning har biriga mas`ullarni biriktirish va ular va oilasi bilan ishlash (individual suhbatlar, uchrashuvlar o`tkazish, ularni ishga joylashtirish, tadbirlarga jal qilish)  bo`yicha chora-tadbirlar belgilash va ijrosini ta`minlash

Sariq- jinoyat ko`chasiga yaqin yurgan  xotin-qizlarning ro`yxatlarini shakllantirib,(bir nusxasini QR Xotin-qizlar qo`mitasiga berish) ularning har biriga mas`ullarni biriktirish va ular va oilasi bilan ishlash                 (individual suhbatlar, uchrashuvlar o`tkazish, ularni ishga joylashtirish, tadbirlarga jal qilish) bo`yicha chora-tadbirlar belgilash va ijrosini ta`minlash

Yashil- barcha xotin-qizlar o`rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish bo`yicha targ`ibot tadbirlarini amalga oshirish

Hurmatli yig`ilish ishtirokchilari,

Ayollarimiz orasida ham turli diniy oqimlarga kirib qolish, ularga ko`r-ko`rona ergashish holatlari, afsuski uchrab turibdi. Bunga asosiy sabab- Islom dinining asl mohiyatini bilmaslik, tushunmaslik va qilayotgan ishining oqibatlarini o`ylamaslikdir.

Natijada xorijiy homiylar tomoidan moliyalashtiriladigan turli gurug`lar, fuqarolar tomonidan diniy bilimi etarli bo`lmagan, moddiy tomondan qiynalib kolgan aholi vakillari o`z tomoniga og`dirib olish, ularni tirik manquratga aylantirish holatlari mavjud.

Xotin-qizlar o`rtasidagi diniy vaziyat  bo`yicha:

Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`yicha otinoyilar soni jami 27 nafarni tashkil etadi, shundan Beruniy tumanida 7 nafar, To`rtko`l tumanida 9 nafar va Ellikqal`a tumanida 11 nafar xalfalar ro`yxatga olingan.Ular o`rtasida  mutaassib diniy qarashlar va xurofotga berilgan otinoyilar aniqlanmadi. Ro`yxatga olingan otinoyilar (xalfalar) orasida ayollar ichida diniy hayot tarzini targ`ib qilish yoki “hujralar” tashkil qilish kabi salbiy holatlar kuzatilmadi.

Qoraqalpog`iston Respublikasida DEOga a`zoligi bo`yicha profilaktik hisobda turgan 3 nafar xotin-qizlar (Nukus shahri, Xo`jayli, Taxtako`pir tumanlarida 1 nafardan) bo`lib, ular bilan doimiy ravishda suhbatlar tashkil etilmoqda.

            DEOga gumondor sifatida 7 nafar ayollar ro`yxatga olinib, ular To`rtko`l tumanidan 7 nafar, Xo`jayli tumanidan 3 nafar, Amudaryo tumanidan 2 nafar, Nukus  shahri, Beruniy,Kegeyli, Taxtako`pir va Ellikqal`a tumanlaridan 1 nafardan ayollar jami 16 nafar ayollar ro`yxatga olingan.

Bugun aholi, ayniqsa, yoshlar va ayollar o`rtasida internet orqali turli yot oqimlarga kirib qolish holatlari ko`pi uchramoqda, shu bois bu boradagi profilaktik tadbirlarni kuchaytirish kerak.