22.12.2024, Yakshanba

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 11 iyundagi “O'zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo'mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspektsiyasi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 436-sonli qarori haqida

 

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 11 iyundagi “O'zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo'mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspektsiyasi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 436-sonli qarori haqida

 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 martdagi «O'zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo'mitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 
PQ-3578-sonli qaroriga muvofiq hamda er qa'rining geologik o'rganilishi, undan oqilona foydalanilishi va muhofaza etilishining tegishli nazoratini ta'minlash maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi  Vazirlar Kengashi qaror qiladi:

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil  11 iyundagi “O'zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo'mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspektsiyasi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi  436-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqorida ko'rsatilgan qarori bilan:

a) O'zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo'mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspektsiyasi to'g'risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

b) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Er qa'rini geologik o'rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspektsiyasi (keyingi o'rinlarda “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspektsiyasi deb ataladi)ga   ikki hafta muddatda er qa'rini geologik o'rganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilishga doir barcha arxiv hujjatlarini belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo'mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspektsiyasiga topshirish belgilanganligi;

 

v) O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligiga O'zbekiston Respublikasining 2018 yilgi va keyingi yillar uchun Davlat byudjeti parametrlarida O'zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo'mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspektsiyasini saqlab turishga moliyaviy mablag'larni nazarda tutish topshirilganligi;

g) O'zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo'mitasiga Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspektsiyasining yuklangan vazifalarga muvofiq samarali faoliyat yuritishini ta'minlash topshirilganligi;

d) Vazirliklar va idoralarga o'zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirish topshirilganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin.

3. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari S.Nagmetov, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspektsiyasi Qoraqalpog'iston mintaqaviy inspektsiyasi, manfaatdor vazirliklar, idoralar hamda tumanlar va Nukus shahri hokimliklari bilan birgalikda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqorida ko'rsatilgan qarori bilan tasdiqlangan “O'zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo'mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspektsiyasi to'g'risidagi nizom” bilan belgilangan vazifalarga muvofiq ishlarni tashkil etishni ta'minlasin.

4. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspektsiyasi Qoraqalpog'iston mintaqaviy inspektsiyasiga vazirliklar va idoralar, tumanlar va Nukus shahri hokimliklari bilan birgalikda o'zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari S.Nagmetov zimmasiga yuklansin.

 

 

Qoraqalpog'iston Respublikasi  

 Vazirlar Kengashining Raisi

 

    Q.Sariev