Keyingi yillarda respublikada oziq-ovqat havfsizligini ta`minlash,
mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, bozorlarni arzon va sifatli
baliq mahsulotlari bilan to`ldirib borish hamda mahsulotlar narx-navolarini
barqarorligini saqlashga qaratilgan bir qator maqsadli dasturlar qabul qilinib,
uning ijrosi samarali ta`minlanmoqdaligini.
Buning natijasida, 2016 yilda 878 gektar sun`iy suv havza
maydonlari barpo etilib, 77 ta yangidan baliqchilik loyihalari ishga
tushirildi. Sohada faoliyat ko`rsatayotgan tadbirkorlik sub`ektlarini moliyaviy
qullab-quvvatlash maqsadida tijorat banklari tomonidan 10,9 mlrd. so`m kredit
mablag`alari ajratilganligini.
Lekin, baliqchilik sohasini rivojlantirish, tabiiy va sun`iy suv
havzalari hamda suv omborlaridagi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishni
tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar etarlicha emas. Misol
uchun, o`tgan yilda aholi jon boshiga atiga 2.4 kilogrammdan (extiyojga
nisbatan 20 foiz) baliq ovlangan, xolos.
Oziq-ovqat havfsizligini ta`minlash, mavjud imkoniyatlardan
samarali foydalanish hisobiga baliq etishtirish hajmlarini keskin oshirish
hamda aholi iste`moli uchun ichki bozorlarga arzon va sifatli baliq
mahsulotlarini etkazib berish, intensiv usulda baliq etishtirishni ko`paytirish
bo`yicha zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish hamda sohadagi mavjud
muammolar va kamchiliklarni bartaraf etish bo`yicha topshiriqlar berdi.